ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
147
XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASIDA KО‘RSATUVLARNI HODISA SODIR
BО‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TERGOV HARAKATINING О‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Anvarov Muslimbek Akmal о‘g‘li.
О‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”
mutaxassisligi bо‘yicha magistratura tinglovchisi.
E-mail:
Phone: +99899-355-44-01
https://doi.org/10.5281/zenodo.11521045
Abstract.
Maqolada xorijiy davlatlar tajribasida ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda
tekshirish tergov harakatining o‘ziga xos xususiyatlari nazariy va amaliy misollar orqali tahlil
qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab
chiqilgan.
Tayanch tushunchalar:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo,
jazoni yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, xorijiy
davlatlar, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish.
SPECIFIC ASPECTS OF THE INVESTIGATION OF EVIDENCE IN THE
EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES
Abstract.
In the article, the specific features of the investigative act of checking the
broadcasts at the scene of the incident in the experience of foreign countries are analyzed through
theoretical and practical examples. Based on the analysis, a proposal for further improvement of
this crime was developed.
Key words:
The Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment,
mitigating circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, foreign countries,
verification of evidence at the scene of the incident.
ОСОБЕННОСТИ ИССЛЕДОВАНИЯ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В ОПЫТЕ
ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН
Аннотация.
В статье на теоретических и практических примерах анализируются
особенности следственного действия по проверке передач на месте происшествия в
опыте зарубежных стран. На основе анализа было разработано предложение по
дальнейшему совершенствованию данного преступления.
Ключевые слова:
Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,
наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, следственная
деятельность, зарубежные страны, проверка доказательств на месте происшествия.
KIRISH
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida Jinoyat sodir etganlikda
ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora kо‘rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmasligi belgilangan bо‘lib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul
organlarning mansabdor shaxslari tomonidan jinoyat ishini yuritish davomida shaxsning ayblilik
masalasini hal etish uchun tergov harakatlari о‘tkazishadi. Dalillarni tо‘plash va tekshirishga
qaratilgan, muhim vazifalarni hal etishga xizmat qiladigan tergov harakatlaridan biri
kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirishdir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
148
Kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakati jinoyat-protsessual
kodeksining 132-134-moddalari bilan tartibga solingan. Ushbu moddalarda kо‘rsatuvlarni hodisa
sodir bо‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar, maqsadi, protsessual tartibi va rasmiylashtirish
qoidalari belgilangan bо‘lib, ularning sud-huquq amaliyotida tо‘g‘ri qо‘llanilishi shaxs
huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumki, kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakati sud-huquq
amaliyotida keng qо‘llaniladigan tergov harakatlaridan biri bо‘lib, ushbu tergov harakatini
isbotlash jarayonida qо‘llash orqali dalillar tо‘plash ancha samarali natija beradi, tergov
amaliyotida mazkur tergov harakati qasddan odam о‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, о‘g‘rilik va
shu kabi bir qator jinoyatlar bо‘yicha ish yuritish davomida keng qо‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash joizki, kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakati
maqsadiga kо‘ra dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi. Ayrim mualliflar
kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish, tergov harakatiga ma’lumotlarni tekshirish
maqsadida о‘tkaziladigan tergov harakati sifatida qarashadi. Jumladan, V.V. Bichkov tergov
harakatlarini mazmuniga kо‘ra ma’lumotlarni aniqlashga va ma’lumotlarni tekshirishga qaratilgan
ikki guruhga ajratib, kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini faqat
ma’lumotlarni tekshirishga qaratilgan harakatlar sifatida baholagan.
D.M. Mirazovning fikricha ”Har qanday tergov harakati umuman protsessual harakatlarni
dalillarning majburlov kuchiga tayanmasdan amalga oshirish mumkin emas. Tintuv, olib qо‘yish
kabi tergov harakatlarining majburlov xususiyati shundan iboratki, u shaxs yashash joyi va uning
daxlsizligini cheklovchi tashkiliy-boshqaruv hamda izlash choralari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa tergov harakatlarida majburlov kuchi unchalik yaqqol ta’rifga ega bо‘lmasa-da, lekin
ularda ham majburlov kuchining belgilari namoyon bо‘ladi”.
