ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
275
DASTLABKI TERGOVNI TO’XTATISH INSTITUTINING DOLZARB
MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Qosimov Lazizbek Baxtiyorjon o`g`li
O`zbekiston Respublikasi Huquqni nuhofaza qilish akademiyasi magistranti.
E-mail:
Tel: (99) 524-22-23.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11547646
Annotatsiya.
Jinoyat protsessual qonunchiligida jinoyat ishlarini yuritishda dastlabki
tergovni to‘htatish instituti mavjud bo‘lib, protsessual muddatlarga amal qilishda mazkur
institutdan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur maqolada jinoyat ishlarini
yuritishda qo`llaniladigan dastlabki tergovni to‘xtatish institutining huquqiy jihatdan tadbiq
qilishda vujudga kelayotgan muammolari hamda mazkur qonunchilikdagi muammolarni bartaraf
etish va dastlabki tergovni to`xtatish institutining takomillashtirish masalalariga to`xtalib
o`tilgan. Bu borada dastlabki tergovni to‘xtatish institutining huquqiy jihatdan takomillashtirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Dastlabki tergovni to‘xtatish, jinoyat-protsessual qonunchiligi, protsessual
muddatlar, jinoyat ishini yuritish, javobgarlikka tortish muddati, pandemiya, sud protsessi,
ayblanuvchi, qidiruv e’lon qilish.
SERIOUS PROBLEMS AND PROSPECTS FOR IMPROVEMENT OF THE
PRIMARY INVESTIGATION INSTITUTE
Abstract.
In the criminal procedural legislation, there is an institution of suspension of the
preliminary investigation in the conduct of criminal cases and the use of this institution is
considered important in the observance of procedural deadlines. This article focuses on the
problems arising in the legal implementation of the institution of stopping the preliminary
investigation, which is used in the investigation and trial of criminal cases, as well as the issuesof
eliminating the problems in the field of this legislation and improving the instution of stopping the
preliminary investigation. In this regard the proposal on the legal improvement of the institution
of stopping the preliminary investigation and recommendations have been developed,
Key words.
Termination of preliminary investigation, criminal-procedural law,
procedural periods, criminal proceedings, term of the prosecution, pandemic, court process,
accused, search warrant.
СЕРЬЕЗНЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
ИНСТИТУТА ПЕРВИЧНЫХ РАССЛЕДОВАНИЙ
Аннотация.
В уголовно-процессуальном законодательстве существует институт
приостановления предварительного следствия при производстве уголовных дел, и
исполбзование этого института имеет большое значение при реализации процессуальных
сроков. В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при правовой
реализации института прекращения предварительного расследования, которые
применяется при расследовании и судебном разбирательстве уголовных дел, а также
вопросы устранения проблем в области этого законодательства и совершенствования
институт прекращения предварительного следствия. В связи с этим разработаны
предложения и рекомендации по правовому совершенствованию института прекращения
предварительного расследования.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
276
Ключевые
слова:
Прекращения
редварительного
следствия,
уголовно-
процессуальный закон, процессуальные сроки, уголовное производство, срок преследования,
пандемия, судебный процесс, обвиняемый, ордер на обыск.
KIRISH
Hozirgi davrda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash dunyo hamjamiyat oldida turgan
eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Buning zamirida esa jinoyat protsessida shaxsning
huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlaydigan mexanizmlarning takomillashtirilishi
alohida ahamiyatga ega. Chunonchi, jinoyat protsessual va boshqa qonunchilik sohalariga ham
tadbiq etilayotgan ham o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatib kelayotgan liberallashtirish bugungi
kunda yanada dolzarb masalalarni ko‘tarishni taqazo etmoqda Chunki qonun istuvorligi va inson
qadriyatlarini ustunligini ta’minlashni o‘z ichiga olgan konstitutsiyaviy talab ham huquqiy
demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning shartlaridan biri
hisoblanadi. Sud-huquq tizimidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida
demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari jinoyat protsessual qonunchiligida jinoyat
ishlarini yuritish yuzasidan dastlabki tergovni to‘xtatish institutiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan
qolmadi.
Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham ko‘plab xorijiy davlatlar bilan jinoyat ishlari
yuzasidan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, xususan ayblanuvchilarni ushlab berish to‘g‘risidagi
shartnomaviy munosabatlarga kirishilayotgani va jinoyat ishlarini yuritish sohasida xalqaro
hamkorlik qilishga oid protsessual normalarning qayta ishlab chiqilishiga erishildi. Shunga
qaramay jinoyat ishlarini yuritishda, dastlabki tergov to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha amalga
oshiriladigan harakatlarda, sud va huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligini
yanada sifatli va samarali tashkil etish hali ham muhim vazifalardan bo‘lib kelmoqda.
ASOSIY QISM
Jinoyat protsessual qonunchiligida dastlabki tergovni to‘xtatish instituti jinoyat protsessual
huquqi nazariyasi hamda huquq sohasidagi olimlarning diqqat e’tiboridagi muhim masalalardan
biri hisoblanib keladi. Jaxonning ayrim davlatlarida jinoyat ishlarini yuritishni to‘xatishga yo‘l
qo‘yilmasa-da, aksariyat davlatlarda ish yuritishni aniq protsessual muddatlar bilan cheklanganligi
bois jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergovni to‘xtatish qoidalariga amal qilib kelmoqda. Biroq
hozirgi milliy qonunchiligimizdagi normalarga global unikatsiyalashuvi va xalqaro qoidalarning
milliy qonunlarga implementatsiya qilinish jarayoni dastlabki tergovni to‘xtatish institutining
istiqboliga ham ta’sir etmasdan qolmadi.
Shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchiligimizda asosiy normativ-huquqiy hujjat
hisoblangan Jinoyat protsessual Kodeksining 364-moddasining 1-qismiga muvofiq jinoyat
ishlarini yuritishda surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida:
1) ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs
aniqlanmagan;
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan;
3) ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning
tergovga kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
277
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli,
lekin davolab bo‘ladigan kasallikka chalingan hollarda to‘xtatilishi belgilab o’tilgan.
Davlatimiz tomonidan demokratik davlat qurish jarayonida jinoyat sodir etgan shaxslarni
aniqlash va fosh etish, qidiruvdagi ayblanuvchilarni ushlash choralarini ko‘rish, dastlabki tergovni
protsessual qonunchilikda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatish, shu bilan bog‘liq protsessual
hujjatlarni rasmiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sudga qadar ish yuritish bosqichlarida dastlabki tergovni to‘xtatishda protsessual normalar
talablaridan kelib chiqqan holda ishlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga
qaramay, shu kunga qadar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan shaxs
aniqlanmaganligi munosabati bilan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovini asossiz to‘xtatish,
qidiruvdagi shaxslarni turgan joyini aniqlash va ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini
amalga oshiruvchi organlar bilan hamkorlikning etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi,
ayblanuvchi O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lgan hollarda uni ushlash bo‘yicha horijiy
davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilishda kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shunga ko`ra mazkur salbiy holatlarni oldini olish
maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan dastlabki tergovni to‘xtatish, qayta
tiklash va qidiruv e’lon qilish bilan bog‘liq qoidalar mazmunini davr talabi bo‘yicha qayta
ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Mazkur qonunchilik sohasida olib borgan ilmiy izlanishlarim natijasida qonunchilikdagi
bir qator normalarni takomillashtirish lozimligini ta’kidlab o’tmoqchiman.
1.
