ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
32
XOSIYAT BOBOMURODOVA IJODIDA ALLITERATSIYA POETIK
INDIVIDUALLIKNI TA’MINLOVCHI VOSITA SIFATIDA
Normurodova E’zoza To‘lqinjon qizi
SamDU Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi
ezozanormurodova1999gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11429409
Annotatsiya. She’riyatimizda keng qo‘llaniladigan takrorlardan biri alliteratsiyadir.
Alliteratsiya misralar jozibasini yanada orttiradi va she’riy asarning ohangdorligini ta’minlaydi.
Alliteratsiya poetik individuallikni ko‘rsatuvchi vosita sifatida Xosiyat Bobomurodova
she’riyatida alohida o‘ringa ega figuralardan biridir.
Kalit so‘zlar: Badiiy takror, alliteratsiya, vocal alliteratsiya, konsonant alliteratsiya,
birikmali alliteratsiya.
ALLITERATION AS A MEANS OF PROVIDING POETIC INDIVIDUALITY IN THE
CREATION OF KHOSIYAT BOBOMURODOVA
Abstract. One of the repetitions widely used in our poetry is alliteration. Alliteration
increases the charm of verses and ensures the melodiousness of a poetic work. Alliteration as a
means of showing poetic individuality is one of the figures that has a special place in the poetry of
Khosiyat Bobomurodova.
Key words: Artistic repetition, alliteration, vocal alliteration, consonant alliteration,
compound alliteration.
АЛЛИТЕРАЦИЯ КАК СРЕДСТВО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПОЭТИЧЕСКОЙ
ИНДИВИДУАЛЬНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ ХОСИЯТ БОБОМУРОДОВОЙ
Аннотация. Одним из широко используемых в нашей поэзии повторов является
аллитерация. Аллитерация увеличивает очарование стихов и обеспечивает напевность
поэтического произведения. Аллитерация как средство проявления поэтической
индивидуальности – один из фигур, занимающий особое место в поэзии Хосият
Бобомуродовой.
Ключевые слова: Художественный повтор, аллитерация, голосовая аллитерация,
согласная аллитерация, составная аллитерация.
O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan shoiralaridan biri bo‘lgan Xosiyat Bobomurodova
ijodi o‘zining bir qator xususiyatlari bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Shoira she’rlari
sodda o‘qishli tilda yozilganligi, ijodining har bir qirrasida hayotiy tasvir, izchil voqea-hodisalar
aks ettirilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Xosiyat Bobomurodovaning ramziy-timsoliy
fikrlash tarzi, ohorli tashbehlari, xalqchil she’rlari yangi o‘zbek adabiyotining nurli sahifasini
tashkil etadi[2]. Xosiyat Bobomurodova o‘zbek adabiyoti daryosida o‘z oqimini yarata olgan
shoira hisoblanadi.
Shakliy jihatdan turli ko‘rinishlar hosil qilib, mohiyatga ta’sir etuvchi bugungi kun
she’riyati ko‘plab yangilanishlarga egadir. Badiiy asarda shakl bir nechta maqsadga xizmat qiladi:
har bitta ijodkorning individual o‘ziga xosligini ko‘rsatish; badiiy asarning ta’sir etuvchi va
kitobxon ongida o‘zgacha mohiyat ifodalovchi qolipini yaratish; badiiy asar talablaridan kelib
chiqqan holda g‘oya hajmiga mos shaklni berish; janr talablarini janrning o‘ziga xos shaklida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
33
(vaznida) namoyon etish va boshqalar. Shu jihatdan qaralganda, shoira she’riyati o‘zining
individualligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu individuallik Xosiyat Bobomjrodova she’rlarida
qo‘llangan poetik takrorlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanishi bilan ahamiyatlidir.
Barcha shoirlar singari Xosiyat Bobomurodova ijodida ham keng qo‘llanilgan takrorlardan
biri alliteratsiyadir. Alliteratsiya vositasida shoira she’rlari yanada jozibali, tantanavorlik kasb
etganligini ko‘ramiz.
Alliteratsiyaga ilmiy adabiyotlarda quyidagicha ta’rif beriladi: “Alliteratsiya (lot. ad – old,
-ga + litera – harf). Misralar, undagi so‘zlar boshida bir xil undosh tovushlarning takror
qo‘llanishi[3, 12]. „Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati“da
alliteratsiya quyidagicha izohlanadi: “Alliteratsiya. Nutqda tovushlarning mos kelishi.
