825
O‘QITUVCHINING KASBIY DEFORMATSIYASI
Xidirоva Malohat Qazaqovna,
Guliston davlat pedagogika instituti,
“Pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Bahromov Azizjon Abbosjon o‘g‘li,
Guliston davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11404021
Annotatsiya.
Ushbu maqolada pedagogning kasbiy mahorati, deformatsiyasi xususida so’z
boradi. Ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy layoqatida deformatsiyaning o’rni haqida fikrlar
bildirilgan. Kasbiy deformatsiyaning ta’limdagi o’rni, ta’lim jarayonidagi roli, o’qituvchining
deformatsiya orqali dars jarayonidagi kasbiy layoqati o’rtaga qo’yildi.
Kalit so’zlar:
deformatsiya, kasbiy layoqat, pedagogik jarayon, mukammallik, moslashuv.
TEACHER'S PROFESSIONAL DEFORMATION
Abstract.
This article talks about the professional skills and deformation of the pedagogue.
Opinions were expressed about the place of deformation in the professional capacity of the
pedagogue during the educational process. The place of professional deformity in education, its
role in the educational process, the professional ability of the teacher in the course of the lesson
through deformation was revealed.
Key words:
deformation, professional competence, pedagogical process, excellence,
adaptation.
ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ДЕФОРМАЦИЯ УЧИТЕЛЯ
Аннотация.
В данной статье говорится о профессиональных навыках и
деформациях педагога. Высказаны мнения о месте деформации профессионального
потенциала педагога в ходе образовательного процесса. Выявлено место
профессиональной деформации в образовании, ее роль в образовательном процессе,
профессиональные способности учителя в ходе урока через деформацию.
Ключевые слова:
деформация, профессиональная компетентность, педагогический
процесс, совершенство, адаптация.
Ta’lim jarayonining asosiy markaziy figuralaridan biri sifatida pedagog shaxsi shakllanishi
muammosi hozirgi zamon pedagogika fanining dolzarb mavzularidan biridir. Zero ta’limning
sifati va samarasi pedagogik jarayonda faoliyat yuritayotgan kadrlarning har tomonlama
tayyorgarligiga va kasbiy deformatsiyasiga bog‘liqdir.
826
О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi jamiyatimizning ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida tub burilish yasadi. Bunday sharoitda yangilanayotgan
jamiyatning ma’naviy rivoji, jumladan ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqib, yuksaltirishni nazarda
tutgan g‘oyalar ilgari surildi.
Ularning ichida, Respublika ta’lim tizimini maqsadga muvofiq holda qayta qurish, uni
demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish, yangi mazmunini belgilash, о‘quv jarayonining
samarali shakl, usullarini aniqlash, milliy о‘zligini anglash, xalqning boy madaniy va ma’naviy
merosiga munosabat kabi jihatlar eng dastlabki maqsad va vazifalar sirasiga kiradi.
Ta’lim jarayonida muammoli ta’limning ahamiyati, muammoli ta’lim xususiyatlari,
adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratish shakllari haqida ma’lumot beriladi. Muammoli
ta’limning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi oldiga bilim berishga yo‘naltiradigan
masalalarni qo‘yishda ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ham muammoli savollar
muhim o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim
berishga qaratilgan savol o‘quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradigan darajada bo‘lishi, bola
avval egallagan bilimlarga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasida
shakllantirilishi lozim.
Muammoli vaziyat yaratish bilan o‘qituvchi o‘quvchilarni tafakkur jarayonining tahlil
qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tartibga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechasidan
foydalanishga yo‘naltiradi. Ya’ni ular o‘quv materialini shunchaki eslab qolmay, balki
tushunchalar yuzasidan muayyan aqliy operatsiyalarni ham amalga oshiradi Muammoning
qo‘yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq, uning
yechimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa
uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish amalga oshadi.
1
Kasbiy deformatsiya (mehnatga moslashish, ko‘nikish) – bu shaxsning yangi mehnat
vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol
ta’sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ya’ni birinchi tomondan
shaxs muayyan mehnat jamoasining kasbiy va ijtimoiy-psixologik munosabatlari tizimiga faol
kirishib ketadi, o‘zi uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni, qadriyatlar va normalarni
o‘zlashtirib oladi, o‘zining alohida tutgan yo‘lini tashkilot (mehnat jamoasi)ning maqsad va
vazifalari bilan moslashtiradi, bu bilan o‘zining xulqini mazkur ta’lim muassasaning xizmat yo‘l-
yo‘riqlariga bo‘ysundiradi. Ikkinchi tomondan shaxs o‘zida avvaldan qaror topgan muayyan
1
Maxmutov M. I. Teoriya i praktika problemnogo obucheniya. - Kazan: TKI, 1972. 98.
