ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
217
O'ZBEK VA ARAB TILLARIDA SANOQ SONLAR VA ULARNING O'XSHASH VA
FARQLI JIHATLARI
Maxmudjonova Shodiya Adxam qizi
O‘zDJTU Sharq filologiyasi 2-kurs talabasi.
Tel: +998977510733
Umurzakova A.U.
Ilmiy rahbar:
O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11536309
Annotatsiya.
Mazkur maqolada arab tilida “son” o’zbek tili grammatikasiga o’xshab
alohida so’z turkumi sifatida o’rganilmasa-da, arab grammatikasida uning o’ziga xos
xususiyatlari bor ekanligi ko’rsatib berilgan. Bunda o’rganilgan mavzu o’zbek tili bilan
solishtirilib, o’xshash va farqli tomonlari ko’rsatib beriladi.
Kalit so’zlar:
“adad”-son, “ma’dud”, “tamyiz”-sanalmish, “adad mufrad”-sodda son, “adad
murakkab”, “adad uqud”, “adad ma’tuf”.
NUMBERS IN ARABIC AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR SIMILARITIES AND
DIFFERENCES
Abstract.
Although this article does not study “number” in Arabic as a separate word
group, as in Uzbek grammar, it does show its specific features in Arabic grammar. In this case,
the studied topic is compared with the Uzbek language, showing similarities and differences.
Keywords:
“adad”-son, “ma’dud”, “tamyiz”-sanalmish, “adad mufrad”-sodda son, “adad
murakkab”, “adad uqud”, “adad ma’tuf”.
ЧИСЛА, ИХ СХОДЫ И РАЗЛИЧИЯ В УЗБЕКСКОМ И АРАБСКОМ ЯЗЫКАХ
Аннотация.
Хотя «число» в арабском языке не изучается как отдельная группа слов,
как в узбекской грамматике, показано, что оно имеет свои особенности в арабской
грамматике. Изученный предмет сравнивается с узбекским языком и показаны его
сходства и различия.
Ключевые слова:
«адад»-число, «мадуд», «тамиз»-счетное, «адад муфрад»-
простое число, «адад мукаб», «адад укуд», «адад матуф».
Barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek va arab tillarida ham son tushunchasi mavjud va ikkisi
uchun ham bir xil ta’rif beriladi ya’ni son shaxs va narsaning sanog‘ini, tartibini, miqdorini bildirib,
nechta?, qancha?, nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘la oladigan so‘zlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek tilida sonlar ikki turga bo‘linadi:
1.Miqdor sonlar.
2.Tartib sonlar.
Miqdor son deb, shaxs va narsaning miqdorini, sanog‘ini anglatuvchi sonlarga aytiladi.
Masalan: bir, o‘n, yuz, ming, to‘qson to‘qqiz, uch ming to‘rt yuz va hokazo.
Tartib sonlar esa o‘z nomidan bilish mumkin bo‘lganidek, shaxs yoki predmetning tartibini
bildirib, berilgan songa
-inchi, -nchi
qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi. Masalan: birinchi,
uchinchi, yigirmancha va hokazo. Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -
inching, -nchi
qo‘shimchasi o‘rniga (-) chiziqchadan foydalaniladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
218
1-sinf - (birinchi sinf)
35-qator - (o‘ttiz beshinchi qator)
1999-yil - (bir ming to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi yil) kabi.
Miqdor sonlar 6 guruhga bo‘linadi va ular quyidagilardan iborat:
1.Sanoq son.
2.Dona son.
3.Chama son.
4.Jamlovchi son.
5.Taqsim son.
6.Kasr son.
O’zbek tilidan farqli ravishda, arab tilida so’z turkumi uch qismga ya’ni, ism, fe'l va harf
so’z turkumlariga bo'linadi.
Arab tilida ism
(
)مسا so’z turkumiga o’zbek tilidagi ot, sifat, olmosh, son, ravish, fe’lning
harakat nomi(masdar), sifatdosh kabi funktsional formalari, ayrim ko’makchilar, modal so’zlar
kiradi. Shunday qilib, o’zbek tilidagi son so’z turkumi arab tilida ism(مسا) so’z turkumida alohida
o’rganiluvchi bir bo’lim hisoblanadi. Son deb, shaxs va predmetning miqdori, sanog’i, tartibini
ifodalaydigan so’zlarga aytiladi. Shaxs yoki narsaning sanog’ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar
deyiladi.
Masalan:
ikki, uch, besh, yigirma
kabi.
Sonning bunday qoidasi arab tilida ham o‘z aksini topadi. O’zbek tilida son boshqa so’z
turkumlaridan yasalmaydi, mustaqil so’zlardan tarkib topgan. Ularning fe’liy o’zaklari mavjud
emas. O’zbek tilida sonlar ko’pincha arab (1, 2, 3, 9) va rim (I, IV, IX, X) raqamlari bilan yoziladi.
zaklaridan yasaladi. Arab
’
l o
’
Arab tilida esa son fe
raqamlari
tilida sonlar hind
(
٠١
٢
٣
٤
٥
٦
٧
٨
٩
)
bilan yozi
nadi.
Arab tilida sonlar tuzilishiga ko’ra turlari quyidagicha:
1.
Sodda sonlarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,100,1000 sonlari kiradi.
دَدَعْلا
َرْف مْلا
د
-
َلَث ، ِناَنْثا ،ٌد ِحا َو
،ٌعْسِت ، ةَعْبَس ،ٌعَب ْرَأ ،ٌةَث
ٌفْلَأ ،ٌةَئِم ،ٌة َرْشَع
2.
Murakkab sonlarga 11,12,13,14,15,16,17,18,19 sonlarini misol qilishimiz mumkin.
دَدَعْلا
بَّك َر مْلا
-
رشع ةثلَث ،َة َرْشَع اَتَنْثا ، َرَشَعَدَحَأ
3.
Yaxlit o’nlik sonlarga 20,30,40,50,60,70,80,90 lar misol bo'la oladi iborat.
ِع
َلَث ، َنو رْش
َنو عْسِت ، َنو ناَمَث ، َنيِتِس ،َنيِعَب ْرَأ ،َنو ث
دَدَعْلا
دو ق عْلا
-
4.
Bog’langan sonlarga 21,22,23,24,25,26,27,28,29,31…39…99 sonlari kiradi.
ٌد ِحا َو
ِناَنْثا ،َنو رْشِع َو
َلَث َو
ناَمَث ،َنو ث
َنيِعْسِت َو
دَدَعْلا
و طْعَمْلا
ف
-
Sanoq sonlar noaniq so’zlar turiga kiradi. Masalan, “10 ta bog'ladim” deyilsa, bog'langan
10 ta narsani nima ekanligi noma’lum bo’lib turibdi. Mana shu noma’lumlikni ketkazish uchun,
sanalayotgan narsa(sanalmish) eslatib o’tilsa,10 raqamidagi noaniqlik ketadi. Masalan, “10 ta
kitob sotib oldim”. Arab tilida son-“adad” ,sanalmish esa “
ma’dud
” deb ataladi.
Jins kategoriyasi sonlarga ham qo‘llaniladi. Muzakkar (erkak) jinsidagi sonni
muannas(ayol) jinsiga o'tkazish uchun aksariyat hollarda son oxiriga
(
)ة belgisini qo‘yish bilan
yasaladi. Masalan:
دحاو
-
ةدحاو
نانثا
-
ناتنثا
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
219
عبرا
-
ةعبرا
رشع
-
ةرشع
Arab tilida sanoq son va sanalmish alohida qoidalar asosida birikadi. Bir
"
دحاو
"
va ikki
"
نانثا
"
sanalmish bilan kelganda kuchli ta'kidlash ma'nosini bildiradi. 3 dan 10 gacha bo‘lgan
raqamlar sanalmish bilan kelganda avval son, keyin esa sanalmish keladi. Son doim sanalmishning
birlik sondagi jinsiga teskari jinsda bo‘ladi, sanalmishning o‘zi esa doimo ko‘plik shaklida va jar
kelishigi (qaratqich kelishigi)da keladi. Masalan:
بتك ةعبرأ
ملقا ةسمخ
رتافد ةعبس
Ushbu misollarda sanalmishlarning barchasi birlik shaklida muzakkar jinsda keladi,
shuning uchun sonlar sanalmishning birlikdagi shakliga teskari jinsda, ya'ni muannas (ayol) jinsida
qo‘llaniladi. فرغ سمخ birikmasida esa فرغ so‘zining birligi muannas jinsda (ayol) bo‘lgani
uchun son teskari jinsda qo‘llanilmoqda.
3 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarni aniq shaklda ifodalash uchun sanalmishga لاartikli
qo‘shib yoziladi. Masalan:
بيتاكم ةعست يبا بتك
Xulosa qilib aytganda, son so‘z turkumining arab va o‘zbek tillarida farqli hamda o‘xshash
tomonlari mavjud. Ular til tarixi hamda kelib chiqishining o‘ziga xos xususuyatlari hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Abdujabborov A. Arab tili. – T.: 2007.
2.
Erkaboyeva N. O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami. –T.: 2015.
3.
Amin Abdulg’oniy. An-nahv al-vodih. Qohira, 2010.
4.
As- Sayyid ibn Husan ad-Dib. Al-hivar fi sharh al-ajrumiyya. Iskandariya, 2015.
