ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1395
O. DE BALZAKNING “ YEVGENIYA GRANDE ” ROMANING O`ZBEK TILIGA
TARJIMASI VA UNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLAR
Shernazarov Ixtiyor Ilhom o‘g’li
Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11394696
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O. de Balzakning “ Yevgeniya Grande ” romaning o`zbek
tiliga tarjimasi va uning milliy-madaniy xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Onore de Balzak, moddiy va madaniy yodgorliklar, adabiyoti va san’at,
kitobxon.
O. DE BALZAC'S TRANSLATION OF THE NOVEL "EVGENIA GRANDE" INTO
UZBEK AND ITS NATIONAL AND CULTURAL FEATURES
Abstract.
This article presents the translation of O. de Balzac's novel "Evgenia Grande"
into Uzbek and information about its national and cultural characteristics.
Key words:
Honore de Balzac, material and cultural monuments, literature and art, reader.
ПЕРЕВОД О. ДЕ БАЛЬЗАКА РОМАНА «ЕВГЕНИЯ ГРАНДЕ» НА УЗБЕКСКИЙ
ЯЗЫК И ЕГО НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ
Аннотация.
В статье представлен перевод романа О. де Бальзака «Евгения
Гранде» на узбекский язык и сведения о его национально-культурных особенностях.
Ключевые слова:
Оноре де Бальзак, материальные и культурные памятники,
литература и искусство, читатель.
Xalqlarning ma’naviy merosi bo’lmish tarjima insonlar hayotini, turmush tarzini yanada
rivojlantirishga xizmat qiladi. Xalqlar hech qachon bir-birlaridan mutlaq ajralgan holda
yashashlari mumkin bo’lmagani singari, ularning moddiy va madaniy yodgorliklari, adabiyoti va
san’ati ham hech qachon faqat bir milliy chegara doirasida saqlanib qolmagan. Insoniyat yaratgan
eng buyuk san’at va adabiyot namunalari chegara bilmagan, ular goh o’zgarib, goh qisqarib, goh
qo’shilib, chatishib ellardan ellarga, tillardan tillarga ko’chib, yoyilib yurgan.
Aslida, fan, badiiy adabiyot, san’at va tarjima haqidagi bahsni xalqning savodxonligi,
umumiy madaniy saviyasi, o’lkada matbuot va nashriyot ishining ahvoli masalasidan boshlash
kerak. Adabiyot, kitob, tarjima ularni o’qiy oladigan, tushunadigan va munosib baholashga qurbi
yetadigan xalq uchun yaratiladi, zeroki, har bir kitobning qiymati uni mutolaa qiluvchi kishining
umumiy, madaniy tayyorgarligi, talabi va didi bilan baholanadi. Yuksak ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va
badiiy saviyada yaratilgan asar, xususan, agarda unda boshqa xalqlar hayoti tasvirlangan, yoxud u
xorijiy adib yoki olimning qalamiga mansub bo’lsa, bu kitobxonning faol mushohada etishini talab
qiladi. Har bir tarjima asari-o’z davrining mahsulidir. Tarjima va kitobxon o’rtasidagi
munosabatning davr o’tishi bilan o’zgarishi ham yuqoridagi fikrimizga qo’shimcha sifatida
ko’riladi.
Onore de Balzakning “Yevgeniya Grande” romanining oʻzbek tiliga о‘girilgan tarjimasida
asliyat matnida ifodalangan milliy oʻziga xoslik (milliy kolorit)ning berilishini о‘rganishni muhim
omil qilib oldik. Muammoning alohida mavzu tarzida о‘rganilishi ishimizning dolzarbligini
ta’kidlaydi. Fransuz adabiyotidan о‘zbek tiliga tarjima nazariyasi va amaliyoti Y.Pо‘latov,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1396
A.Narziqulov, I.Mirzayev, M.Xolbekov, B.Ermatov, O.Rustamov, R.Shirinovalar tomonidan
alohida tadqiqot obyekti tarzida о‘rganilgan.
