Authors

  • Munisa Shoikromova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33578

Abstract

Ushbu maqolada Avstriya-Amerika sotsiologi Paul Felix Lazarsfeldning sotsiologiyaga qo’shgan xissalari, nazariyalari, Kolumbiya universitetidagi izlanishlari haqida ma’lumot beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1553

PAUL LAZARSFELDING SOTSIOLOGIK IJODI

Shoikromova Munisa Shoorif qizi

shoikromovamunisa@gmail.com

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti,

O’zbek tili ta’limi fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,

Sotsiologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11402741

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Avstriya-Amerika sotsiologi Paul Felix Lazarsfeldning

sotsiologiyaga qo’shgan xissalari, nazariyalari, Kolumbiya universitetidagi izlanishlari haqida
ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar.

Kolumbiya, sotsiologik, nazariya, tadqiqot, panel, saylov, latent, tajriba,

miqdor, sifat, usul.

THE SOCIOLOGICAL WORKS OF PAUL LAZARSFELD

Abstract.

This article provides information about Austrian-American sociologist Paul

Felix Lazarsfeld's contributions to sociology, theories, and research at Columbia University.

Key words.

Columbia, sociological, theory, research, panel, election, latent, experiment,

quantity, quality, method.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЕ РАБОТЫ ПОЛА ЛАЗАРСФЕЛЬДА

Аннотация.

В этой статье представлена информация о вкладе австрийско-

американского социолога Пола Феликса Лазарсфельда в социологию, теории и
исследования в Колумбийском университете.

Ключевые слова.

Колумбия, социология, теория, исследование, панель, выборы,

латентный, эксперимент, количество, качество, метод.

Kirish.

Kolumbiya universitetida ham muhim empirik izlanishlar o‘tkazilar, bunda ularni

tayyorlash va o‘tkazishda P.Lazarsfeld va R.Merton muhim rol o‘ynashardi. Amerika
universitetlarining sotsiologiya sohasidagi shiddatli raqobati sharoitida ulardan biri - Chikago
universitetining yuqori ish darajasini saqlab turish o‘ta qiyin bo‘lganligi tushunarli.

XX asrning 40-yillarida P.Lazarsfeld, S.Stauffer va sotsiologiyada hammaga ma’lum

bo’lgan o‘lchovlar shkalasi muallifi bo‘lgan E.Gutmanlar bilan birgalikda Amerika askarlarining
ijtimoiy maqsad va qadriyatlarining o‘zgarishini tadqiq etgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ular
200 ga yaqin tadqiqotlarda yarim million askarlarni qamrab olgan so‘rovnomalar o‘tkazadilar. Bu
tadqiqotlar natijasida harbiy qismlarda boshqaruv prinsiplari va metodlariga bir qator o‘zgarishlar
kiritiladi. P.Lazarsfeld sotsiologik tadqiqotlar usullari va texnikasini tanqidiy tahlil qilishga va
baholashga, foydalanilayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aniqlashga,
sotsiologik nazariyalarning ilmiy mohiyatini ochib berishga alohida e'tibor qaratgan

1

. U

sotsiologik tadqiqotlarda panel usulni, ya’ni aynan bir sotsial obyektni ma’lum bir vaqt intervalida
aynan bir dastur va uslubiyot bilan qayta tadqiq etish usulini ilk marotaba 1940-yil AQShda saylov

1

"Dr. Paul Lazarsfeld Dies". The New York Times. September 1, 1976. Retrieved July 5, 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1554

kampaniyasi natijalarini qayta ishlash jarayonida qo‘llagan, shuningdek, latent tahlil usulini ham
birinchi bo‘lib taqdim etgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 1930-1940-yillar sotsiologiya tadqiqotlarining

metodologiyasi va uslubiyatini rivojlantirish borasida asosiy davr bo‘ldi. Bu vaqtga kelib,
materiallami tashkil etish, tayyorlash, o'tkazish va qayta ishlash borasida katta tajriba to‘plandi,
sotsiologiyada matematika usullari faol qo‘liana boshladi. Fanni aniq empirik tadqiqot
metodologiyasi va uslubiyatining yangi yutuqlari bilan boyitishda Paul Feliks (Pol) Lazarsfeldning
(1901-1976) xizmatlari katta

2

.

Hujjatlar tahlili va metodologiya.

