ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
487
BUXORO DAVLATINING QO’SHNI MAMLAKATLAR BILAN
SAVDO – IQTISODIY VA ELCHILIK MUNOSABATLARI
(XVI – XIX ASRLAR)
Yakubov Husniddin Muxitdinovich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti,
“Fakultetlararo ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi.
husniddinyakubov10@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11669873
Annotatsiya.
Maqolada XVI – XIX asrlarda Buxoro davlatining qo’shni mamlakatlar bilan
savdo – iqtisodiy va elchilik munosabatlari yoritib berilgan. Shuningdek, Buxoro xonligining
qo‘shni davlatlar munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilganligi davlat rivojiga xizmat qilgani aks
ettirilgan.
Kalit so’zlar:
Buxoro, iqtisodiy-siyosiy munosabatlar, diplomatiya, elchilik munosabatlari,
savdogarlar.
BUKHARA STATE WITH NEIGHBORING COUNTRIES
TRADE - ECONOMIC AND EMBASSY RELATIONS
(XVI - XIX CENTURIES)
Abstract.
The article describes the trade, economic and diplomatic relations of the Bukhara
state with neighboring countries in the 16th - 19th centuries. Also, it is reflected that the relations
of the Bukhara Khanate with the neighboring countries were well established and served the
development of the state.
Key words:
Bukhara, economic-political relations, diplomacy, embassy relations,
merchants.
БУХАРСКОЕ ГОСУДАРСТВО С СОСЕДНИМИ СТРАНАМИ
ТОРГОВО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ И ПОСОЛЬСКИЕ ОТНОШЕНИЯ (XVI – XIX
ВЕКИ)
Аннотация.
В статье освещены торгово-экономические и дипломатические
отношения Бухарского государства с соседними странами в XVI-XIX веках. Также
отражено, что связи Бухарского ханства с соседними странами были хорошо налажены
и служили развитию государства.
Ключевые слова:
Бухара, экономико-политические отношения, дипломатия,
посольские отношения, купечество.
Tarixdan ma’lumki davlatlarning rivojlanishi albatta tashqi diplomatik aloqalar va savdo
munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan. Bir so‘z bilan aytganda har qanday davlat ham o‘z qobig‘iga
o‘ralib taraqqiy etmagan. Shu o‘rinda bunga istisno ravishda Buxoro xonligida Shayboniylar va
Ashtarxoniylar sulola hukumdorlari tomonidan bir qancha savdo va diplomatik munosabatlar
amalga oshirilgan. Movarounnahrda Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgan yillarda va ular
hukumronlik qilgan yillarda qo‘shni mamlakatlar bilan elchilik, savdo tijorat ishlarini olib
borganlar. Xonlikning tashqi savdoni tashkil etishda elchilarning xizmati katta bo‘lgan, chunki
diplomatik aloqalarning yaqinligi savdo tijoratining rivojiga ijobiy ta’sir o‘tkazgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
488
Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasining hukumdor vakillari ham bir qancha qo‘shni
davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirgan. Chunonchi Rоssiya,
Hindiston, Yorkent xonligi, qisman Usmonli turklar bilan savdo sotiq ishlarini olib borgan. Shu
o‘rinda xonlik dargohida bir necha lavozimlar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularga elchilik
vazifalarini va elchilarni qabul qilish xizmatlari yuklatilgan. Ulardan biri – naqibdir, dargohdagi
xondan keyingi muhim davlat amaldori bo‘lib, rasmiy qabul marosimlarida oliy hukumdorning
chap tomonida birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohdagi tutgan yuksak maqomidan
dalolatdir. “Naqibning asosiy vazifasi mas’uliyatli hisoblanib elchilik vazifasini amalga oshirish
yuklatilgan. Shu bilan birga harbiy yurishlarni uyushtirish, davom ettirish, dushman harbiy
imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini ham bajargan. Naqiblarning muhim jihatlaridan biri
shundaki, bu lavozimga asosan payg‘ambar avlodlari hisoblanmish sayyidlar xonadoniga mansub
kishilar tayinlangan” [1]. Demak, bundan ko‘rinadiki xon dargohidagi bu kabi ma’suliyatli vazifa
va ishlarni bajarish uchun xonning eng ishonchli kishilari tayinlangan.
