ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1415
YERLARNI TALON-TOROJ QILISH HOLATLARIDAN MUHOFAZA QILISHNING
NAZARIY-HUQUQIY
ASOSLARI.
Qo`shayev Farrux Ro`zmat o`g`li
O`zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, magistratura bosqichi,
“Tergov faoliyati” yo`nalishi tinglovchisi.
E-mail:
Tel: 97-360-07-11.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11396654
Annotatsiya. Yer va yer resurslari tabiatning ajralmas va cheklangan manbalari
hisoblanib, bugungi kunda mamlakatimizda ularni nobud qilish, maqsadsiz foydalanish va
o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi ortidan jinoiy oqibatlar kelib chiqishining qonuniy asoslari
belgilangan.
Mazkur maqolada yerlarning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati, yer uchastkalarini himoya
qilishning milliy-huquqiy mexanizmlari va qonuniy asoslari, yerlarni talon-taroj qilish
holatlarining sodir-qilinishi shart-sharoitlari ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: yer huquqi, yer qonunchiligi, yer uchastkalari, sug‘oriladigan yerlar,
o‘zboshimchalik, yer uchastkalarini egallab olish, jinoyat.
THEORETICAL AND LEGAL BASICS OF PROTECTING LAND AGAINST SCALES
OF LOITING.
Abstract. The land and land resources are considered irreplaceable and limited resources
of the nature, and today in our country there are legal grounds for criminal consequences for their
destruction, misuse and arbitrary appropriation. In
This article scientifically analyzes the socially-legal significance of land, national legal
mechanisms and legal framework for the protection of land plots, and the conditions for the
occurrence of cases of land plunder.
Key words: land plots, irrigated lands, arbitrariness, unauthorized seizure of land plots,
crime.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ЗАЩИТЫ ЗЕМЕЛЬ ОТ
БАРАЖАЩИХ ВЕСОВ.
Аннотация. Земля и земельные ресурсы считаются незаменимыми и
ограниченными ресурсами природы, и сегодня в нашей стране существуют правовые
основы для уголовно наказуемых последствий за их уничтожение, нецелевое использование
и произвольное присвоение.
В данной статье научно анализируются социально-правовое значение земли,
национально-правовые механизмы и правовые основы охраны земельных участков, условия
возникновения случаев земельного разграбления.
Ключевые слова: земельные участки, орошаемые земли, произволный захват
земельных участков, преступность.
Yer - jamiyat rivojlanishining qadimiy davrlaridan boshlab yer munosabatlarining moddiy
asosi va mulkchilikning asosiy manbayi vazifasini bajarib kelmoqda. Yerlarni samarali
foydalanishga moslash ishlari juda qadim zamonlardan boshlangan bo`lib, u davrlarda bu ishlar
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1416
tasodifiy xarakterga ega bo`lgan va asosan yerlarni foydalanish maqsadlariga qarab chegaralash
ishlari olib borilgan.
Masalan, qabilalar o`zlari foydalanadigan yerlarni dehqonchilik, chorvachilik va ov qilish
maqsadlari uchun bo`lishgan. Keyinchalik yerga mulkchilik munosabatlari paydo bo`lgandan
keyin, bu ishlar yerlarni aniq maqsadlar bo`yicha taqsimlashga, ularni mulkdorlar va yerdan
foydalanuvchilar manfaatlari bo`yicha tashkil etishga aylandi.
1
Xalqaro huquq me`yorlariga ko`ra har bir davlatning hududi – davlat chegarasi doirasidagi
yer kengliklaridan iboratdir. Yer kengliklariga esa ushbu hududlarning quruqlik qismi, suv
akvatoriyasi, yer osti boyliklari va atmosfera havosi kiradi. Mazkur tabiiy obyektlar har bir
davlatda yashovchi insonlar uchun moddiy baza hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir davlat,
jumladan, O`zbekiston Respublikasining hududi uning siyosiy-ijtimoiy hayotida muhim o`rin
egallaydi va mustaqilligining real ifodasi deb qaraladi.
