Authors

  • Zokirjon Erkinov
  • Toxirov Nurbek
  • Axror Yigitaliyev
  • Moxirjon Maxsudov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33509

Keywords:

Fiber thread twist quality unevenness maturity stretch stretch.

Abstract

This article analyzes the research of scientists on the influence of technological parts and their movement on yarn properties in yarn spinning processes. As a result of the practical research conducted by scientists, the factors involved in the formation of the yarn, along with the quality of the yarn, and their effect on productivity were studied.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1402

YIGIRISH JARAYONINING IP XOSSALARIGA TA’SIRINI TAHLILI

Erkinov Zokirjon

Toxirov Nurbek

Yigitaliyev Axror

Maxsudov Moxirjon

Namangan tо‘qimachilik sanoati instituti,

Termiz muhandislik-texnologiya institute.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11395614

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ip yigirish jarayonlarida texnologik qismlar va ularning

harakatini ip hossa kо‘rsatikchlariga ta’siri bо‘yicha bо‘yicha olimlarning tadqiqotlari tahlil
etilgan. Tadqiqotlarda olimlar tomonidan olib borilgan amaliy tadqiqotlar natijasida ipning
shakllanishida ishtirok etuvchi omillar ip sifati bilan birga unumdorlikka ham ta’siri о‘rganilgan.

Kalit sо‘zlar:

Tola, ip, buram, sifat, notekislik, pishiqlik, urchuq, chо‘zish, unumdorlik.

ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF THE SPINNING PROCESS ON IP PROPERTIES

Abstract.

This article analyzes the research of scientists on the influence of technological

parts and their movement on yarn properties in yarn spinning processes. As a result of the
practical research conducted by scientists, the factors involved in the formation of the yarn, along
with the quality of the yarn, and their effect on productivity were studied.

Key words:

Fiber, thread, twist, quality, unevenness, maturity, stretch, stretch.

АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ПРОЦЕССА ПРЯДЕНИЯ НА IP-СВОЙСТВА

Аннотация.

В данной статье проанализированы исследования ученых о влиянии

технологических компонентов и их поведении на свойства пряжи в процессах прядения. В
результате практических исследований, проведенных учеными, были также изучены
факторы, участвующие в формировании пряжи, а также качество пряжи.

Ключевые слова:

волокно, нить, крутка, качество, неровнота, прочность, веретено,

растяжение, производительность.


Ip yigirish sanoati uzluksiz davom etuvchi texnologik jarayonlar majmuasidan iborat bо‘lib,

uning kо‘p sonli о‘zaro bog‘liq va shartli omillari mavjud bо‘lgan nazoratsiz tashqi va ichki
о‘zgarishlar ishlov berilayotgan mahsulotlarning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu omillarning
alohida yoki birgalikda ta’siri oqibatida texnologik jarayonning barqarorligida buzilishlar sodir
bо‘lib, xomaki va tayyor mahsulotlarning sifat kо‘rsatkichlarida keskin о‘zgarishlarning yuz
berishiga, ya’ni notekislikning paydo bо‘lishiga olib keladi [1].

Ip sirtining silliqligi, uning tozaligi, aralashmalar, konuslar, tugunlarning yо‘qligi nafaqat

ipni qayta ishlash jarayonining normal borishi, balki trikotajning sifati - elastiklik, о‘lchov
barqarorligi, tashqi kо‘rinishi uchun ham zarurdir.

Kо‘pgina olimlar ip sifatini yaxshilash bо‘yicha tadqiqotlar olib borganlar. Bugungi kunda

yigiruv fabrikalarida ip asosan ikkita yigirish usulida ishlab chiqariladi, bular halqali yigirish va
rotorli yigirishdir. Ring usulida olingan ip pnevmomexanik ipga qaraganda sifat jihatidan
yaxshiroqdir. Buning sababi shundaki, halqa usulida olingan ipda barcha tolalar burish jarayonida
ishtirok etadi, pnevmomexanik usulda esa bu kuzatilmaydi. Ammo pnevmomexanik usulning
unumdorligi yuqori (5-6 marta) [2]. Keyingi yillarda ixcham ip-kalava ishlab chiqaruvchi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1403

mashinalardan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Yangi iplar oddiy iplarga qaraganda pishiqroq,
tukdorlik darajasi kamroq va bir tekis bо‘ladi.

