ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1535
SHAXSNING TA’LIM TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA ZAMONAVIY RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNING VA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING ROLI
Axmadaliyeva Shoxista Ibroximovna
Toshkent Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya (TMC) Instituti informatika fani katta
o‘qituvchisi
Bozorboyev Bahodir Rashidxo’ja o’g’li
Toshkent Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya (TMC) Instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11402505
Annotatsiya.
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatida yani
boshlang‘ich sing o‘quvchilarining ta’lim, tarbiyasini shakllantirishda va shaxs sifatida
rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, pedagogik dasturiy vositalarni
qo‘llagan holda o‘qitish samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar.
Raqamli texnologiyalar, pedagogik dasturiy vosita, vizualizatsiya,
dasturlar majmuasi, texnik va metodik ta’minot, mualliflik dasturlari.
THE ROLE OF MODERN DIGITAL TECHNOLOGIES AND PEDAGOGICAL
SOFTWARE TOOLS IN THE EDUCATION AND DEVELOPMENT OF A PERSON
Abstract.
In the article, the role of using digital technologies in the activities of future
primary education teachers, i.e. in the formation of education, training and personal development
of primary school students, the effectiveness of teaching using pedagogical software tools methods
of increase are analyzed.
Keywords.
Digital technologies, pedagogical software tools, visualization, software
packages, technical and methodical support, copyright programs.
РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ПЕДАГОГИЧЕСКИХ
ПРОГРАММНЫХ СРЕДСТВ В ОБРАЗОВАНИИ И РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
В статье анализируется роль использования цифровых технологий в
деятельности будущих учителей начальных классов, т.е. в формировании образования,
обучения и личностного развития учащихся начальных классов, методы повышения
эффективности обучения с использованием педагогических программных средств.
Ключевые слова.
Цифровые технологии, педагогические программные средства,
визуализация, программные комплексы, техническая и методическая поддержка,
авторские программы.
Kirish.
Biz IV texnik inqilob davrida yashamoqdamiz. Kundan-kunga yangi raqamli
texnologiyalar, dasturiy vositalar, tarmoq vositalari yaratilmoqda. Shu sababli bugungi kundagi
bo‘lajak o‘qituvchilarning malakaviy tayyorgarlik sifatlariga qo‘yiladigan talablar ham juda tez
o‘zgarib bormoqda. Bu o‘z navbatida bo‘lajak o‘qituvchilarda zamonaviy raqamli
texnologiyalarni boshqarish, zamonaviy dasturiy imkoniyatlar va tarmoq vositalaridan foydalanish
ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishni, ularga moslashib borishni talab qiladi. Bo‘lajak
o‘qituvchilarda dars jarayonini vizual modellashtirish, tayyor elektron axborot resurslaridan,
pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish va mualliflik pedagogik dasturiy vositalarini
yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1536
O‘quvchilarda boshlang‘ich ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishda boshlang‘ich
ta`limda informatika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda boshlang‘ich ta’lim
fanlarini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bugungi
kunda kichik yoshdagi o‘quvchilarni oddiy matn, rasm va darsliklar bilan darsga qiziqtirish,
diqqatini jamlash oson emas, chunki bugungi avlod texnologiya asrida zamonaviy axborot oqimi
ichida ulg‘aymoqda. Ularning darsga qiziqishlarini oshirishda, diqqatini jamlashda vizual axborot
oqimidan foydalanish va raqamli texnologiyalar yordamida o‘yin elementlaridan foydalanish
kutilgan natijani berishi mumkin.
Asosiy qism.
Ta’lim jarayonida zamonaviy didaktik vositalar va elektron axborot
resurslaridan samarali foydalanish bolalarga ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Vizualizatsiya mavhum tushunchalarni aniq va tushunarli shaklda namoyish qilish imkonini
beradi. Vizual materiallar, animatsiyalar multimedia taqdimotlari va pedagogik dasturiy
vositalardan foydalanish bolalarning ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishi hamda ma’lumotlarni
hotiradan mustahkam joy olishida yordam beradi. Bundan tashqari kichik yoshdagi o‘quvchilar
uchun o‘yin elementlaridan informatika fanini o‘rgatishda foydalanish samarali usul bo‘lishi
mumkin. O‘yin vazifalari va bolalarga o‘yin orqali fanning hamda mavzuning mazmunini
tushuntirish, o‘rgatish ularda mantiqiy va algoritmik fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi.
