Authors

  • H.M. Muzaffarov
  • X.X. Keldiyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34099

Abstract

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyati sharoitida o‘sadigan bug’doy o‘simligi ayrim navlarining qurg’oqchilikka chidamililigi o‘rganilgan. O‘rganilgan barcha bug’doy navlari barglaridagi umumiy suv miqdori bo’yicha ham bir-biridan farq qilishi aniqlandi. Bug’doy navlari barglaridagi suv taqchilligi ham nav xususiyatlariga bog’liq holda o’zgarishi ko‘rildi. Andijon-1 navining barglarida suv taqchilligi eng yuqori bo’lsa, Tanya navida buni aksi ya’ni Andijon-1 da 6,8% suv taqchilligi Tanya bug’doy navida 2,5% suv taqchillik, qolgan navlar oraliq o’rinlarda

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

BUG’DOY NAVLARINING BOSHOQLASH FAZASIDA SUV ALMASHINUV

XUSUSIYATLARI

Muzaffarov H.M.

Samarqand davlat universiteti,

Keldiyorova X.X.

Samarqand davlat universiteti dotsenti,

e-mail:

xurshidakeldiyorova08@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11537012

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyati sharoitida o‘sadigan bug’doy

o‘simligi ayrim navlarining qurg’oqchilikka chidamililigi o‘rganilgan. O‘rganilgan barcha
bug’doy navlari barglaridagi umumiy suv miqdori bo’yicha ham bir-biridan farq qilishi aniqlandi.

Bug’doy navlari barglaridagi suv taqchilligi ham nav xususiyatlariga bog’liq holda

o’zgarishi ko‘rildi. Andijon-1 navining barglarida suv taqchilligi eng yuqori bo’lsa, Tanya navida
buni aksi ya’ni Andijon-1 da 6,8% suv taqchilligi Tanya bug’doy navida 2,5% suv taqchillik,
qolgan navlar oraliq o’rinlarda.

Kalit so‘zlar:

bug’doy, nav, suv, qurg’oqchilik, barg, gul, boshoq, muhit, omil.

WATER IN THE EARLING PHASE OF WHEAT VARIETIES

SPECIFICATIONS OF EXCHANGE

Abstract.

In this study, drought tolerance of wheat plant varieties grown in the conditions

of Samarkand region was studied. It was found that all studied wheat varieties differ from each
other in terms of the total amount of water in their leaves. The water deficit in the leaves of wheat
varieties was also seen to change depending on the characteristics of the variety. The water deficit
in the leaves of the Andijan-1 variety was the highest, while it was the opposite in the Tanya variety,
i.e. 6.8% in Andijon-1. water deficit 2.5% water deficit in Tanya wheat variety, other varieties are
in intermediate positions

Key words:

wheat, variety, water, drought, leaf, flower, spike, environment, factor.

ВОДА В ФАЗЕ ПШЕНИЦЫ СОРТОВ СПЕЦИФИКАЦИИ ОБМЕНА

Аннотация.

В данном исследовании изучена засухоустойчивость некоторых

сортов пшеницы, произрастающих в условиях Самаркандской области. Установлено, что
все изученные сорта пшеницы отличаются друг от друга по общему содержанию воды в
листьях. Также отмечено изменение дефицита воды в листьях сортов пшеницы в
зависимости от особенностей сорта. Дефицит воды в листьях сорта Андижан-1 был
самым высоким, а у сорта Таня - наоборот - 6,8. % в Андижане-1 дефицит воды У сорта
пшеницы Таня дефицит воды составляет 2,5%, остальные сорта находятся на
промежуточных позициях.

Ключевые слова:

пшеница, сорт, вода, засуха, лист, цветок, колос, среда, фактор.

O‘simliklar boshqa barcha tirik organizmlarda bo`lgani kabi muhitning biotik va abiotik

omillari ta`sirida bo`ladi. Shu jumladan, o‘simliklarning suvga bo‘lgan munosabatlari ham
birmuncha murakkab bo`lib, bu ularning xilma-xilligi, hayot sikli, rivojlanish bosqichlari, ularda
boradigan biokimyoviy, fiziologik jarayonlar bilan bog`liqdir [4]. Suvsizlik o‘simliklarning
morfologik va fiziologik ko‘rsatgichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Natijada o‘simliklarning o’sish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

jarayonlari sekinlashadi va hatto suv yetishmaganda meva tugish jarayonlari ham kechikadi yoki
umuman hosil bermaydi. Suv yetishmaganda ham o’sish va rivojlanishi mumkin bo’lgan o’simliklarga
qurg‘oqchilikka o‘simliklar deyiladi [2].