2
Yer - turli fan sohalarida turlicha ma’noga ega. Masalan, astronomiya fanida “yer” -
Quyosh sayyorasi atrofida aylanuvchi va uning tizimida uchinchi bo`lgan sayyora; geografiya
fanida “yer” - mazkur sayyoraning quruqlik qismi; qishloq xo`jaligi sohasida “yer” - sayyoramiz
quruqlik qismining eng yuqori tuproq qatlami; ekologiya fanida “yer” - yagona ekologik tizimdagi
maydon, relef va tuproqlarni qamrab oluvchi atrof tabiiy muhitning alohida bir qismi yoki
komponenti; yurisprudensiya fanida “yer” - tasarruf qilish, egallash va foydalanish predmeti
hamda ijtimoiy munosabatlarning mustaqil obyekti sifatida qaraladigan sayyoramiz quruqlik
qismining eng yuqori qatlami; texnika sohasida “yer” - ma’lum bir turdagi xalq xo‘jaligi
obyektlarini, inshootlarini qurish yoki joylashtirish uchun mo‘ljallangan zamin hisoblanadi.
3
Yer
har doim insoniyat istiqomat qiladigan tabiiy muhit hisoblanishi bilan bir qatorda, ishlab
chiqarishning ajralmas manbasi ham bo`lib qoladi.
4
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Qishloq xo`jaligi
sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi
ilg`or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash eng muhim vazifamizdir.
Keyingi yillarda klastyer usulida paxta yetishtirishni kamida 52% yetkazish uchun 48 ta
paxta-to`qimachilik klastyerini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, g`alla
va meva-sabzavot klastyerlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish kerak. Bu soha biz uchun
nisbatan yangi ekanini inobatga olib, uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, jumladan, kredit
tizimini soddalashtirish, xarajatlarni subsidiyalash, yer ajratish bilan bog`liq tartiblarni qayta
ko`rib chiqish talab etiladi. Qishloq xo`jaligi ekinlari va chorvachilik bo`yicha yangi tarmoqlarni
rivojlantirishimiz zarur. Bugungi kunda fermer xo`jaliklarining yillik chorva ozuqasiga bo`lgan
ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda. Qishloq xo`jaligi
maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish kerak.Yerdan samarali foydalanib,
mo`l hosil olayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklariga o`z faoliyatini kengaytirishi uchun
qo`shimcha yer maydonlarini ajratish lozim. Qishloq xo`jaligidagi islohotlardan maqsad –
1
Mirzaabdullaeva M.R, Muqumov A.M, Xafizova Z.X. Yer huquqi. Darslik -T.: “TIMI”, 2020. – b.8
2
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. yu.f.d., professor, A.X.Saidov, Toshkent TDYI, 2005 yil.
3
Nigmatov A.N. Yer huquqi. O‘quv ko‘llanma. - T.: “Toshkent islom universiteti”, 2001.-224 6. b - 9.
4
Konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii. Kommentariy / Pod obщ. red. B.Ы.Topornina, Yu.M. Baturina, R.G. Orexova.
M.: «Yuridicheskaya literatura», 1994. -s. 93
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1417
iqtisodiy foyda ko`rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, xalq farovonligini
oshirishdan iboratdir”
5
.
Yerning o`z tabiiy xossalariga ega bo`lishi uning inson jamiyati hayotining farovonligini
ta’minlash uchun zarur bo`lgan obyektlarni joylashtirishda (sanoat, qishloq xo`jaligi va tarixiy-
madaniy obyektlar, aholi punktlar va boshqalar) zaruriy va umumiy asoslar sifatida tan olinishiga
sabab bo`ladi.
Shu jumladan, yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish bilan bo`g`liq
huquqiy munosabatlar insoniyat sivilizatsiyasining evolyutsiyasida muhim rol o`ynagan.
6
Respublikamizda mustaqillik yillarida yerga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga
solish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. So`nggi yillarda yerdan foydalanish sohasida
ko`plab yangiliklar joriy qilindi, xususan rivojlangan bozor talablariga mos ravishda yer
uchastkalarini xususiylashtirish ishlari yo`lga qo`yilishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Unda yer
uchastkalarini xususiylashtirish qonuniylik, ixtiyoriylik, haq to`lash, xususiylashtiriladigan yer
uchastkalarining va ularda joylashgan ko`chmas mulk obyektlarining birligi, ochiqlik va shaffoflik
kabi asosiy tamoyillar asosida olib borilishi belgilangan.
