127
ERKIN A’ZAMNING TAKRORDAN FOYDALANISH MAHORATI
(MOMAQALDIROQ HIKOYASI ASOSIDA)
Nomozova Mohichehra Rustamovna
Termiz davlat universiteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktaranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11617746
Annotatsiya
. Zamonaviy tilshunoslik masalalari bugungi kunimizda uni har tomonlama
tadqiq qilish talabini qo‘ymoqda. Ushbu maqolada takror so‘zlarning qo‘llanishi tilimizning ichki
imkoniyatlarini yanada ochib berishi Erkin A’zamning “Momaqaldiroq” hikoyasi asosida
ko‘rsatilgan. Erkin A’zam kunimizning qalami o‘tkir yozuvchilaridan hisoblanadi. Adibning
asarlarida takror so‘zlar nihoyatda ko‘p va albatta o‘rinli qo‘llanilgan. Bu esa o‘z navbatida til
badiyati, sayqali uchun hizmat qila olgan.
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy tilshunoslik, takror, takrir, reduplikatsiya, badiiy til sayqali, til
imkoniyatlari.
THE SKILL OF USING REPETITION (BASED ON A PREVIOUS STORY) BY
ERKIN A’ZAM
Abstract.
The problems of modern linguistics demand its comprehensive research today.
In this article, it is shown that the use of repeated words further reveals the inner possibilities of
our language based on the story "Thunderstorm" by Erkin A'zam. Erkin Azam is one of the sharpest
writers of our day works contain a lot of repeated words and they are used appropriately. This, in
turn, was able to serve for his language skills and polish.
Key words:
Modern linguistics, repetition, repetition, reduplication, artistic language
polish, language possibilities.
НАВЫК ПОВТОРЕНИЯ СВОБОДНОЙ КОНЕЧНОСТИ (НА ОСНОВЕ
НЕБОЛЬШОЙ ИСТОРИИ)
Аннотация
. Проблемы современного языкознания сегодня требуют комплексного
исследования. В данной статье показано, что использование повторяющихся слов еще
больше раскрывает внутренний потенциал нашего языка на основе рассказа Эркина Азама
«Гроза». Эркин Азам – один из самых ярких писателей наших дней. В произведениях Адиба
много повторяющихся слов, и они используются уместно. А это, в свою очередь, могло
послужить его владению языком и его совершенствованию.
Ключевые слова:
Современное языкознание, повтор, повторение, редупликация,
художественная языковая полировка, языковые возможности.
128
Tilshunoshlikda badiiy asarlarni har tomonlama tadqiq qilish bugungi zamonaviy
tilshunosligimizning muhim masalalaridan biriga aylanib qoldi. Binobarin, yetuk, badiyati puxta,
salohiyati yuqori bo’lgan asarlar tilimizning boyligini, badiyatini yorituvchi, sayqallantirish uchun
hizmat qiladi. Badiiy asarlarni lingvopoetik jihatdan tahlil qilish, ulardagi til vositalarini, uslubini,
yozuvchining individual xususiyatlarini o’rganish tilning rivojiga katta hissa qo’shadi.
Ma’lumki, badiiy asarlarda til vositalarining qo’llanishi, ularni tahlil qilish bugungi
tilshunosligimizning nazariy muammolaridan bo’lib, hali to’liq o’rganilmagan yo’nalishlar bu
sohada ham ko’plab uchraydi.
Badiiy adabiyot inson aqliy mahsuli, fikriy ifodasining o’ziga xos, o’zgacha usulidir. Har
bir badiiy asar individual bo’lib, yozuvchining dunyoqarashini, so’z boyligini va albatta
mahoratini ochib beradigan vosita hamdir. Badiiy asarlarni lingvopoetik jihatdan tahlil qilish esa
ulardagi til vositalari, tasvir qurollarini o’rganib, tilning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib
berishga bevosita yordam beradi.
Yozuvchi Erkin A’zamning asarlari nutqiy qurilishi, so’zlardan foylanish mahorati
individual, o’ziga xos, shuningdek til vositalaridan ham unumli foydalan olgan yozuvchilardan
biridir. Shu boisdan yozuvchi asarlarini lingvistik jihatdan tahlil qilish, til qurilish qolipini
o’rganish tilimizning imkoniyatlarini yana bir bor ochishga imkoniyat beradi. Yozuvchi o’z
asarlarida ma’nodoshlik, o’xshatish, metafora, epitet va boshqa ko’plab til vositalaridan mahorat
bilan foydalangan, asarlarida xalqona bo’lishini ta’minlay olgan. Yozuvchi qo’llagan har bir til
vositalarini o’rganish katta ilmiy ishlarga asos bo’la oladi va shubhasiz tilning imkoniyatlarini
ochishga ko’mak beradi.