Davlat ahamiyatiga molik mansablardan yana biri “dodxoh”dir. “Dargohga tushgan
arzlarni qabul qilish, javobini berish hamda mamlakatdagi ijtimoiy adolat tartiblariga rioya qilish
kabi yumush bilan birga, u elchilarni qabul qilish, elchilik yumushlarni tashkil etish va hatto
shaxsan elchi sifatida boshqa mamlakatlarga borib kelish kabi tadbirlarni amalga oshirgan”. Bu
lavozim mansabida ham ma’lum bo‘ladiki xonlikdagi diplomatik va savdo sotiqni tashkil etish
kabi nozik masalalarni bajargan.
Dargohdagi yana bir muhim lavozimlardan biri bu “shig‘ovul”dir
.
“Bu mansabdagi kishilar
ham chet el elchilarini qabul qilish bo’yicha maxsus xizmat boshlig‘i bo‘lgan”. Demak xonlikning
Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulola hukumronligi yillarida davlat dargohidagi bu lavozimlar
tashqi elchilik munosabatlarni tashkil etish va xorij elchilarini qabul qilish kabi tadbirlarni bajarib
kelgan. Bundan xulosa qilish mumkinki yuqoridagi kabi lavozimdagi shaxslarning xizmatlari
xonlikdagi tashqi savdoning tashkil etilishi va qo‘shni davlatlar bilan elchilik munosabatlari yaxshi
yo‘lga qo’yilishida muhim ahamiyat kasb etganligidir. Endi Buxoro xonligining tashqi savdo
tijorat va diplomatik aloqalari haqida so‘zlasak. Bunda Buxoro xonligiga yaqin bo‘lgan
hududlardan biri, bu Usmonlilar davlatidir. Usmonlilar davlati bilan Buxoro xonligi davlati
o‘rtasidagi munosabatlarning iliq bo’lishida bir tomondan din birligi va qisman til yaqinligi ham
rol o’ynagan. Bu jarayon ikki davlatning yaqinlashuviga ijobiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasdi.
Biroq Usmonlilar davlati bilan Shayboniylar davlati o‘rtasidagi diplomatik va savdo-tijorat
munosabatlari haqidagi ma’lumot kam o‘rganilgan mavzulardan biridir, ammo Azamat Ziyoning
“O‘zbek davlatchilik tarixi” kitobida kam bo‘lsada ma’lumot uchraydi. Manbada ta’kidlanishicha,
Muhammad Shayboniyxon bilan Usmonli turk sultoni Boyazid II o‘rtasida Eron safaviylariga
qarshi kurash to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. 1515-yilda turk sultoni Sulton Salim huzuriga
shayboniylar elchisi borgan. Sulton Salimning elchisi Muhammadbek esa o‘sha yili Buxoro
xonligiga sultonning maktubini olib kelgan. Sulton o‘z maktubida Ubaydullaxonni «qizil
boshlilar»ga qarshi kurashga chaqirgan [2]. Bunda Shayboniylar davlati tomonidan Usmonli
turklar davlatiga elchi bo‘lib kim borganligi, qancha kishi hamrohlik qilganligi hamda Usmonli
turklar tomonidan Shayboniylar davlatiga kim elchi bo‘lib kelganligi haqida ma’lumot
keltirilmagan.