O’zbekiston Respublikasi JPK ning 364-moddasiga muvofiq, dastlabki tergovni
to‘xtatishning 4 ta asosi keltirilgan bo‘lib, ular orasida mamlakatda sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan pandemiya yoki boshqa favqulodda holatlar joriy qilingan vaqtda jinoyat ishlari yuzasidan
protsessual muddatlar va dastlabki tergovni to’xtatish masalalari keltirilmagan. Masalan, 2020-
2021 yillar davomida butun dunyo miqyosida “Koronavirus” epidemiyasi tarqalganligi va bu
davrda sud-tergov amaliyotida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorlar mazkur holat yuzasidan
qiyinchiliklarga duch kelishdi. Mamlakatimizda e’lon qilingan karantin munosabati bilan yo‘llar
yopilgani bunday vaziyatda dastlabki tergovni amalga oshirishni imkoni yo’qligi hamda Jinoyat-
Protsessual Kodeksida dastlabki tergovni to‘xtatish uchun asoslar keltirilmaganligi sababli,
mazkur davrda Tergov va Prokuratura organlari o’z ish yurituvlaridagi jinoyat ishlari yuzasidan
muddatlar o‘tib ketishini oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi
1-qismi, 1-bandi ya’ni “ ayblanuvchining shaxsi noma’lum bo‘lsa” bandi bilan dastlabki tergovni
to‘xtatishdi.
Shu sababli kelgusida qonunchilikdagi mazkur bo’shliqni to’ldirish va bunday holatlarda
protsessual muddatlarni o’tib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-Protsessual Kodeksining 364-moddasi 1-qismiga qo’shimcha 5-band sifatida
“Cheklovchi tadbirlar (karantin) yoki favqulodda holat joriy etilganda jinoyat ishi bo‘yicha
tergov harakatlarini amalga oshirishning vaqtincha imkoni bo‘lmagan hollarda” degan
mazmundagi band kiritilishni taklif etaman.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-Protsessual Kodeksining 364-moddasida keltirilgan
dastlabki tergovni to‘xtatishning to‘rtta asoslaridan tashqari JPKning 569-moddasida esa shaxs
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
278
tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazishga
hojat bo‘lmasa, ishni yuritish to‘xtatib turilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-Protsessual Kodeksidagi dastlabki
tergovni to‘xtatishning barcha asoslari bitta normada joylashishi maqsadga muvofiqdir.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismini qo’shimcha 6-
band ya’ni “shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual
harakatlarni o‘tkazishga hojat bo‘lmasa” degan mazmundagi yangi band bilan to‘ldirib, ushbu
qoidani O‘zbekiston Respublikasi JPKning 569-moddaning mazmunidan chiqarilishi taklif etiladi.
3.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi JPK da belgilanganiga ko’ra, dastlabki tergov
muddati uch oyni tashkil qilib, biroq JPKda surishtiruv dastlabki tergov bosqichida shunday
tergov harakatlari mavjudki, ular uch oydan ortiq muddat davom etadi. Jumladan, pochta-
telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib
boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish (6 oygacha) kabilar.
Surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinishi lozim
bo‘lgan shaxsni aniqlash yoxud ayblanuvchining qayerda ekanligini aniqlash maqsadida uzoq
davom etadigan tergov harakatlarini o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lsada, JPKga ko‘ra dastlabki
tergov to‘xtatilganidan keyin tergov harakatlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Amaliyotda esa qidiruv e’lon qilib to‘xtatiladigan har bir jinoyat ishi bo‘yicha pochta-
telegraf jo‘natmalarini xatlash tergov harakati o‘tkazilib, ushbu tergo harakati dastlabki tergov
to‘xtatilganidan keyin ham davom etadi.
Bizning fikrimizcha, telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan
so‘zlashuvlarni eshitib turish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash tergov harakatlarini
dastlabki tergov to‘xtatilganidan keyin ham davom ettirilishiga ruxsat berish masalasini
O‘zbekiston Respublikasi JPKga kiritilishi dastlabki tergovni to‘xtatish asoslarining tezkroq
bartaraf etish imkoniyatlari tezlashishiga, tergovchining yurituvidagi jinoyat ishlar soni
kamayishi orqali ish faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, jinoyat
sodir etgan shaxs jazosiz qolishining oldi olinadi.