U sotsiologiyada miqdoriy va sifatiy usullarni ishlab

chiqqan olim hisoblanadi. Uning fikriga ko‘ra, sotsiologlar umuman insonlarni o‘rganadilar,
uslubiyotchi esa sotsiologni ish jarayonida o‘rganadi. Bunday uslubiyotga faqatgina sotsiologiya
taraqqiy etgandagina erishish mumkin. P.Lazarsfeld nazariya bilan amaliyotni bir-biridan
ajratmaslik uchun miqdoriy va sifatiy usullar birligini talab qilib chiqqan. Lazarsfeld 1929-yilda
Amaliy ijtimoiy tadqiqotlar institutiga asos soldi. Keyingi yillarda (1933-yilga qadar) u bir
vaqtning o‘zida Vena universitetida amaliy sotsiologiyadan dars o‘tar va empirik tadqiqotlar
uslubiyati va texnikasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanar edi.

Aynan shu yillarda u Mariental nomli kichik shaharchadagi ishsizlikning ijtimoiy va

psixologik oqibatlarini tadqiq qilishda ishtirok etgandi. Tadqiqotlar natijalari keyinchalik juda
mashhur bo‘lib ketgan «Mariental» (1933) kitobida aks etdi, uning mualliflar jamoasida Lazarsfeld
yetakchi rollardan birinchi o‘ynagan edi. «Mariental» tadqiqotini o‘tkazish chog‘ida qo‘llangan
asosiy usullar quyidagilar edi: taijimai hollarni tahlil qilish, qamrovli kuzatuv va ishsizlikning
yashashi va rivojlanishi haqida bashoratlar berilgan holda, uning miqdoriy o‘lchovlari.

Avstriyada 1935-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar materiallari asosida uning «"Nega" deb

so‘rash san'ati» sarlavhali yana bir ishi paydo bo‘ldi. Unda iste'molchilik xatti-harakatlarini
o‘rganish masalalari qo‘yilgan edi, aslida esa, shu mavzuga bag‘ishlangan ilk uslubiyatlardan biri
ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u nafaqat marketing tadqiqotlari sohasida, balki odamlarning
maqsad-vazifalarining o‘zgarishini tahlil qilish bilan bog‘liq boshqa muammolami o‘rganish
borasida ko‘p marta qo‘llanildi. Mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan Mariental
tadqiqotlari natijalari esa, Lazarsfeldga ilmiy izlanishlarni o‘tkazish uchun Rokfeller
jamg‘armasining to‘rt yillik grantini olishga va shu tariqa AQShga borishga imkon berdi

3

.

Bu mamlakatda u ko’p universitetlarda, xususan, Kolumbiya, Garvard, Chikago va boshqa

universitetlarda ishlab, u yerda ilmiy loyihalarni doimiy muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi, bir
qator juda yirik sotsiologlar bilan do‘stlashdi va pirovard-natijada AQSh fuqaroligiga ega bo’lib,
u yerda qoldi. Keyingi to‘rt yil (1937-1940) olimning ijodiy tarjimai holida Radioni o‘rganish
byurosida ishlagan va shu tashkilotni boshqargan davri sifatida ma’lum. 1940-yildan so‘ng to
1950-yilga qadar Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida joylashgan Byuro ham tadqiqotlami
amalga oshirish, ham ulami o‘tkazish uchun mutaxassislami tayyorlash borasidagi o‘z faoliyatini
sezilarli faollashtiradi.

2

Rogers, Everett (1994). A History of Communication Study: A Biological Approach. NY: The Free Press.

3

Jeřábek, Hynek. Paul Lazarsfeld — The Founder of Modern Empirical Sociology: A Research Biography.

International Journal of Public Opinion Research 13:229–244 (2001).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1555

Mulohaza va natijalar.