Usmonli turk davlati bilan aloqalar Shayboniyxondan keyin ham davom etgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
489
Shayboniylar davlatini markazlashgan davlatga aylantirgan Abdullaxon II davrida ham
elchilik munosabatlari qisman yo‘lga qo’yilgan. Bu elchilik munosabatlari quyidagi
ma’lumotlarda ham o‘z tasdig‘ini topadi. Binobarin Usmoniylar sultoni Navro‘z Ahmadxonga
yordam uchun harbiy kuch ham jo‘natgan. Navro‘z Ahmadxonning Toshkentdagi qarorgohida 300
nafar turk askari doimiy xizmatda bo‘lgan, qurol-aslaha bilan ham ta’minlab turilgan. Turk
askarlari Navro‘z Ahmadxon tarafidan turib Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi janglarda
qatnashganlar. Binobarin, usmonlilar sultonligi safaviylarga qarshi kurashda shayboniylar
kuchidan foydalanibgina qolmay, Buxoro xonligida o‘z siyosiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida
ham bu ichki kurashlarda faol qatnashganligidir . Bu ma’lumotda ham shuni bilish mumkinki,
bunda ayniqsa Usmonlilar sultonligi Movarounnahrda markazlashgan davlat vujudga kelishini
hohlamagan, binobarin bu vaqtga kelib markazlashgan Buxoro xonligiga Movarounnahr va
Xurosonni Abdullaxon II o‘z davlati tarkibiga birlashtirgandi. Shu bilan birga o‘z siyosiy ta’sirini
qo‘shni davlatlarga o‘tkazayotgan edi.
Boburiylar davlati Buxoro xonligining janubiy qo‘shni davlati bo‘lib, bu ikki davlat
o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy munosabatlar qizg‘in davom etib kelgan. Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy
iqtisodiy diplomatik munosabatlar asosan XVI-asrning 70-yillaridan boshlab muntazam ravishda
davom etib kelgan. Bu haqida Nizomiddinovning XVI-XVIII asrlarda O‘rta Osiyo va Hindiston
munosabatlari kitobida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar haqida keng mulohaza yoritilgan.
1572-yili Hindistonga Abdullaxonning birinchi elchisi Xo‘ja Oltamish yuboriladi.
Keyingi ikkinchi elchilik ham Abdullaxon II tomonidan yuborilib bu safar Abduraxim
boshchiligidagi elchilar yuboriladi. Keyingi elchilar esa 1579-yili Abdullaxon II saroyiga sunniy
mazhabdagi Mirza Po‘lat boshchiligida hind elchilari yuborilgan. Uzoq yillardan so‘ng Akbarshoh
Buxoroga elchi yuborishga qaror qiladi. 1597-yili 17-mayda Hindistondan Buxoroga Xo‘ja Ashraf
Naqshbandiy boshliq elchilar yo‘lga chiqadi”. Demak XVI-asrning ikkinchi yarmidan XVII-
asrning boshlarigacha, Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi bilan
Boburiylar davlati o‘rtasida olib borilgan elchilik a’loqalar muntazam ravishda davom etib turgan.