Raqamli texnologiyalar turli fanlarni o‘qitish uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim
etadi. Virtual laboratoriyalar, interfaol darslar, onlayn o‘yinlar va boshqa vositalar bolalar uchun
o‘rganishni yanada qiziqarli va qulayroq qilishlari mumkin.
Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishni individuallashtirishga imkon beradi. Maxsus
dasturlar va onlayn resurslar yordamida o‘qituvchilar o‘quv materialini har bir bolaning darajasiga
moslashtirishi mumkin, bu esa yanada samarali o‘rganishga yordam beradi.
Interaktiv usullardan foydalanish, guruhlarda ishlash, munozaralar, loyiha faoliyati kabi
interfaol o‘qitish usullari bolalarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishiga, o‘zaro tajriba
almashishiga va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
o‘qituvchilarning tegishli tayyorgarligini talab qiladi. O‘qituvchilar kompyuter dasturlarini
qo‘llashda savodli bo‘lishi, texnologiyadan foydalangan holda darslarni samarali tashkil eta olishi,
bolalarni o‘quv jarayoniga jalb qila olishi kerak.
Bo‘lajak o‘qituvchi AKT vositalaridan samarali foydalanish, boshqarish, kompyuterning
dasturiy va texnik imkoniyatlari yetishmagan holatlarda onlayn dasturlardan foydalanish
imkoniyatlarini ham yaxshi bilishi lozim. Chunki hozirgi kunda pedagogik dasturiy vositalarni
yaratish uchun zarur dasturni topish va o‘rnatish muhim emas, chunki huddi shunday
imkoniyatlarni o‘zida jamlagan onlayn dasturlardan, platformalardan hamda virtual ta’lim muhiti
(VLE) lardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Raqamli vositalar orqali ta’lim olish, kerakli masalalarda ma’lumot va faktlar to‘plash,
shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, dars jarayonida qo‘llash bugungi kunda odatiy holga aylanib
bormoqda. O‘qituvchilar darslarni smarali tashkil etish maqsadida quyidagi onlayn paltformalar
va dasturiy imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
Canva.com, Prezi.com, Padlet.com,
iSpring Suite, Google Classroom, Adobe Captivate, WizIQ
va boshqalar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1537
Canva
bu grafik dizayn platformasi boʻlib, foydalanuvchilar unda hujjatlar, taqdimotlar,
posterlar, saytlar, videomontajlar, infografika mahsulotlari, plakatlar va boshqa ko‘plab vizual
ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud bo‘lib, ular
foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratadi. Platformada ishlash bepul, ammo qoʻshimcha
imkoniyatlardan foydalanish uchun pullik hizmatlariga o‘tish lozim (Canva Pro and Canva for
Enterprise).
Canva dasturi o‘qituvchilar uchun eng yaxshi yordamchi bo‘lishi va o‘quv materiallarini
qiziqarli dizaynda, ko‘rgazmali qilib tayyorlashda ko‘makchi bo‘lishi mumkin.
Prezi.com
– bu asosan Web hizmat bo‘lib, u yordamida interaktiv multimedia
taqdimotlarini yaratish mumkin. Bu dasturning ham tekin (Public free) va pulluk hizmatlari (Enjoy
va Pro) mavjud bo‘lib, unda taqdimotlarni onayn tartibda yaratib, saqlab olishimiz mumkin. Dastur
vezual imkoniyatlarga boy bo‘lib, unda taqdimotga videomaterillar, musiqalar, fon sifatida
musiqalar o‘rnatish mumkin. Bu dasturda ham tayyor shablonlardan, strukturalardan foydalanish
mumkin. Shablonlar tanlashda mavzuga va uning aktualligiga mos turini tanlash imkoniyatlari
mavjud. Prezida tayyorlangan taqdimotlar jozibadorligi va dizayni bilan ajralib turadi.
Padlet
dasturi shaxsiy onlayn e’lonlar doskasi yoki turli loyihalar uchun biriktiruvchi qulay
imkoniyatlarga ega dasturdir.
iSpring Suite –
flash-taqdimotlarni yaratishga, tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf,
html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyatiga, taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio,
video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyatiga, video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan
sinxronlashtirishga, elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki
masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatiga (Quiz tugmachasi), masofaviy
o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC – mos keluvchi kurslarini yaratishga, taqdimot
dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API tizimiga, videotasvirni yozish va uni
taqdimot bilan sinxronlashtirishga, YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga
kiritish imkoniyatiga ega dasturdir.