Bizning fikrimizcha, tergov harakatlarining ba’zilari majburlov kuchiga ega. Lekin,
kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakati majburlov kuchiga ega emas.
Buning boisi shundaki, ushbu tergov harakati shaxsning ixtiyoriy roziligi asosida
о‘tkaziladi. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning roziligi bо‘lmasa,
bu tergov harakati о‘tkazilmaydi.
Xorijiy davlatlar jinoyat protsessual qonunchiligi va bizning jinoyat protsessual
qonunchiligimizda berilgan kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov
harakatining ishtirokchilari, maqsadi, о‘tkazishning tartibi, о‘tkazishning о‘ziga xos xususiyatlari,
rasmiylashtirish tartibini solishtiradigan bо‘lsak bir qator о‘xshash va farqli jihatlarga guvoh
bо‘lamiz.
Ushbu tergov harakatining nomlanishi Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkmaniston,
Tojikiston, Qozog‘iston, Moldaviya, Estoniya Respublikalari jinoyat-protsessual kodekslarida
turlichadir.
Rossiya Federatsiyasi JPKsining 194-moddasida, shu bilan bir qatorda Ozarbayjon
JPKsining 260-moddasida, Belorusiya JPKsining 225-moddasida, Turkmaniston Respublikasi
JPKsining 285-moddasida esa bu tergov harakati ”Kо‘rsatuvlarni joyida tekshirish”, Moldaviya
Respublikasi JPKsining 114-moddasida ”Jinoyat sodir etilgan joyda kо‘rsatuvlarni tekshirish”,
Qozog‘iston Respublikasi JPKsining 238-moddasida ”Kо‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish va
aniqlashtirish”, Estoniya Respublikasi JPKsining 153
1
-moddasida ”Kо‘rsatuvlarni holat bilan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
149
solishtirish”, Tojikiston JPKsining 183-moddasida ”Tergov eksperimenti va kо‘rsatuvlarni joyida
tekshirish”, deb nomlangan.
Kо‘rib turganimizdek, barcha davlatlar ushbu tergov harakatiga turlicha nomlanish bergan.
Shu bilan bir qatorda ba’zi olimlar ham ushbu tergov harakatining nomlanishini turlicha
talqin qilganlar. Masalan, G. Okmamatova ”Kо‘rsatmalarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish”,
deb emas, balki ”Kо‘rsatmalarni joyida tekshirish”, deb nomlangan. D.M. Mirazov ushbu fikrni
tanqid qilib quyidagicha fikrlarni bildirgan: ”G. Okmamatovaning ”Kо‘rsatuvlarni hodisa sodir
bо‘lgan joyda tekshirish” tergov harakatini ”kо‘rsatmani joyida tekshirish”, deb nomlagani jinoyat
protsessual qonun talablariga ziddir, chunki О‘zbekiston Respublikasi JPKning 132-moddasida
mazkur tergov harakatini ”Kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish”, deb qayd etilgan
”Kо‘rsatma” sо‘zining imlosiga e’tibor bersak, u tegishli farmoyish, buyruq, tavsiya mazmunida
ishlatiladi. Shuning uchun G. Okmamatova qonun ijodkori nomlagan atamaga nisbatan о‘z xohishi
bilan yondashganligi sababli, qonunchiligimizda umuman vujudga kelmagan ”tergov harakati”
tо‘g‘risida fikr yuritgan”. Biz ham D.M. Mirazovning fikriga qо‘shilamiz, darhaqiqat tergov
harakati qonunda qayd etilgan nomlanishi bilan atalishi lozim.
Shuningdek, har bir tergov harakatining nomlanishi uning mazmun-mohiyati, ya’ni
о‘tkazish asoslari, kо‘zlangan maqsadi va protsessual tartibidan kelib chiqishi lozim. Amaldagi
JPKda kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish ilgari sо‘roq qilingan protsess
ishtirokchisi bilan о‘tkazilishi, kо‘rsatuvlar hodisa sodir bо‘lgan joyda qayta tiklash yо‘li bilan
tekshirilishi kabi qoidalar belgilab qо‘yilganligi bu boradagi xulosamizni yanada oydinlashtiradi.