Ip yigirish korxonasidagi texnologik jarayonning bir meyorda ishlashi uchun har bir

yо‘g‘onlikdagi ip yigirish uchun alohida yigirish rejasi ishlab chiqiladi. Natijada, korxonaning
iqtisodiy kо‘rsatkichi yaxshilanadi va sifatli ip ishlab chiqarish imkoniyati tug‘iladi [3].

Yigirish jarayonida iplarning sifat kо‘rsatkichlari avvalambor boshlang‘ich xom ashyo

tolalarning xossalariga bog‘liqdir. Tolalarning xossalariga ularning yо‘g‘onligi, mustahkamligi,
bir tekisliligi, pishib yetilganliligi kiradi. Masalan, tolalarning yо‘g‘onligi ip yigirish jarayonida
katta ahamiyatga egadir. Olinadigan iplarning xususiyati tola yо‘g‘onligiga bog‘liq bо‘ladi.

Ingichka tolalardan talabga javob beradigan in5gichka, silliq, bir tekis va mustahkam iplar

olinadi. Ingichka iplardan nafis, yengil gazlamalar, trikotaj matolari ishlab chiqariladi. Tola
qancha ingichka bо‘lsa, bir xil yо‘g‘onlikdagi ipning kо‘ndalang kesimida shuncha kо‘p tolalar
bо‘ladi. Natijada, ipning tuzilishida tolalarning о‘zaro bir-biriga tegib turgan yuzasi kо‘payadi va
ishqalanish kuchi ortadi, hamda iplarning mustahkamligini yuqori bо‘lishiga olib keladi [4].

Iplarning xossalarini bashoratlash va loyihalashda obyektiv yondashuv texnologik

jarayonlar natijalarini ilmiy tahlil qilish va baholashga, shuningdek, ipning tuzilishi va
xususiyatiga bog‘liq qonuniyatini о‘rnatishga imkon beradi. Natijada, texnologik jarayonni
nazorat qilish va yuqori sifatli ipni ishlab chiqarishga turtki beradi. Bu mavjud xom ashyolardan
oqilona foydalanishga va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Yakuniy mahsulot sifatiga ta’sir kо‘rsatadigan fizik-mexanik kо‘rsatkichlari katta

miqdorda iplarning strukturaviy tuzilishiga bog‘liq.

Ishlab chiqariladigan ipning xususiyatlariga tolaning xossalaridan tashqari ipning hosil

qilish texnologik jarayonlari, chо‘zish jarayoni, pishitish va о‘rash jarayonlari ta’sir etadi. Ip
strukturasini uni hosil qilish sharoitlari belgilaydi, ularga halqali yigiruv mashinasidagi quyidagi
kо‘rsatkichlar kiradi: michka kengligi, buram uchburchagi balandligi, ipni о‘z о‘qi atrofida
aylanishlar soni bilan tolali mahsulotni uzatish tezligi orasidagi nisbati [5].

Urchuqning aylanish chastotasi ortishi bilan yuzaga keladigan taranglik kuchi ipning

buram uchburchagidagi tolalarning holatiga mos ta’sir kо‘rsatadi. Taranglik ta’sirida ipga
yetmagan tolalarning uchlari tо‘g‘rilanadi. Shunday qilib, buram uchburchagida ip tarangligi
ta’sirida tolalarni siljimasdan qisman tо‘g‘rilanishi va natijada mahsulotlarning qisman chо‘zilishi
kuzatiladi. Natijada, unda chiqayotgan tolali qatlamning kо‘ndalang kesimida tolalarning doimiy
soni bilan, tolalarning qisman tо‘g‘rilanishi tufayli mahsulot chо‘ziladi va natijada ipning chiziqli
zichligining qisman kamayishi sodir bо‘ladi. Ip tarangligini oshirish buram uchburchagida
deformatsiyaning oshishiga va natijada tolalarni tо‘g‘rilanishiga olib keladi. Bunga bir qator ijobiy
hodisalarni kiritish mumkin, chunki tolalarni tо‘g‘rilash natijasida ularning zichroq joylashishi va
ip tarkibidagi turli xossalarning oshishi sodir bо‘ladi. Boshqa tomondan, tolalarni tо‘g‘rilash va
tarangligini oshirish jarayonida ularning bir-biriga nisbatan siljishi ham sodir bо‘lishi mumkin.
Natijada, qо‘shimcha tarkibiy notekislik kelib chiqadi.

Demak, buram uchburchagi ipning shakllanishi va xossalari bilan bir qatorda mashinaning

unumdorligi hamda samaradorligigiga ham tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida
tadqiq etishni talab qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1404

Bugungi kunda trikotaj matolarini ishlab chiqarish sezilarli ravishda ortgan. Trikotaj

matolarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan iplarga yumshoqlik, kam buramlik talablari qо‘yiladi.

Halqali yigirish mashinalarida mazkur kamchiliklarni bartaraf etuvchi kompakt yigirish

usuli yaratilgan [6]. Usulning afzalligi shundaki, tolalar ipda tartibli joylashganligi tufayli
chо‘zishga qarshiligi ortadi, tolalarning kompaktlanishi natijasida ipning tukdorligi kamayadi.

Demak, kompaktlash yо‘li bilan ipning fizik-mexanik xossa kо‘rsatkichlari yaxshilangan

[63]. Shuning uchun ham kompakt ip yigirish usuli yangi yigirish usuli sifatida keng miqyosda
sanoatga kirib keldi.

An’anaviy halqali iplarga nisbatan kompakt ipning geometriyasi о‘zgartirilgan. Kompakt

iplarni shakllantirish jarayonida pishitish uchburchagi deyarli hosil bо‘lmaydi [80].

a)

b)

(a) oddiy halqali usulda yigirilgan ip, (b) kompakt usulda yigirilgan ip
1-rasm. Kompakt iplarning asosiy prinsipi
W - kenglik odiiy va kompakt usullarda turlicha bо‘lishini kо‘rishimiz mumkin. WS –

о‘lchamda ip shakllanish holatida oddiy iplarda pishitish uchburchagini hosil bо‘lishini
kо‘rishimiz mumkin. Kompakt iplarda pishitish uchburchagi avval aytib о‘tilganidek, deyarli
yо‘qolgan va barcha tolalar pishitish jarayonida qatnashayotganligi kо‘rinadi.

Pishitish uchburchagining katta bо‘lishi iplarning xossa kо‘rsatkichlariga ta’sirini

yuqoridagi bobda kо‘rib chiqdik. Kompakt iplarda pishitish uchburchagining yо‘qolishi ipning
xossa kо‘rsatkichlarini ortishiga olib kelgan. Kompakt va oddiy iplarning bо‘ylamasiga kо‘rinishi
quyidagichadir (2-rasm).


a)

b)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1405

2-rasm. Oddiy (a) va kompakt (b) iplarning kо‘rinishi
Halqali yigirish mashinalari uchun kompakt qurilmalarining asosiy ishlab chiqaruvchilari

Zinser, Rieter va Suessen kabi mashhur mashinosozlik firmalaridir. Ular ishlab chiqarayotgan
kompakt ip yigirish mashinalari Air-Com-Tex 700 (Comp ACT3) (Zinser), K44 (Com 4) (Rieter),
Elite (Suessen)lardir. Yigirish mashinalari bozorida Cognetex, Rotorcraft va Officine Gaudino
kompaniyalari о‘zlarining loyihalarini taklif etmoqdalar.

