TIL VA GENDER: JINSIY FARQLAR TILDAN FOYDALANISHDA QANDAY AKS ETISHI.

Abstract

Maqolada “til va gender” jinsiy farqlar tildan foydalanishda qanday aks etishining zamonaziy lingvistikada ahamiyati va ligvistik olimlar nazarida bu konsept qay darajada o’z aksini topganligi, shu bilan bir qatorda nazariy konseptual maqomi, uning tadqiqot metodlari, usullari va stilistik turlaridan iborat yaxlit tizim ekanligi tahlil etilgan. Ingliz va o’zbek badiiy matnlarida “til va gender” tushunchasining ligvistik qiyosiy nuqtai nazarini to’g’ri talqin qilish tilshunoslik gipotezasini boyitish uchun ilmiy- nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Gender lingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi soxasi ekanligi ayol va erkaklar muloqot jarayonida qanday til birikmalarini qo’llashlari haqida. Ushbu tadqiqot maqsadi quyidagicha izohlanadi ya’ni ingliz va o’zbek matnlarida “til va gender” ning lingvistik hususiyatlarini qiyoslash va ochib berishdan iborat.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bobohonova , D., & Sapayeva, S. (2024). TIL VA GENDER: JINSIY FARQLAR TILDAN FOYDALANISHDA QANDAY AKS ETISHI. Modern Science and Research, 3(6), 309–313. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34167
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada “til va gender” jinsiy farqlar tildan foydalanishda qanday aks etishining zamonaziy lingvistikada ahamiyati va ligvistik olimlar nazarida bu konsept qay darajada o’z aksini topganligi, shu bilan bir qatorda nazariy konseptual maqomi, uning tadqiqot metodlari, usullari va stilistik turlaridan iborat yaxlit tizim ekanligi tahlil etilgan. Ingliz va o’zbek badiiy matnlarida “til va gender” tushunchasining ligvistik qiyosiy nuqtai nazarini to’g’ri talqin qilish tilshunoslik gipotezasini boyitish uchun ilmiy- nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Gender lingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi soxasi ekanligi ayol va erkaklar muloqot jarayonida qanday til birikmalarini qo’llashlari haqida. Ushbu tadqiqot maqsadi quyidagicha izohlanadi ya’ni ingliz va o’zbek matnlarida “til va gender” ning lingvistik hususiyatlarini qiyoslash va ochib berishdan iborat.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

309

TIL VA GENDER: JINSIY FARQLAR TILDAN FOYDALANISHDA QANDAY AKS

ETISHI.

Bobohonova Diyora Mansurovna

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti,

Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) 3- bosqich talabasi

Sapayeva Sohiba Otaxonovna.

O’zJTDU katta o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11552658

Annotatsiya.

Maqolada “til va gender” jinsiy farqlar tildan foydalanishda qanday aks

etishining zamonaziy lingvistikada ahamiyati va ligvistik olimlar nazarida bu konsept qay
darajada o’z aksini topganligi, shu bilan bir qatorda nazariy konseptual maqomi, uning tadqiqot
metodlari, usullari va stilistik turlaridan iborat yaxlit tizim ekanligi tahlil etilgan. Ingliz va o’zbek
badiiy matnlarida “til va gender” tushunchasining ligvistik qiyosiy nuqtai nazarini to’g’ri talqin
qilish tilshunoslik gipotezasini boyitish uchun ilmiy- nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Gender
lingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi soxasi ekanligi ayol va erkaklar muloqot jarayonida
qanday til birikmalarini qo’llashlari haqida. Ushbu tadqiqot maqsadi quyidagicha izohlanadi
ya’ni ingliz va o’zbek matnlarida “til va gender” ning lingvistik hususiyatlarini qiyoslash va ochib
berishdan iborat.

Kalit so’zlar:

sotsiolingvistika, til va gender, jinsiy farqlar, ijtimoiy ro’l va til, lingvistik

nazariya, kod almashuvi, muloqot uslublari, til siyosati, gender stereotiplari, gender va leksika,
diskurs strategiya, tilning ijtimoiy funksiyalari, gender tengligi, til va madaniyat, ijtimoiy aloqalar.

LANGUAGE AND GENDER: HOW GENDER DIFFERENCES ARE REFLECTED IN

LANGUAGE USE.

Abstract.