Yuqoridagilarga asoslanib, munozarali qarashlari bilan o‘zaro kelishtirgan holda
jinoyat ishi to‘xtatilganidan keyin zarur bo‘ladigan tergov harakatlarini o‘tkazishda,
bizningcha, dastlabki tergovni to‘xtatgunga qadar boshlangan uzoq davomli tergov harakatlarini
o‘tkazish mumkinligi e’tirof etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Shunga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 370-moddasi kuyidagi mazmunda
yangi uchinchi qism bilan to‘ldirilishi maqsadga muvofiq:
«Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash va telefon
hamda boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish
tergov harakatlari jinoyat ishi to‘xtatilgandan keyin ham davom ettirilishi mumkin».
4. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 365-moddasida keltirilgan normaga ko’ra
ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash
uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon
qilishi shart ekanligi belgilangan. Mazkur moddaning 3-qismida esa qidiruv dastlabki tergov
o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov to‘xtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi
mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
279
Fikrimizcha, qidiruvni dastlabki tergov to‘xtatilganidan keyin e’lon qilinishi mantiqqa
zid bo‘ladi. Chunki ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan jinoyat ishlari
bo‘yicha u yo‘qligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha protsessual harakatlar to‘liq
bajarilib, shaxsga nisbatan sirtdan ayblov e’lon qilinib, ehtiyot chorasi qo‘llanilishi lozim.
Extiyot chorasini sirtdan qo‘llash uchun esa ayblanuvchini topish bo‘yicha amalga
oshirilgan barcha choralar o‘z samarasini bermaganligi bois qidiruv e’lon qilinganligi asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, qidiruv e’lon qilish masalasini paysalga solinishi tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan shaxsni izlab topish bo‘yicha imkoniyatlarining
pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shunga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 365-moddasi 3-qismini quyidagi tahrirda
“Ayblanuvchini qaerda ekanligi aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan barcha choralar o‘z
samarsini bermagan hollarda darhol qidiruv e’lon qilinishi lozim.” –deb bayon etilishi taklif
etiladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda sud-huquq tizimini isloh qilish,
avvalo inson manfaatlarini oliy qadriyat sifatida tan olish, uning huquq va erkinliklarini
himoya qilish va mavjud huquqiy normalarni amalga tatbiq etishning samaradorligini oshirish
hamda qonun normalarini erkinlashtirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda
sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur
isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya hayotga tatbiq qilishni zamonning o‘zi
talab etmoqda. Bu borada qonunchiligimiz bir qator samarali ishlar olib borilishi, uni xayotga
tatbiq etilishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishni, chuqur o‘ylangan qonunchilik tizimi rivoji
ishlab chiqilmoqda.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – T. 2024 y
3.
Inog‘omjonova Z.F. To‘laganova G.Z. Jinoyat protsessi muammolari. O‘quv qo‘llanma
/yu.f.d. prof. M.H. Rustamboevning umumiy tahriri ostida. –T.: TDYUI nashriyoti. – 2007..
4.
Matjanov A.A “Jinoyat sodir etgan shaxslar qidiruvini takomillashtirishning jinoyat-
protsessual va kriminalistik jixatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi.
5.
Galaxova A. G. Sub’ekt prestupleniya i ego tolkovaniya v sudebnoy praktike //
Rossiyskaya yustitsiya. – 2008.
6.
Davidov A., Malkov V. Neodrakratnost prestupleniy i ego ugolovno-pravovoe znachenie
// Rossiyskaya yustitsiya. – 2000. – № 1.
7.
Matlyubov B. B. Realnaya sovokupnost ili edinichnoe prestuplenie // Hozirgi zamon
huquqshunoslik ilmini egallash yo‘lida. – T., O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
2004.
8.
Inson huquqlarini sud va suddan tashqarida himoya qilish muammaolari. – T.: TDYUI
nashriyoti, 2005.
9.
To‘laganova G. Jinoyat protsessida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza
etish yuzasidan ba’zi bir fikrlar//Huquq-Pravo-Law, 2003,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
280
10.
Qo‘shaev N.M., Fayziev SH.F. Jinoyat protsessida o‘tkaziladigan tergov harakatlari. O‘quv
qo‘llanma/ yu.f.n. dots. Z.F. Inog‘omjonovaning tahriri ostida. – T.: TDYUI nashriyoti,
2006.
