Authors

  • Iymona Narzullayeva
  • S.Q. Tohirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33606

Keywords:

Alisher Navoi Garaib us-sigar the art of kitobat (lettering) teaching of superstition Alif.

Abstract

This article analyzes Alisher Navoi's poetry and the meaning types of "Alif" book art used in the epic "Garayib us-sigar".

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDA KITOBOT SAN’ATINING QOʻLLANILISHI

(“Alif” misolida)

Narzullayeva Iymona Sadriddin qizi

SamDU filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

Tohirov S.Q.

Ilmiy rahbar: SamDU f.f.n., dots.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11429545

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiy she’riyati va “G‘aroyib us-sig‘ar”

dostonida qoʻllanilgan “Alif” kitobot san’atining ma’no turlari tahlil etilgan.

Kalit sozlar: Alisher Navoiy, G‘aroyib us-sig‘ar, kitobot (xat) san’ati, xurufiylik ta’limoti,

Alif.

THE USE OF BOOK ART IN THE POETRY OF ALISHER NAVOY

(in the example of "Alif")

Abstract. This article analyzes Alisher Navoi's poetry and the meaning types of "Alif" book

art used in the epic "Garayib us-sigar".

Key words: Alisher Navoi, Garaib us-sigar, the art of kitobat (lettering), teaching of

superstition, Alif.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КНИЖНОГО ИСКУССТВА В ПОЭЗИИ АЛИШЕРА НАВОЯ

(на примере «Алифа»)

Аннотация. В данной статье анализируется поэзия Алишера Навои и смысловые

типы книжного искусства «Алиф», использованные в эпосе «Гараиб ус-сигар».

Ключевые слова: Алишер Навои, Гараиб ус-сигар, искусство китобата (письма),

учение суеверий, Алиф.

Mumtoz adabiyot namunalari oʻzining badiiy san’atlari bilan bugungi kungacha

adabiyotshunoslarning diqqatini oʻziga tortib kelmoqda. Shunday badiiy sanatlardan biri kitobot
san’atidir. Kitobot san’atidan foydalanmagan mumtoz adabiyot vakillari uchramasa kerak. Biz
Alisher Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Bobur, Gadoiy, Ogahiy kabi ijodkorlarning asarlarida kitobot
san’atining goʻzal namunalarini uchratishimiz mumkin.

Kitobot san’ati yoki xat san’ati - arab alifbosi harflari shaklidan lirik (epik) timsollar

chizishda, poetik obraz yaratishda foydalanish usulidir. Ma’lumki, arab harflari tik va egri
shakllardan tashkil topgan. Shunga xos tarzda, tik qomat alifga, egik qomat dolga, egrilik lomga
qiyoslanadi. Mumtoz adabiyotda “Alif” badiiy san’at turi sifatida qoʻllanilib yorning tik qomatini
ifodalasa, xurufiylik ta’limotiga koʻra esa “Alif” Allohning mutloq toqligidan dalolat beradi. Abjad
hisobida ham alifning qiymati birga tengdir.

“Alif” birlik va fardlikni ifodalaydiki, bu orqali Ollohga ishorat aylash mumkin. Zero,

barcha harflar bir harfda mujassam erur. Chunki (ا) “alif” bukilib (د) “dol”ni, yana boshqa shaklga
kirib (ر) “ro”ni hosil qiladi, uning ikki uchi bukilganda (ب) “be” harfi, chuqur shaklida esa (ن)
“nun” harfiga aylanadi. Demak, barcha xarflarni “alif”da ko‘rmoq mumkin bo‘lganidek, jami
mavjudotda ham Ollox zuhr topgan. Ammo “alif”ni o‘zga hech bir harfda aynan ko‘rish mumkin
emas.[3,24]

Davr xam qildi qaddingni, go‘shaye tut, yo‘q aso,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

Negakim, dard-o‘q bo‘lur zohir alif yondashsa dol[2]
Bu misra orqali alifning bukilishidan dolga aylanishi nazarda tutilyapti. Bundan tashqari

hurufiylik ta’limotiga koʻra inson yuzi ham arab harflariga qiyoslangan. Jumladan, insonning
burni – alif (ا)ga, koʻzlari – sod (ص) yoki ayn (ع)ga, tor va kichik ogʻzi – mim (م)ga, soch kokillari
va zulflari – dol (د)ga, qoshlari – nun (ن)ga qiyoslangan. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, na’t
xarakterida yaratilgan she’rlarda “alif” – Hazrati payg‘ambarning bo‘yiga qiyoslangan. Arab
alifbosidagi ikkinchi harf “be” ham Hazrati payg`ambarni ifodalagan. Jumladan,

Ey alifdek qomating mayli buzulg‘an jon aro
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.[2]
Navoiyning na’t g‘zalida ham Hazrati payg‘ambarning bo`ylari “alif”ga qiyoslangan.