Bunda har ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yo‘lga qo’yilishida
manfaatdar bo‘lganligini ko’rish mumkin. Keyingi elchiliklar esa Ashtarxoniylar sulolasi
hukumronlik davri bilan bog‘liqdir. Ashtarxoniylar hukumronlik qilgan davrda ham Buxoro
xonligi va Boburiylar davlati o‘rtasida iliq diplomatik munosabatlar davom etgan. Ulardan –
Hindistonga 1632-yili Vaqqos Hoji, 1633-yili Tarbiyatxon boshchiligida hind elchilari Balxgacha,
uzoq vaqtdan so‘ng Buxoro xonligidan Xo‘ja Ahmad al-Husayniy 1661-yili 27-nayabr, undan
so‘ng esa Kuchakbek 1663-yili hind shohi qabulida bo‘lganlar. Buxoro xonligida esa 1665-yili
iyulda Mustafoxon Hofi elchiligi qabul qilingan. 1669-yili 11-may kuni Hindistonga Buxorodan
Rustambiy boshchiligidagi elchilar kelgan, unga javoban 1670-yili may oyida Hindistondan
Yakkatozxon elchiligi, so‘ng 1671-yili Buxorodan Muhammad Sharif elchiligi Hindistonga, 1685-
yili Buxoroga Zabardastxon, 1688-1989-yillari Nazarbiy Hindistonga, 1714-1715-yillari esa
Sultonbiy elchiligi Hindistonga” kelgan [3]. Bu kabi oliy darajadagi elchilik munosabatlar esa,
birinchi navbatda siyosiy, iqtisoiy savdo munosabatlarning manfaatlarini ko‘zda tutganligini bilish
mumkin. Endi Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati iqtisodiy (savdo) munosabatlari haqida so‘z
yuritsak. Unda asosan ikki o’rtadagi asosiy maxsulotlar: Hindistondan dorivorlar, har xil boyoqlar,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
490
choy va Buxoro xonligidan esa quruq va ho‘l mevalar asosiy maxsulotlar hisoblanganligini keltirib
o‘tish joiz. Olimlarning aniqlashicha
Buxoro xonligi va Boburiylar davlati o‘rtasidagi savdo munosabatlarning asosan 3 xil
asosiy shakli mavjud ekanligi e’tirof etiladi. Xususiy savdo.
Xonlikning maxsus vakillari vositachiligida olib boriladigan savdo.
Podshohlar o‘rtasidagi bir-birlariga tuhfa va hadiyalar yuborish yo‘li bilan mol
ayirboshlash.
Xususiy savdogarlar, asosan xalq extiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar maxsulotlari bilan
savdo qilganlar. Bu savdo-sotiq ishlari quyidagi ma’lumotlarda ham o’z tasdig‘ini topgandir.
Ular XVI-XVIII asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrda, Hindistondan Buxoro
bozorlariga turli xil matolar, (jomavar, chire, gujorat,) lak va bo’yoqlar keltirilgan, Buxorodan
Hindistonga ho‘l va quruq mevalar, ot, tuya, ipak matolari, suqno, qunduz terisi, har xil chinnilar,
zig‘irpoyadan to‘qilgan rus matosi va boshqalar keltirilgan.
3. Uchunchi shakldagi savdo esa xon, podshoh, yoki amirlar tomonidan uyushtirilgan. Bu
shakldagi savdo sovg‘a-salom, hadiya tuhfalar yuborish yo‘li bilan olib borilgan, bu esa Buxoro
xonligi va Boburiylar davlati o‘rtasidagi iqtisodiy savdo munosabatlarida muhim ahamiyat kasb
etganligini bilish mumkin. Ulardan Hindistonga kelgan Imomqulixon elchisi Abdurahimxo‘ja turli
sovg‘a-salomlar bilan birga Jahongirga bir yirik la’l tuhfa qilgan. Jahongir ham Abdurahimxo‘jaga
40 ming rupiya pul va har biri 1500, 1000, va 500 misqol og‘irlikdagi uchta oltin “kavkabi toli”
hadya etgan. Demak yuqorida keltirilgan tuhfalarda asosan qimmatbaho la’l, olmos bilan
almashinib turilganligini bilish mumkin. Yana bir elchilik munosabatlarda Abdulazizxon
tomonidan hadiya qilib yuborgan qimmati 40 ming rupiyalik la’l evaziga, Avrangzeb o’z elchisi
Mustafoxonni esa Abdulazizxon saroyiga bir lakx va ellik ming rupiya qimmatiga barobar oltin
suvi yuritilgan egar jabduq, jamdar quroli, qimmatbaho qilich, qalqon, o‘qdon, bir fil va turli
matolar bilan jo’natgan. Bu yo’sindagi savdoda esa asosan qurollar, har xil matolar va xon uchun
zarur bo’lgan maxsulotlar bilan savdo qilishganini bilish mumkin. Xulosa o‘rnida Buxoro xonligi
va Hindiston (Boburiylar sulolasi hukumronligi davrida) o‘rtasida olib borilgan elchilik aloqalar
va iqtisodiy munosabatlar bir-biriga chambarchas holda olib borilganligini bilish mumkin.
