MENING MAHALLAM-MENING FAXRIM

Аннотация

Ushbu maqolada “Inoqobod” mahallasi haqida keng yoritib berilgan va ushbu mahallada olib borilayotgan ishlar ham sanab o’tilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xolmirzayeva, A. ., & Xashimova, D. (2024). MENING MAHALLAM-MENING FAXRIM. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/33856
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada “Inoqobod” mahallasi haqida keng yoritib berilgan va ushbu mahallada olib borilayotgan ishlar ham sanab o’tilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

MENING MAHALLAM-MENING FAXRIM

Xolmirzayeva Aziza Jumanazar qizi

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti

“Raqamli iqtisodiyot” fakulteti RI-41 guruhi talabasi.

+998995380615

azizaholmirzaeva4@gmail.com

Xashimova D.P.

Ilmiy raxbar. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

“Raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekan o’rinbo’sari, dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11521420

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Inoqobod” mahallasi haqida keng yoritib berilgan va

ushbu mahallada olib borilayotgan ishlar ham sanab o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Mahalla, Markaziy Osiyo, Toshkent shahri, “Inoqobod”, Konstitutsiya.

MY NEIGHBORHOOD IS MY PRIDE

Abstract.

In this article, the neighborhood of "Inokabad" is described in detail and the

works carried out in this neighborhood are also listed.

Key words:

Neighborhood, Central Asia, Tashkent city, "Inokabad", Constitution.

МОЙ РАЙОН – МОЯ ГОРДОСТЬ

Аннотация.

В данной статье широко освещен микрорайон «Инокабад», а также

перечислены работы, проводимые в этом микрорайоне.

Ключевые слова:

Соседство, Средняя Азия, город Ташкент, «Инокабад»,

Конституция.

Inson qadri yuksalgan millat,

Matonatli farzandlar bisyor,

Mahallada jonkuyar ham ibrat,

Rahmat go‘zal mehmondo‘st diyor.

Yangilanayotgan O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli mamalakatimizda

xalqchil boshqaruv tizimi, mahalla qaytadan kashf etildi. Azaliy ma’naviyatimiz va milliy
qadriyatlarimiz maskani bo‘lgan mahalla bugun kuchli tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy istiqlol
g‘oyasi va mafkurasi bilan boyib, yangilanib jamiyat taraqqiyotiga tobora samarali, xolisona
xizmat qiluvchi hayot dorilfununiga aylanib bormoqda.

Zero, mahalla ahli avvalambor, yoshlar qalbini, ongini “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga

qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirisha olish” orqali zabt etishga,
ezgu-amallarga, bunyodkorlikka yo‘naltirishga astoydil bel bog‘lagan.

Mahalla-Sharq tamadduni, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzi, tafakkuri va

qadriyatlariga xos bo‘lgan jamiyat hayotini tashkil etadigan an’anaviy ijtimoiy institut. “Mahalla”
so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda “turar joy”, “lager”, “qo‘nalg‘a” degan ma’nolarni anglatadi.
Mahalla, insonning Vatanidir. Ezgulik va ma’naviyat maskani bo`lmish ona diyorimizning bir
go`shasi uchun jonini fido qilgan qanchadan-qancha mard, jasur, tarixiy shaxslarni bilamiz.

Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi….Ularning qatori yana-da kuchli, yana-da ulug‘

tarixiy shaxslar bilan davom etadi. Zamondoshlarimiz orasida ham o‘z Vatani va o‘z hamyurtlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

osoyishtaligi uchun jonini fido qiladigan yurtdoshlarimiz jasorati va mardona amali barchamiz
uchun ibrat hisoblanadi.

Men Toshkent shahri Mirobod tumani “Inoqobod” mahallasida bolaligimdan istiqomat

qilib kelyapman. Esimni tanibmanki, mahallamiz yildan-yilga rivojlanib, o‘sib, o‘z fuqarolariga
qo‘ldan kelgancha yordam berishdan charchashmayapti. Masalan, 2020 yilda insoniyat boshiga
kelgan jiddiy sinov-koronavirus kasalligi va uning xalqimiz turmush tarziga ta’siri haqida to‘xtalib
o‘tar ekanman, xalqimiz bu qiyin kunlardan o‘zaro hamjihatlik va birdamlik bilan o‘tib keldi.

Saxovatli xalqimizning mehru muhabbati, himmati qiyin kunlarda barchamizga katta

madad bo‘ldi. Bu og‘ir kunlarda bizning mahallamiz ham qo‘l qovushtirib o‘tirganlari yo‘q. Ular
barcha kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berib kelishdi. Oziq-ovqat bilan
ta’minlashning o‘zida chegaralanib qolmay hatto pul bilan ham yordam berishdi va barcha
oilalardan xabar olib turishdi.