The article analyzes the significance of the reflection of “language and gender”

sexual differences in the use of language in modern linguistics and to what extent this concept is
reflected in the eyes of linguistics scientists, as well as its theoretical conceptual status, its research
methods, methods and stylistic types as a whole system. The correct interpretation of the linguistic
comparative perspective of the concept of “language and gender” in English and Uzbek literary
texts serves as a scientific theoretical basis for enriching the hypothesis of linguistics. Gender
linguistics is a new branch of modern linguistics that deals with the language combinations that
women and men use to the process of this research is explained as followers: it is to compare and
reveal the linguistic features of “ language and gender” in English and Uzbek” literary texts.

Keywords:

Sociolinguistics, language and gender, gender differences, social role and

language, linguistic theory, code switching, communication styles, language policy, gender
stereotypes, gender and lexicology, discourse strategy, social functions of language, gender
equality, language and culture, social relations.

ЯЗЫК И ГЕНДЕР: КАК ГЕНДЕРНЫЕ РАЗЛИЧИЯ ОТРАЖАЮТСЯ НА

ИСПОЛЬЗОВАНИИ ЯЗЫКА.

Аннотация.

В статье анализируется значение отражения «языковых и гендерных»

половых различий в использовании языка и современно языкознани и в какой степени это
понятие отражено в глазах ученых- лингвистов, а также теоретико коцептуальный
статус, методы его исследования, приемы и стилистические типы как целостная


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

310

система. Правильная трактовка лингвистического справнительного аспекта понятия
«язык и пол» в английских и узбекских художественных текстах служит научно-
теоретической основной для обогощения гипотезы языкознания. Гендерная лингвистика-
новый раздел современной лингвистики, занимающийся языковыми сочетаниями , которые
женщины и мужчины использует в процессе общения. Цель данного исследования
объясняется следующим образом: сравнить и выявить лингвистические особенности
«языка и пола» в английских и узбекских художественных текстах.

Ключевые слова:

Cоциолингвистика, язык и гендер, гендерные различия, социальная

роль и язык, лингвистическая теория, переключение кода, стили общения, языковая
политика, гендерные стереотипы, гендер и лексика, стратегия дискурса, социальные
функции языка, гендерное равенство, язык и культура, социальные отношения.


Kirish.

Lingvistik ilmiy izlanishlarning asosini jamiyat va tilning bir-biriga ta’sirini

tashkil etadi. “Til va gender” mavzusi sotsiolingvistikada muhim o’rin tutadi. Gender til
foydalanishda muhim ro’l o’ynaydi va turli madaniyatlarda erkaklar va ayollar tilni qanday
ishlatishda sezilarli faqrlar mavjud. Gender farqlari-turli jins vakillari o’rtasidagi farqlar. Gender
tadqiqotlari rivojlanayotgan bilim sohasi bo’lib, unda yangi gender nazariyalari paydo bo’ladi va
ular asoslanadi, eskilari tanqid qilinadi va shuning uchun jins toifasi, shuningdek, unga tegishli
boshqa tushuncha o’rnashgan tushuncha deb hisoblanmaydi. Ushbu tadqiqot dastlab feministik
harakatlar va feministik nazariya bilan chambarchas bog’liq holda paydo bo’lgan ammo 1990-
yillarning mustaqil deb hisoblana boshlanadi.

Xotin qizlar va erkaklar teng huquqlidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-

modda.

Muloqat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy shartlardan biridir. Muloqot insonlar

o’rtasidagi his- tuyg’ularni, fikrlarni, g’oyalarni, istak hohishlarni bayon qilishi uchun eng muhim
aloqa vositasi hisoblanadi. Muloqot jarayonida tilshunoslik, psixologiya, tarix, mantiq,
pedagogika va boshqa ayrim fanlarning ajralmas qismi sifatida dunyo ilm-fanida o’rganib
kelinmoqda.

Asosiy qism:

Gender tushunchasi ingliz tiliga lotin tilidagi “genus” so’zidan o’tgan bo’lib,

“jins” degan ma’noni anglatadi. Jins va gender tushunchalari farqlarini 1- marta 1968 yilda
Kaliforniya Universiteti proffesori Robert Stoller amalga oshirdi. Gender lingvistikada ayollar va
erkaklarning bir biridan kommunikativ jixatdan qanday farq qilishi chuqur o’rganiladi. Ikki xil jins
vakillarining nutqida juda katta farq bo’ladi.

Demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri ayollar va erkaklarning barcha

soxalarida teng huquqliligini e’tirof etish bo’lib, uni yoshlikdan shakllantirish zarur. Bunga
ta’limda gender yondashuvi tamoyillari yordam berishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda til va
gender strategiyasi mavjud bo’lib, u jinslarning lingvistik madaniyatini ko’rsatib beradi.

Gendertilshunoslik dastlab XX asr so’nggida g’arb tilshunoslik ilmida va keyinchalik

sharqda o’rganila boshlandi. Til va gender munosabatlari murakkab va ko’p qirrali. Tilning jinsiy
farqlarini o’rganish ijtimoiy va madaniy kontekslarda erkaklar va ayollar o’rtasidagi muloqotning
qanchalik farqlanishining tushunishga yordam beradi. Bu mavzu bo’yicha kelajakdagi tadqiqotlar
turli madaniyat va tillarda gender tilni yanada chuqurroq o’rganishga imkon beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

Xususan, tilshunoslikda erkak va ayollar tildan foydalanishda turli ijtimoiy ro’l va

majburiyatlar mavjud. Ayollar ko’proq yumshoq, muloyim va diplomatik tildan foydalanishga
moyil bo’ladi, erkaklar esa ko’proq to’g’ridan to’g’ri va buyruq ohangida gapirishadi. Tadqiqotlar
ayollar ko’proq his tuyg’ularni ifodalovchi va munosabatlar haqidagi so’zlardan foydalanishni
ko’rsatmoqda. Erkaklar ko’proq texnik va abstrakt so’z boyligidan foydalanadi.

Lingvistik nuqtai nazardan ayollar ko’proq savol berishga va suhbatni qo’llab quvvatlashga

moyil bo’lsa, erkaklar ko’proq fikrlarni aytishga va suhbatni boshqarishga intiladi. Ayollar
ko’proq konsensus va kelishuvga intiladigan til uslubidan foydalanadi.

Erkaklar va ayollar kid almashish usullarida ham farqlanishi mumkin. Ayollar ko’prow

ijtimoiy holat va mavqeyga qarab kod almashishi mumkin, erkaklar esa ko’proq maqsadga
yo’naltirilgan almashish usullaridan foydalanadi. Ayollar ko’proq muloyimlik va iltifot so’zlardan
foydalanadi. Erkaklar esa ko’proq buyruq va talab ohangida gapirishadi. Jinsiy farqlar tilning turli
jixatlarida, jumladan leksika, sintaksis, pragmatika va diskursda aks etadi. Erkaklar va ayollar
orasida tilning turli xil ishlatilishi, nafaqat biologik balki ijtimoiy va madaniy omillar bilan ham
bog’liq. Ayollar va erkaklar o’rtasidagi til farqi turli madaniyat va jamiyatlarda turlicha
ko’rinishda bo’ladi.

Til va gender o’rtasidagi munosabatlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda o’rganiladi:
1.

Lingvistik nazariyalar: ayollar va erkaklar tilidagi farqlarni tushuntiruvchi nazariyalar

mavjud bo’lib, ular tilning genderga asoslanib ishlatilishini tahlil qiladi. Masalan, defitsit model,
dominatsiya modeli va farqlar modeli bu yo’nalishda muhim ro’l o’ynaydi.

2.

Jamiyatda erkaklar va ayollar turli ijtimoiy rollarni bajaradi va bu ularning tildan

foydalanishini aks etadi. Ijtimoiy ro’llar, muloqot uslublari va so’zlashuv etiketida sezilarli
farqlarni keltirib chiqaradi. Gender tilning turli amaliy jihatlarida, jumladan muloqot uslublari,
leksik tanlovlar va diskurs strategiyalarida aks etadi. Bu farqlar muloqotda maqsadga erishish,
munosabatlarni boshqarish, va ijtimoiy aloqalarni o’rnatishda muhim ahamiyatga ega.

Til va gender mavzusi jamiyatda gender tengligi va adolat masalalarini yoritishda ham

muhimdir. Bu yo’nalishda o’tkazilgam tadqiqotlar, tilning jinsiy diskriminatsiyasini qay darajada
kuchaytirish yoki kamaytirish mumkinligini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, bu mavzu
gender stereotiplari va ijtimoiy kutilmalarni aniqlashda ham foydalidir. Shunday qilib, til va
gender o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish sotsiolingvistika tadqiqotlarning keng ko’lamli va
dolzarb yo’nalishlaridan biri deb hisoblaydi. Bu mavzu, tilning ijtimoiy strukturalarini qanday aks
ettirish va shakllantirish haqida chuqurroq tushunchalar berishga xizmat qiladi.