Lazarsfeld R.Merton bilan birgalikda (ular qalin do’st bo‘lgan)

radio va matbuotning auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi (ulaming ta’sirini bir qator parametrlar
bo‘yicha taqqoslaydi). So‘ng ular bu mavzuda hammualliflikda «Ommaviy kommunikatsiya,
ommabop qiziqishlar va uyushgan ijtimoiy harakat» (1948) kitobini yozishadi. Radioni sotsiologik
o‘rganish haqida alohida gapirib o‘tish lozim, chunki 1930-1940-yillarda u eng keng tarqalgan va
samarali ommaviy axborot vositalaridan biri hisoblanardi

4

. Bundan tashqari, radio siyosiy ta’sir

o‘tkazishning qudratli vositasi edi, undan foydalanish imkoniyatlari esa G‘arb mamlakatlarining
ko‘pgina yetakchilarini to‘lqinlantirar edi. Radioni o‘rganish byurosi xodimlari Lazarsfeld
boshchiligida ushbu OAV tinglovchilarini, ulaming qiziqishlarini, radiodasturlami tuzish
tamoyillarini va hokazolami tadqiq etishardi. Shu bilan birga qayd etishimiz kerakki, 1930-1940-
yillarda OAV muammolari ko‘pgina yirik sotsiologlarni o‘ylantirardi. Ulardan biri G.Lassuell
(1902-1978) edi. U siyosiy qarorlar qabul qilish amaliyotida OAVdan foydalanish muammolarini
tahlil etadi. U aslida OAV samaradorligini belgilab bergan quyidagi o‘ta muhim savol orqali, o‘z
tadqiqotlariga katta qiziqish uyg‘otdi: kim xabar qiladi, kimga xabar qiladi, qaysi kanal bo‘ylab
va qanday samaradorlik bilan? Bu savol va unga javob berishga urinishlar OAV sohasida empirik
tadqiqotlami o4tkazish xarakterini ko‘p yillarga belgilab berdi

5

.

Xulosa.

Lazarsfeldning yutuqlari qatorida uning OAV faoliyati, elektoral xatti-harakatlar,

shuningdek, yuqoida qayd etilgan AQSh armiyasidagi ijtimoiy-psixologik jarayonlar tadqiqotlari
turadi. Tadqiqotlar chog‘ida Lazarsfeld ulami o‘tkazish texnikasi va tartibini turli usullar
yordamida boyitishga harakat qilardi. U birinchi bo‘lib panelli usulni joriy etdi. Bu usul, xuddi
o‘sha bir ob'ektni ma’lum vaqt oralig‘ida? xuddi o‘sha dastur va uslubiyatga asoslanib takroriy
o‘rganishdan iborat edi. Shuningdek, olim sotsiologiyada latent-strukturaviy tahlilni keng qo‘lIash
zaruriyatiga e'tibor qaratadi. Bu tahlil yordamida, respondentlaming ayrim savollarga bergan
javoblariga qarab, ulaming qandaydir yashirin (latent) belgi bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash
mumkin edi. Mohiyatan, bu empirik tadqiqot ma’lumotlarini statistik tahlil etishning yangi
usullaridan biri edi. Uni qo’llash keyinchalik Mertonga sotsiologiyada latent funksiyalami talqin
etish g‘oyasini ko‘rsatib berdi. Lazarsfeld, uning hamkasblari va E.Kats, J.Koulmen kabi
shogirdlari tanlanma kuzatuv tartib-taomilini birinchilardan bo‘lib ishlab chiqishdi, sotsiologiyada
u “qor uyumi” nomini oldi. Uning mohiyati shundan iborat ediki, turli muammolami o ‘rganish
munosabati bilan so‘rab chiqilgan respondentlardan (1940-yilda AQShda prezident saylovlari
kampaniyasini o‘tkazish chog‘ida, elektorat xatti-harakatlarini o‘rganish amaliyotida ilk marta),
ulaming qaror qabul qilishiga kim muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatganini aytishlarini so‘rashdi. Bu
esa mazkur muammoni o‘rganish chog‘ida respondentlaming sonini oshirishga imkon berardi -
xuddi dumalayotgan va tobora qor yopishib borayotgan qor uyumi kabi. Lazarsfeld sotsiologiya
tadqiqotining nafaqat uslubiyatiga, balki metodologiyasiga ham katta e'tibor ajratardi. Bunda ilmiy
bilimlar haqiqiyligining asosiy mezoni sifatida verifikatsiya tamoyilini qo‘Ilardi. Bu tamoyil esa
tadqiqot taxminlarini real faktlar bilan taqqoslashdan iborat edi. Aslini olganda, nazariy modelning

4

Lazarsfeld, P.F. (1950). "The logical and mathematical foundations of latent structure analysis". In Stouffer, S.A.;

Guttman, L.; Suchman, E.A.; Lazarsfeld, P.F. (eds.). Studies in Social Psychology in World War II. Volume IV:
Measurement and Prediction. Princeton University Press. pp. 362–412.

5

Straubhaar, Joseph; LaRose, Robert; Davenport, Lucinda (2013). Media Now: Understanding Media, Culture and

Technology (8th ed.). Boston, Massachusetts: Cengage Learning. pp. 415–416. ISBN 978-1133311362.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1556

haqiqiyligini uni sinab tekshirib ko‘rish orqali aniqlash haqida gap borardi, bu esa real voqyelik
bilan empirik taqqosni anglatardi. Verifikatsiya tamoyili pozitivizm (neopozitivizm)ning o‘ziga
xos xususiyati hisoblanadi, Lazarsfeld uning paradigmasi ustida tinimsiz ishlar edi. Xulosa o‘rnida
aytish kerakki, Lazarsfeld va uning boshchiligidagi Kolumbiya maktabi empirik sotsiologiya
tadqiqotlari metodologiyasi va uslubiyatini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutdi

6

. Ular faoliyati

tufayli, bu tadqiqotlar maydoni juda kengaydi. Sotsiologlaming kueh va imkoniyatiarini qaerda va
qanday qilib ishlatish mumkinligi ancha tushunarli bo'lib qoldi. Bu fanning salohiyati ayniqsa
amaliy tomondan yuksaldi.

REFERENCES

1.

"Dr. Paul Lazarsfeld Dies". The New York Times. September 1, 1976. Retrieved July 5,
2018.

2.

Rogers, Everett (1994). A History of Communication Study: A Biological Approach. NY:
The Free Press.

3.

Jeřábek, Hynek. Paul Lazarsfeld — The Founder of Modern Empirical Sociology: A
Research Biography. International Journal of Public Opinion Research 13:229–244 (2001)

4.

Pollak, Michael (December 1, 1980). "Paul F. Lazarsfeld: A Sociointellectual Biography".
Knowledge. 2 (2): 157–177. doi:10.1177/107554708000200201. ISSN 0164-0259. S2CID
144473809.

5.

Straubhaar, Joseph; LaRose, Robert; Davenport, Lucinda (2013). Media Now:
Understanding Media, Culture and Technology (8th ed.). Boston, Massachusetts: Cengage
Learning. pp. 415–416. ISBN 978-1133311362.

6.

View/Search Fellows of the ASA Archived June 16, 2016, at the Wayback Machine,
accessed July 23, 2016.

7.

Lazarsfeld, P.F. (1950). "The logical and mathematical foundations of latent structure
analysis". In Stouffer, S.A.; Guttman, L.; Suchman, E.A.; Lazarsfeld, P.F. (eds.). Studies
in Social Psychology in World War II. Volume IV: Measurement and Prediction. Princeton
University Press. pp. 362–412.

8.

"American Sociology Association: Methodology Section". Archived from the original on
May 7, 2017. Retrieved May 22, 2010.

9.

"AEA - American Evaluation Association : AEA Paul F. Lazarsfeld Evaluation Theory
Award". www.eval.org. Archived from the original on December 18, 2019. Retrieved
December 18, 2019.

10.

Rogers, Everett. Paul F. Lazarsfeld and Mass Communication Effects. A History of
Communication Study: A Biological Approach. pp. 244–245.

11.

Lazarsfeld and Merton (1948) "Mass Communication, Popular Taste, and Organized
Social Action".

12.

Zaitov E.X., Jiyanmuratova G.Sh., Nurqulov B.G., Ilhomov U.U.

Ma'lumotlarni qayta

ishlash va tahlil

. – Toshkent: Zuxro baraka biznes, 2024. – 180 b. /

6

Lazarsfeld and Merton (1948) "Mass Communication, Popular Taste, and Organized Social Action".


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1557

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:LO7wyVUgiFcC

13.

Jiyanmuratova G.Sh. Elektоrаl sоtsiоlоgiyа zаmоnаviy sоtsiоlоgiyаning yо‘nаlishi
sifаtidа.

Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari. Xalqaro ilmiy-

amaliy onlayn konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023-yil 27-aprel. – B. 549-552.

https:AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:VaXvl8Fpj5c
C

14.

Jiyanmuratova G.Sh.

The Issue Of Youth Trust In Political Institutions In Sociology.

Sotsiologiya

va

huquq.

2024.

2-jild

№3/1/1.

B.

58-65.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:S16KYo8Pm5AC

15.