Kо‘plab olimlar buram uchburchagini turli usullar bilan kamaytirish yо‘llarini izlab,

tadqiqotlar olib borganlar. Yuqorida aytib о‘tilganidek, ushbu tadqiqotlarda ip uzilganda ulashdagi
murakkablik ushbu tadqiqot natijalarini joriy etishga tо‘sqinlik qilgan.

Halqali yigirish mashinalarida yigirib olingan iplarning sifatiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy

omillardan biri bu iplarning uzilishlar sonining kо‘pligidir. Iplarning kо‘p uzilishi о‘z navbatida
mashina unumdorligini pasayishiga va ip sifatining yomonlashuviga olib keladi.

Halqali yigiruv mashinasida chо‘zish asbobi ma’lum burchak ostida qiya qilib о‘rnatiladi.
Bu qiyalikning sababi, old silindrdan chiqayotgan tolali tutam (michka)ni chiqish

burchagini kamaytirish hisoblanadi. Tolali tutamni silindr yuzasidagi qismiga buram yetib
bormaydi, va shu sababli uning uzilishga chidamliligi, tayyor ipning pishiqligidan 22-24 %ni
tashkil etadi.

Ma’lumki, yigiruv mashinasida halqa bо‘ylab aylanma harakatlanayotgan yugurdak

tomonidan ipga berilgan buram, chо‘zish asbobida tolali qatlamni siqish chizig‘iga qadar yoyiladi.

Undan keyinga buram о‘tmaydi. Bu chiziqdan tolali qatlam chiqishida uning kengligi va

qalinligidan kelib chiqib, buram uchburchagi shakllanadi. Dastlab olimlar va tadqiqotchilar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ushbu buram uchburchagi teng yoyli deb qaralgan va buni
xususiy hol sifatida qabul qilingan.

Halqali usulda olingan ipning fizik-mexanik xossa kо‘rsatkichlari kо‘p jihatdan tolalarning

buram uchburchagi [7] dagi joylashishiga, ip tarangligiga bog‘liq va shuning uchun uning tadqiq
etishga ehtiyoj bor.

Tadqiqotchilar tomonidan buram uchburchak sohasida ip hosil bо‘lish jarayonini о‘rganish

maqsadida, tasvirlar yuqori tezlikda makro fotosurat yordamida olingan. Tadqiqot natijasida,
buram uchburchagida assismetriya yuzaga kelib, ip shakllanishi, uning xossalari va uzilishiga
sezilarli ta’sir kо‘rsatishi aniqlangan [8].

Urchuqning aylanish chastotasi ortishi bilan yuzaga keladigan taranglik kuchi ipning

buram uchburchagidagi tolalarning holatiga mos ta’sir kо‘rsatadi. Taranglik ta’sirida ipga
yetmagan tolalarning uchlari tо‘g‘rilanadi. Shunday qilib, buram uchburchagida ip tarangligi
ta’sirida tolalarni siljimasdan qisman tо‘g‘rilanishi va natijada mahsulotlarning qisman chо‘zilishi
kuzatiladi. Natijada, unda chiqayotgan tolali qatlamning kо‘ndalang kesimida tolalarning doimiy
soni bilan, tolalarning qisman tо‘g‘rilanishi tufayli mahsulot chо‘ziladi va natijada ipning chiziqli
zichligining qisman kamayishi sodir bо‘ladi. Ip tarangligini oshirish buram uchburchagida
deformatsiyaning oshishiga va natijada tolalarni tо‘g‘rilanishiga olib keladi. Bunga bir qator ijobiy
hodisalarni kiritish mumkin, chunki tolalarni tо‘g‘rilash natijasida ularning zichroq joylashishi va
ip tarkibidagi turli xossalarning oshishi sodir bо‘ladi. Boshqa tomondan, tolalarni tо‘g‘rilash va
tarangligini oshirish jarayonida ularning bir-biriga nisbatan siljishi ham sodir bо‘lishi mumkin.
Natijada, qо‘shimcha tarkibiy notekislik kelib chiqadi [9].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1406

Demak, buram uchburchagi ipning shakllanishi va xossalari bilan bir qatorda mashinaning

unumdorligi hamda samaradorligigiga ham tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida
tadqiq etishni talab qiladi.