Genderni o’rganish biologiya va fiziologiyani predmeti bo’lib, jinsiy tahlil qilish

psixologlar va sotsiologlarning tadqiqotlari, madaniy va tarixiy hodisalarni tahlil qilish ob’yekti
sifatida ko’rib chiqishi mumkin. Gender tadqiqotlari ko’pincha jinsiy aloqa bilan birga o’rganiladi.

Ushbu fanlar adabiyot, til, geografiya, tarix, siyosatshunoslik, sotsiologiya, antropologiya,

kinematografiya o’rta asr tadqiqotlari, inson rivojlanishi huquq, sog’liqni saqlash va tibbiyot kabi
ko’plab soxalarda gender va jinsiy aloqani o’rganadi. Biroq, bu fanlar ba’zan jinsni qanday va
nima uchun o’rganishga bo’lgan yondashuvlari bilan farq qiladi. Masalan, antropologiya,
sotsiologiya

va

psixologiyada

gender

ko’pincha

amaliyot

sifatida

o’rganiladi,

madaniyatshunoslikda esa, asosan, jins haqidagi g’oyalar ko’rib chiqiladi. Gender tadqiqotlari ham
mustaqil fan bo’lib, keng doiradagi fanlardan metod va yondashuvlarni o’z ichiga oladi. Har bir


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

soxa “jins”ni amaliyot sifatida ko’rib chiqdi, ba’zan esa ijro etuvchi deb qabul qilindi. Gender
tadqiqotlari quyidagi kichik bo’limlarga bo’lingan: Gender sotsiologiyasi, gender psixologiyasi,
gender geografiyasi, falsafada gender yondashuvi, gender iqtisodiyoti, gender siyosatshunosligi,
gender tenglik siyosati, kompetensiyasi, ta’limi, tilshunosligi va antropologiyasi.

Tilimizda shunday so’zlar borki, ular faqat ma’lum bir jins vakili tomonidan qo’llaniladi.
Tadqiqotlar fikricha, ayollarning nutqi erkaklarning nutqidan leksik, grammatik va fonetik

jixattan farqlanib turadi. Tilshunos olimlar ayollar nutqining 30% iboralardan tashkil topgan degan
hulosalarga kelishgan. Kuzatishlar natijasida ayollar va erkaklar nutqidagi qarama-qarshiliklar
yaqqol ko’zga tahslanadi. Buni tahlil qilish uchun, avvalambor, ayollarning turli xil nutqiy
vaziyatlarda o’zlarini qanday tutishlari haqida alohida to’xtalib o’tsak.

Dastavval, salimlashish jarayonidagi farqlarni tahlil qilsak. Ayollar ko’chada yoki ish

joylarida biron bir tanishlarini ko’rib qolishsa, ancha payt hol-ahvol so’rab turishadi. Bu payda
oldin ham suhbatlashilgan mavzularda hech zerikmasdan gapiriladi va do’stlaring gaplarini
bo’rttirib boshqa bir insonga yetkazishlari ham ko’p kuzatiladi. Erkaklar salomlashish
jarayonlarida ko’p hollarda bir ikkita so’zdan foydalanadi va suhbatni qisqa va lo’nda bo’lishini
yoqtirishadi. Erkaklar biron bir mavzuda gapirishdan oldin yaxshilab o’ylab keyin o’z fikrlarini
bildirishadi. Bu esa ayollardan ancha farq qilishlarini yana bir ko’rinishidir. Ayollar nutqida
mubolag’a va kinoyani ham ko’p uchratish mumkin. Lekin erkaklar nutqida aniqlik, ravonlik,
to’g’ri so’zlik, qisqalik ko’pincha o’z aksini topadi.

G’arbda gender tadqiqotlari rivojlanishini shartli ravishga ajratish mumkin.

1-bosqich:

G’arbda ilk feministik harakatning liberal orentatsiyasining intensiv

rivojlanishi bilan bog’liq dastlabki ilmiy ishlarning paydo bo’lishi bilan shakllangan. Liberal
feminizm tarafdorlari qonun hujjatlari va siyosiy qayta yechimlar gender neytrallik jihatini hisobga
olishi, jinslarning o’xshashligi hamda o’zida aks etish g’oyalarini ilgari suradilar. Ko’rib
chiqilayotgan davrda ijtimoiy psixologiya fanlari struktura funksionalizm nazariyasi ustunlik qildi,
unga ko’ra jinslar o’rtasidagi munosabatlar gender ro’llari tushunchasi orqali aniqlanadi: Oila
misolida ko’rib chiqilsa, ayol ichki muvozanatini o’rnatish vazifasini bajaradi, erkak esa oila va
ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida instrumental ya’ni munosabatlarni tartibga solish vazifalari yuklanadi.

