4
TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH
METODOLOGIYASI
Ismailov Botir Egamberdiyevich
Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11445799
Annotatsiya.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bugungi kunda
bank tizimi samaradorligining muhim omili sanaladi, shundan kelib chiqqan holda, mazkur ilmiy
tezisda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari o‘rin olgan.
Kalit so‘zlar:
bank tizimi, tijorat banki, bank operatsiyalari, moliyaviy barqarorlik.
METHODOLOGY OF ENSURING THE FINANCIAL STABILITY OF
COMMERCIAL BANKS
Abstract.
Ensuring the financial stability of commercial banks is considered an important
factor of the efficiency of the banking system today, based on this, the issues of ensuring the
financial stability of commercial banks are included in this scientific thesis.
Key words:
banking system, commercial banking, banking operations, financial stability.
МЕТОДОЛОГИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ СТАБИЛЬНОСТИ
КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Аннотация.
Обеспечение финансовой устойчивости коммерческих банков сегодня
считается важным фактором эффективности банковской системы, исходя из этого
вопросы обеспечения финансовой устойчивости коммерческих банков включены в данную
научную диссертацию.
Ключевые слова:
банковская система, коммерческий банкинг, банковские операции,
финансовая устойчивость.
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligi ko‘p hollarda banklar ishonchliligi bilan hamohang
ravishda o‘rganilishi va ko‘rib chiqilishi bir qancha tadqiqotlarda aniqlandi. Shu bois, biz tijorat
banklari yoki har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi
yuzasidan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishga harakat qilamiz. Ushbu tushunchalardan farqli jihatlar,
olimlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligi xususidagi bildirgan nazariy qarashlari va
metologik asoslarini tadqiq etishga harakat qilamiz.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy tahlili va uning
asosiy vazifalaridan biri – bu sub’ekt moliyaviy ishonchliligi va barqarorligini baholash ekanligi
aniqlanadi. Shu bois, ishonchlilik, barqarorlik tushunchalari va tijorat banklari faoliyatini baholash
5
va tahlil etish uslublari yuzasidan umumiy yondoshuvlar talab etiladi. Eng avvalo, aynan, ushbu
ikki tushunchalarni asoslash va farqli jihatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Ba’zi manbalarda keltirilishicha, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi ular
moliyaviy mustaqilligi, sub’ektlar faoliyati doimiyligi va bardavomligini ta’minlashda o‘z
mablag‘larini mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, moliyaviy barqarorlik bir qancha ko‘rsatkichlar
tizimi asosida baholanishi aniqlanadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy
barqarorligini baholashda qo‘shimcha ravishda aktivlar sifati va strukturasi ham katta ahamiyat
kasb etishi aniqlandi. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu
jumladan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash yuzasidan bir-birini to‘ldirsada, lekin
ularni umumiy integral baholashini nazarda tutmaydi. Shu bilan birga, ishonchlilik va moliyaviy
barqarorlik o‘rtasida hech qanday aloqadorlik va bog‘liqlik keltirilmaydi.
Bizning fikrimizcha, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini kapital etarliligi, uning
rentabelligi va aktivlarga nisbati, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta’sir etuvchi
likvidlilik, to‘lov qobiliyati, rentabellik va ishonchlilik ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholash
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O.A. Tarasenko va E.G. Xomenkolarning fikricha tijorat banklari moliyaviy barqarorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimiga: likvidlilik, aktivlar sifati, kapitalning holati va daromadlilikni
kiritishadi. Mazkur qarashlarga qo‘shilamiz, lekin mualliflar banklar risklilik darajasiga e’tiborni
chetda qoldirishgan.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash
metodologiyasini o‘rganish, mazkur metodologiyalardan tegishli xulosalarni shakllantirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, biz eng avvalo, Xalqaro valyuta fondi tomonidan
tavsiya etilgan indikatorlar va ularning ahamiyatli jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Xalqaro valyuta
fondi asosiy va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan 39 ta Moliyaviy barqarorlik (Financial
Soundness Indicators - FSI) ko‘rsatkichlarini chop etib keladi. 39 ta moliyaviy barqarorlik
indikatorlaridan 12 tasi aosiy indikatorlar bo‘lsa, 27 tasi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan
indikatorlar hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlik asosiy ko‘rsatkichlari qatoriga: kapital etarlilik ko‘rsatkichlari,
aktivlar sifati, foyda va rentabellilik, likvidlilik, bozor riskiga sezgirlik darajasi kabi
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olsa, tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar qatoriga banklar,
shuningdek, boshqa moliyaviy muassasalar, korporativ kompaniyalar, xonadon xo‘jaligi, bozor
likvidligi, ko‘chmas mulk bozoriga mo‘ljallangandir.
