Authors

  • Sherzod Abduxalimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33496

Keywords:

the novel “Qo‘rqma” phenomenon of homonymy homonymous pair linguistic tool.

Abstract

In this article, the features of the words used in the text of the novel “Qo‘rqma” by the representative of the new era, Javlon Jovliyev, are studied. Their meanings in the content of the work are analyzed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1391

JAVLON JOVLIYEVNING “QO‘RQMA” ROMANIDAGI AYRIM SHAKLDOSH

SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Abduxalimov Sherzod Abduvali o‘g‘li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 4-bosqich talabasi.

E-mail:

sherzodabduxalimov2000@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11394544

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yangi davr namoyondasi Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma”

romani tarkibida qo‘llanilgan shakldosh so‘zlarning matndagi xususiyatlari o‘rganiladi.
Ularning asar mazmunida ifodalagan ma’nolari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

“Qo‘rqma” romani, omonimiya hodisasi, omonim juftlik, lingvistik vosita.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА НЕКОТОРЫХ

ОФИЦИАЛЬНЫХ СЛОВ В РОМАНЕ ЖАВЛОНА ЖОВЛИЕВА "СТРАХ"

Аннотация

. В данной статье изучаются особенности слов, использованных в

тексте романа “Qo‘rqma”представителя новой эпохи Жавлона Джовлиева.
Анализируются их значения в содержании произведения.

Ключевые

слова

: роман “Qo‘rqma”, феномен омонимии, омонимическая пара,

языковой инструмент.

LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS OF SOME FORMAL WORDS IN

JAVLON JOVLIYEV'S NOVEL "FEAR"

Abstract.

In this article, the features of the words used in the text of the novel “Qo‘rqma”

by the representative of the new era, Javlon Jovliyev, are studied. Their meanings in the content
of the work are analyzed.

Key

words

: the novel “Qo‘rqma”, phenomenon of homonymy, homonymous pair, linguistic

tool.

Adabiyotimiz maydonida qalam tebratib kelayotgan ijodkor borki, yaratayotgan asarining

jozibali, ta’sirchan va sermano boʻlishi uchun ona tilining bor imkoniyatlaridan foydalanishga,
kitobxonlar e’tiborini va e’tirofini qozonishga harakat qiladi. Mana shunday imkoniyatlar dengizni
oʻzida qamrab olgan eng goʻzal tillardan biri bu oʻzbek tilidir. Ildizlari turkiy tilga borib
taqalguvchi bu til allaqachonlar oʻz e’tirofiga sazovor boʻlib ulgurgan. Necha asrlar muqaddam
Alisher Navoiy tomonidan forsiy tilidan-da, turkiy tilning ulugʻligi, imkoniyat darajasining
kengligi isbotlangan va bugungi kungacha ham u oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Jumladan,
she’riy va nasriy asarlarda soʻz oʻyinlarini qoʻllash, takroriylikni kamaytirish, qarama-qarshilikni
ifodalash uchun tilshunosligimizning shakl va ma’no munosabatiga koʻra turlariga murojaat
qilinadi. Oʻzbek tilida shunday imkoniyatlardan biri omonimlar, ya’ni shakldosh soʻzlar deb
yuritiladi.

Omonimlar

(“omo” va yunoncha “oputa” – nom, ism)

– umumiy maʼnoga ega boʻlmagan,

tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlardir. Ular orasida semantik
aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar
omonimiya deb ataladi. Omonimlarning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari mavjud va ular bir-
biridan farqlanadi. Xuddi shu ta’rif kabi tilshunos olimlarimiz tomonidan ham ushbu hodisaga bir
qancha fikrlar bildirilib, izohlanadi. Masalan, “Talaffuzi bir xil boʻlgan soʻzlar omonimlar”


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1392

[1,110], yoki boʻlmasa, “Til birliklarining lugʻaviy planida teng kelish hodisasi” kabi qator
qarashlar bilan ma’lumotlar keltiriladi. [3,72] Ammo qarashlar turlicha boʻlsa-da mohiyat
oʻzgarmasdan, bitta paydo boʻlish ildiziga borib taqalaveradi.

