MILODIY IX-X ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSINING IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY HOLATI

Аннотация

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holati o‘rganiladi. Shu bilan bir qatorda vodiy aholisining turmush tarzi, mashg‘ulotlari, shahar hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi. Farg‘ona vodiysining Buyuk Ipak yo‘lida tutgan alohida o‘rniga e’tibor qaratiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Bahriddinova, N. (2024). MILODIY IX-X ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSINING IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY HOLATI. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34761
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holati o‘rganiladi. Shu bilan bir qatorda vodiy aholisining turmush tarzi, mashg‘ulotlari, shahar hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi. Farg‘ona vodiysining Buyuk Ipak yo‘lida tutgan alohida o‘rniga e’tibor qaratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

MILODIY IX-X ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSINING IJTIMOIY-IQTISODIY,

SIYOSIY HOLATI

Bahriddinova Nasibaxon Ro‘zmatovna

Qo‘qon Davlat Muzey Qo‘riqxonasi ilmiy hodimi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11649641

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy holati o‘rganiladi. Shu bilan bir qatorda vodiy aholisining turmush tarzi, mashg‘ulotlari,
shahar hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi. Farg‘ona vodiysining Buyuk Ipak yo‘lida tutgan
alohida o‘rniga e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

Movarounnahr, Xuroson, Somoniylar, Ismoil Somoniy, Farg‘ona, Oloy,

Xo‘jand, viloyat, shahar.

SOCIO-ECONOMIC AND POLITICAL SITUATION OF THE FERGANA VALLEY IN

THE IX-X CENTURIES AD

Abstract.

This article describes the socio-economic and political situation of the Fergana

Valley in the early Middle Ages. In addition, information about the lifestyle, activities, and city life
of the inhabitants of the valley is provided. Attention is paid to the special place of the Fergana
Valley on the Great Silk Road.

Key words:

Movarounnahr, Khorasan, Samanis, Ismail Samani, Fergana, Aloy, Khojand,

region, city.

СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЕ И ПОЛИТИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ

ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В IX-X ВЕКАХ Н.Э.

Аннотация.

В статье описывается социально-экономическая и политическая

ситуация Ферганской долины в раннем средневековье. Кроме того, представлена
информация об образе жизни, занятиях и городской жизни жителей долины. Уделено
внимание особому месту Ферганской долины на Великом Шелковом пути.

Ключевые слова:

Моваруннахр, Хорасан, Саманиди, Исмаил Самани, Фергана, Алой,

Ходжанд, область, город.

KIRISH

Farg‘ona vodiysi – Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bo‘lib, tarixan muhim

strategik ahamiyatga ega hudud hisoblangan. Shimoldan Tyan-Shan janubdan Hisor-Oloy tog‘
tizmalari bilan o‘ralgan.

1

Farg‘ona vodiysi o‘ziga xos iqlimi tufayli dehqonchilik,

hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun nihoyatda qulay bo‘lgan. Aynan shu
omillar bu yerda ham o‘troq, ham ko‘chmanchi madaniyat vakillarining o‘zaro hamkorlikda hayot
kechirishlarini ta’minlagan. Buning natijasida qishloq va shaharlar gullab-yashnagan. Farg‘ona
alohida mustaqil hokimlik sifatida Ilk o‘rta asrlarda dastlab Eftallar, keyin Turk xoqonligi, undan
so‘ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Milodiy IX asrdan boshlab vodiy hududi Somoniylar davlati
qo‘l ostida bo‘lgan.