Google Classroom -
bepul ta’limni boshqarish tizimi (LMS) bo‘lib, o‘qituvchilar uchun
talabalar bilan Internet orqali bog‘lanishga imkon yaratadi. Bir tomondan, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘qitish usulini taklif qilsada, o‘quv materiallarining taqdim etilishi holati shuni anglatadiki,
darslarga vaqtida qatnasha olmaydigan o‘quvchilarga ham qo‘shimcha ma’lumotlar va
ko‘rsatmalar berish, uy vazifalarini belgilash imkonini beradi. Google Classroom platformasi
o‘qituvchilar uchun masofadan online darslarini tashkil qilishlarida, talabalr uchun esa ushbu
mashg‘ulotlarda ishtirok etishlarida yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Mazkur platforma ikki xil
shaklga ega: bepul hamda qo’shimcha boshqaruv funksiyalari taqdim etilgan ma’lum nominal
qiymatga ega bo’lgan Enterprise for Education shakli. Bepul foydalanish uchun shakli ham to’liq
funksional darajaga ega. (
https://edu.google.com/products/classroom/
Adobe Captivate –
Adobe Captivate jozibali va interaktiv elektron ta’lim modullarini
yaratish uchun vositalarni taklif qiladi va u raqamli o‘rganishda ajralib turadi. Uning imkoniyatlari
simulyatsiyalar, viktorinalar va turli xil ekran o‘lchamlariga moslashtirilgan sezgir loyihalarni
yaratishga qaratilgan. O‘zining ildizlari oddiy ekranni yozib olish dasturiga borib taqaladi. Adobe
Captivate ko‘p qirrali eLearning mualliflik vositasi bo‘lib, foydalanuvchilarga interaktiv va sezgir
ta’lim mazmunini yaratish imkonini beradi. U, ayniqsa, dasturiy ta’minot simulyatsiyalari,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1538
viktorinalar va video namoyishlarni ishlab chiqarishda mohir. Captivate-ning kuchi uning ish
stolidan tortib smartfongacha bo'lgan qurilmalarda kontentni muammosiz yetkazib berish
qobiliyatidadir.
https://www.adobe.com/products/captivateprime.html?mv=affiliate&mv2=red
WizIQ –
Talabaga nisbatan ko‘proq o‘qituvchilarga mo‘ljallangan, virtual sinflar va
dasturiy ta’minotni taklif etuvchi LMS platforma. WizIQ yordamida jonli mashg‘ulotlar olib
borish uchun interaktiv kurslar yaratish mumkin. Yaratilgan kurslarni foydalanuvchilarini
ko‘paytirish maqsadida bo‘lganlar uchun ommaviy online ochiq kurslar (MOOC) ga aylantirish
juda qulay. iOS va Android qurilmalari uchun WizIQ dasturi orqali barcha darslardan bahramand
bo'lish mumkin. Dizayn xususiyatlari juda keng, yaratilgan kurslarni professional ko’rinishga
keltirish ancha oson. Platforma internet manzili:
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida, ayniqsa,
boshlang'ich ta'limda informatika o‘qitish metodikasi qiziqarli, qulay va samarali bo‘lishi kerak va
unga erishish uchun yuqorida to‘xtalib o‘tilgan dasturlarning o‘rni katta. Biz talabalarga nafaqat
nazariy bilimlarni, balki ularni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini ham egallashiga intilishimiz kerak,
bu esa ularga zamonaviy axborot jamiyati muammolarini muvaffaqiyatli yengishda yordam beradi
hamda kelajakdagi o‘qituvchilik ish faoliyatlarida samarali darslarni tashkil etishida qo‘l keladi.
REFERENCES
1.
Sh.A.Abduraxmanova
“ELEKTRON
TA’LIM
RESURSLARINI
YARATISH
TEXNOLOGIYALARI”, Darslik, Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent 2022 yil.
2.
Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL
TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32.
3.
Shoxista A., Shaxnoza A. THE TRANSFORMATIVE POWER OF DIGITAL
TECHNOLOGIES: A CATALYST FOR YOUTH EMPOWERMENT AND BUSINESS
SUCCESS //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM. –
2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 121-126.
4.
Shoxista A., Shaxnoza A. NURTURING CREATIVE MINDS: THE DEVELOPMENT
OF HUMAN CAPITAL THROUGH EDUCATION //SCIENTIFIC APPROACH TO
THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 127-130.
5.
Will Dalton, Brian Turner. Best online learning platforms of 2021: LMS and VLE for
education.
https://www.techradar.com/best/best-online-learning-platforms