Bugungi kitobxonlar javonidan asarlari joy olishga ulgurgan Javlon Jovliyev ham

“Qoʻrqma” romanida shakldosh soʻzlarga murojaat qilganligini va asar ta’sirchanligini ta’minlash
uchun ushbu ma’no turidan unumli foydalanganligini kuzatishimiz mumkin.

Tilshunoslik nuqtayi nazaridan, har bir soʻzning ma’nosi izohlanar ekan, avvalo uning

matndagi oʻrni va vazifasidan kelib chiqqan holda tahlilga tortish talab qilinadi. Zero, badiiy asarda
shunday soʻzlar uchraydiki, lugʻatlarimiz yordamida uning ma’nosini ifoda qilish mushkul boʻlib,
bevosita oʻzi bilan birgalikda qoʻllangan soʻzlar va gaplar vositasida ma’nosi anglashiladi.
Yozuvchi “Qoʻrqma” asarida ham yuqoridagi kabi bir qancha soʻzlardan foydalangan.

Oʻzbek tilining shakldoshlik imkoniyatidan nechogʻlik ijodkor foydalanganligini va qaysi

oʻrinlarda shakldoshlikning eng yuqori namunalarini oʻz asarida qoʻllay olganligini bir qancha
misollar yordamida tahlil va talqin qilamiz:

Asr

– ot soʻz turkumida ifodalanib, quyosh botishidan bir soat oldingi namoz o‘qiladigan

payt hisoblanadi:

Asrga hali bor, bobo. Vaqtida o‘qimasangiz, qabul bo‘lmaydi.

(“Qoʻrqma”, 34)

Asr

– ot soʻz turkumida va yuz yil ma’nosini ifodalaydi:

Bir asr oldin boshlangan tergov

hali ham tugamagan.

(“Qoʻrqma”, 20)

Bundan tashqari, asarda yana bir asr soʻzi keltirilib, matn ichida yuqoridagi ikkita

ma’nodan ham oʻzgacha ifodada qoʻllangan:

To‘ngich amakimga bir asrlik talabalar bilan ketib

borayotganim haqida aytsam, yana so‘kinib qolsa kerak.

(“Qoʻrqma”, 152) Tahlil qilinib, ma’no

jihatidan izohlanadigan boʻlsa, tengdosh yoki zamondosh talabalar ma’nosida yoxud, oʻtgan asrga
murojaat tarzida kontekstda qoʻllanganligining guvohi boʻlamiz.

Balo

– ot soʻz turkumida ofat, falokat ma’nolarida qoʻllanadi:

Otam ko‘ksimga bir hovuch

olov tashlab ketgan, u meni butun umr isitdi, balolardan saqlab keldi.

(“Qoʻrqma”, 349)

Omonim soʻzlar lugʻatida baloning ikkinchi ma’nosi o‘z ishiga usta, uddaburon

ma’nolarida ifodalanishi keltirilgan, ammo Javlon Jovliyev uni soʻroq olmoshi bilan birgalikda
qoʻllab hayrat ma’nosini ham yuzaga keltiradi:

Nima balo, sizlar o‘qishgamas, qizlar uchun

keldinglarmi Berlinga?

(“Qoʻrqma”, 302)

Band

– ot soʻz turkumida hujjatning raqamlangan qismidir:

O‘zSSR JKning 57-moddasi,

birinchi bandi bilan Vatanga xiyonat, davlat sirlarini sotish.

(“Qoʻrqma”, 21)

Band

– sifat soʻz turkumida kelib, boʻsh emas manosida ishlatiladi:

Nimalardir

o‘ylayotgani uchun Oliy senatning bir joyini band qilgan.

(“Qoʻrqma”, 83)

Boʻy

– ot soʻz turkumida qomad ma’nosidadir:

Bo‘yi kalta, semiz, lekin ko‘zlari chiroyli

ekan.

(“Qoʻrqma”, 91)

Boʻy

– ot soʻz turkumida kelib, hid deb izohlanadi:

Undan o‘sha kokil xayollarini, dilgir

shamollar bo‘yini qidirish ahmoqlik.

(“Qoʻrqma”, 232)

Boʻsh

– sifat soʻz turkumida moʻrt, pishiq boʻlmagan yoki lapashang ma’nolarida keladi:

Palov hali pishmadimi? Boboy xo‘p erkalatib, ipingizni bo‘sh qo‘ydi-da!

