Authors

  • Atham Javliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33549

Abstract

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ishini rejalashtirish, tahlil qilish va baholash faoliyati, uning ahvoli, ahamiyati va bugungi kun uchun o‘rni hamda huquqiy asoslari va uni takomillashtirish.

background image


833

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING ISHINI REJALASHTIRSH, TAHLIL

QILISH VA BAHOLASH FAOLIYATINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Javliyev Atham Odiljon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 318-guruh kursanti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11404039

Annotatsiya.

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ishini rejalashtirish, tahlil

qilish va baholash faoliyati, uning ahvoli, ahamiyati va bugungi kun uchun o‘rni hamda huquqiy

asoslari va uni takomillashtirish.

Kalit So‘Zlar:

Profilaktika inspektorlari faoliyatini rejalashtirish, tahlil qilish, “E-

baholash”

tizimi,

huquqbuzarliklar,

huquqbuzarliklarni

barvaqt

oldini

olish,

huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus,yakka va viktimalogik profilaktikasi.

TODAY'S IMPORTANCE OF PLANNING, ANALYZING AND EVALUATING THE

WORK OF PREVENTIVE INSPECTORS

Abstract.

In this article, the activity of planning, analysis and evaluation of the work of

preventive inspectors, its status, importance and place for today, as well as its legal basis and its

improvement.

Keywords:

planning, analysis of activities of prevention inspectors, "E-evaluation"

system, violations, early prevention of violations, general, special, individual and victimological

prevention of violations.

СЕГОДНЯШНЯЯ ВАЖНОСТЬ ПЛАНИРОВАНИЯ, АНАЛИЗА И ОЦЕНКИ

РАБОТЫ ПРОФИЛАКТИЧЕСКИХ ИНСПЕКТОРОВ

Аннотация.

В данной статье рассматривается деятельность по планированию,

анализу и оценке работы профилактических инспекторов, ее статус, значение и место на

сегодняшний день, а также ее правовая основа и ее совершенствование.

Ключевые слова:

планирование, анализ деятельности инспекторов по

профилактике, система «Е-оценка», нарушения, раннее предупреждение нарушений,

общая, специальная, индивидуальная и виктимологическая профилактика нарушений.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash,

huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida tub islohotlar amalga

oshirildi. Bunda birinchi navbatda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi

sub’ektlarning faoliyatini samarali tashkil etish tizimini yaxshilashga, ularning hamkorlik

mexanizmini takomillashtirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda.


background image


834

Yurtimizda olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurushish siyosatida huquqbuzarliklar

profilaktikasining o‘rni va roli sezilarli darajada oshdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning

faoliyat mazmuni butunlay o‘zgardi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi

kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Faqat jazolash bilan qo‘rqitib,

Huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki, noqonuniy harakatlar sodir

etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylandi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirish bevosita fuqarolarning huquq va

erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirish doimiy ravishda o‘rganish, taxlil

qilish va takomillashtirib borish zaruriyatining mavjudligi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirish samarali tashkil etishga xizmat

qiluvchi metodik qo‘llanmalar yetarli emasligi, xamda barcha profilaktika inspektorlari bunday

metodik materiallar bilan bir xilda ta’minlanmaganligi, natijada profilaktika inspektorlari bu

faoliyatda yetarli huquqiy bilimlarga ega bo‘lmayotganligi, aholi bilan huquqbuzarliklar va

jinoyatlar bo‘yicha targ‘ibot – tashviqot ishlari yetarli darajada olib borilmayotganligi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasini rejalashtirish faoliyatidagi mavjud ilg‘or ish usullarini

o‘rganish va amaliyotga joriy etish ehtiyojlarining mavjudligi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasini rejalashtirish faoliyatini samarali tashkil etishga

to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish va ularni bartaraf qilishga, ushbu faoliyatni yanada

takomillashtirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish yuzasidan

takliflar ishlab chiqish. Ma’lumki Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirish

bo‘yicha ishlar asosan, sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmishlarning oqibatlariga qarshi kurashdan

iborat bo‘lib qolmoqda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etish sabablari va

shart - sharoitlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf etish, takomillashtirish bo‘yicha zarur

kasbiy bilim va ko‘nikmaga ega emasliklari ushbu yo‘nalishda mavjud muammolardan biri

hisoblanadi.

Ushbu muammolardan kelib chiqib quyidagi ishlarni amalga oshirishni lozim topdik.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirishda profilaktika inspektorlariga

yordam ko‘rsatuvchi o‘quv, uslubiy va amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish lozim.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini rejalashtirishda profilaktika inspektorlari

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin

hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim. Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga


background image


835

oshirishda Ommaviy axborot vositalarining keng imkoniyatlaridan foydalanib, jamiyatda huquqiy

madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarga qonunga xurmat va qonun buzilishining har qanday

ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratishlozim. Huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyatini rejalashtirish yo‘lida profilaktika inspektorlari tomonidan kiritilgan

taqdimnomalarga o‘sha organlar tomonidan javob berishning ta’sirchan mexanizmini yaratish

lozim.

Hozirgi vaqtda ichki ishlar idoralari profilaktika xizmati faoliyatini rejalashtirishning

barcha asosiy yo‘nalishlarini tashkiliy jihatdan ta’minlashga imkon beruvchi ancha izchil tizimi

mavjud.