M.Xolbekov,A.Narziqulov, I.Mirzayev, B.Ermatov, R.Shirinovalar fransuz adabiyotidan
о‘zbek tiliga о‘girilgan bilvosita va bevosita tarjimalarda asliyat matnining milliy о‘ziga xosligini
saqlash muammosi xususida fikr-mulohazalar yuritgan. Buyuk adib Onore de Balzak qoldirib
ketgan boy adabiy merosni bir tadqiqotda bir yoʻla baholab, tahlil qilib boʻlmaydi. Zero, adibning
qalamiga mansub toʻqson bir asarda butun bir davr, bir dunyo tashvishlari, bir necha avlod
ma’naviy olami qamrab olingan.
Onore de Balzakning “Yevgeniya Grande” romanidagi personajlar xarakteri tasviri, uning
individual ijodiy uslubining ayrim qirralarini yoritishga harakat qilamiz. Onore de Balzak inson
bilan u yashayotgan ijtimoiy muhit oʻrtasidagi munosabatlarni yoritishga, badiiy-falsafiy jihatdan
tahlil qilishga katta hissa qoʻshgan adiblardan biridir. Yozuvchi oʻz asarlarida inson
ma’naviyatining turmush sharoitlariga bog‘liqligi, kishi oʻzi yashayotgan ijtimoiy sharoitga
moslashuvining turli shakllari mavjudligini boshqa adiblarga nisbatan toʻlaroq va ishonchliroq
tahlil qiladi. Voqea, hodisalar roʻy berayotgan joy, uy va holatning ana shunday batafsil tasviri
yozuvchi Balzakning “Yevgeniya Grande”, “Dehqonlar”, “Biatris” kabi qator asarlarida moddiy-
maishiy muhit tasviri nafaqat hikoyaga, bayonga kirish vositasi, balki koʻpgina holatlarda asar
qahramonlari bilan bir qatorda turuvchi oʻziga xos adabiy personaj sifatida namoyon
boʻladi.Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, Balzak hodisalar va qahramonlarni bu xilda batafsil
tasvirlashni turlicha, xilma-xil maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanadi.
Jumladan, Balzak yaratgan Gobsek, Grande va Gorio ota kabi qahramonlar uchun
hayotning asosiy mazmuni pulga, mol-mulkka roʻju qoʻyishda, boylikka intilishda Romanda
asosiy konflikt, avvalo keksa Grandening hayotiy tajribasi va aqidalari bilan yozilgan yolg‘iz
Yevgeniyaning hayotiga munosabati va axloqi oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarda namoyon boʻladi.
Shu bilan bir qatorda, asarning asosiy kolliziyasi faqat ota-bola munosabatidangina iborat boʻlib
qolmay, balki keksa va yosh Grandelar qalbida roʻy berayotgan insoniy tuyg‘ular bilan boylikka
ruju qoʻyish oʻrtasidagi kurashda ham koʻrinadi.Yuqorida ta’kidlanganidek, asarning markazida
asosan ikki obraz – keksa Grande va uning qizi Yevgeniya turadi. Keksa Grande obrazining chuqur
va ishonarli chiqishiga monelik qilgan narsa roman kompozitsiyasi bilan uzviy bog‘lanadi.Bu
romanda ham Balzak oʻz ijodiy uslubiga sodiq qolib, voqealar bayonini ular roʻy berayotgan muhit
tasviridan boshlaydi. Yozuvchi asar g‘oyasini ochishda Grandelar oilasining yashash joyini
tasvirlashga katta e’tibor beradi. Jumladan, bu asar quyidagicha boshlanadi:
“
Ba’zi chekka shaharlarda shunday uylar boʻladiki, ular tashqi koʻrishini bilanoq, tim
qorong‘i monastirlar, shumshuk choʻllar yoki g‘amgin xarobazorlar kabi kishi dilini siyoh qiladi.
