Authors

  • Tursunoy Mingboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33492

Keywords:

Akademik mobillik cheklovchi omillar Erasmus korrupsiya.

Abstract

Ushbu maqolafda oliya ta’lim muassasalarida o’quv jarayonida akademik mobillik modelini joriy etish, talabalar almashinuvi jarayonlari, akademik mobillikni cheklovchi omillar haqida ma’lumotlar berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1385

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV JARAYONIDA AKADEMIK MOBILLIK

MODELINI JORIY ETISH TEXNOLOGIYASI

Mingboyeva Tursunoy

Chirchiq Davlat universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11394298

Annotatsiya.

Ushbu maqolafda oliya ta’lim muassasalarida o’quv jarayonida akademik

mobillik modelini joriy etish, talabalar almashinuvi jarayonlari, akademik mobillikni cheklovchi
omillar haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’z:

Akademik mobillik, cheklovchi omillar, Erasmus, korrupsiya.

TECHNOLOGY OF IMPLEMENTATION OF THE ACADEMIC MOBILITY MODEL

IN THE EDUCATIONAL PROCESS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract.

This article provides information on the introduction of the academic mobility

model in higher education institutions, the processes of student exchange, and the factors limiting
academic mobility.

Key word:

Academic mobility, limiting factors, Erasmus, corruption.

ТЕХНОЛОГИЯ РЕАЛИЗАЦИИ МОДЕЛИ АКАДЕМИЧЕСКОЙ МОБИЛЬНОСТИ В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС В ВУЗАХ

Аннотация.

В статье представлена информация о внедрении модели

академической мобильности в высших учебных заведениях, процессах студенческого
обмена и факторах, ограничивающих академическую мобильность.

Ключевые слова:

академическая мобильность, ограничивающие факторы, Эразмус,

коррупция.


KIRISH

Talabalar ma’lum muddat boshqa bir OTMda o‘qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba

almashinuv dasturlari hisoblanadi. Bunda talaba o‘zi o‘qiyotgan OTM bilan hamkor bo‘lgan
xorij OTMlaridan birida ma’lum muddat o‘qib qaytishi mumkin. Bunday OTM xoh xorijda, xoh
o‘z davlatida bo‘lsin talabaga yangi muhitda o‘qish imkonini beradi. Almashinuv dasturlari qisqa
– 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo‘lishi mumkin.

Eng mashhur talabalar almashinuv dasturlaridan biri –

Erasmus

loyihasi orqali dasturga

a’zo bo‘lgan Yevropa universitetlaridan birida 3 oydan bir yilgacha o‘qish imkonini qo‘lga kiritish
mumkin. Bu dasturga bakalavr, magistratura va amaliyot uchun hujjat topshirish mumkin.

Bunday dasturlarni ta’lim olayotgan sohaga qarab istalgancha topish mumkin: dunyo

talabalar almashinuvi dasturlaridan faol foydalanmoqda. Faqat talabalar dastur doirasida o‘qish
uchun belgilangan talablarni bajara olishlari kerak.

АDАBIYОTLАR SHАRHI

Almashinuv dasturlari orqali talabalar o‘zga davlatlar madaniyati, turmush tarzi bilan

tanishishi, til bilish darajasini yaxshilashi mumkin. Dunyoqarashni kengaytirish imkoni ham
paydo bo‘ladi. Masalan, qaysidir viloyatdan Toshkentga kelib 2 semestr o‘qigan talaba o‘z ustida
ko‘proq ishlashni boshlashi, yangiliklarga chanqoqligi oshishi mumkin. Yangi atmosferani
ko‘rgan talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘z-o‘zini mustaqil boshqarish qobiliyatlari ham
oshadi. Qolaversa, talabalar almashinuv dasturlari orqali ichki migratsiya amalga oshsa,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1386

hududlarda ham xizmat ko‘rsatish qamrovi oshishi mumkin. Albatta, buning uchun faqat
hududlardan poytaxtga emas, balki poytaxtdan hududlarga, bir viloyatdan boshqa biriga borib
o‘qishni xohlovchi talabalar soni ham oshishi lozim.

Talabalar imkoniyatlari moliyaviy muammolar, o‘zi o‘qishni xohlagan OTM bilan o‘quv

soatlarida to‘la muvofiqlik bo‘lmasligi sababli cheklanishi mumkin. Agar chet dasturi bo‘lsa, til
bilmaslik ham almashinuv dasturlarida ishtirok eta olmaslikka sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, almashinuv dasturlari darsdan tashqari ishlaydigan va o‘zini moddiy

jihatdan o‘zi ta’minlaydigan talabalarga ham qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Sababi 6 oylik o‘qish
talabani ish joyidan ajratib qo‘yishi mumkin.

Xorijiy davlatlardan talabalar o‘qishini ko‘chirishda sinovning Davlat test markazi

tomonidan o‘tkazilishi tufayli adolatli va shaffof tizim yaratilgani erishilgan ijobiy natijalardandir.