Albatta, bu barcha qiynalib qolgan oilalar uchun juda katta yordam bo‘ldi. Bu

qiyinchiliklardan o‘tib olganimizdan so‘ng ham mahallamiz bu oilalarni shunday tashlab
qo‘yishmadi, aksincha yordam berishda davom etishyapti. Hozirda mahallamizning asosiy
maqsadi aholini kambag‘alchilikdan chiqarish bo‘lganligi sababli barcha ishsiz insonlarni ish
bilan ta’minlab berishdi, 300 dan ortiq temir daftarga kirgan oilalarga har tomonlama yordam berib
kelishyapti. Bu oilalarning ichida yolg‘iz yashovchilar, ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolganlar,
hattoki, uy bilan ta’minlangan oilalar ham yo‘q emas. Mahalla haqida qancha gapirsam arziydi,
chunki shu birgina so‘z zamirida butun olam ezguliklari, urf-odat va an’analari, qaynoq tafti
mujassam. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla
tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi belgilab
qo‘yilgan”. Bu maqom hali-haligacha o‘z o‘rnini saqlab, kundan kunga yuksalib boryapti. Bizning
mahallamizning misolida oladigan bo‘lsak barcha insonlar ahil va inoq yashashadi, bir-birlariga
doim qo‘ldan kelgancha yordam berishadi. Bu bilan birgalikda mahallamiz o‘z nomini oqlab
hamma millatni birdek ko‘radi. Mahallamizda qirqdan oshiq millat vakillari istiqomat qilishi
inobatga olinib ular uchun barcha tadbirlar rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi. Mahallamiz
shunchalar e’tiborliki, bizning oilamizni ham eslaridan chiqarishmaydi. Bizning oila ham nogironi
bor oila hisoblanib, 29 yoshli bolalikdan nogiron opam bor. Shuni e’tiborga olib mahallamiz
ijtimoiy-moddiy yordam berib, nogironlik aravachasi bilan ta’minladi. 2021-yil dekabr oyida
mahallada o‘tkazilgan tadbirda onam mahalladagi “Ma’rifatli ayol”, men esa mahalladagi “Odobli
qiz” deb e’tirof etildik. Albatta bunday qo‘llab-quvvatlash biz kabi fuqarolarga motivatsiya berib,
yurtimiz farovonligi yo‘lida tinmay o‘qib-o‘rganib, Vatanimizning gullab-yashnashi, porloq
kelajagi uchun, Davlatimizning bizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligidan ruhlanib, o‘zimizdagi bor
kuch-g‘ayratni sarflagan holda xizmatga shaymiz. Mahalla yoshlar orasida ham katta ahamiyatga
ega. Chunki biz, yurt farzandlarining katta-katta marallarga erishayotganimiz oilamizda,
mahallamizda berilayotgan e’tiborning samarasi deb bilaman. Mahallalardagi bizga berilayotgan
barcha imkoniyat va shart-sharoitlar eng avvalo, bizning Prezidentimiz qaratayotgan e’tibordandir.

Yildan-yilga mahallaning rivojlanishida Yurtboshimizning hissasi juda katta. Chunki

Prezidentimiz qanchadan-qancha mahallalarga o‘zi borib, mahalla aholisi bilan muloqot qilib
ularning hayoti bilan tanishib chiqyapti. Shu bilan birgalikda Yurtboshimiz kirib kelgan 2022-yilni
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

195

Bu borada, shuningdek: “Inson qadrini ulug‘lash-yurtimizda yashayotgan har bir odamning

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi
bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod
bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi. Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish
faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi. Bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz. 2022-yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni
rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Aholi daromadlarini
ko‘paytirish, ish haqi, pensiya stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim
ishlarni davom ettiramiz. Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni
rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi. Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz
ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatishga alohida e’tibor beramiz. Yurtimizni yanada obod qilish, zamonaviy uy-joylar,
jumladan, barcha hududlarimizda “Yangi O‘zbekiston massivlari”ni qurish asosiy
vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va
mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, -degan ifodalarga o‘rin
berdi.

Yurtimizdagi islohotlar natijalari, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va bunga bizning

munosabatimiz, bizning kayfiyatimiz, avvalo, mahallada sezilishi zarur. “…Mahalla-yorug‘
yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusi, desak, to‘g‘ri bo’ladi”, axir mahalla bizining hayotimizda juda
muhim maskandir. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, mahalla-katta
kuch, inson hayotida muhim ahamiyatga ega maskan. Hech bir mubolag‘asiz “Mahallam-bu
mening faxrim, ishonchim, kelajagim”, deb ishonch bilan ayta olaman. Men shunday namunali
mahallada yashayotganimdan faxrlanaman.


REFERENCES

1.

Xoliqova M.: “Mahalla-tariqiy-ijtimoiy tuzilma hamda fuqarolik jamiyatining muhim
elementi;

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2021 yildagi tabrigi;

3.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Библиографические ссылки

Xoliqova M.: “Mahalla-tariqiy-ijtimoiy tuzilma hamda fuqarolik jamiyatining muhim elementi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2021 yildagi tabrigi;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.