Bunday sharoitda respublikamiz hududida mavjud bo`lgan yer resurslaridan oqilona,
samarali, ilm-fan tavsiyalari, tabiatning umumiy qonuniyatlari asosida foydalanish va uning
muhofazasini to`g`ri ta`minlash, shak-shubhasiz, bugungi kunning birinchi darajali vazifalaridan
biridir. Bu vazifani amalga oshirishda yer huquqi sohasidagi bilimlarning roli juda katta. Chunki
u yerdan oqilona va samarali foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni
tartibga soluvchi vazifani o`taydi, undan oqilona foydalanish va turli xil g`ayri qonuniy
harakatlardan himoya qilish choralarini belgilaydi. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga
qaratilgan qonunlar yer resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, ularni asrash, qadrlash,
tuproq unumdorligini doimo oshirib borish talablarini o`rnatadi va ushbu talablarga rioya qilish
choralarini belgilaydi. Demak, yer huquqi butun jamiyat uchun ham, har bir alohida shaxs uchun
ham yerdan oqilona foydalanishni ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
7
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida yer
zaxiralarining cheklanganligi va sifat tarkibining pastligi bilan bog`liq xavf to‘xtovsiz ortib
borayotganligi, ayni vaqtda yer ulkan boylik bo‘libgina qolmay, balki mamlakatimizning
kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi, shuning uchun ham yerlarni muhofaza qilish, ulardan
o‘ta samaradorlik bilan va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish zamonamizning eng dolzarb
masalasi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
8
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Hozirgi vaqtda
butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda.
Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani,
cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash shular
5
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasi.
http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti... 2018.
6
В.Е.Некрасов. “Земельный участок, находящийся в долевой собственности: понятие и совершение сделок с
ним” Автореферат дис. ... канд. юрид. наук. Ростов-на-Дону, 2007. - с.З
7
Mirzaabdullaeva M.R, Muqumov A.M, Xafizova Z.X. Yer huquqi. Darslik -T.: “TIMI”, 2020. – b.9
8
Nigmatov A.N. Yer huquqi. O‘quv ko‘llanma. - T.: “Toshkent islom universiteti”, 2001.-224 6. b - 3.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1418
jumlasidandir. Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda
har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak”
9
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasininng 68-moddasida “Yer, yer osti boyliklari,
suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy
boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi
mumkin.” deb belgilangan.
10
Asosiy qomusimizda yerdan foydalanish va unga egalik qilishning konstitutsiyaviy asoslari
qat’iy mustahkamlanishi, ushbu tabiat resursini asrab-avaylash va undan samarali foydalanishdagi
qonunbuzilishi holatlariga qarshi murosasiz kurashish ortidan zarur javobgarlik masalalarini
belgilab berilishini ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.
O‘zbekiston yer huquqi o‘z tartibga solish predmetiga ega. Bunda huquq normalari tartibga
solishi kerak bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarning markazida yer turadi. Yer tabiatning eng
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, umummilliy boylik - davlat mulki deb tan olingan. U fuqarolar
hayotiy faoliyatining asosi, qishloq xo‘jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari joylashishi va rivojlanishining hududiy bazasi.
11
Ko`pchilik huquqshunos olimlar, yuridik adabiyotlarda yer va yer resurslarini tartibga
soluvchi qonun normalarini maqsad va vazifalariga ko`ra 3 ta guruhga bo`lishadi.
1. Umumiy ahamiyatdagi qonunlar;
2. Maxsus ahamiyatdagi qonunlar;
3. Muhofaza ahamiyatidagi qonunlar.
Yerga oid siyosatni belgilashda ishtirok etadigan umummilliy ahamiyatdagi qonunlarga
quyidagilar misol bo‘la oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ( 1996 yil 29 avgust);
2. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” (1992 yil
9 dekabr);
3. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»
(2004 yil 9 dekabr);
4. O‘zbekiston Respublikasining qonuni «O‘rmon to‘g‘risida» (2018 yil
16 aprel) va boshq .
Ushbu qonunlarning ahamiyati shundan iboratki, birinchidan, ular yerga oid siyosatning
umumiy yo‘nalishlarini belgilashda xizmat qilsa, ikkinchidan, yerlardan foydalanish va ayniqsa
ularni muhofaza qilishda yerning ekologikhuquqiy munosabatlar tizimida alohida ahamiyatga ega
bo‘lgan qoida-talablarni mustahkamlaydi.