6
Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan 2001 yildan e’lon
qilinayotgan bo‘lsa, bugungi kunda uning butun dunyo davlatlarida reytingi e’lon qilib kelinadi.
Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining maqsadi davlatlar moliyaviy tizimini
makroprudentsial tahlil qilish orqali joriy moliyaviy holatni aks ettirish, XVF aa Jahon banki
tomonidan moliyaviy sektorni baholash Dasturini (Financial Sector Assessment Programm—
FSAP) amalga oshirish va mamlakatlar moliyaviy tizimi barqarorligini baholash bo‘yicha hisobot
nashrlari (Financial System Stability Assessment—FSSA) e’lon qilish, mamlakat moliyaviy
muassasalarininazorat qilish, kontragentlar, xonadon xo‘jaliklari barqarorligini baholashga
mo‘ljallanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. (Xalqaro Valyuta Fondining Moliyaviy
barqarorlik ko‘rsatkichlari 1-ilovada keltiriladi.)
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan birga xalqaro reyting kompaniyalarining tijorat
banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasi katta ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy davlatlar tajribasida reyting agentliklarining tijorat banklari moliyaviy
barqarorligini aniqlash va uni tahlil etib borishlarida katta ahamiyat kasb etadi va eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Banklari Asotsiatsiyasi huzurida 1996 yilda “Ahbor-reyting”
reyting agentligi tashkil etilgan bo‘lib, u asosan unga a’zo tijorat banklari asosiy ko‘rsatkichlari va
balans ma’lumotlar tahlili asosida ularning reytinglari, renkingini o‘rganadi va natijalarini e’lon
qilib boradi.
Mazkur reyting agentligi tijorat banklari reytingini aniqlashda asosan quyidagi
metodologiyadan foydalanadi:
-
mavjud tijorat banklari kapitali hajmidan kelib chiqib, ularni “yirik”, “o‘rta” va “kichik”
banklarga ajratadi va ularning reytingini aniqlaydi. Reytingda asosan banklar yalpi aktivlarining
o‘zgarish dinamikasi, kredit portfeli, banklar kapitali, daromadlari va xarajatlari, sof foyda
miqdori, muammoli kreditlar salmog‘i va boshqa asosiy indikatorlarni tahlil etib boradi;
-
banklar asosiy ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda ularning renkingini aniqlaydi va
natijalarini chop etib boradi.
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholashda reyting kompaniyasi yuqorida
ta’kidlaganimiz kabi banklarni “yirik”, “o‘rta” va “kichik” guruhlarga ajratadi. Tasniflangan
banklar aktivlari bo‘yicha umumiy aktivlari, aktivlar rentabelligi (ROA), kredit portfeli va uning
sifati, likvidlilik holati, bank daromadlari va xarajatlari dinamikasi, shuningdek, bank sof foydasi,
passivlari bo‘yicha, depozitlar tarkibi, aktsionerlik kapitali, kapital rentabellik darajasi(ROE) va
7
boshqa indikatorlar asosida o‘rganadi, tahlil etadi, banklarning iqtisodiy me’yorlarni bajarish
holati va banklar moliyaviy barqarorligi yuzasidan tegishli natijalarni e’lon qilib boradi.
Dunyo banklari tajribasi CAMELS reyting tizimi orqali tijorat banklari moliyaviy
barqarorligiga baho berish amaliyoti keng qo‘llaniladi. Ushbu reyting tizimi orqali banklar kapitali
va uning etarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv, daromadlilik darajasi, likvidlilik hamda bozor
risklariga sezgirlik darajasiga baho berish amaliyoti mavjud. CAMELS reyting tizimi AQSh
Federal zaxira tizimi, Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi va Pul muomalasi
nazoratchisi tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan.
Xulosa o‘rnida, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini
o‘rganish natijasida, xalqaro tashkilotlar, xalqaro va mahalliy reyting agentliklari, olimlarning
mazkur masala yuzasidan ilmiy tadqiqotlaridan aniqlanishicha, banklar kapitali va uning etarliligi,
aktivlar va kreditlar sifati, bank foydalilik va samaradorlik darajasi, likvidlilik holati, risklilik
darajasi eng ko‘p ishlatiladigan ko‘rsatkichlar sifatida aniqlandi. Demak, yuqorida nomlari
keltirilgan indikatorlar majmui orqali har qanday tijorat banklari moliyaviy barqarorlik holatini
aniqlash va unga baho berish mumkin degan xulosa shakllandi.
REFERENCES
1.
Банковская система Российской Федерации и ее антикризисное регулирование:
учеб.пособие / О.А. Тарасенко, Е.Г. Хоменко. – М.: Норма, 2009. – с.69.
2.
Abdulazizovich A. A. et al. ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN
UZBEKISTAN //World Bulletin of Management and Law. – 2022. – Т. 11. – С. 14-19.