REFERENCES

1.

Жуманиязов К.Ж., Бобожанов Х.Т., Гафуров Ж.К. Сравнение устройств для
компактной кольцевой пряжи // Проблемы текстилья. – 2009. – № 4.– С. 19-21.

2.

Борзунов И.Г., Бадалов К.И., Гончаров В.Г., Дугинова Т.А., Черников А.Н., Шилова
Н.И. и др. Прядение хлопка и химических волокон. Часть 2, - М.: Легпромбытиздат,
1986, 389 с.

3.

Ибрагимов Х.Х. ва бошқалар. Йигириш машиналари. «Ўқитувчи», Тошкент, 1985.

4.

Казакова Д.Э. Ипнинг нотекислигига таъсир этувчи омиллар ва уларни камайтириш
йўллари. PhD диссертацияси, Наманган, НамМТИ. 2020, - 120 б.

5.

Павлов Ю.В. Структурное преобразование в мычке у порога крутки в момент обрыва,
Известия ВУЗов, 1965; №4, С. 56-61

6.

www.RoCoS.com

7.

Przybyé, K. Натяжение и обрывность пряжи на кольцевой прядильной машине / K.
Przybyé // Реф. жур. Текстильной промышленности. – М., 1993. – № 5. – 11 c.

8.

Столяров А.А. Разработка технологии формирования пряжи повышенной прочности
в условиях высокоскоростного кольцепрядения. Дисс.докт.техн.наук. ИГТА.
Иваново. 2012 г

9.

Солиев А., Жуманиязов Қ., Эркинов З. Ҳалқали йигириш жараёнида бурам
учбурчагининг ип хоссаларига таъсири. “Тикув-трикотаж саноатида инновацион
технологиялар, ишлаб чиқаришдаги муаммо, таҳлил ва соҳани ривожланиш
истиқболлари” Халқаро илмий-амалий конференцияси. Наманган: НамМТИ, 2022.
48-50 бет

References

Жуманиязов К.Ж., Бобожанов Х.Т., Гафуров Ж.К. Сравнение устройств для компактной кольцевой пряжи // Проблемы текстилья. – 2009. – № 4.– С. 19-21.

Борзунов И.Г., Бадалов К.И., Гончаров В.Г., Дугинова Т.А., Черников А.Н., Шилова Н.И. и др. Прядение хлопка и химических волокон. Часть 2, - М.: Легпромбытиздат, 1986, 389 с.

Ибрагимов Х.Х. ва бошқалар. Йигириш машиналари. «Ўқитувчи», Тошкент, 1985.

Казакова Д.Э. Ипнинг нотекислигига таъсир этувчи омиллар ва уларни камайтириш йўллари. PhD диссертацияси, Наманган, НамМТИ. 2020, - 120 б.

Павлов Ю.В. Структурное преобразование в мычке у порога крутки в момент обрыва, Известия ВУЗов, 1965; №4, С. 56-61

www.RoCoS.com

Przybyé, K. Натяжение и обрывность пряжи на кольцевой прядильной машине / K. Przybyé // Реф. жур. Текстильной промышленности. – М., 1993. – № 5. – 11 c.

Столяров А.А. Разработка технологии формирования пряжи повышенной прочности в условиях высокоскоростного кольцепрядения. Дисс.докт.техн.наук. ИГТА. Иваново. 2012 г

Солиев А., Жуманиязов Қ., Эркинов З. Ҳалқали йигириш жараёнида бурам учбурчагининг ип хоссаларига таъсири. “Тикув-трикотаж саноатида инновацион технологиялар, ишлаб чиқаришдаги муаммо, таҳлил ва соҳани ривожланиш истиқболлари” Халқаро илмий-амалий конференцияси. Наманган: НамМТИ, 2022. 48-50 бет