Authors

  • Zulxumor Abdug'aniyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34727

Abstract

Ushbu maqolada mamlakat va korxona miqyosida modernizatsiyalash, qaytadan tashkil etish, jahon bozoriga sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirib borish kerakligi bo'yicha fikrlar yuritilgan. Texnika-texnologiyalar sohasidagi muhim oʻzgarishlarni amalga tadbiq etish, ta'lim, kadrlar sifati bo'yicha ham mamlakatimizda olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar va takliflar xususida yozilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

420

MAMLAKATNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA FOYDASI VA

UNI MAKSIMALLASHTIRISH YO’LLARI

Abdug'aniyeva Zulxumor Alijon qizi

TDTU Qo‘qon filiali Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi

2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11650038

Annotatsiya

. Ushbu maqolada mamlakat va korxona miqyosida modernizatsiyalash,

qaytadan tashkil etish, jahon bozoriga sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirib borish
kerakligi bo'yicha fikrlar yuritilgan. Texnika-texnologiyalar sohasidagi muhim oʻzgarishlarni
amalga tadbiq etish, ta'lim, kadrlar sifati bo'yicha ham mamlakatimizda olib borilishi lozim
bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar va takliflar xususida yozilgan.

Tayanch so’zlar:

ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mehnat taqsimoti, qo'shimcha mahsulot,

modernizatsiyalash, korxona, texnika va texnologiyalar, jahon bozori, kadrlar malakasi,
standartlashtirilgan mahsulotlar.

WAYS TO MAXIMIZE ENTERPRISE PROFIT IN THE MODERNIZATION OF THE

COUNTRY

Abstract

. This article discusses the need to modernize, reorganize, enter the world market

with quality and competitive products at the level of the country and the enterprise. It is written
about the implementation of important changes in the field of technical technologies, education,
and the quality of personnel in our country.

Key words:

production specialization, division of labor, additional product, modernization,

enterprise, techniques and technologies, world market, personnel qualification, standardized
products.

ПУТИ МАКСИМИЗАЦИИ ПРИБЫЛИ ПРЕДПРИЯТИЙ В УСЛОВИЯХ

МОДЕРНИЗАЦИИ СТРАНЫ

Аннотация

. В данной статье рассматривается необходимость модернизации,

реорганизации, выхода на мировой рынок с качественной и конкурентоспособной
продукцией на уровне страны и предприятия. Написано о реализации важных изменений в
сфере технических технологий, образования, качества кадров в нашей стране.

Ключевые слова:

специализация производства, разделение труда, дополнительная

продукция, модернизация, предприятие, техника и технологии, мировой рынок,
квалификация персонала, стандартизированная продукция.


KIRISH

Modernizatsiya, modernizatsiyalash

(fransuzchadan moderne — „eng yangi“,

„zamonaviy“) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga
muvofiq oʻzgartirish.

Mamlakatni modernizatsiyalashda mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim

kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi. Eng zamonaviy, butun dunyo
tan olgan va jahon standartlariga mos keluvchi texnika, ilm fan, xizmat koʻrsatish va boshqalarni
mamlakat miqyosida yangilash bu modernizatsiyalash demakdir[1].Muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham 2016-yil 15-dekabr kuni bo’lib o’tgan Oliy majlis


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

421

palatalarining qo’shma majlisida ham modernizatsiyalash, jamiyatni,mamlakat iqtisodiyotini isloh
qilishga alohida to’xtalib, bu bo’yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi[2].Shu vazifa va
ko’rsatmalar asosida mamlakatimizda islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Modernizatsiyalash
barcha sohalarda amalga oshiriladigan jarayonlardan biridir va bu jarayon zamon talabi
hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasida ham modernizatsiyalash doimo kerak bo'lib keladi. Chunki
ushbu sohada ham raqobat muhiti keng miqyosda shakllangan. Shuning uchun ham korxonalar
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan raqobatchilardan bir qadam oldinda yurishga
harakat qilishadi.

ASOSIY QISM

Ishlab chiqarish jarayonida tovar va xizmatlar yaratishga sarflanadigan barcha omillardan

samarali foydalanish, korxona harajatlarini qisqartirib, foydasini maksimallashtirishga xizmat
qiladi.

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida korxonalarni ham bunga moslashtirish, raqobatbardosh

tovarlar ishlab chiqarish, jahon standartlariga muvofiq ravishda ishlashni yo'lga qo'yish kerak.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan

resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir[3].Ishlab chiqarish rivojlanib
borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir
qilib boradi:

1.Mehnatning ixtisoslashuvi
2.Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi
3.Kapitaldan samarali foydalanishi
4.Qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi[4].
Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishiga olib

kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish,firmaning faoliyatini samarali
nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish va uni boshqarishda qiyinchiliklarni
kamaytirib chiqaradi.

O’rtacha hajmdagi korxonada bitta yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha

muhim qarorlarni shaxsan o’zi qabul qiladi, shu boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini
tezlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara oladi. Firma miqyosini
kengayishi bilan bunday holat o’zgaradi. Buning natijasida ma‘muriy xodimlar va ishlab chiqarish
jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko’payib boradi, yuqori rahbariyat
korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi. Yirik korxona miqyosida
oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma‘lumotlarni yig’ish, tushunish va qayta
ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo’ladi. Boshqaruv apparatining
chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashishuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi
muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo’g’inlari
tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada
samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlarni oshiradi[5]. Ya'ni boshqaruv
hodimlarining ko'payishi korxona uchun doimiy harajatlarni ham ortishiga olib keladi.