2- bosqich

: 1980 yillarning 1- yarmiga to’g’ri keladi. Shu vaqt ichida feminizm

“o’xshashlik” dilemmasi rivojlanib gender muammosini o’xshashlik bir xillik orqali hal qilgan
bo’lsa, radikal feminizm nazariyasi va amaliyoti erkaklar va ayollar o’rtasidagi farqlarga asoslanib
qurilgan.

3- bosqich

: 80- yillarning 2- yarmi davriga to’g’ri keladi. Bu davrning o’zoga xosligi

feministik harakati shoxlarning ko’pligi bilan tavsiflanadi, masalan, rangli feminizm, postiodern,
gumanistik, ekzistensial madaniy feminizm va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Xulosa

:

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin, “gender” ko’p aspektli tushuncha hisoblanadi.
Tilshunoslikning bu bo’limi barcha soxalar bilan uzviy bog’liq. Suhbat vaqtida ikkala jins

vakillariga ham turki xil omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayollar, yuqorida ta’kidlangandek,
muloqot jarayoni osonroq va tez kirishadi. Erkaklar esa muloqotga kirishishga biroz qiynalishadi
va suhbat paytida mavzudan tashqarida savol berilsa, ular bu savollarga iloji boricha javob
berishmaydi. Ayollar va erkaklar orasidagi farqlar ayniqsa xalq maqollarida o’z aksini topadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

313

Erning so’zi- elning so’zi!
Ayol bor- olam bor!

REFERENCES

1.

"Gender and Discourse" by Deborah Tanne

2.

"Language and Gender" by Penelope Eckert and Sally McConnell-Ginet

3.

"Feminism and Linguistic Theory" by Deborah Cameron

4.

"The Handbook of Language and Gender" edited by Janet Holmes and Miriam Meyerhoff

5.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL
TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.
1.1. 1. – С. 63-66

6.

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT
https://farspublishers.

org/index.

php/ijessh/article/view/1527

https://zenodo.

org/records/8003552#. – 2023.

7.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari
//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

8.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.
SI-1.

9.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF
ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 5.

10.

Murodova, D. (2024). AN ARTISTIC IMAGE IN UZBEK “WOMEN’S PROSE” BASED
ON THE STORIES OF ZULFIYA KUROLBA KIZI. Modern Science and Research, 3(2),
1172–1177.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/29788

11.

Isropilov M. B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of
society //Open Access Repository. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 729-735.

12.

Bahodir o’g’li I. M. Yoshlarning Ijtimoiy Faolligini Oshirish Jamiyat Rivojlanishining
Omili Sifatida //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 24. – С. 521-523.

13.

Murodjon

I.

ZAMONAVIY

JAMIYATLARDA

PR

TEXNOLOGIYALAR

TARAQQIYOTNING BOSH OMILARIDAN BIRI SIFATIDA //O'ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2023. –
Т. 2. – №. 19. – С. 446-450.

References

"Gender and Discourse" by Deborah Tanne

"Language and Gender" by Penelope Eckert and Sally McConnell-Ginet

"Feminism and Linguistic Theory" by Deborah Cameron

"The Handbook of Language and Gender" edited by Janet Holmes and Miriam Meyerhoff

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №. 1.1. 1. – С. 63-66

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT https://farspublishers. org/index. php/ijessh/article/view/1527 https://zenodo. org/records/8003552#. – 2023.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Murodova, D. (2024). AN ARTISTIC IMAGE IN UZBEK “WOMEN’S PROSE” BASED ON THE STORIES OF ZULFIYA KUROLBA KIZI. Modern Science and Research, 3(2), 1172–1177. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29788

Isropilov M. B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society //Open Access Repository. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 729-735.

Bahodir o’g’li I. M. Yoshlarning Ijtimoiy Faolligini Oshirish Jamiyat Rivojlanishining Omili Sifatida //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 24. – С. 521-523.

Murodjon I. ZAMONAVIY JAMIYATLARDA PR TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTNING BOSH OMILARIDAN BIRI SIFATIDA //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2023. – Т. 2. – №. 19. – С. 446-450.