Madaniy o‘simliklar o‘rtasida haqiqiy qurg’oqchilikka chidamli o‘simliklar bo‘lmaydi, faqat

turlar va navlar o‘rtasida nisbiy qurg’oqchilikka chidamlilari bor. Ekinlarning qurg’oqchilikka
chidamliligining asosiy ko‘rsatgichlaridan biri, suvdan tejamli foydalanishdir. Odatda qurg’oqchilikka
chidamli o‘simliklar tanalarida suvning uzoq muddatga saqlash qobiliyatiga ega bo’ladi [3].

O‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun ularning tanasidagi suvning miqdori katta

ahamiyatga ega. Odatda o‘simlik tanasining 80 % ko‘prog’ini suv tashkil etadi. Bug’doylarning ham
turli navlarida va yashash sharoitlari asosida suvning miqdori o‘zgarib turadi. Suv taqchil sharoitda
qurg’oqchilikka chidamsiz navlarning tanasidagi suvning miqdori keskin kamayib ketadi [5].

Bug’doy navlarining qurg’oqchilikka chidamlilik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim

fiziologik jarayon barglarning suvni saqlash qobiliyatidir. Boshqa ko‘rsatgichlarga nisbatan bu
ko‘rsatgich to‘g’ridan-to‘g’ri navlarning qurg’oqchilikka chidamlilik darajasini harakterlaydi. Suv
saqlash qobilyati ham o‘simliklarni qurg’oqchilikka chidamligini harakterlaydigan muhim
ko’rsatgichdir. G’allasimonlarning, ayniqsa bug’doy navlarining naychalash fazasi suvga nisbatan
kritik bosqich hisoblanadi. Bu fazada suv bilan yaxshi taminlangan va suv almashinuv
xususyatlari to’la me’yorida o’tgan o’simliklarning odatda hosili mo’l va sifatli bo’ladi. Bu
bosqichda agarda suv taqchilligi sezilsa donlar yaxshi rivojlanmaydi. Chunki fiziologik jarayonlar
juda past darajada sodir bo’ladi. Bunday holatda donlar mayda, soni kam va hosildorlik ham kam
bo’lib, sifat darajasiga ham salbiy ta’sir etadi. Bunday o’zgarishlar nav xususiyatlariga ham
bog’liq bo’lib, qurg’oqchilikka chidamli navlar nisbatan kamroq zararlanadi va hosildorlik ham
shunga bog’liq holda to’planadi.

Bizning tajribalarimizda bug’doy navlarining naychalash fazasida suv almashinuv

xususiyatlari bo’yicha to’plangan ma’lumotlar 3.1- jadvalda keltirilgan.

3.1- jadval.

Bug’doy navlarining naychalash fazasida suv almashinuv xususiyatlari.

Navlar

Barglarda:

Umumiy suv

miqdori, %

Transpiratsiya

jadalligi, g/

m

2

s

Suv taqchilligi,

%

Suv saqlash

qobiliyati,

%

1.

Andijon-1

75,0

20,0

2,63± 0,03

5,0± 0,02

2.

Andijon-2

78,4

18,4

2,43± 0,01

4,7± 0,01

3.

Asr

78,6

15,0

2,09± 0,04

4,3± 0,04

4.

Omad

82,7

13,2

1,96± 0,02

3,3± 0,03

5.