Ichki o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni o‘zgartirish — hal etilishi zarur

bo‘lgan navbatdagi dolzarb masalalardan. Nazarimizda, ichki akademik mobillikni kuchaytirish
orqaligina muammoga ijobiy yechim topish mumkin. Boisi, butun dunyoda mazkur tajriba
rivojlanib, amaliyotda uning xalqaro va ichki akademik mobillik shakllaridan keng
foydalanilmoqda.

Ichki akademik mobillik, bu — muayyan mamlakat ichidagi oliygohlarning shartnoma,

memorandum va boshqa kelishuvlar asosida talabalarini kelishilgan muddat davomida o‘qitib
berish tizimidir. Deylik, bilim sohasi o‘zaro mos keladigan 2 ta oliy ta’lim muassasasi muayyan
muddatda talabalarini almashgan holda o‘quv jarayonini tashkil qiladi. Masalan, poytaxtlik talaba
o‘qishga topshirish vaqtida beshta ta’lim yo‘nalishini belgilab, Samarqanddagi oliygohga o‘qishga
kirdi. Ammo u yerda o‘qish uchun uning sharoiti yo‘q. Mazkur vaziyatda Toshkentda joylashgan
oliy ta’lim muassasasi bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik mobillik
bo‘yicha kelishuv amalga oshiriladi. Ya’ni talabaning sharoiti inobatga olinib, ota-onasi bag‘rida
o‘qishni davom ettirishi uchun unga sharoit yaratiladi. Ochig‘ini aytish kerak, tizimda oliy ta’lim
muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish va magistraturaga qabul jarayonida korrupsion holatlarni
batamom yo‘q qilish va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar
ham yo‘q emas.

Ya’ni talabaning bir universitetdan ikkinchisiga o‘tish foizining ortishi oliy ta’lim

muassasasidagi o‘quv jarayoni, o‘qituvchi-professor zimmasidagi yuklamalarning belgilangan
rejaga mutanosib bo‘lmasligiga ta’sir qiladi. Pirovardida ta’lim sifati mezonlarining buzilishiga
olib keladi.

Akademik mobillik oliy ta’lim tizimida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishning muhim

omillaridandir. Bu ta’lim muassasalarini bir-biri bilan solishtirish imkoniyati, muhim jihatlarini
o‘zlashtirish, joriy etish orqali oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Mobillik oliy ta’lim
muassasalari tuzilmalarini, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalarini takomillashtirishga zamin
yaratadi.

Uning ishtirokchilari talabalar, oliy ta’lim muassasalarining akademik va ma’muriy

personallari bo‘lishi mumkin. Aslida xalqaro mobillik global mehnat bozori sharoitida kasbiy
moslashish hamda ta’limni davom ettirish imkoniyatini beradi. Ichki akademik mobillik talaba va
ularning ota-onalariga qulaylik yaratadi. Masalan, bir talaba o‘zi yashaydigan joydan boshqa,
uzoqroq hududdagi oliygohga o‘qishga kirsa-da, borib o‘qishga, yotoqxonada yashashga imkoni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1387

bo‘lmasa, o‘z hududidagi OTMda yaratilgan akademik mobillik asosida muayyan muddat
davomida o‘qishi mumkin. Bunda muhim talab, bilim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va fanlar
o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak.

Bunda muayyan muddat o‘qiganligi haqida ma’lumotni asosiy o‘qishiga taqdim etadi,

tegishli fanlarni o‘zlashtirgan, kreditlarni to‘plagan holda asosiy oliygohda tahsilni davom ettirishi
mumkin

Korrupsiya dunyo miqyosida batamom yo‘qotilishi shart bo‘lgan global

muammolardandir. Ayniqsa, ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlarning uchrashi bevosita millat
va jamiyat kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan strategik masala hisoblanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan ayni jihat e’tiborga olinib, xorijiy davlatlardan talabalar o‘qishini ko‘chirish
va ijodiy imtihon o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq korrupsion holatlarning oldini olish borasida
tizimli ishlar bajarilmoqda.

Natijada fuqarolarning o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari

soni 5 mingtaga, ijodiy imtihonlar bo‘yicha esa 14 barobar kamaydi. Ichki o‘qishni ko‘chirish
o‘rniga akademik mobillik dasturlarini keng joriy etilishi turli korrupsion xavflarning oldi
olinishiga, talabalar va keng jamoatchilikning e’tirozlari kamayishiga xizmat qiladi. Va bu, o‘z
navbatida, ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ham

o‘qishni ko‘chirish, ichki akademik mobillik oliy ta’limning bir qismi hisoblanadi. Ayrim
davlatlarda barcha vakolat oliy ta’lim muassasalari ixtiyorida bo‘lsa, ba’zilarida qat’iy cheklovlar,
muayyan talablar joriy etilgan.

Hatto ichki akademik mobillik dasturlari universitetlar aro o‘zaro kelishuv shartnomalari

asosida tashkil qilinadigan mamlakatlar ham bor. Mazkur tizimning amaliyotga joriy etilishi
talabalarning muayyan oliy ta’lim muassasasidan o‘qishni boshqa nomdorroq oliy ta’lim
muassasasiga ko‘chirishi uchun emas, balki tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadr bo‘lib
yetishishiga xizmat qiladi.