(“Qoʻrqma”, 79)

Boʻsh

– sifat soʻz turkumida xoli, ichida hech narsa yoʻq ma’nosida hisoblanadi:

Ro‘znoma

talabalarning bo‘sh vaqti bo‘lishi bilan tayyorlangan va chop etilgan.

(“Qoʻrqma”, 182-b) Yoki

boʻlmasa:

To‘rt yil? Nima, seni kutaverib chiniqqan qornim bo‘sh tursinmi?

(“Qoʻrqma”, 179)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1393

Dam

– ot soʻz turkumida nafas ma’nosida :

Uchiga chiqqan mutaassiblari nafasi o‘tkirroq

domlaga dam soldirmasang, til tortmay o‘lasan, deya iddao qiladi.

(“Qoʻrqma”, 183)

Dam

– ot soʻz turkumida orom ma’nosida:

Miya yaxshi dam olmaydi, natijada ish

samaradorligim yo‘qoladi.

(“Qoʻrqma”, 186)

Dam

– ravish soʻz turkumida on, payt, vaqt, kez ma’nolarida keladi:

Bir dam butun

Samarqand sukutga cho‘mgandek bo‘ldi.

(“Qoʻrqma”, 12)

Et

– ot soʻz turkumida goʻsht yoki badan ma’nosida:

Men uni taniy olmayman, suratdagi

lo‘ppi yuz, basavlat odam o‘lgan-u, hozir qarshimda tirshayib osilib qolgan bir burda et turardi!

(“Qoʻrqma”, 54)

Et

– fe’l soʻz turkumida qilmoqni ifodalovchi fe’lning buyruq shakli yoki yordamchi fe’l

vazifasida:

Hatto qachonlardir ota-bobolarimiz ozod va hur davlatda yashaganliklarini ham bir

ertak singari eslaymiz, bolalar bugun-erta buni ham unutishga miyasini hozir etar.

(“Qoʻrqma”,

159)

Ich

– fe’l soʻz turkumida suyuqlikni yutish harakatini ifodalaydi:

Millatni yeymiz, qonini

ichamiz, so‘ng hojatga shoshamiz, bolalarni ham, kelajakni ham axlat kabi toʻkamiz milliy
hojatxonalarga!

(“Qoʻrqma”, 168)

Ich

– ot soʻz turkumida ichki boʻshliq ma’nosida:

Balki, ko‘pchilik kabi ichida kulish

san’atiga egadir.

(“Qoʻrqma”, 182)

Kech

– fe’l soʻz turkumida kelib, bahridan oʻtmoq ma’nosida keladi:

Sababi shuki, siz shu

ondan boshlab “kasalman” degan fikrdan voz keching!

(“Qoʻrqma”, 21)

Kech

– ravish soʻz turkumida vaqtida boʻlmaslik ma’nosida:

Onam bechora bir kun

bug‘doy o‘rimga kech borgan.

(“Qoʻrqma”, 235)

Kech

– ravish soʻz turkumida payt ma’nosida:

“Ko‘ylaging o‘ralgan belingdan, akang!”

– deya alamidan xotinini o‘sha kech qo‘ymay chiqishar, xayolda esa mehmon xonim bilan edi.

(“Qoʻrqma”, 47)

Kul

– fe’l soʻz turkumida xursandlik holatidagi ovoz ma’nosida:

Bu savoling ancha qiziq,

jinni! – deya oyoqlaridan majoli qochib kulishardi behayo gapdan.

(“Qoʻrqma”, 56)

Kul –

ot soʻz turkumida yonishdan hosil boʻlgan chiqindi ma’nosida:

Xalq o‘z narxini

unutdi. Xalq ulgurji bo‘ldi. O‘zini o‘ziniki kul qildi.

(“Qoʻrqma”, 42)

Shart

– yordamchi soʻz vazifasida zarur, lozim kabi ma’nolarni anglatadi:

XX asrning ilk

choragidagi tarixiy vaziyatlarni hurriyat tomon xizmat qildirmogimiz shartdur.