827
maqsadlar, qadriyatli muomala yo‘nalishiga ega bo‘ladi, shularga muvofiq korxonaga bo‘lgan o‘z
talablarini shakllantiradi. Shaxs va ta’lim muassasasi o‘z talablarini amalga oshira borib, o‘zaro
bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar, bir-birlariga moslashadilar, buning natijasida mehnatga
moslashuv jarayoni amalga oshiriladi.
2
Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi moslashuvlardan iboratdir:
1. Kasbiy moslashuv – shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada
egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga
nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish
bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, funksional vazifalarni sifatli bajarishida va
mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi.
2. Ijtimoiy-psixologik moslashuv – ta’lim muassasasining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini o‘zlashtirishda, unda qaror topgan o‘zaro munosabatlar tizimiga kirishda, uning
a’zolari bilan o‘zaro ijobiy hamjihat bo‘lishda o‘z ifodasini topadi.
3. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv – ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilishi, boshqaruv
tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, xizmat ko‘rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini
o‘zlashtirishni bildiradi.
4. Madaniy-maishiy moslashuv – bu mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo‘sh
vaqtni o‘tkazish an’analarini o‘zlashtirishdir. Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish madaniyati
darajasi, tashkilot a’zolarining umumiy rivojlanishi, ishdan bo‘sh vaqtdan foydalanish
xususiyatlari bilan belgilanadi.
5. Psixofiziologik moslashuv – bu xodimlar uchun mehnat vaqtida zarur bo‘ladigan shart-
sharoitlarni o‘zlashtirish jarayonidir.
3
Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada
egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur xislatlarning shakllanishida, xodimning o‘z kasbiga
nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish
bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, mahoratini egallashda, funksional vazifalarni
sifatli bajarishida va mеhnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi.
Pedagogning o‘zgarishlarga moslashuvchanligi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmay, balki,
pedagog kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirishi tashqi kasbiy talablarga, pedagogik faoliyat
2
Давлетшин М.Г. Жалилова С.Х. Олий мактабда таълим жараёнини самарадорлигининг психологик
томонлари. – Т., 2001. – 10 б.
3
Boynazarovna, A. S. (2022). Innovatsion faoliyat va axborotlar bilan ishlashga ijtimoiy-madaniy adaptatsiya hosil
qilish muammosining psixologik asoslari. Ta’lim fidoyilari, 21, 73-77.
828
shartlariga va shaxsni rivojlantirish dasturiga muvofiq kasbiy malakasini oshirishi, kasbiy
ahamiyatga ega fazilatlarni ataylab rivojlantirishi orqali amalga oshadi. Shu o‘rinda pedagogning
o‘zgarishlarga moslashuvchanligini uning kasbiy o‘sishining individual traektoriyasini aniqlash
va kasbiy deformatsiya (kasbiy to‘yinganlik va charchash) larini bartaraf etish usullari belgilashini
ta’kidlash joiz. Pedagog o‘zini o‘zi takomillashtirishining dastlabki asoslari uning kasbiy rolini
anglashi, tegishli pedagogik qarorlarni va ularning oqibatlarini chuqur his etishi, kasbiy faoliyatini
umumlashtirish va uning istiqbollarini bashorat qilishi, o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini
rivojlantirish qobiliyatlari va tayyorgarligi.
Kasbiy “instinkt”ga muvofiq bunga ehtiyoj sеzilmasa-da, doimo qarshisidagi insonning
holatini baholab, psixologik diagnoz qo‘yadi. Bu holat ba’zan bir qancha muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin.
REFERENCES
1.
Maxmutov M. I. Teoriya i praktika problemnogo obucheniya. - Kazan: TKI, 1972. 98.
2.
Давлетшин М.Г. Жалилова С.Х. Олий мактабда таълим жараёнини
самарадорлигининг психологик томонлари. – Т., 2001. – 10 б.
3.
Boynazarovna, A. S. (2022). Innovatsion faoliyat va axborotlar bilan ishlashga ijtimoiy-
madaniy adaptatsiya hosil qilish muammosining psixologik asoslari. Ta’lim fidoyilari,
21, 73-77.