Yer huquqidagi maxsus ahamiyatdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga quyidagilar
kiradi:
9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.
https://president.uz/oz/lists/view/5774
. 20.12.2022 y.
10
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent. «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi. 2023-yil. – 108
b. 20-21 betlar.
11
Yer huquqi. Usmonov M.B. Toshket davlat yuridik istituti. 2002 y. 246 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1419
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi (1998 yil 30 aprel);
2. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Fermer xo’jaligi to‘g‘risida» (2004 yil 26
avgust);
3. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Dehqon xo’jaligi to‘g‘risida» (1998 yil 30 aprel);
4. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Davlat yer kadastri to‘g‘risida» (1998 yil 28
avgust) va boshqalar.
Ushbu qonunlarda yer resurslarini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va Yuridik
va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bilan
bog`liq ijtimoiy munosabatlarning maqsadi, vazifasi, obyekt va subyektlari, yer uchastkalarining
huquqiy holati, ushbu sohada Yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari,
erkinliklari, kafolatlari va davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, yerga doir qonunchilik
talablarini buzganlik uchun Yuridik javobgarlik chora-tadbirlari kabi yer-huquqiy qoida talablari
belgilangandir. SHuning uchun ham yuqorida ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasining
qonunlari yerga oid munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilingan bo‘lib, yer huquqining
maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi.
Muhofaza ahamiyatidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (1994 yil 22
sentyabr);
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (1994 yil 22 sentyabr);
3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996 yil 29 avgust):
4. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (2007 yil dekabr);
5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995 21 dekabr).
Ushbu qonun hujjatlari ham yerga doir qoida talablarni belgilagan holda yer huquqidagi
maxsus qoida-talablar bilan bog`liq ravishda yer qonunchiligini buzganlik uchun intizomiy,
ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llash, yerdan foydalanganlik uchun soliq va
turli to‘lovlarni to‘lash bilan bog`liq jarayonlarni tartibga soladi.
12
So‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini
ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish
borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda bugungi kunda yerdan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash,
yerni muhofaza qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishiga qaramasdan, hududlarda yer
qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan
noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarining
uchrayotganligi yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini
takomillashtirish masalalarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, ekin
yerlari respublika umumiy yer maydonining (44,8 mln. gektar) atigi 9,7 foizini (4,3 mln. gektar)
tashkil etishi, ekin yerlarining ham faqatgina 3,2 mln. gektari sug‘oriladigan erlar hisoblanib,
yerdan foydalanishdagi mas’uliyatsizlik, o‘zibo‘larchilik va noqonuniy holatlar oqibatida bunday
yerlar ham yildan yilga kamayib borayotganligi bu sohada qonuniylikni ta’minlashga mas’ul
bo‘lgan prokuratura organlaridan sohada nazoratni yanada kuchaytirish zaruratini yuzaga
12
Mirzaabdullaeva M.R., Muqumov A.M., Xafizova Z.X., Yer huquqi. - Darslik - T.: “TIMI”, 2020 y. – b. 8.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1420
keltirmoqda. Prokuratura organlari tomonidan so‘nggi ikki yil davomida 43 996 ta holatda 13 872
gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan hamda 59 049 ta holatda 4 764 gektar
ekin yerlarida noqonuniy qurilmalar qurilganligi aniqlangan. Respublikada 22 470 gektar qishloq
xo‘jaligi yerlarini talon - toroj qilish bilan bog`liq 957 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
13
Biroq, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va
samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni
o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi bu borada raqamli texnologiyalardan
keng foydalanish orqali yagona nazorat tizimini joriy etish hamda vakolatli idoralar o‘rtasida
hamkorlikni yanada kuchaytirishni, tergov organlari tomonidan sodir etilgan yer talon-torojliklari
bilan bog`liq jinoyatlarni tezkorlik bilan fosh qilish va samarali tergov qilish borasida bilimlarni
mustahkamlash, kelgusida sodir qilinishi mumkin bo`lgan shu toifadagi huquqbuzarliklar va
jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni va tizimli islohotlarni doimiy ravishda
amalga oshirib borishni taqozo etadi.
13
M.T.Abduhakimov, “Yer to`g`risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish
masalalari” mavzusida PhD unvoni uchun dissertatsiya ishining avtoreferati, 12.00.07 - Toshkent sh., 2023 yil.