(“Qoʻrqma”, 309)

Shart

– ot soʻz turkumida kelib, o‘zaro kelishuv ma’nosini anglatadi:

Seni hech qanday

shartlarsiz shu qizaloq uchungina xotin qiladigan yoki bir kun tanangni pulga sotgani
borganingda chindan sevib qoladigan mard er chiqishini orzu qil.

(“Qoʻrqma”, 94)

Shoʻr

– sifat soʻz turkumida kelib, oʻtkir tuzli ma’nosini ifodalaydi:

Bitta. Sho‘r karam

bilan bo‘lsa ikkita ham ag‘naydi

. (“Qoʻrqma”, 205)

Shoʻr

– sifat soʻz turkumida tolei past, taqdiri goʻzal emas ma’nolarini ifodalaydi:

Nahotki,

bir hafta, bir hafta, barcha ayb o‘zimda, peshonam shunchalar sho‘r-a, nimalar qilib qo‘ydim

(“Qoʻrqma”, 344)

Chop

– fe’l soʻz turkumida pichoq, bolta kabi narsalar yordamida amalga oshiriladigan

harakat uchun foydalaniladi:

Siz tarixchisiz, rus bosqinini maqtab yozgan kitoblaringizni o‘zingiz

yoqa olmadingiz, endi qo‘lingizni chopib tashlasangiz ham, baribir befoyda.

(“Qoʻrqma”, 97)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1394

Chop

– fe’l soʻz turkumida kelib, yugurish harakatini ifodalash uchun qoʻllaniladi:

Ortidan

chopaman. Hoy, baraka topkurlar, to‘xtanglar!

(“Qoʻrqma”, 117)

Chop

– fe’l soʻz turkumida nashr ettirmoq ma’nosida ifodalanib qoʻllanadi:

“Ko‘mak”

nomidan bir jurnal chop qilayotganimizni bildirmoq niyatimiz bor.

(“Qoʻrqma”, 181)

“Qoʻrqma” romanida qoʻllangan shakldosh soʻzlar qatorini davom ettirsa, albatta

yuqoridagilar toʻrtdan uchini ham tashkil qilmaydi. Tahlildan kuzatilgan maqsad, yozuvchi asarida
qahramonlar xarakterini, voqealar rivojini, davrlar silsilasini ifodalashda omonimlarga qay
darajada murojaat qilib, oʻzbek tilining imkoniyatlarini nechogʻlik ochib berganligini talqin
qilishdan iboratdir.

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, ijodkor bir soʻzning kamida ikki yoki uch xil

ma’nosini qoʻllagani va kitobxonni mushohadaga chorlaydigan oʻrinlarning ham ba’zi matn
boʻlaklarida borligi ma’lum. Masalan, asr, boʻy, boʻsh, yo kabi qator soʻzlarning romanda ikki xil
ma’noda ishlatilganligini kuzatsak, oʻt, uch, ot, dam kabi bir qator omonim soʻzlarning uch va
undan ortiq ma’nolarini asar mazmuniga singdirib yuborganligining guvohi boʻlamiz.

REFERENCES

1.

Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи,
1980. – 110 б.

2.

Ҳозирги ўзбек адабий тили. Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент, 1980. – Б. 7.

3.

Турсунов У. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент:Ўзбекистон, 1992. –
72 б.

4.

Ўзбек тили лексикологияси. Коллектив тўплам. Т: Фан, 1981.

5.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2020.

6.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, 2022.

7.

D.Islamova. Linguistic representation and methods of its expression in artistic text.
International Bulletin of Engineering and Technology (IBET). Volume: 3, Issue: 7. –
Amerika, 2023. – P. 137-141.

8.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=t18kgDYAAAAJ
&citation_for_view=t18kgDYAAAAJ:ULOm3_A8WrAC







References

Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – 110 б.

Ҳозирги ўзбек адабий тили. Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент, 1980. – Б. 7.

Турсунов У. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент:Ўзбекистон, 1992. – 72 б.

Ўзбек тили лексикологияси. Коллектив тўплам. Т: Фан, 1981.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2020.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022.

D.Islamova. Linguistic representation and methods of its expression in artistic text. International Bulletin of Engineering and Technology (IBET). Volume: 3, Issue: 7. – Amerika, 2023. – P. 137-141.