Talaba o‘qishini ko‘chirish uchun dastlab o‘zi ta’lim olayotgan universitet rahbariyatiga

ariza bilan murojaat qiladi. Agar rahbariyat ijobiy xulosa bersa, talaba boshqa universitetga
o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshira oladi. Bu jarayonda OTMlar har bir yo‘nalish bo‘yicha
o‘rtacha o‘tish bali (GPA) ni mustaqil belgilaydi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimi ham xalqaro standartlarga integratsiyalashmoqda. Samarali

tajribalar amaliyotga tatbiq etilyapti. Maqsad ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv ishlarini bozor
ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etishga qaratilgan. Ammo barcha sa’y-harakatlar kutilganidek
natija bermayotgani ham bor gap. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etishda ba’zi omillarga e’tibor
qaratish lozim. Xususan, ta’lim jarayoni to‘liq kreditmodul tizimiga o‘tkazilgani sababli
talabalarni akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim muassasasida kamida bir va ko‘pi bilan
ikki semestr o‘qish imkoniyatini yaratish kerak. Akademik mobillik amaliyotini oliy ta’lim
muassasalari tomonidan o‘zaro shartnomalar tuzish orqali joriy qilish payti ham keldi.

Talabalarning ichki akademik mobillik orqali o‘qishini tashkil etish vakolatini oliy ta’lim

muassasalariga o‘tkazish esa ular mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

XULОSА VА MUNОZАRА


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1388

Xulosa qilib aytish joizki akademik mobillik orqali universitet professor-o‘qituvchilari,

olimlar va istiqbolli yosh o‘qituvchilarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va o‘quv va ilmiy
markazlarida qisqa muddatli (semestr) stajirovkaga yo‘naltirish, ularni ta’lim shakllariga jalb
etishni nazarda tutuvchi akademik mobillik dasturlarini (akademik mobillik dasturlari) amalga
oshirish;

• akademik harakatchanlik - mutaxassislar va ilmiy tadqiqotlar almashinuvi va stajirovkasi,

xorijiy konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etish, xorijiy ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish;

• mahalliy va xorijiy markazlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ro‘yxatini ishlab

chiqish va shu rejalar, dasturlar asosida Universitet professor-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;

• xorijiy davlatlar konferensiyalarining keyingi yig‘ilishlari va tadbirlariga yuqori saviyada

tayyorgarlik ko‘rib ishtirokni ta’minlash hamda zamonaviy uslub va vositalaridan foydalangan
holda tashkil etish amalga oshiriladi.

REFERENCES

1.

Bogoslovskiy I.V., Pisareva S.A., Tryapitsyna A.P. Akademik harakatchanlik: Boloniya
jarayonida amalga oshirish: Usul. talabalar uchun nafaqa. - Sankt-Peterburg: Rossiya
davlat pedagogika universiteti nashriyoti im. A.I.Herzen, 2017..

2.

Agishev R.R. Akademik mobillik dasturlari: xususiyatlar va imkoniyatlar // Boloniya
jarayonining tarqalishi: deklaratsiyalardan amaliyotda amalga oshirishgacha: 3 soat ichida
2- qism. Boloniya jarayonining rivojlanish tendentsiyalari, uning vositalari va amalga
oshirish tajribasi. - Qozon: KSTU im. A.N.Tupolev, 2018 yil.

3.

Xajieva I. va boshqalar. Axborot va ta'lim muhitida bo'lajak kasb-hunar ta'limi
o'qituvchisining chet tili kompetentsiyasini shakllantirish // Evropa molekulyar va klinik
tibbiyot jurnali. – 2020.

4.

Jabborova O. I., Kenjaeva X. P. O‘zbekistonda gender huquq tengligi asoslari // Xalqaro
gumanitar va tabiiy fanlar jurnali. – 2018.

5.

www.ziyonet.uz

6.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ

References

Bogoslovskiy I.V., Pisareva S.A., Tryapitsyna A.P. Akademik harakatchanlik: Boloniya jarayonida amalga oshirish: Usul. talabalar uchun nafaqa. - Sankt-Peterburg: Rossiya davlat pedagogika universiteti nashriyoti im. A.I.Herzen, 2017..

Agishev R.R. Akademik mobillik dasturlari: xususiyatlar va imkoniyatlar // Boloniya jarayonining tarqalishi: deklaratsiyalardan amaliyotda amalga oshirishgacha: 3 soat ichida 2- qism. Boloniya jarayonining rivojlanish tendentsiyalari, uning vositalari va amalga oshirish tajribasi. - Qozon: KSTU im. A.N.Tupolev, 2018 yil.

Xajieva I. va boshqalar. Axborot va ta'lim muhitida bo'lajak kasb-hunar ta'limi o'qituvchisining chet tili kompetentsiyasini shakllantirish // Evropa molekulyar va klinik tibbiyot jurnali. – 2020.

Jabborova O. I., Kenjaeva X. P. O‘zbekistonda gender huquq tengligi asoslari // Xalqaro gumanitar va tabiiy fanlar jurnali. – 2018.

www.ziyonet.uz

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