Alliteratsiya unli yoki undosh tovushlarning mos kelishiga qarab ikki xil bo‘ladi: a) unli
tovushlarning uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan vokal alliteratsiya; b) undosh tovushlarning
uyg‘unlashuviga asoslangan konsonant alliteratsiya. Alliteratsiya she’riy asarning ohangdorligini
ta’minlaydi. Ayrim hollarda alliteratsiyaga asoslanib she’rlar ham yaratadilar. T. Boboyevning
„Adabiyotshunoslik asoslari “kitobida alliteratsiya” fonetik-stilistik usul sifatida badiiy nutqning
intonatsion ifodaviyligini va ohangdorligini kuchaytiruvchi vosita“ sifatida izohlanib, uning xalq
og‘zaki ijodida ham keng qo‘llanilishi ta’kidlanadi.
Xosiyat Bobomurodova she’rlarida alliteratsiya misradagi so‘zlarda tovush takrori yoki
ohangdosh so‘zlarni birgalikda qo‘llash orqali yuzaga chiqadi. Shoira ijodida, asosan,
„s“, „q“,
„sh“, „t“, „y“, „j“, „k“, „m“
kabi tovushlarning alliteratsiyani hosil qilishi va bu she’riy
misralarga oʻzgacha ohang olib kirganligini koʻramiz.
Fonetik takror sirasiga kiruvchi alliteratsiyaga oid tahlillar va misollar Xosiyat
Bobomurodova she’riyatida talaygina. Shuni ta’kidlash kerakki, alliteratsiya hodisasi tashqi
tomondan nutqni ta’sirchan qilishga xizmat qilsa-da, eng asosiysi misralardagi semantik ma’no
butunligi hisoblanadi. Agar shoir faqatgina badiiy tasvir vositasiga muvofiq she’r yozadigan
bo‘lsa, kutilgan natija bermasligi mumkin. Alliteratsiyaga me’yoridan ortiq zo‘r berish ham
she’rning ma’no tomoniga putur yetkazishi mumkin. Xosiyat Bobomurodova she’rlarida
alliteratsiyaning yuksak namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Alliteratsiya shoira misralarida poetik
individuallik darajasiga ko‘tarilgan. Misralarda shakl va ma’no butunligi saqlangan, bir-biriga
muvofiq tarzda qo‘llanilgan. Dastlab shoira she’rlarida qo‘llangan tovushlar uyg‘unligini ko‘rib
o‘tamiz. Xosiyat Bobomurodovaning “Dialog” nomli she’ri orqali alliteratsiyaning yorqin
namunalariga qator misollarni ko‘ramiz. She’rning deyarli har bir bandida alliteratsiya poetik
vosita sifatida qo‘llangan. She’rning dastlabki bandidayoq
„d“,
„m“, „n“
hamda
„s“
tovushlarining uyg‘un tarzda qo‘llanganligi she’riy misralarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat
qilgan.
D
ilbar
im, d
ildor
im
, shirin
im
mening,
N
afosat
im, n
azokat
im
, gul
imsan
.
Yurakning to‘rida o‘rin
im
mening,
Shakar
im
, asal
im
, yoniq dil
imsan
ю [1; 237.)
She’riy parchada nafaqat tovushlar balki qo‘shimchalar takrori ham o‘ziga xos tarzda
qo‘llaniladi. So‘zlardagi tovushlarning o‘zaro uyg‘unligi misralarga o‘zgachalik, ohangdorlik
bag‘ishlagan.Yuqorida ta’kidlanganidek, unli va undosh tovushlar takrori vokal va konsanant
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
34
allitratsiya turini hosil qilgan. Keyingi bandlardagi alliteratsiya ham betakror hodisa sifatida bo‘y
ko‘rsatganday bo‘ladi:
Yonimda jim yashaydi toshlar,
Sadalarim solmaydi soya.
To‘kilsa ham ko‘zimdan yoshlar,
Birortasi qilmas himoya. [1; 222]
Mazkur parchada birikma holida qo‘llanilgan (Sadalarim solmaydi soya) so‘zlardagi
tovushlarning o‘zaro uyg’unligi misralarda o‘ziga xoslik kasb etmoqda. Shuningdek, birgina
„s“
tovushining
alohida ohangdorlik hosil qilayotganligini ko‘ramiz. Umuman olganda, she’riyatda
„s“ tovushining alliteratsiya hosil qilishi juda ko‘p uchraydi. Xosiyat Bobomurodovaning “Ixtiyor
senda” nomli she’rida ham aynan “s” tovushi alliteratsiya hosil qilgan.