Ehtimol, bu uylar ayni vaqtda monastir singari sukunatga choʻmgan, choʻllar kabi
huvullagan, hayotdan nom-nishon qolmagan vayronadek mudhishdir. Bu uylarda hayot va
harakat shu qadar sokindirki, koʻchadan notanish oyoq tovushi eshitib, derazadan qoni qochgan,
rangpar yuzini koʻrsatib, shamday qotib turgan odamning sovuq nazariga odamning koʻzi
tushmaguncha, bu uy egasiz qolgan deb oʻylash mumkin. Somyurdagi, shahar chekkasidan qasrga
olib boradigan doʻng koʻcha oxiridagi uyning tashqi koʻrinishi ham kishi koʻnglini mana shunday
g‘ash qiladi... Bu uylarning qorayib, oʻyilib ketgan deraza tokchalari, undagi naqshlar arang
koʻzga
tashlanadi; bu tokchalar bir bechorahol, zahmatkash ayol parvarish qilgan chinnigul yoki
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1397
atirgullarning qopqora sopol tuvaklari uchun juda torlik qiladigandek tuyuladi. Sal narida
kattakon darvoza uning hamma yog‘iga katta-katta qalpoqli mixlar qoqib tashlangan”
[Yevgeniya Grande, 5-6 b.].
Bu janob Grandening uyi. U kun tushmas, bir pastqamlikda
joylashgan boʻlib, “u ha deganda koʻzga tashlanmaydi” [
Yevgeniya Grande
, 9-b.]. Uddaburon
va ishbilarmon Grande tijorat ishlarida, pul xususiga kelganda “yoʻlbars yoki ilonga oʻxshar edi:
yerga yotib, kulcha boʻlib olar, oʻljasiga uzoq vaqt koʻz tikib, birdan uning ustiga tashlanar,
soʻngra hamyonining og‘zini katta ochib, navbatdagi ulushini yutib yuborar, keyin nafsi picha
orom olib, ovqatni hazm qilishga yotgan ilonday sovuq, beparvo ravishda asta kulcha boʻlib,
olardi... Smyurda Grandening “yumshoq” temir panjarasiga tushmagan odam bormikin?..”
[
Yevgeniya Grand
, 12-b.]
.
namoyon boʻladi.Balzakni yozuvchi sifatida faqat muhit va shaxs oʻrtasidagi
munosabatlar emas, balki shu muhitda yashovchi shaxslarning oʻzaro munosabatlari ham
qiziqtiradi.Adib qahramonlari asosan u yoki bu darajada teng, yaqin moddiy maishiy sharoitlarda
yashashadi.
Bu davrning asosiy belgilari haqida fikr yuritgan adibning oʻzi “ijtimoiy tuzum insonlarni
oʻz ehtiyojlariga shu qadar moslashtirib,majruhlashtiradiki, natijada ular oʻzlariga aslo oʻxshamay
qoladilar”.Umuman olganda, buyuk realist yozuvchi Balzak yaratgan Grande obrazi XIX asar
tarixiy voqeligining asosiy shakl-tamoyillari va xususiyatlarini ochib beruvchi yirik badiiy
obrazdir.
REFERENCES
1.
Алексеев Г.П, Скепеская Г. И, Тарасова А.Н, Рощупкина Э.А. Grammaire pratique du
françаis moderne . - Моscоu: ВШ. 1985. -189 p.
2.
Balzak, Onore de. Gorio Ota. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy
3.
adabiyot nashriyoti, 1968, 296 bet.
4.
Balzak, Onore de. Yevgeniya Grande. T.: “Toshkent” badiiy adabiyot
5.
nashriyoti, 1964, 212 bet.
6.
Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978. – 220 b.
7.
Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1983 . - 220 b.
8.
Salomov G‘. Adabiy an’ana va badiiy tarjima.- Toshkent: Fan, 1980. - 158 b.
9.
Salomov G‘. Tarjima tashvishlari. – Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi
10.
adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. - 190 b.
11.
Salomov G‘. Til va tarjima. – Toshkent: Fan, 1966. – 280b.
12.
Salomov G‘., N.Komilov. Do‘stlik ko‘priklari. - T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
13.
adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. – 221 b.
