ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
21
SHIMOLIY AFGʻONISTON OʻZBEKLARI NUTQIDAGI DEHQONCHILIKKA OID
OʻLCHOV BIRLIKLARI VA ASBOBLARI NOMLARINING LEKSIKOGRAFIK
TAHLILI
A. A. Amini
TerDU O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi.
Tel: +998991757440.
Email:
azizamini126@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11429112
Annotatsiya. Ushbu maqolada Shimoliy Afgʻoniston oʻzbek dehqonlari nutqida
qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari hamda dehqonchilik asboblari nomlari, leksikografik tahlil
qilingan.
Kalit soʻzlar: ser, poycha, bisva, hoʻkiz, oʻroq, dehqon, botmon, kurak.
LEXICOGRAPHIC ANALYSIS OF THE NAMES OF UNITS OF MEASUREMENT
AND INSTRUMENTS RELATED TO AGRICULTURE IN THE SPEECH OF THE
UZBEKS OF NORTHERN AFGHANISTAN
Abstract. In this article, the units of measurement and the names of agricultural tools used
in the speech of the Uzbek farmers of Northern Afghanistan are analyzed lexicographically.
Key words: sir, poycha, biswa, ox, scythe, farmer, batman, spade.
ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ЕДИНИЦ ИЗМЕРЕНИЯ И
ИНСТРУМЕНТОВ, СВЯЗАННЫХ С СЕЛЬСКИМ ХОЗЯЙСТВОМ, В РЕЧИ
УЗБЕКОВ СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА
Аннотация. В данной статье проведен лексикографический анализ единиц
измерения, используемых в речи узбекских земледельцев Северного Афганистана и названий
сельскохозяйственных орудий.
Ключевые слова: пан, пойча, бисва, бык, коса, земледелец, денщик, лопата.
Hozirgi kunda Shimoliy Afgʻonistonda yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida
dehqonchilikka oid o’lchov birliklari ham asboblari bilan bogʻliq koʻplab so‘zlar faol ishlatiladi.
Dehqonlarning yer oʻlchov birliklaridan xabardorligi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki,
yer hajmidan kelib chiqqan holda dehqonlarga necha soat suv berilishi aniqlanib, shunga muvofiq
taqsimot qilinadi.
Shimoliy Afgʻoniston oʻzbek dehqonlari nutqida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari asosan
quyidagilarni tashkil qiladi:
1. Yer oʻlchov birliklari:
poycha,
hoʻkiz, hektor (gektar, jirib, bisva).
2. Don oʻlchov birligi:
botmon, gʻalbur (gʻalvir), xirmon (xirman), ser, kilogramm.
3. Suv oʻlchov birligi:
hoʻkiz (bir hoʻkiz suv),
soat (bir soat suv), quloq (bir quloq suv)
–
“yer sugʻorishda bitta suvchi eplay oladigan suv”
1
.
Hoʻkiz
(bir hoʻkiz yer oltmish uch jirib, yaʼni bir yuz yigirma olti ming kvadrat metrga
teng) oʻlchov birligi qo‘llanadi. X.Jabborovning “Dehqonchilik soʻzlarining qisqacha izohli
lugʻati”da: “Sugʻorishda suv oʻlchov birligi. Suv boʻlish, ariq tozalash paytida qishloq aholisining
1
Жабборов Х. Деҳқончилик сўзларининг қисқача изоҳли луғати. – Қарши: Насаф, 2016. – Б. 47.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
22
har birining yeri bitta hoʻkizning yerini agʻdarishi bilan oʻlchangan”
2
, – deb izohlanadi.
Poycha
(bir poycha zamin, bir poycha yer shaklida) oʻlchov birligi ham qo‘llaniladi.
Bir poycha zamin
yoki
bir poycha yer
deb atalishining asosiy sababi, bu oʻlchov birligi
bir hoʻkiz yer
ning toʻrtdan
bir qismi boʻlganligi, yaʼni bir hoʻkizning toʻrtta oyogʻi boʻlsa, shuning bir oyogʻi toʻrtdan bir
qismni tashkil qilganligi uchun
bir poycha zamin
shaklida ishlatiladi.
Gektar
– hektor (bir gektar
yer oʻn ming kvadrat metrga teng), X.Jabborovning “Dehqonchilik soʻzlarining qisqacha izohli
lugʻati”da: “Metrik sistemada: 10 000 kvadrat metrga teng sath oʻlchov birligi”, – deb ta‘riflanadi.
Jirib
– bir jirib yer hozirgi 2000 kvadrat metrga tengdir.
Bisva
– bir bisva yer hozirgi kunda 100
metrga toʻgʻri keladi. Yuqorida izohlangan yer oʻlchov birliklarini ifodalovchi leksik birliklar
hozirgi kunda ham Afgʻoniston shimolida yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida faol ishlatiladi.
Donli mahsulotlar dehqonchilikning asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun ham unga taalluqli oʻlchov birliklarini ishlab chiqish va undan unumli foydalanish
dehqonlar va shu soha bilan shugʻullanuvchilar oldiga qoʻyildigan asosiy talablardan biridir. Donli
mahsulotlar oʻlchov birligini ikki guruhga ajratgan holda oʻrganish maqsadga muvofiqdir:
a).
Aniq oʻlchov birliklari
:
botmon
(bir botmon bugʻdoy – qirq ser, yaʼni ikki yuz sakson
kilogrammga teng),
ser
3
(bir serkovul yetti kilogrammga teng),
kay-kashkul
(bir kay bugʻdoy
hozirgi ikki kilogrammga toʻgʻri keladi),
kilogramm
singar oʻlchov birliklari aniq oʻlchov
birliklari qatoriga kiradi.
b). Taxminiy oʻlchov birliklari
. Asosan donning taxminiy hajmiga qarab chamalanadi:
xirman – bir xirmon bugʻdoy
,
gʻalbur (gʻalvur) – bir gʻalbur bugʻdoy
shaklida.
Gʻalla mahsulotlarining poya va donini ajratishda bir qator dehqonchilikka aloqador
mehnat qurollaridan foydalaniladi. Mazkur asbob va vositalarni ifodalashda Afgʻoniston
shimolida yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida
qayrogʻtosh, shoxa, oʻroq (choʻb shoxa, temir
shoxa), chigʻil, gʻalbur, kurak, qanor, juvoldoʻz, qavda, doʻrgʻa, galagov, xirmontagi, boʻji
kabi
leksemalar qo‘llaniladi. Masalan,
oʻroq
yogʻoch va temirdan tayyorlangan dehqonchilik asbobi
boʻlib, undan beda, o‘t-o‘lan va gʻalla kabilar o‘rishda foydalaniladi.
Qayrogʻtosh
dan esa oʻroq
oʻtmay qolganda uni
tezlash
, ya’ni oʻtkirlash uchun foydalaniladi
4
.
Chigʻil, gʻalbur, Kurak
kabi
mehnat qurollari gʻallani tozalash, donni somon, tosh, kesak kabilardan ajratish maqsadida
ishlatiladi.
Dehqonchilikka oid so‘zlarni ish bajarish vazifasiga koʻra quyidagicha tasniflashni lozim
deb topdik:
1. Ekin ekilgunga qadar ishlatiladigan dehqonchilik oid leksik birliklar.
2. Ekin ekilishi jarayonida qoʻllaniladigan so‘zlar.
3. Hosil olish jarayonida qo‘llaniladigan dehqonchilikka xos atamalar.
Ekin ekilishiga qadar boʻladigan jarayon hosil uchun muhim va ahamiyatli jarayondir.
Chunki ushbu bosqichning qanday oʻtishi dehqonchilik mahsulotlarining hosildorlik
darajasini hal qiladi. Bu jarayonda dehqonchilikka aloqador koʻplab atamalar qo‘llanilishini
2
Жабборов Х. Деҳқончилик сўзларининг қисқача изоҳли луғати. – Қарши: Насаф, 2016. – Б. 48.
3
Afg‘oniston hududida
ser
o‘lchov birligi uch xil o‘lchovni ifodalash uchun xizmat qiladi. Yaʼni
seri Mazor
o‘n to‘rt
klogrammni,
seri Kobul
yetti klogrammni,
seri Hirot
esa yuz gramm o‘lchov birligini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
4
Ibrohim, Rahim. Farhangi oʻzbeki – dari. – Balx, 2017. – B. 476.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
23
kuzatishimiz mumkin. Masalan,
mola, joʻycha, agʻdarmoq, pal-pal
kabi leksik birliklar
dehqonchilik mahsulotlari ekilgunga qadar qoʻllaniladigan leksemalr hisoblanadi.
Dehqonchilik mahsulotlarini ekish hamda uning yigʻim-terimgacha boʻlgan jarayonlarida,
ushbu sohaga aloqador bo‘lgan asosiy leksemalar ishlatilishini kuzatishimiz mumkin. Masalan,
qoʻriq, xishova.
X.Jabborovning “Dehqonchilik soʻzlarining qisqacha izohli lugʻati”da
“ekinzorlarda qorovul turishi, qoʻriqchilik qilishi uchun loydan qilingan odam boʻyi balandlikdagi
moslama”
5
, – deb izohlanadi. M
aysa, yagona, saray, qiltigʻ, boshoq
kabi leksik birliklar asosan
ushbu jarayonda ishlatiladigan atamalardandir.
Hosil olish jarayoniga taalluqli dehqonchilikka oid bir qancha leksemalarni faol
qo‘llaniladi. Ularga quyidagi so‘zlar misol boʻladi:
chor, kurak, navqon, angara, somon, poxol,
qop
va hokazo
6
. Ushbu atamalar hosil olish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan leksemalar
hisoblanadi.
Dehqonchilik asaboblari nomlarini ifodalovchi leksemalarni bajarish vazifasiga koʻra
quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratishi maqsadga muvofiq:
1. Qoʻshchilikka oid asbob nomlarini ifodalovchi leksemalar:
sepal, traktor, noʻpal, mola,
hajdapal, rokoʻl;
2. Sugʻorish jarayonida ishlatiladigan dehqonchilik asboblari nomlarini ifodalovchi leksik
birliklar:
moʻza, bel;
3. Ekin oʻrish jarayonida foydalaniladigan dehqonchilik asboblari nomlari:
qir tish,
choriq,
oʻroq, qayroqtosh;
4. Hosil olish jarayonida ishlatiladigan dehqonchilik asboblari nomlari:
tevana,
temirshoxa, kurak, xirmontagi, galagov, qavda, chigʻil, gʻalbur, juvoldoʻz.
Qoʻshchilik dehqonchilikning asosiy jarayonlaridan biridir. Bu davrda qo‘llaniladigan
dehqonchilik asboblarini Shimoliy Afgʻoniston oʻzbeklari misolida oʻrganib, hozirgi oʻzbek
adabiy tili bilan qiyosladik. Qʻshchilikka aloqador leksemalarni bajarish vazifasiga koʻra quyidagi
guruhlarga ajratishni lozim topdik:
a) yerni agʻdarish madsaqida qoʻllaniladigan asabob nomlari:
sepal, tish, noʻpal, katman,
hajdapal;
b) yerni tekslash maqsadida ishlatiladigan asbob nomlarini ifodalovchi leksik birliklar:
rokoʻl, mola.
Tadqiqotlarimiz jarayonida Afgʻoniston shimolida yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida,
yerni agʻdarish maqsadida qo‘llaniladigan dehqonchilik asboblari nomlarini ifodalovchi atamalar
faol ishlatiladi.
Katman/ketmon
– yer agʻdarish uchun ishlatiladigan dehqonchilik asbobi.
Shimoliy Afgʻoniston oʻzbeklari ushbu asbobdan asosan tikan chopish maqsadida
ishlatiladi. Ammo Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi oʻzbeklar bu vositadan yer agʻdarish uchun
ham foydalanadilar.
Tish –
temirdan tayyorlangan, yerni haydashga xizmat qiladi.
Omoch, sepal,
noʻpal, hajdapal
kabi dehqonchilik asboblarining yerni kovlaydigan (agʻdaradigan) qismi.
Tish
leksemasi hozirgi kunda ham Shimoliy Afgʻoniston oʻzbeklari nutqida faol ishlatiladi. Ushbu
atama o‘rnida Oʻzbekistonda
put
soʻzi ishlatiladi.
5
Жабборов Х. Деҳқончилик сўзларининг қисқача изоҳли луғати. – Қарши: Насаф, 2016. – Б. 146.