Mamlakatda ham korxonada ham modernizatsiyalash qanchalik yuqori bo'lsa, shunchalik

samarali ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga erishiladi. Yaratilayotgan mahsulotlar sifati ham


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

422

oshadi, tannarxi pasayadi, jahon standartlariga muvofiq bo'ladi va dunyo bozorida o'z o'rniga ega
bo'lib boradi.

Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida mavjud korxonalar daromadi qanday

o'zgaradi?

Kichik biznes, kichik korxonalar:

Ustunligi

-

kapital sig’imi kichikligi uchun tez moslashuvchan bo’ladi. Yangi turdagi

mahsulot ishlab chiqarishga, uni yo’lga qo'yishga qiyinchilik kam bo’ladi.

Kamchiliklari-

kichik korxonalar kapitalini yangilash, zamon talabiga mos uskunalarga

almashtirishga har doim ham yetarli imkoniyati bo’lmaydi.

Yirik korxona miqyosida:

Ustunligi

- korxonani kengaytirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni, yangi yo’nalish

bo’yicha chet eldan mutaxasis olib kelishga imkoniyatlari ko’proq.

Kamchiliklari-

tez moslashuvchan bo'lmaydi, yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun unga

korxonani moslashtirish uchun vaqt ko’proq sarflanadi.

YECHIM VA TAKLIFLAR

Mamlakatni modernizatsiyalash o'zi bilan ko'plab sohalarni ham rivojlantiradi.
Modernizatsiyalash uchun ham boshqa sohalar rivojlanishi zarur. Misol uchun ta'lim

tizimini keltirish mumkin. Mamlakatda yangi texnologiyalar yaratilishi, raqamlashtirish
rivojlanishi uchun unga mos kadrlar, mutaxasislar yaratilishi lozim. Lekin ta'limga kiritilayotgan
investitsiyalar uzoqroq muddat talab qiladi[6]. Ushbu muddatgacha esa rivojlangan sohalardagi
mutahasislarni chetdan jalb qilinishiga to'g'ri keladi. Mamlakatlar bilan kadrlar bo'yicha
almashinuvlar, ta'limni amaliyotga tadbiq etishni rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni
yo'lga qo'yish, siyosiy, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish kerak. Modernizatsiyalash sharoitiga
mamlakatdagi mavjud korxonalar moslashuvchan bo’lishi, doimiy izlanishda va marketing
sohasini doim rivojlantirib borish, dunyo standartlarini o'rganib borish kerak.

Korxona foydasini maksimallashtirish yo‘llari:

1. Korxona faoliyati yangiliklarga moslashuvchan bo’lishi kerak.
2. Doimiy kadrlar salohiyatini oshirib borish kompaniyalar bilan hamkorliklar yaxshi

yo’lga qo’yilishi kerak.

3.Yangi texnologiyalarni, sohalarni rivojlantirish, yangi turdagi mahsulotlarga aholida

talabni shakllantirish marketing sohasini yaxshilash.

4.Yaratilayotgan mahsulotlar va xizmatlar jahon standartlariga muvofiq bo’lishi,

texnologiyalar, innovatsiyalar va loyihalarni hamda kadrlarni qanchalik tez zamon talabiga
moslashtira olsa, shu korxona yoki firmaning daromadi mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida
ham mos ravishda o’sib boradi.

XULOSA

Modernizatsiyalash ya'ni dunyo standartlariga javob berish, texnika texnologiyalar

bo'yicha zamon bilan hamnafas yurish har bir mamlakat uchun zarur hisoblanadi. Buning uchun
avvalo ta’lim tizimini rivojlantirish, robotatexnika, nanotexnologiya, raqamlashtirish sohalariga
ko'proq e'tibor qaratish lozim. Shundagina mavjud resurslardan ham samarali foydalanish, ishlab
chiqarishda, korxonalarda harajatlar qisqarishi, sifatli, qulayligi, funksiyalari ko'p bo'lgan tovar va
mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish mumkin. Kadrlar sifati ham yaxshilanishi, keyinchalik esa


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

423

chet elga qora mehnat uchun emas balki yaxshi mutahasis bo'lib ishlash uchun mehnat eksportiga
ham erishiladi. Bundan tashqari o’zimizda ham yangi sohalar va yangi ish o’rinlari yaratiladi.


REFERENCES

1.

https://tb.urdu.uz/kafedra/attach/fandocs/37193_Mikroiqtisodiyot%20fan%20dasturi(Iqt
isod-raqamli%20iqtisod).pdf

2.

https://kun.uz/78234430?q=%2Fuz%2F78234430

3.

https://itm.uz/files/books/uz/2.2mamlakatni-modernizatsiyalash-2qism.pdf

4.

http://fayllar.org/mamlakatni-modernizatsiyalash-sharoitida-korxona-foydasi-va-un-
v6.html?page=4

5.

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-boblar

6.

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

7.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

8.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov

References

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-boblar

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov