Authors

  • Sevara Yo‘ldashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33554

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning o’rni tadqiq qilingan. Unda milliy g‘urur, uni anglash, ma‘naviyat va uni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy boyliklar, ma’rifatparvarlik tushunchalari hamda uning jadidchilik harakatida nomayon bo’lish xususiyatlari, milliy mustaqillik tushunchalari yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1444

YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY XOTIRANING O’RNI

Yo‘ldashova Sevara Nuraddin qizi

Urganch davlat Pedagogika Instituti, Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11401474

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning

o’rni tadqiq qilingan. Unda milliy g‘urur, uni anglash, ma‘naviyat va uni shakllantirishga
qaratilgan ma’naviy boyliklar, ma’rifatparvarlik tushunchalari hamda uning jadidchilik
harakatida nomayon bo’lish xususiyatlari, milliy mustaqillik tushunchalari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

milliy g‘urur, milliy g‘oya, ma’naviyat, jadid, mustaqillik, qahramonlik,

taraqqiyparvarlik

, ziyolilik, tarixiy xotira.

THE ROLE OF HISTORICAL MEMORY IN FORMING THE SPIRITUALITY OF

YOUTH

Abstract.

This article examines the role of historical memory in the formation of youth

spirituality. It describes national pride, its realization, spirituality and the spiritual wealth aimed
at its formation, the concepts of enlightenment and the features of its invisibility in the
revolutionary movement, the concepts of national independence.

Key words:

national pride, national idea, spirituality, modernity, independence, heroism,

progressiveness, intellectualism, historical memory.

РОЛЬ ИСТОРИЧЕСКОЙ ПАМЯТИ В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОСТИ

МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В статье исследуется роль исторической памяти в формировании

духовности молодежи. Описаны национальная гордость, ее реализация, духовность и
духовное богатство, направленное на ее формирование, концепции просвещения и
особенности его незаметности в революционном движении, концепции национальной
независимости.

Ключевые слова:

национальная гордость, национальная идея, духовность,

современность,

независимость,

героизм,

прогрессивность,

интеллектуализм,

историческая память.

Yoshlarni milliy g‘oyasi va ma’naviyatini shakllantirishda tarixni o‘rni katta. Tarixni

o’rganish orqali inson tarixiy xotiraga ega bo’ladi. Chunki har bir jamiyat tarixiy xotira bilan
tirikdir. Milliy davlatchilik va jamiyat taraqqiyotida tarix, milliy qahramonlar, xalqning azaliy va
abadiy ma’naviy boyliklari muhim rol o’ynaydi.

Aynan kimlarni o‘rganish kerak, buning uchun uzoq o‘tmishga o‘tishning xojati yo‘q.

Yaqin o‘tmishda bo‘lib, o‘zbek tarixida o‘chmas iz qoldirgan, millatning ertasi uchun hatto o‘z
jonidan voz kechgan jadidlarimizni aytsak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Jadidlar yangi tuzum
tarafdorlari, ochig‘ini aytganda mustaqil fikr yuritish, mustaqil qaror qabul qilish, erkin va odil
hayot qurish tarafdorlari. Aynan ularni haqiqiy qahramon desam adashmayman, chunki ularning
tarix sahnasiga kelishi o‘ta og‘ir davrga to‘g‘ri keladi. Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar
kuchlar

xalqning

deyarli

barcha

tabaqalari—hunarmand,

dehqon,

savdogar, mulkdor,ulamolar orasida mavjud edi.Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1445

xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar.
Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitdaTurkiston mintaqasida rivojlanish uchun
oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon

mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil
koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun
kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi:yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish;
qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatrtruppalari
tuzish;gazeta va jurnallar chop qilish,xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan
Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.Bu kabi harakatlarning targ‘ibotchilari Munavvarqori
Abdurashidxonov,Cho‘lpon Abdulla Qodiriy,Ismoil Obidov Mahmudxoʻja Behbudiy,Fayzulla
Xo‘jayev, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Abdulla Avloniy, Majid Qori
Qodiriy, Ubaydullaxoʻja

Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla

Xoʻjayev),

Toshpoʻlatbek

Norboʻtabekov (Toshkent), Fitrat, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin
Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Isʼhoqxon Ibrat,
Muhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi Madazimov,
Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm)va
boshqalar .

1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Fevral inqilobidan

soʻng oʻzbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qiladilar va „Turon“ uyushmasi zaminida „Shuroi
Islomiya“

jamiyati

tuzildi

(asoschilari Munavvarqori, Abduvohidqori

Abduraufqoriyev, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev).