Biz ishimizda Erkin A’zamning faqat takrorlardan foydalanish mahoratini tahlil qildik va
ularning nutqdagi maqsad, ma’noviy xususiyatlarini o’rgandik. Badiiy asalarda takrorlarning
qo’llanishi o’ziga xos ko’tarinkilikni, tantanavorlikni vujudga keltiradi. Barcha yozuvchilar
singari Erkin A’zam asarlarida ham gapning barcha turlaridan foydalanilgan. Yozuvchining
asarlarida qo’llanilgan gap qoliplari va takrorlar katta mahorat bilan tanlangan. Avvalo o’quvchi
tushunmaydigan, g’aliz fikrlar yo’q, hammasi xalqona.
Takror – badiiy asar mualliflari tasvirlanayotgan voqea-hodisaga oʻquvchilarning diqqatini
tortish, uni boʻrttirib koʻrsatish uchun badiiy asarlarda foydalanadilar. Ohangdor, ta’sirchan va
jozibali qilish uchun ishlatiladi. Asosan, tinglovchining tushunishiga osonlik yaratadi. Takrorning
barcha turlari koʻrinishlari singari leksik takrorlar ham oʻz ifoda shakliga va tasvir usuliga ega.
129
Badiiy matnda leksik birliklar turli shakllarda namoyon boʻladi va fikr talabiga koʻra
hilma-xil vazifalarni ado etadi. Lugʻaviy birliklar badiiy tasvirning muhum vositasidir. Ammo
ularning badiiy matnda qoʻllanish darajasi, badiiylikni ifodalash imkoniyatlari turli tuman.
Dunyo tilshunosligida bu atama reduplikatsiya deb ataladi. Reduplikatsiya- so’zning bir
qismi yoki butun so’zning ko’pincha turli maqsadlarda takrorlanuvchi lingvistik jarayondir. U
ko’pgina tillarda mavjud va turli xil vazifalarni bajaradi. Masalan, kuchaytirish, bo’rtirish, ko’plik
va hakazo. Reduplikatsiya turli shakllarda sodir bo’lishi mumkin. Jumladan to’liq takrorlash,
(butun so’zni takrorlash): miriqib-miriqib, turib-turib, tez-tez. Qisman takrorlash (so’zning faqat
bir qismini takrorlash): kap-katta, bib-binoyi. Ularning o’ziga xos qo’llanishi va ma’nosi u
ishlatadigan til va konteksga bog’liq.
Erkin A’zam hikoyalaridagi takror so’zlar nihoyatda rang-barang, o’rinli qo’llangan.
Aytish joizki, yozuvchi asarlarida takror so’zlardan juda ko’p o’rinlarda maqsadli
foydalana olgan va bu yozuvchining fikrini kitobxonga aniq, ta’sirchan, tushunarli qilib
yetkazishni ta’ninlagan. Masalan: “O’tirganlardan
biri
Mansur kabi yasama jilmayib,
biri
loqaydgina,
biri
anchayin, samimiy, yana
biri
xushlamayroq bosh qimirlatib qo’ydi”.
(“Momaqaldirq” hikoya). Bu gapda “bir” so’zi kishilarni sanash va shu bilan birgalikda ularni
holatini ochib berish va kayfiyatlarini bayon qilish maqsadida foydalanilgan. Bu takror so’zimiz,
gapning turli o’rinlarida foydalanilgan.
“-
Ixtiolog? Ixtiolog…
baliq tutasizda demak? Qanaqasidan- jaydarisidanmi, laqqasidanmi
?- Ahadning avzoyida o’zgarish ko’rgach, u hazilga burmoqchi bo’libmi:-Baliqlardan bizam yeb
turaylik bundoq. Tuzlangan pivo bilan ja ketadi-da,- dedi sheriklariga ishshaygancha.”
(“Momaqaliroq” hikoya). Bu misoldagi takror so’zdan yozuvchi o’z fikrini anglatish uchun
mohirona foydalangan. Takror so’zlar ma’noni kuchaytiradi, bo’rtiradi. Bu misolda yozuvchi
takror orqali tushunmaganlik, hayron qolish ma’nosi, shu bilan birgalikda bu yerda nimanidir
o’ylash, hotirlash ma’nosi ham bor. Biz buni qo’llanilgan tinish belgilaridan angashimiz mumkin.
Ammo bu yozuvchining asosiy ma’no ifodasi emas. Bu yerda asosiy maqsad takror so’z orqali
qahramonni kamsitish, mazah qilish, nafsoniyatiga tegish ma’nosi asosiy maqsad sifatida olingan.
Bu esa yozuvchining takror so’zlar qo’llashdagi yangi, o’ziga xos, individual xususiyatini ochib
berganini ko’rsatadi.
Yozuvchining birgina kichik hikoyasida takror so’zlardan juda mohirona foydalangan. “-
Ahadjonmisiz?”- Bexato taniganidan zavqlanib jilmaydi kampir. –voy, qoqindiq!
Kiring,
kiring…
Rozaxon necha kundan buyon “Ana keladilar Ahadjon akam, mana keladilar”, deb
eshikka ko’z tutib o’tiruvdi, qarang-a…” Yozuvchining yutug’i asarlarining sodda, xalqona
130
yozilganidir. Takror so’zlar ham shu nuqtayi nazardan tanlangan. Yozuvchi har bir qahramonini
yoshi, fe’l-atvorlariga monand tasvirlaydi va ularning holatidan kelib chiqib so’zlarni saralaydi.
Yuqoridagi misolimizda takror so’zlar yigitlarning harakat, xususiyatlarini ochib bergan bo’lsa,
bu misolda yozuvchi sodda bir o’zbek onaxonining holatini namoyon qilishda qo’llanilyapti.
Qo’llanilgan takror so’zning zamirida xursandchilik va shu bilan birgalikda shoshganlik
ma’nosi ham bor. Yozuvchining takrorlardan foydalanishi nafaqat ko’p, balki ma’no-munosabat
jihatidan ham o’rinlidir. Badiiy adabiyot tili vazifasi nuqtai nazaridan tilning boshqa shakllaridan
keskin ajralib turadi. Bu holat badiiy adabiyot tilini umumiy asosiga ko’ra ham lingvistik, ham
estetik jihatdan tahlil qilishni talab qiladi.
“Takrorlar tilshunoslikda parallel holatni yuzaga keltiruvchi nutqiy tushuncha bo’lib, uni
nutq jarayonida yuzaga keluvchilingvistik hodisa sifatida o’rganish zarur. Shuning uchun ham
takrorlarni tekshirishda uning nutq jarayonida qay yo’sinda yuzaga kelishini anglab olish lozim.
Vaholanki, takrorlar nutqda ekspressiv- emotsianallikni oshiruvchi tasviriy vosita
hamdir.”
1
Aynan Erkin A’zam ham takrorlardan qahramonlarning, his-tuyg’ularini yoritishda
mohirona foydalangan:
“-Qayoqqa, qayoqqa? Shundoq kelib, shundoq ketasizmi
!
Yo’q, yo’q
!
Rozaxon bo’lmasa, biz bormiz. Yuring bunday…” Bu o’rinda takror so’zlar ketma-ket qo’llanishi
natijasida ham hayratlanish, taajub va hurmat ma’nolari ifopdalangan. Yozuvchi shu gapda aynan
bir so’z bilan ham bu holatni ifodalashi mumkin edi, ammo kitobxonga yanada ta’sirchanlikni
yetkazib berish uchun takror so’zlardan foydalangan.
REFERENCES
1.
Atoulloh Husayniy “Badoiy us-sanoye”. Toshkent-1981
2.
Hojiahmedov A. “She’r san’atlari” Toshkent-2001
3.
Tursunov U. Muhtarov Sh. “Hozirgi O’zbek adabiy tili” Toshkent “O’zbekiston”-1992yil
4.
Shoabdurahmonov Sh. “Hozirgi O’zbek adabiy tili” 1-qism Toshkent “O’qituvchi”-
1980yil
5.
A. Hojiev “O’zbek tilida qo’shma, juft va takror so’zlar” Toshkent 1963
6.
“Hozirgi zamon O’zbek adabiy tili” Toshkent 1966. Tom I
7.
O. Hakimov “O’zbek tilida takroriy so’zlar”
8.
B. Madalieva “O’zbek tilida qo’shma so’zlar”
1
Normurodov R. Shukur Xolmirzayev badiiy mahorati. Toshkent: 2003.