6
Eslatma: Dehqonchilikka oid ayrim leksemalar yuqorida keltirilgan jarayonlarning barchasiga ham faol ishlatilishi
yoki ikkita jarayonda qoʻllanilishi mumkin. Masalan,
bel, etik, sugʻorish, dehqon, ekin, yer
kabilar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
24
Shimoliy Afgʻoniston oʻzbek dehqonlari nutqida, ekin joylarini tekslash maqsadida
qoʻllaniladigan asbob nomlari bilan bogʻliq leksik birliklar mavjud.
Mola –
yogʻoch yoki temirdan
yasalgan, kesaklarni maydalash hamda agʻdarilgan yerni tekislashda xizmat qiladi. Traktor yoki
hoʻkiz orqasiga taqilib, agʻdarilgan yer ustidan yuritiladi.
Mola
leksemasi hozirgi kunda Shimoliy
Afgʻoniston hududida istiqomat qiluvchi oʻzbek dehqonlari nutqida faol qoʻllaniladi.
Qoʻshchilikka oid dehqonchilik asboblari nomlarini ifodalovchi leksemalarni qoʻllanish
doirasiga koʻra quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
a) qoʻshchilikka oid zamonaviy texnika nomlarini ifodalovchi leksemalar:
traktor, sepal,
noʻpal, rokoʻl;
b) qoʻshchilikka oid tarixiy asbob nomlariga oid leksik birliklar:
buyintiriq, amoch, quloq,
oʻq, shamina, terkish, pechkashay.
Donli mahsulotlar dehqonchilikning asosiy mahsulotlaridan biri boʻlganligi sababli unga
taalluqli oʻlchov birliklarini ishlab chiqish va undan keng foydalanish dehqonlar va shu soha bilan
shugʻullanuvchilar oldiga qoʻyildigan asosiy talablardandir. Gʻalla mahsulotlarining poya va
donini ajratishda bir qator dehqonchilikka oid mehnat qurollaridan foydalaniladi. Ushbu asbob va
vositalarni ifodalashda Shimoliy Afgʻoniston oʻzbek dehqonlari nutqida
shoxa, qayrogʻtosh,
oʻroq (choʻb shoxa, temir shoxa), chigʻil, kurak, gʻalbur, qanor, juvoldoʻz, qavda, doʻrgʻa,
galagov, boʻji, xirmontagi
kabi leksemalar ishlatiladi.
REFERENCES
1.
“Ozbek tilining izohli lug‘ati” 5 jildli. –Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006.
2.
«
Атту
ҳфатуз закияту филлуғатит туркия» нашрга тайёрловчи Муталлибов С.
Тошкент. Фан. 1968. 279 Б.
3.
“O`zbek tili so`zligi” Nurulloh Oltoy. Afg`oniston-Javzijon: 2007.
4.
Amini,
A.
"SHIMOLIY
AFG’ONISTON
O
‘ZBEKLARI
NUTQIDAGI
DEHQONCHILIKKA OID HARAKAT FELLARINI IFODALOVCHI BIRLIKLAR."
INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-
METHODICAL JOURNAL 4.1 (2023): 9-15.
5.
Ahmad,
Amini
Aziz.
"SHIMOLIY
AFGONISTON
OZBEKLARI
NUTQIDA
DEHQONCHILIK ASBOBLARI NOMLARI VA ULARNING LISONIY TALQINI."
Science and innovation 1.B2 (2022): 485-490.
6.
Ahmad, Amini Aziz. "The Interpretation of Agricultural Words in" Baburnama”." JournalNX
7.12 (2021): 116-118.
7.
Jamshid, Bo‘riyev. "YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS LEKSIK
VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI."
Евразийский журнал академических исследований 2, no. 1 (2022): 169-174.
8.
Jamshid, Buriyev. "EXPRESSION OF DESCRIPTIVE ORAL UNITS IN THE WORKS OF
ERKIN AZAM." In Archive of Conferences, pp. 80-83. 2021.
9.
Farogat, Nurmuradova, and Buriyev Jamshid. "THE TRAGEDY OF FREEDOM." In Archive
of Conferences, vol. 25, no. 1, pp. 172-174. 2021.
10.
Бўриев, Жамшид. "MAXTUMQULI MISRALARIDA GO‘ZALLIK TUSHUNCHASI."
NRJ 1, no. 3 (2024): 377-379.