1917-yil 14-martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targʻibotchilar

yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan
shugʻullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda „Shuroi Islomiya“
tizimi yaratilishining tashabbuskori boʻldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish harakati
Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi. Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun
tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, tatar, turkman kabi
negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat qurish masalasi
boʻy koʻrsata bordi. Ammo, Munavvarqori soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar jumhuriyat bilan
muxtoriyat oʻrtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin
maʼnodagi respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor
boʻlishmagan. Qozoq va boshqird namoyandalari — Mustafo Choʻqay, Zakiy Validiy va
boshqalar Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach,
Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar. „Shoʻroi Islomiya“ning tashabbusi
bilan 1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi chaqirildi.
Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston oʻlkasining davlat maqomi
masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston oʻlka musulmonlari Shoʻrosi
(Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais boʻlib
Mustafo Choʻqay, unga oʻrinbosarlar qilib Validiy va Asadullaxoʻjayev saylanadi. Bu esa
tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan
markazlashtirar edi. Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1446

noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat
markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi.
Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay)
tashkil qilindi. Fitrat, Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab,
satrlar bitishdi.Aynan Turkuston Muxtoriyatini tashkil etilishi milliy g‘ururimizni anglashda
dastlabki pog‘onalardan biri edi.Aynan milliy g‘ururni paydo bo‘lishiga zarur bir sharoit
darkor.Aslida milliy g‘urur barchamizning qonimizda ruhumizda bo‘ladi,ammo uni uyg‘otish
uchun ,sharoit kerak.U qachon bo‘ladi?U har qanday vaziyatda,yov bostirib kelganda,yurting
madhiyasi yangragada ,yoki milliy kiyimlarimizni kiyganda, davlatimiz biron bir musobaqa yoki
ilm-fan, sport sohasida dunyo miqyosida yuqori o‘rinlarni egallaganda uyg‘onadi.Aynan jadidlar
milliy g‘ururni anglab ,eng ko‘p his qilishgan desak adashmayman, Mustaqil Turkuston
Muxtoriyati tashkil topgan kun barcha jadidlar uchun tarixiy va unitilmas edi, 1918-yil fevralda
Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi.Turkuston Muxtoriyati bor yo‘g‘i
72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham amma o‘zbek xalqi uning fidoyi farzandlari uchun unutilmas
bo‘ldi.Xalq milliy o‘zligini angladi.Mustaqillik nima ekanligini angladi.Ammo jadidlarimiz o‘z
fikrlaridan hech ham qaytishmadi ular kelajakka ishonch ko‘zi bilan boqishdi.Shu payt
Cho‘lponning

Bahorni sog'indim...she’ri yodimga tushdi
Bahorni sog’indim, bahorni...
Ko’rganda yerlar, olamlar to’la qorni.
Qor... qor – Zaharli ninalar kabi Ko’zlarga qarab oqar...
Qaydasiz, qaydasiz Latif siynalar kabi Dalalarga singgan bahor?
Cho‘lpon Kuz qo'ynida turgan shoir "Bahorni sog'indim" der ekan, bahor shunchaki yil

fasligina emas, balki majoziy ma'no ham kasb etadi. Shoir uchun mustamlakachilik davri go'yo
kuz izg'irini kabi bo'lsa, bahor istiqlol va porloq istiqbol haqidagi "ezgu tilaklar"ni anglatardi...

Hozirgi tahlikali davrni inobatga olsak,Mustaqillik qanchalik muqaddas nemat ekanligi

anglab yetishimiz, shu mustaqillik uchun kimlar fido bo‘lganligini bilishimiz shuningdek
mustaqilligimizni ,milliy g‘ururimizni, ma’naviyatimizni anglab yetishimiz uchun ham shu
mavzuni tanladim. Aziz yoshlar tinchligimizni faravon hayotimizni qadriga yetaylik,
ajdodlarimizga munosib farzand bo‘laylik.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

2.

"Jadidizm". Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh
redaksiyasi. 1988.

3.

Manba https://tafakkur.net/bahorni-sogindim/abdulhamid-cholpon.uz

4.

Rajabova R. va boshqalar, Oʻzbekiston tarixi (1917—1993-yillar), Toshkent, 1994;


References

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

"Jadidizm". Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1988.

Rajabova R. va boshqalar, Oʻzbekiston tarixi (1917—1993-yillar), Toshkent, 1994;