ASOSIY QISM

1

www.wikipedia.uz

sayti ma’lumotlari asosida.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

Dastlab Farg‘ona nomining kelib chiqishiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Z.M. Murzayevning

guvohligiga ko‘ra, Pomir tillarida ,,pargana“, ,,bargana“ so‘zlari mavjud bo‘lib, ular atrofi
balandliklar bilan o‘ralgan tekislik joy ma’nosida ishlatiladi. Markaziy Osiyo xalqlari tillarida ,, f
” bilan ,, p “ tovushini almashtirib ishlatish oddiy xol. Masalan, uyg‘ur tilida va O‘zbekistonning
ba’zi shevalarida Farg‘ona toponimi ,,Parg‘ana“ deb talaffuz etiladi. Xitoy olimi Shyuy
Shyuy’yaning yozishicha, Sharqiy Eron tilida ,,Pargana“ yoki ,,Barghana“ ,,atrofi tog‘lar bilan
o‘ralgan va faqat bir tomoni ochiq bo‘lgan joy“ ma’nosini anglatadi. Arablar kelganidan keyin
ularning tili xususiyatiga ko‘ra ,, p “ tovushi ,, f “ ga o‘zgarib, ,,Pargana“ toponimi ,,Farg‘ona“ deb
aytila boshlagan.

2

Farg‘ona nomining Xitoy manbalarida bunchalik ko‘pga tilga olinishining

asosiy sabablaridan biri xitoyliklarning doimo vodiyning zotli otlariga va bu strategik hududga
bo‘lgan qiziqishi bilan izohlash mumkin. Misol tariqasida milodiy VII-VIII asrlarda Xitoyga olib
kelingan har bir otga 40-50 bo‘lak (har bir bo‘lagi 13,3 metrdan) ipak mato almashtirib olish
mumkin edi. Bu ish bilan esa turkiy xalqlar, uyg‘urlar shug‘ullangan. 830-yilda uyg‘urlar
tomonidan Xitoyga sotilgan otlar evaziga hukumat 230 ming bo‘lak ipak mato to‘lagan. Sotib
olingan otlarning deyarli barchasi Xitoy hukumati tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilgan.

3

Milodiy IX asrning birinchi choragida Arab xalifaligida taxt uchun kurash kuchayib ketdi.
Bu kurashda Movarounnahr va Xuroson zodagonlari Horun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun

tarafida turib kurashadilar. Buning natijasida Somoniylar xonadoni vakillari Movarounnahr va
Xurosondagi hududlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Narshaxiyning asarida
yozilishicha, xalifa buyrug‘i bilan Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Marvga amir
qilib tayinladi. Bu (voqea) ikki yuz ikkinchi yilda (20 iyul 817—9 iyul 818) bo‘lgan edi.

4

Xalifa

Ma’mun keyinroq Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, Yahyoni Shosh
va Ustrushonaga, Ilyosni Hirotga mutlaq noib etib tayinladi. Bu voqealar 819-821-yillarda sodir
bo‘ladi. Keyinchalik, Farg‘ona va Ustrushonada xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi va
Ahmad ibn Asad uni Yohir ibn Husaynning o‘g‘li Talha yordamida bostiradi. Ahmad Fag‘ona
yerlarini 819-yildan 864-865-yilgacha boshqaradi. Somoniylar ikkinchi darajali noiblar
hisoblanganliklari uchun ularga mis tangalar (falsalar) zarb qilishga ruhsat berganlar.
Somoniylarga in’om qilingan yerlarning naqadar boy bo‘lganligini IX asrdagi mashhur arab
geografi Ibn Hurdodbekning viloyatlarning soliq miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan bilsak
ham bo‘ladi. Uning yozishicha, butun Sug‘d hududi xalifalik xazinasiga tohiriylar orqali 326 ming
muhammadiy dirhamdan to‘lab turgan. Farg‘ona Ahmad ibn Asad orqali – 280 ming, Yahyo ibn
Asad orqali Shosh – 607 ming, Usturshona – 50 ming dirham to‘lagan. Movarounnahrda
somoniylar sulolasi vakillari hokimiyati mustahkamlanadi. 865-yilda Ahmad ibn Asad vafot etadi
va katta farzandi Nasr taxtga chiqadi. Markaz – Samarqand shahri etib belgilanadi. Ammo,
markazlashgan Somoniylar davlati asoschisi sifatida tarixga boshqa inson kirdi.

2

A. Xo‘jayev – Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar – T: ,,Farg‘ona“. 2013. 128-129 b.

3

A. Xo‘jayev – Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar – T: ,,O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“. Davlat ilmiy

nashriyoti. 2007. 182-183-b.

4

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A. Rasulеv tarjimasi, Mas’ul

muharrir A. O‘rinboyev.

www.ziyo.uz.com

kutubxonasi 43-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

Ismoil Somoniy – Ahmad ibn Asadning o‘g‘li, Nasrning ukasi hisoblanadi. U milodiy 849-

yilda Farg‘onada tavallud topgan. 14 yoshidan boshlab akasining qo‘lidan tarbiya topgan. Dastlab
akasi Nasr tomonidan 874-875-yillarda Buxoroga noib etib tayinlanadi. Aka-uka o‘rtasidagi
munosabat tez orada buzilib, 886-yilda dastlabki harbiy to‘qnashuvga sabab bo‘ladi. Unda Ismoil
mag‘lubiyatga uchraydi va noiblikdan tushiriladi. 888-yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi jangda akasi
Nasr qo‘shinlarini tor-mor etadi. 892-yilda akasining vafotidan so‘ng Ismoil Somoniy
Movarounnahrning to‘laqonli hukmdoriga aylanadi. Poytaxt Samarqand shahridan Buxoroga
ko‘chiriladi. Ismoil Somoniy mamlakat shimoli-sharqiy hududlaridan doimiy xavf solib turgan
ko‘chmanchilarga qarshi milodiy 893-yilda Taroz (hozirgi Jambul shahri) ga yurish qiladi. Qattiq
janglardan so‘ng, turklar xonini 10 ming askari bilan asirga oldi. Jangdan so‘ng, shunchalik katta
o‘ljalar qo‘lga kiritildiki, har bir askarga 10 ming dirhamdan boylik ulashib berildi. Bu jangning
ahamiyati shunda ediki ko‘chmanchilarning Movarounnahrga talonchilik yurishlariga chek
qo‘yiladi. Movarounnahrning nazoratidan chiqib ketishini istamagan xalifa Mutazzid (892-902)
Xuroson hukmdori Amir ibn Laysga Movarounnahrni boshqarish huquqi berilgan farmonni
jo‘natadi. Uning maqsadi ikki hududni urushda zaiflashitirish va yana ularni xalifalik tarkibiga
qayta kiritish edi. Ammo milodiy 900-yildagi urushda Ismoil Somoniy g‘alaba qozondi va
Xuroson yerlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi. 907-yilda vafotiga qadar mamlakatni adolat
boshqaradi. Manbalarda u haqida “aqlli, adolatli, shafvqatli, fikr va tadbir egasi” edi deyiladi.

5

Somoniylar sulolasining quyidagi vakillari Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik

qilganlar:

1.

Ahmad I ibn Asad ibn Somon, Farg‘ona hukmdori (819-865).

2.

Nasr I ibn Ahmad,

Samarqand hukmdori (865-892).

3.

Ismoil Somoniy (892-907).

4.

Ahmad II ibn Ismoil (907-943).

5.

Al-Amir as-Said Nasr II (943)

6.

Al-Amir al-Hamid Nuh I (943-954)

7.

Al-Amir al-Muvayyad

Abdulmalik I (954-961).

8.

Al-Amir as-Said Mansur I (961-976).

9.

Al-Amir ar-Rizo Nuh II (976-

997)

10.

Mansur II (997-999)

11.

Abdulmalik II (999-1000).

12.

Ismoil II al-Muntasir (1000-

1005).

6

Ta’kidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat

yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari - hokim, shahar boshliqlari turli davr, ijtimoiy holatlariga
ko‘ra rais, dorug'a, shihna, qutvol, hojib va boshqa nomlar bilan atalgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p
hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan
tayinlangan. Somoniylar davrida viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar
tomonidan idora qilingan. Somoniylar davrida yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo‘lgan:

Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon, do‘konlar. Bu mulkni qishloq

chorikorlari ijaraga olishgan. Yana yer egaligining to‘ma (umrbod berilgan yer), iqto (merosiy)
turlari bo‘lgan. Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-
zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli
yer egaligi ham bo‘lgan. Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu
mulkni muassasa mutavallisi boshqargan. Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi yerlar.

Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida

Movarounnahr va Xurosonda milodiy IX-X asrlarda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat

5

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010. 166-171-b.

6

K.Y.Bosvort – Musulmon sulolalari. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent,

2007. 42-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez
sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy
jihatdan eng rivojlangan o'lkalaridan hisoblangan. Epigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman
idishlar, ayniqsa, diqqatga molikdir. Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik
izlanishlarga qaraganda, kulollar shaharlarda mahalla-mahalla bo‘lib yashashgan. Mana shunday
mahallalar Samarqand, Marv, Axsikat, Termizda ochib o‘rganilgan. Farg‘onadagi Nokad degan
joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‘mir qazib olingan. Farg‘onada neft ham borligi
yozma manbalarda qayd qilingan.

7

Farg‘ona vodiysidagi va unga yaqin bo‘lgan shaharlar, daryolarga to‘xtaladigan bo‘lsak.

O‘zgand daryosi (Sirdaryoning yuqori oqimi, Qoradaryo) Xallux tog‘i (Farg‘ona va Oloy
tizmalari) yonbag‘ridan boshlanadi. O‘zgand, Bob (Pop) shahri, Axsikat, Xo‘jand, Banokatdan
oqib o‘tadi. So‘ngra Choch hududigacha yetadi; Sutkand, Porob kabi ko‘pgina shaharchalardan
o‘tadi. Jand va Javora yerlariga oqib boradi hamda Xorazm dengiziga quyiladi.

O‘sh daryosi (Oqbura daryosi) bu daryo ham shu tog‘ tizmasidan boshlanib, O‘sh va

O‘rasht oralig‘idan o‘tadi hamda O‘zgand daryosiga quyiladi. Qubo daryosi (Quvasoy daryosi) bu
ham shu tog‘ tizmasidan boshlanadi va Qubo (Quva) yaqinida O‘zgand daryosiga quyiladi.

Farg‘ona – katta va obod nohiyat, unda noz-ne’matlar farovon erur, tog‘lar ko‘p, dashtu

shaharlari, oqar suvlari bor. Turkistonning eshigudir. U yerga ko‘p turk qullar keltiriladi. Tog‘lari
oltin, mis, kumush, qo‘rg‘oshin, navshodir, simob, yonartosh, poyzarx toshi, magnit toshi va turli
minerallarga boy. U yerda tabarxun va antiqa dorilar tayyorlashda ishlatiladigan giyohlar bor.
Qadimda Farg‘ona podshohlari muxtoriyat (huquqiga ega) podshohlardan bo‘lganlar va ularni
dehqonlar deyishgan.

Xo‘jand – shahar, shu nomdagi nohiyatning qasabasi erur, ekinzorlari ko‘p, odamlari

muruvvatli, u yerda anor ko‘p yetishtiriladi.

Chadg‘al (hozirgi Chatqol tizmasi) – Farg‘onadagi nohiyat, tog‘ daralarida joylashgan,

shaharchalari bor, qishloqlari ko‘p. U yerda qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Ma’danlar bor. Ko‘plab
qo‘y boqiladi. Axsikat – Farg‘onaning qasabasi, amir va mas’ul ayonlarning qarorgohi erur, katta
shahar, Xashart (Sirdaryo) daryosi bo‘yida joylashgan tog‘ etagida. Uning tog‘larida oltin va
kumush ko‘p. Odamlari musallasni ko‘p ichadi. Voskat – Xo‘jand va Farg‘ona (viloyatlari)
o‘rtasidagi chegara (joy), ekinzorlari ko‘p bir shaharcha. Yasho‘x – shaharcha, u yerdan simob
(qazib) olinadi. Tamoxas, Nomankoxas – ikkita shaharcha, tog‘ yonbag‘rida joylashgan.

So‘x – tog‘da, Butamon va Farg‘ona oralig‘idagi chegarada joylashgan, uning oltmishta

qishlog‘i bor. Avol (Avval qishlog‘i, Marg‘ilon yaqinida) – tog‘ etagi, u yerda qishloqlar bor.

Bag‘askon – Avolga qarashli joy.

Havoqand (Qo‘qon), Rishton, Zandaromash – gavjum shaharchalar, ekinzorlari ko‘p.

Qubo (Quva) – katta shahar, (bu) Farg‘ona nohiyatidagi eng obod shahar erur. O‘sh –

obod joy, noz-ne’mat ko‘p, odamlari jangovar erur, tog‘ etagida joylashgan. Bu tog‘da qo‘riqchilar
qo‘yilgan, ular kofirlarni qaytarib turadi. O‘rasht, Xirsob – ikkita shaharcha, oqar suvlari,
yalangliklari bor, noz-ne’mat bisyordir, havosi sog‘lom.

O‘zgand – Farg‘ona bilan Turklar o‘lkasi orasidagi chegarada joylashgan shahar. Uning

7

A.S.Sagdullayev. – O‘zbekiston tarixi I kitob. – Toshkent: «Donishmand ziyosi». 2011. 354-358-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

411

yaqinidan ikkita daryo oqib o‘tadi: birini Tabog‘ar (Tar) daryosi deydilar, Tibatdan boshlanadi,
ikkinchisi Barsxon (Zargar) daryosi ataydilar, Xalluxdan oqib keladi.

Xatlom (hozirgi To‘qtag‘ul suv ombori yonida, Ketmontepa maskani) – shaharcha,

Movorounnahr amiri Nasr ibn Ahmad shu shaharda tug‘ilgan. Kasho‘kas, Pob (Pop) – ikkita obod
shaharcha, ekinzorlari ko‘p. Mazkur shaharlarning barchasi Farg‘ona nohiyatiga mansub.

8

XULOSA

Shuni aytib o‘tish lozimki, o‘rganilayotgan davr Movarounnahr tarixida chuqur

o‘zgarishlar yuz bergan va ilk markazlashgan davlat vujudga kelgan voqealar bilan o‘rin olgan.
Shuningdek, Somoniylar davlati tarkibidagi Farg‘ona vodiysining holati, shaharlar hayoti,
iqtisodiyoti ham rivojlana boradi. Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashganligi ham
mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan.

REFERENCES

1.

www.wikipedia.uz

2.

A. Xo‘jayev – Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar – T: ,,Farg‘ona“. 2013.

3.

A. Xo‘jayev – Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar – T: ,,O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi“. Davlat ilmiy nashriyoti. 2007.

4.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A.
Rasulеv tarjimasi, Mas’ul muharrir A. O‘rinboyev.

www.ziyo.uz.com

kutubxonasi

5.

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010

6.

K.Y.Bosvort – Musulmon sulolalari. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
"Fan" nashriyoti. Toshkent, 2007.

www.ziyo.uz.com

kutubxonasi

7.

A.S.Sagdullayev. – O‘zbekiston tarixi I kitob. – Toshkent: «Donishmand ziyosi». 2011.

8.

Hudud ul-olam (Movarounnahr tavsifi) – Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy
nomlari ko‘rsatkichi muallifi Omonulla Bo‘riyev – T: “O‘ZBEKISTON”, 2008

8

Hudud ul-olam (Movarounnahr tavsifi) – Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkichi

muallifi Omonulla Bo‘riyev – T: “O‘ZBEKISTON”, 2008. 9-16, 30-31-b.

Библиографические ссылки

www.wikipedia.uz

A. Xo‘jayev – Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar – T: ,,Farg‘ona“. 2013.

A. Xo‘jayev – Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar – T: ,,O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“. Davlat ilmiy nashriyoti. 2007.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A. Rasulеv tarjimasi, Mas’ul muharrir A. O‘rinboyev. www.ziyo.uz.com kutubxonasi

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010

K.Y.Bosvort – Musulmon sulolalari. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent, 2007. www.ziyo.uz.com kutubxonasi

A.S.Sagdullayev. – O‘zbekiston tarixi I kitob. – Toshkent: «Donishmand ziyosi». 2011.

Hudud ul-olam (Movarounnahr tavsifi) – Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkichi muallifi Omonulla Bo‘riyev – T: “O‘ZBEKISTON”, 2008