Tergov harakatlari jinoyat protsessining g‘oyat munozarali, dolzarb masalalaridan biridir.
Muayyan jinoyat ishi yuzasidan protsessual faoliyatning tarkibiy qismi bо‘lgan protsessual
harakatlar ichida tergov harakatlari kо‘pchilik qismni tashkil etadi. Qolaversa, jinoyat-protsessual
faoliyat subyektlarining asosiy maqsadi jinoyatlarni tez va tо‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har
bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bо‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi
va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning tо‘g‘ri tatbiq etilishini
ta’minlashdan va pirovardida haqiqatni aniqlashdan iborat ekan, har bir holatni tasdiqlovchi
ma’lumot va ashyoga tergov harakatlari vositasida dalil maqomi beriladi.
Surishtiruvchi, sud, tergovchi gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar,
guvohlar hamda jabrlanuvchilarning kо‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bо‘lgan joyda
holatlarni qayta tiklash yо‘li bilan tekshirib kо‘rishga haqlidir. Ushbu qoida bо‘yicha
kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini surishtiruvchi, tergovchi va
sud о‘tkazishi mumkinligi belgilab о‘tilgan. Lekin Rossiya Federatsiyasi, Moldaviya, Belorusiya,
Estoniya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston Respublikalari JPKlarida faqat tergovchilar
ushbu tergov harakatini о‘tkazishi belgilab о‘tilgan. Shu bilan birga ushbu davlatlar JPKlarida
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh va jabrlanuvchilarning kо‘rsatuvlari tekshirilishi ushbu
tergov harakatini о‘tkazish maqsadi bilan birga qayd etilgan. Bizning fikrimizcha, tergov
harakatida ishtirok etuvchi ishtirokchilar va tergov harakatini о‘tkazishdan kо‘zlangan maqsad
alohida-alohida tartibga solinishi lozim. Chunki, bu ikki tushuncha ikki xil ma’noni anglatadi.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi JPKning 133-moddasida kо‘rsatuvlarni hodisa sodir
bо‘lgan joyda tekshirish tartibi belgilab о‘tilgan bо‘lib, unga asosan, kо‘rsatuvlarni hodisa sodir
bо‘lgan joyda tekshirish surishtiruvchi, tergovchi, xolislar, sud esa taraflar ishtirokida о‘tkazishi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
150
tartibga solingan. Xolislarning ishtirokida xorij davlatlarida ham ushbu tergov harakatini
о‘tkazishning о‘ziga xos tartibi belgilangan, jumladan, Rossiya Federatsiyasi JPKsining 194-
moddasida, Qozog‘iston Respublikasi JPKsining 238-moddasida, Tojikiston Respublikasi
JPKsining 183 -moddasida, Turkmaniston Respublikasining 285-moddasida, Belorusiya
Respublikasi JPKsining 225-moddasida qayd etilgan, Ozarbayjon va Moldaviya Respublikalari
jinoyat-protsessual qonunchiligida esa kо‘rsatilmagan.
Shu bilan bir qatorda, ushbu tergov harakatida mutaxassis va ekspertlar ham jalb qilinadi.
Turkmaniston, Moldaviya, Belorusiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston Respublikalari va О‘zbekiston
Respublikasining JPKlari bо‘yicha mutaxassis va ekspertlar ishga jalb qilinishi belgilangan, lekin
ushbu qoida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Estoniya Respublikalari JPKlarida belgilangan.
Ozarbayjon jinoyat protsessual kodeksining 260-moddasida ushbu tergov harakatida
tarjimon, mutaxassis, qonuniy vakil, pedagog, shifokor va boshqa ishtirokchilar ham qatnashishi
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatilgan. Ushbu ishtirokchilarning kо‘rsatuvlarini hodisa sodir bо‘lgan joyda
tekshirish tergov harakatiga jalb qilinishi mumkinligi, bizning JPKda ham Rossiya Federatsiyasi,
Tojikiston, Turkmaniston, Moldaviya, Belorusiya Respublikalari JPKlarining aynan shu tergov
harakati qayd etilgan moddada kо‘rsatilmagan. Lekin, bizning JPKmizda, ya’ni 86-moddada
tergov harakati о‘tkazilishi jarayonida yuqorida qayd etilgan ishtirokchilarning qatnashishi
mumkinligi qayd etilganligi sababli ham ushbu shaxslarning ishtirokini aynan moddaning о‘zida
kо‘rsatishga zarurat yо‘q.
Ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining kо‘rsatuvlarini hodisa sodir bо‘lgan joyda
tekshirishda himoyachi ham ishtirok etishi mumkinligi Ozarbayjon JPKsining 260-moddasida,
Moldaviya Respublikasi JPKsining 114-moddasida belgilab о‘tilgan bо‘lsa, Rossiya
Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Moldaviya, Belorusiya, Estoniya JPKlarida
kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini о‘tkazish tartibi belgilangan
normada bunday koida kayd etilmagan. О‘zbekiston Respublikasi JPKning 87-moddasida esa,
dastlabki tergov va sud harakatlarini yuritishda himoyachi ishtirokiga ruxsat etilgan.
E’tiborli jihati shundaki, О‘zbekiston Respublikasi JPKsining 133-moddasida ushbu
tergov harakatini о‘tkazishda surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining
boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan kо‘rsatuvlarni e’lon qilishi, kо‘rsatuv bergan
shaxslardan ularning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini, qо‘shimcha va о‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj
bor yoki yо‘qligini sо‘rashi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntirishi kо‘rsatilgan. Bunday
Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Moldaviya, Belorusiya, Estoniya, Qozog‘iston,
Ozarbayjon JPKlarining kо‘rsatuvlarni hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirishning tartibiga oid
normalarning birortasida qayd etilmagan. Bizning fikrimizcha, ushbu qoidaning JPKda aynan
moddaning о‘zida tartibga solinganligi shaxs huquq va erkinliklari tо‘laqonli ravishda
ta’minlanganligidan dalolat beradi.
Shu bilan bir qatorda ”Kо‘rsatuvlari tekshirilayotgan guvoh va jabrlanuvchilar, kо‘rsatuv
berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on kо‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka
tortilishi haqida ogohlantirilishi lozim bо‘lib, 16 yoshga tо‘lmagan shaxslar bundan mustasnoligi
tо‘g‘risidagi qoida faqatgina Estoniya Respublikasi JPKsining 153
1
-moddasida va О‘zbekiston
Respublikasi JPKsida kо‘rsatilgan. E’tiborli jihati shundaki, yuqorida Estoniya jinoyat protsessual
qonunchiligi bо‘yicha esa ”15 yoshga tо‘lmagan shaxslar bundan mustasno”, deb qayd etilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
151
Ushbu tergov harakatini о‘tkazishda bir vaqtning о‘zida bir necha shaxsning
kо‘rsatuvlarini hodisa sodir bо‘lgan joyda tekshirishga yо‘l qо‘yilmasligiga e’tiborni qaratish
lozimligi О‘zbekiston Respublikasi JPKsida belgilangan. Bu qoida bir qator xorij davlatlari
JPKlarida qayd etilishi bilan birga Tojikiston, Moldaviya, Ozarbayjon, Estoniya Respublikalari
JPKlarida belgilab о‘tilmagan. Zero, bir necha shaxsning kо‘rsatuvlari hodisa sodir bо‘lgan joyda
bir vaqtning о‘zida tekshiriladigan bо‘lsa, olingan dalillar maqbul deb topilmaydi, hamda
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi ”Dalillar maqbulligiga
oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qо‘llashning ayrim masalalari tо‘g‘risida”gi qaroriga
zid keladi.
REFERENCES
1.
Sharafutdinov A.O. “Dastlabki tergov faoliyatining strategik yshnalishlari”. Huquq-Pravo-
Law,2005.
2.
Mirazov D.M. “Jinoyat sodir etilgan shaoitni tiklash-jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning
muhim manbai. Toshkent, 1997.
3.
Александров С.А. Содержание системи развития уголовно-правових гарантий.-
Горкий,1974.