S
ening izming bilan yashash oson
mas
S
en – kulgu,
s
en - ko‘zyosh,
s
en – tin
mas
jon
san
!
S
en bilan yo‘l yurgan axdidan ton
mas
,
S
en – ishqqa joy bergan toza vijdon
san
. [1; 9]
She’rdagi har bir misraning “s” tovushi bilan boshlanishi ham poetik ta’sirchanlikni oshishiga
sabab bo‘lgan. Bu misralarning yana bir o‘ziga xosligi shundaki: Misra aynan “s” harfi bilan
boshlanib, shu harf bilan tamomlanadi. Bu esa she’rda o‘zgacha bir ohangdoshlikni yuzaga
chiqargan. Shoiraning “Ketibdir” nomli she’rida ham alliteratsiyaning yangi ko‘rinishini kashf
qilishimiz mumkin.
Nedan
k
ular yulduzlar, nedan
k
o‘ngli yarim oy,
Q
orong’udir
k
unduzlar,
k
o‘kdan
q
uyosh
k
etibdir.
Q
irqta jonim
q
o‘lida, vujudimning joni yu
q
,
Jafokashim yo‘lida
k
etsa bir bosh
k
etibdir.[1; 185]
Ushbu misralarda nafaqat „k“ tovushi, balki „q“ tovushi ham birgalikda alliteratsiyani
yuzaga chiqargan. Bu tovushlarning band qatorlarining deyarli har bir so‘zida ketma-ketlik bilan
ishtirok etishi ham o‘ziga xoslik kasb etgan.
„Q“ hamda “K” undoshlarining tasviriy imkoniyati matn tarkibidagi tovushlarning umumiy
fonida unchalik sezilmasligi mumkin. Ammo poetik asarlarda alliteratsiya elementi sifatida
qo‘llanganda ularning mohiyati o‘zgaradi. Badiiy matnda ba’zan qat’iyat, ba’zan mayinlik kabi
ottenkalarni namoyish etib, ijodkor ruhiy olamidagi tug‘yonlarning yuzaga chiqishiga
ko‘maklashadi[4, 69-70]. Biz ko‘rib o‘tgan misralarda ham „q“ va “k” tovushlari qat’iyat va
keskinlikni ifodalab, shoiraning ichki sezimlarini, kechinmalarini ochishga xizmat qilib kelgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Alliteratsiya Xosiyat Bobomurodova she’rlarida eng
ko‘p qo‘llanilgan takror turlaridan biridir. Yuqoridagi misralardan ham ma’lum bo‘ladiki,
alliteratsiya misralarning tantanavorligini, jo‘shqinligini ta’minlashda hamda o‘quvchiga estetik
zavq berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shoiraning bir qancha she’rlarida badiiy takrorning
yuqorida aytilgan vazifalari bilan birgalikda, muallif nutqini yanada ta’sirchan qilish vazifasi ham
bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin.Bu esa shoira ijodining o‘ziga xos jarangdorligi, boshqa
shoirlar ijodida takrorlanmaydigan ko‘rinishlari borligi bilan ajralib turadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
35
REFERENCES
1.
Xosiyat Bobomurodova. Saylanm. 1-jild. Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi nashiriyot-
matbaa ijodiy uyi,2021. – 256 b.
2.
Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. – Samarqand. 1994.
3.
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy
ensklopediyasi”. Davlat ilmiy nashiriyoti. 2002, - b. 12.
4.
Umirova S. O‘zbek she’riyatida lingvistik vositalar va poetic individuallik. Samarqand, 2019
– B. 69-70.
5.
Ma’rufjon Yuldoshev. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasi “Fan” nashiriyoti, 2008.
6.
Karimov S. O‘zbek tilining badiiy uslubi. – Samarqand: Zarafshon, 1992.
7.
D.Islamova. Linguistic representation and methods of its expression in artistic text.
International Bulletin of Engineering and Technology (IBET). Volume: 3, Issue: 7. –
Amerika, 2023. – P. 137-141.
8.
9.
Islamova D. Expressive means of language and transposition. International Bulletin of
Applied Science and Technology (IBAST). Volume: 3, Issue: 5. – Germaniya, 2023. – P.
1231-1234.
(Impact
factor:
UIF
=
8,2
|
SJIF
=
5,955).
https://doi.org/10.5281/zenodo.7992882
10.
Yusupova O. People's oral creative work and syntactic parallelism. Asian Journal of
Multidimensional Research (AJMR). Volume: 10, Issue: 3. – P. 242-246.
11.
https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:ajmr&volume=10&issue=3&article=
036
12.