Tanya

83,6

10,5

1,29± 0,01

2,6± 0,05


Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniqlanishicha, o’simliklar bargidagi suv almashinuv

xususiyatlari, ularning nav xususyiatlari asosida bir-biridan farq qiladi. Barglardagi umumiy suv
miqdori Andijon -1 navida 75,0% ga teng bo’lsa, Andijon -2 navida 78,4% ga teng. U Andijon -1
naviga nisbatan 3,4 % ko’p ekan. Asr bug’doy navi barglarida umumiy suv miqdori 78,6% gat eng


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

u Andijon -1 naviga nisbatan 3,6% ko’p ekan. Omad bug’doy navi barglarida umumiy suv miqdori
82,7% bo’lsa, u Andijon -1 navi barglaridagi umumiy suv miqdoridan 7,7% ga ko’p ekanligi
aniqlandi. Grom navi barglaridagi 82,2% umumiy suv miqdori bo’lsa, u Andijon- 1 navidan 7,2%
ga ko’p. Tanya bug’doy navi barglarida 83,6% suv bo’lib, Andijon-1 naviga nisbatan 8,6% ga
ko’pligi aniqlandi. Ma’lumotlardan aniqlanishicha, Andijon- 1 bug’doy navining barglaridagi
umumiy suv miqdoriga nisbatan Tanya navining barglarida suv eng ko’p bo’lishi aniqlandi.

Suv saqlash qobilyati ham o’simliklarni qurg’oqchilikka chidamligini harakterlaydigan

muhim ko’rsatgichdir. Andijon-1 bug’doy navi barglari suv saqlash qobilyati boshqa navlarga
nisbatan eng past bo’lib, 1 soat davomida sarflagan suv miqdori 5,0 % bo’lsa, shu muddatda Tanya
bug’doy navi 2,6 % ga teng, ya’ni Tanya navi Andijon-1 naviga nisbatan 2,4 % kam suv sarflagan.

Andijon-2, Asr, Omad va Grom bug’doy navlari shu muddatda ya’ni 1 soatda sarflagan

suv miqdori Andijon 1 bug’doy naviga nisbatan Andijon -2 navi 0,3 %, Asr navi 0,7 %, Omad
navi 1,7 %, Grom navi 2,0 % suv kam sarflagan. Bu ma’lumotlar Andijon -1bug’doy navining suv
saqlash qobilyati eng past. Tanya navining suv saqlash qobiliyati eng yuqori ekanligini ko’rsatdi.

Qolgan navlar oraliq o’rinlarda joylashdi.
Bug’doy navlarining suv almashinuv xususiyatlariga asoslangan holda ularning

qurg’oqchilikka chidamliligi darajasini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Andijon 1<
Andijon 2 < Asr < Omad < Tanya ya’ni Tanya bug’doy navi qurg’oqchilikka chidamliligi eng
yuqoriligi aniqlandi. Chidamsizi Andijon 1 navi bo’lib chiqdi. Qolgan navlar oraliq o’rinlarda
joylashdi.

REFERENCES

1.

Аманов А.А. Качество зерна коллекционных образцов пшеницы. «Узбекистон
кишлок хужалиги» журнали, 2005, №3, 16-17 б.

2.

Xodjayeva N. D., Ayrim mahalliy va intradutsiyalanayotgan bug’doy navlarinig suv
almashinuv xususiyatlari. // Tezis.Dokl 52 . Samarqand. 1994. 58 b.

3.

Xo’jayev.J.X. O’simliklar fiziologiyasi. Toshkent. Mehnat. 2002. 224 b.

4.

Yoqubxo’jayev O., Tursunov S. O’simlikshunoslik. Toshkent. Fan va texnologiya.
2008. 303 b.

5.

O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari
Davlat reestri. Toshkent. 2012.

6.

Quarrie S, Jones H. Genotypic variation in leaf water potential, stomatal conductance and
abscisic acid concentration in spring wheat subjected to artificial drought stress. Ann
Botany. 1979;44(3):323–32.



References

Аманов А.А. Качество зерна коллекционных образцов пшеницы. «Узбекистон кишлок хужалиги» журнали, 2005, №3, 16-17 б.

Xodjayeva N. D., Ayrim mahalliy va intradutsiyalanayotgan bug’doy navlarinig suv almashinuv xususiyatlari. // Tezis.Dokl 52 . Samarqand. 1994. 58 b.

Xo’jayev.J.X. O’simliklar fiziologiyasi. Toshkent. Mehnat. 2002. 224 b.

Yoqubxo’jayev O., Tursunov S. O’simlikshunoslik. Toshkent. Fan va texnologiya. 2008. 303 b.

O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reestri. Toshkent. 2012.

Quarrie S, Jones H. Genotypic variation in leaf water potential, stomatal conductance and abscisic acid concentration in spring wheat subjected to artificial drought stress. Ann Botany. 1979;44(3):323–32.