ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
159
INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRUVCHI XALQARO MOLIYA
INSTITUTLARI VA ULARNING FAOLIYATI TAHLILI
Xandamov Keldiyor
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11521110
Annotatsiya.
Xalqaro moliya institutlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli
mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini
rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar. Ushbu maqolada
investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi xalqaro moliya institutlari va ularning faoliyati
xususida so’z boradi
Kalit so‘zlar:
Xalqaro moliya institutlari, kredit liniya, milliy iqtisodiyot, investitsiya fondi.
ANALYSIS OF INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS FINANCING
INVESTMENT PROJECTS AND THEIR ACTIVITY
Abstract.
International financial institutions play a major role in the world economy. They
provide funds and loans to various countries, help develop world trade and stabilize the financial
system. This article talks about international financial institutions financing investment projects
and their activities.
Key words:
International financial institutions, credit line, national economy, investment
fund.
АНАЛИЗ МЕЖДУНАРОДНЫХ ФИНАНСОВЫХ ИНСТИТУТОВ,
ФИНАНСИРОВАННЫХ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ, И ИХ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Аннотация.
Международные финансовые институты играют важную роль в
мировой экономике. Они предоставляют средства и кредиты различным странам,
помогают развивать мировую торговлю и стабилизировать финансовую систему. В
данной статье рассказывается о международных финансовых институтах,
финансирующих инвестиционные проекты, и их деятельности.
Ключевые слова:
международные финансовые институты, кредитная линия,
национальная экономика, инвестиционный фонд.
KIRISH
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning o'ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va
barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o'rin tutishini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetganligining
natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi yuz
berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga
olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo'lga qo'yilishini
hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta'kidlash
lozim.
Hozirda O'zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o'zgarishlar, tarkibiyi slohotlar olib
borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsiya jarayoni,
davlatning investitsiya siyosati, uning ustuvor yo'nalishlari va mamlakatdagi korxonalar
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
160
investitsiyaviy faolligiga bog'liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsiyaviy faollikni
ta'minlash, kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o'tkazildi, investitsiya faoliyatini
tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq
qilinmoqda.
Xalqaro moliya institutlari
- xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar
asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya institutlari ishtirokchilari hisoblanadi:
1.
davlat;
2.
nodavlat tashkilotlar.
1.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari bajaradigan funksiyalar
quyidagilardan iborat.
1.
jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlil qilish;
2.
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalarni amalga oshirish;
3.
investision faoliyat amalga oshirish (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan
kreditlar berish);
4.
davlat loyihalarini kreditlash amaliyotlari;
5.
xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;
6.
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
7.
xayriya faoliyati amalga oshirish.
2.
Bugungi kunda qanday xalqaro moliya institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda?
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib
, xalqaro valyuta
tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini
qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial
qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini
barqarorlashtirishga, import uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun
sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.
Jahon banki
guruhi
vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional,
tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assotsiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida
bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har
bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zlari belgilangan sharoitda mamlakatlarning
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini
moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga
asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank.
Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki
guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
161
daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va
maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib,
dunyodagi eng
qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon
boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega.
XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy
qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini
1988 yilda boshlagan
va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni
jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek
maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni
mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan
va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga
1966 yilda asos
solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro
arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat
yuritib,
ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy
Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi
institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar
kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovatsiyalarni rivojlantirish,
barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib,
u mintaqalarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini
rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy
korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB
tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat
strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni
moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB)
Osiyodagi murakkab infratuzilma
ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli
moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga
57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq
infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror
loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.
2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA)
maqsadi
moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan
foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish
imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga
soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
162
rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik
yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) -
islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p
tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga
asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni
qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999
yilda
tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global
hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy
bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda
ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi
(XISMK)
Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi
butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida
savdoni rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining
(XQXRJ)
asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy
resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining
ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga
sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi.
Xulosa qilib aytganda milliy iqtisodiyotga xorijiy banklarning kredit liniyalarini faol jalb
qilish raqobatbardosh mahsulotlarga, zamonaviy ishlab chiqarishga yuzma-yuz kelish, talabga
muvofiq sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatidir.
REFERENCES
1.
Hogan J.E., Lemon K.N., Libai B., 2014. Quantifying the ripple: word of mouth and
adverting effectiveness. J. Advert. Res. 44 (3), 271-280.
2.
Koenig-Lewis N., Palmer A. and Moll A. 2010. Predicting young consumers' take up of
mobile banking services. International Journal of Bank Marketing28(5):410-32.
doi:10.1108/ 02652321011064917., Venkatesh, V., and F. D. Davis. 2000. A theoretical
extension of the technology acceptance model: Four longitudinal field studies.
Management Science46(2):186-204. doi:10.1287/ mnsc.46.2.186.11926.
3.
Angelidi M.S., Karimov N.G. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida sindikat
asosida kreditlashtirish. - T.: «TMI», 2005. - 96 b.