Ichki ishlar idoralari profilaktika xizmati apparatlari tomonidan profilaktika xizmati

xodimlarining faoliyatini rejalashtirishning quyidagi turlari mavjud:

– oylik;

– choraklik;

– olti oylik

– yillik.

Oylik rejalar – profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan tuziladi va uni

huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati rahbari tasdiqlaydi. Oylik reja profilaktika inspektorining

kundalik faoliyatiga bo‘ysunadigan asosiy rejaviy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Uning bajarilishi

oxir-oqibatda bo‘linmaning va umuman organning ish rejalari, muayyan ishlar bo‘yicha tadbirlar

rejalarining amalga oshishini ta’minlaydi. Choraklik rejalar – huquqbuzarliklar profilaktikasi

xizmati apparatlari tomonidan tuziladi va ushbu rejada HPB tarkibiy bo‘linmalarining oylik ish

rejalari, shuningdek tizim faoliyatining ayrim yo‘nalishlarini bajarishga qaratilgan rejalarda o‘z

ifodasini topgan. Olti oylik rejalar – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati apparatlari tomonidan

olti oyga mo‘ljallab ishlab chiqiladigan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi bo‘lib, unda HPBga

bo‘ysunuvchi bo‘linma guruhlar faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Yillik rejalar –

huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati apparatlari tomonidan bir yilga mo‘ljallab ishlab

chiqiladigan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi bo‘lib, bevosita HPB bo‘lim, bo‘linma va guruhlari

faorliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Bundan tashqari, tayanch punkti profilaktika inspektorlari

tomonidan kunlik rejalar ish rejasi tuziladi va u profilaktika katta inspektori tomonidan

tasdiqlanadi va kun davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tuman, shahar IIOFMB

huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati apparatiga hisobot beradi.

Bugungi kunda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha respublikada

yaxlit huquqiy tizim – “huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi” yaratilgan, unda ichki ishlar


background image


836

organlari muhim o‘rin egallashi hech kimga sir emas.

Ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga

oshirildi.

Ayniqsa, ichki ishlar organlarining mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar

xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun

tashkil etilgan quyi bo‘g‘inini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar bajarildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining shakllanishida qator qonunlar, 20 dan ortiq

qonunosti hujjatlari qabul qilingan.

Mazkur hujjatlar asosida:

– huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshkurashishni bevosita amalga

oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi

tashkil etidi;

– ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul

qilindi;

– ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarliklarning oldini olish va

profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotlari hokimiyat vakillik organlar tomonidan eshitilishi

tizimi yaratildi;

–tegishli hududda jinoyatchilikni o‘rganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda

ahvolining o‘zgarishini kriminologik prognozlash maqsadida mahallalar kesimida jinoyatlar aks

ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuzilishi va tizimli yuritilishi

belgilab berildi va boshqa kompleks chora-tadbirlar ko‘rildi.

Ko‘rilayotgan choralar, xususan, yaratilayotgan huquqiy baza, fuqarolar huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, jamoat tartibini saqlash,

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi

tizimini samarali ishlashiga ko‘maklashadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish bevosita uning turlari, usul va

shakllari bilan bog‘liq. Aynan shuning uchun ham, bugungi kunda profilaktika inspektorlari

lavozimiga tayinlanadigan, shaxslarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sifatida

«huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish»

belgilangan.

Huquqbuzarlik o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Asosiy masala huquqbuzarliklarning oqibatlari

bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘z


background image


837

vaqtida bartaraf etishdan iboratdir.

Yaqin-yaqingacha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida to‘planib qolgan jiddiy

kamchilik va muammolar ushbu vazifalarni samarali bajarishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan,

huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha ishlar asosan, sodir etilgan

g‘ayriqonuniy qilmishlarning oqibatlariga qarshi kurashishdan iborat bo‘lib, huquqbuzarliklarning

barvaqt oldini olish, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash,

chuqur tahlil qilish va bartaraf etish borasidagi ishlar kutilgan samarani bermadi.

Bu esa mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini tashkil etish uslublarini

tubdan o‘zgartirish, xususan, qonun buzilishi holatlarini fosh etish va choralar ko‘rish bilan

cheklanmasdan, balki mazkur holatlarning barvaqt oldini olish va profilaktikasini ta’minlash

davlat idoralari va tashkilotlarning eng muhim vazifasi etib belgilandi.

Xulasa qilib shuni aytish joizki, profilaktika inspektorlarining ish faoliyatini rejalashtirish,

tahlil qilish va baholash orqali ularning asosiy vazifalarini amalga oshirishda bir qator qulayliklar

olib keladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyatida profilaktika inspektorlarining ish

yurituvada, ularning huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish yuzasidagi ish

faoliyatini samarali yuritishga komaklashadi.

REFERENCES

1.

O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi -T 2022

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi, 2022.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Rasmiy nashr.

– T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2022.

4.

O‘zbekiston Respublikasining

2014 yil

14

maydagi

“Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi

Qonun

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2883-sonli qarori

References

O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi -T 2022

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2022.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2022.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2883-sonli qarori