Ammo “buzulg‘an jon aro” deya ta’riflanmoqda. Hurufiylik ta’limotiga ko‘ra “alif” Allohni
ifodalasa, arab alifbosidagi ikkinchi harf “be” esa Hazrati Muhammad (s.a.v.)ni ifodalaydi. Barcha
harflar “alif”dan kelib chiqqanligini inobatga olsak, “alif”ning qomati buzilib, ya’ni ikki uchi
bukilib “be”ni hosil qilishi orqali Hazrati payg‘ambarga ishora qilinyapti.

Alisher Navoiy she’riyatida alif ham badiiy san’at, ham hurufiylik gʻoyalarini ifodalab

kelgan. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining 62 she’rida “Alif” harfiga murojaat etadi, shundan 36
she’ridagi “alif” orqali Allohga ishora qilinadi. Qolgan 26 she’rida esa poetik timsol sifatida
qo‘llanilgan. Alisher Navoiy kulliyotida “alif”ga eng ko`p “G`aroyib us-sig`ar” dostonida
murojaat qilingan. Jumladan, dostonning 33 ta g‘azalida va 2 ta ruboiysida “alif” harfiga murojaat
qilingan.

Ko‘ksuma na’lu alif tarxi imorat shaklidur,
Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devori past.[1,70]
Allohning go‘zal, hammadan ustun va ulug‘ mavjudoti insondir. Xoliqi olam unga sharaf,

yuksalish tojini ato etdi va qalbiga “Alloh” deya ilohiy muhr qo‘ydi. Mutafakkir shoir ta’biricha,
bu “tarxi imorat shakli”, ya’ni ushbu na’l (tamg‘a) Xoliq (Alif)ning o‘z maxluqotiga qo‘ygan
ilohiy imzosidir. Baytning ikkinchi misrasida inson yaratilishining yetti bosqichi inobatga olingan
bo‘lib, bunda ishq bir xazina, mulk sifatida, uning o‘rni esa qalb deya e’tirof etilgan. Ishq mulkini
tutib turuvchi qalb devor (inson tanasi) bilan ihota etilgan. Ushbu devorning yetti bosqichli
ekanligini Qur’oni Karimdagi “Mo‘minun” surasining 13-14-oyati karimalarida o‘qiymiz: “Biz
insonni loyning sarasidan yaratdik, so‘ngra uni nutfa qildik, so‘ngra bu nutfani laxta qon qildik,
bas parcha go‘shtni suyaklar qilib yaratib, bu suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra unga jon
kirgizib, odingi holidan butunlay boshqacha bir vujudni paydo qildik...”.

Alisher Navoiy ham “Alloh insonni o‘z suratida yaratdi” hadisidan ilhomlanib, g‘azallar

bitgan:

Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro,
Ham alif ham na’l uza dog‘im erur andin nishon.[2, 347]
Quyidagi baytni ham ayni shu ma’noda ifodalash mumkin:
Bormudur ko‘nglumda keskan ham alif, ham na’lu dog‘,
Yo bu mir’ot ichra solg‘an aks husnung onidur.[2]
Shoir ritorik so‘roq orqali qalbida Alloh (alif) va Alloh tamg‘asining dog‘i (na’l) bormi

deya turib, yoki bu mir’ot ya’ni ko‘ngil ichra solgan husning aksimi deya so‘rayapti.

Alisher Navoiy “alif” va “dol”ni qarshilantirib tazod san’atini vujudga keltirgan:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

Firoq ichra alifdek qaddima g‘am tog‘ini yuklab,
Uhud tog‘idagi dol etsa jismi notavonimni.[1]
Bu misrada alifdek (tik) qomatning ayriliqda g‘am tog‘i yuklanib, doldek (egilgan)

qomatga aylanganligi aytib o‘tilyapti. Uhud tog‘idagi doldek deyilganda uhud (دحأ) so‘zidagi dol
harfiga ishora erilyapti.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida qoʻllanilgan badiiy san’at turlaridan biri

hisoblangan kitobot san’ati oʻziga xos poetik obraz yaratishda qmuhim vazifani bajaradi.


REFERENCES

1.

Алишер Навоий. МАТ. II том. – Тошкент, Фан, 1987

2.

Алишер Навоий. МАТ. III том. – Тошкент, Фан, 1988

3.

Амонова З. Қ. Ҳуруфийлик ва ўзбек мумтоз адабиёти. Монография. Lambert Edit. –
Германия, 2019

4.

Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima (Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur).
– T.: Cho’lpon, 1992.

References

Алишер Навоий. МАТ. II том. – Тошкент, Фан, 1987

Алишер Навоий. МАТ. III том. – Тошкент, Фан, 1988

Амонова З. Қ. Ҳуруфийлик ва ўзбек мумтоз адабиёти. Монография. Lambert Edit. – Германия, 2019

Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima (Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur). – T.: Cho’lpon, 1992