ДЗИЯНМУРAТОВA Г. Ш. ИССЛЕДОВАНИЯ ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ В
НАЧАЛЬНЫХ ЭТАПАХ СТАНОВЛЕНИЯ ЭЛЕКТОРАЛЬНОЙ СОЦИОЛОГИИ
//THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная
наука. – №. 12. – С. 670-672.

16.

Sherbutayevna J. G. YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGI DAVLAT SIYOSATINING
USTUVOR YO ‘NALISHI SIFATIDA //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY
MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т.
1. – №. 1.

17.

Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–
USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA
JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

18.

Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–
DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING
IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. –
2024. – Т. 1. – №. 1.

19.

Джиянмуратова Г. YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA NISBATAN
ISHONCHI MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

20.

Sherbutayevna J. G. et al. ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA //Tafakkur
manzili. – 2023. – Т. 2. – С. 4-10.

21.

Sh J. G. Gofurov O. Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari. Risola.–
Toshkent: O ‘zMU, 2023.–117 b.


References

"Dr. Paul Lazarsfeld Dies". The New York Times. September 1, 1976. Retrieved July 5, 2018.

Rogers, Everett (1994). A History of Communication Study: A Biological Approach. NY: The Free Press.

Jeřábek, Hynek. Paul Lazarsfeld — The Founder of Modern Empirical Sociology: A Research Biography. International Journal of Public Opinion Research 13:229–244 (2001)

Pollak, Michael (December 1, 1980). "Paul F. Lazarsfeld: A Sociointellectual Biography". Knowledge. 2 (2): 157–177. doi:10.1177/107554708000200201. ISSN 0164-0259. S2CID 144473809.

Straubhaar, Joseph; LaRose, Robert; Davenport, Lucinda (2013). Media Now: Understanding Media, Culture and Technology (8th ed.). Boston, Massachusetts: Cengage Learning. pp. 415–416. ISBN 978-1133311362.

View/Search Fellows of the ASA Archived June 16, 2016, at the Wayback Machine, accessed July 23, 2016.

Lazarsfeld, P.F. (1950). "The logical and mathematical foundations of latent structure analysis". In Stouffer, S.A.; Guttman, L.; Suchman, E.A.; Lazarsfeld, P.F. (eds.). Studies in Social Psychology in World War II. Volume IV: Measurement and Prediction. Princeton University Press. pp. 362–412.

"American Sociology Association: Methodology Section". Archived from the original on May 7, 2017. Retrieved May 22, 2010.

"AEA - American Evaluation Association : AEA Paul F. Lazarsfeld Evaluation Theory Award". www.eval.org. Archived from the original on December 18, 2019. Retrieved December 18, 2019.

Rogers, Everett. Paul F. Lazarsfeld and Mass Communication Effects. A History of Communication Study: A Biological Approach. pp. 244–245.

Lazarsfeld and Merton (1948) "Mass Communication, Popular Taste, and Organized Social Action".

Zaitov E.X., Jiyanmuratova G.Sh., Nurqulov B.G., Ilhomov U.U. Ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil. – Toshkent: Zuxro baraka biznes, 2024. – 180 b. / https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAAAAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:LO7wyVUgiFcC

Jiyanmuratova G.Sh. Elektоrаl sоtsiоlоgiyа zаmоnаviy sоtsiоlоgiyаning yо‘nаlishi sifаtidа. Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari. Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023-yil 27-aprel. – B. 549-552. https:AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:VaXvl8Fpj5cC

Jiyanmuratova G.Sh. The Issue Of Youth Trust In Political Institutions In Sociology. Sotsiologiya va huquq. 2024. 2-jild №3/1/1. – B. 58-65. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAAAAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:S16KYo8Pm5AC

ДЗИЯНМУРAТОВA Г. Ш. ИССЛЕДОВАНИЯ ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ В НАЧАЛЬНЫХ ЭТАПАХ СТАНОВЛЕНИЯ ЭЛЕКТОРАЛЬНОЙ СОЦИОЛОГИИ //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. – №. 12. – С. 670-672.

Sherbutayevna J. G. YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGI DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO ‘NALISHI SIFATIDA //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Джиянмуратова Г. YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA NISBATAN ISHONCHI MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

Sherbutayevna J. G. et al. ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 2. – С. 4-10.

Sh J. G. Gofurov O. Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari. Risola.–Toshkent: O ‘zMU, 2023.–117 b.