Buxoro xonligining boshqa qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy (savdo) va siyosiy (elchilik)
munosabatlarda bo‘lganligiga tarix guvohdir. Bu mamlakatlardan biri Rossiyadir. Buxoro
xonligining Rossiya bilan munosabatlari XVI-asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Buxoro
xonligining oliy hukumdori Abdullaxon II va Rossiya podshosi Ivan Grozniy davrida ikki davlat
o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar yo‘lga qo’yilgan. Ivan Grozniy davri Rossiyaning mavqeyi
kuchaygan davr hisoblanadi. Chunki Qozon xonligi, Hojitarxon xonligi, Volga bo’ylari va g‘arbiy
Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Buxoro xonligining Rossiya orqali
Yevropa davlatlari bilan, Rossiya esa Buxoro xonligi orqali Hindiston bilan savdo qilish
imkoniyatini vujudga keltirgan edi. Manbalarda takidlanishicha Abdullaxon II tomonidan 1557-
1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan
Grozniy huzurida bo‘lganlar. Ular o‘z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo’ylab erkin
o‘tishlariga ijozat so‘raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko‘p o‘qdori, ov qushlari
va matolar bilan qaytganlar [4]. Demak Buxoro xonligining XVI asrning ikkinchi yarmidagi
Rossiya davlati bilan elchilik va savdo munosabatlari butun XVII asrda ham davom etgan. XVII
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
491
asrda Ashtarxoniylar (Joniylar) hukumronligi davridagi xon, Imomqulixonning faoliyati
xarakterlidir. Chunonchi, Imomqulixon vaqtida Buxoro xonligidan rus davlatiga to‘qqiz marotaba
elchilar yuborilgan. Shularning yettitasi bevosita, Astraxan, qolgan ikkitasi esa Sibir orqali
yuborilgan. Demak Rossiya davlati bilan Ashtarxoniylar sulolasi o’rtasida ham elchilik va savdo
munosabatlar izchillik bilan dаvom ettirilgandir. Ma’lumot o‘rnida 1613-yili Imomqulixon rus
davlatiga Navro’zxo‘ja boshchiligidagi elchilarni yuboradi. Bu elchi 300 kishidan iborat savdo
karvonlari bilan Qozon, Samara va boshqa joylarda mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilinadi.
Ular shuningdek sovut, shunqor, mo’yna va “xon extiyoji’’ uchun zarur bo‘lgan rus tovar
maxsulotlarini sotib olish va xon mollari rus yerlarida bojsiz sotilishiga ijozat berilishini rus
podshosidan so‘ragan va natijada ma’lum miqdorda imtiyozlar berilgan. 1619-yilda
Imomqulixonning elchisi Odambiy Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida
bo‘ladi. Podsho Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni
yuboradi. I.Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o‘z saroyidagi 23
nafar rus asirlarini ozod qiladi. I.Xoxlov 1620–1622-yillarda Buxoro xonligining ichki va tashqi
siyosati haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi. U qimmatli sovg‘alar bilan Moskvaga kuzatiladi.
Yozma manbalarga ko‘ra, XVI–XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12
marta elchilar kelishgan. 1583–1600-yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva
elchilari bo‘lishgan. Bu misollar Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasida savdo-diplomatik
aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.Yuqoridagi ma’lumotlardan ham
anglashimiz mumkinki har ikki davlat o‘rtasida bojsiz savdoda Buxoro xonligi ham va Rossiya
davlati ham juda manfaatdor bo‘lgan. Chunki Buxoro xonligining asosan ipak, paxta kabi
maxsulotlariga, Rossiyaning sovut, shunqor, mo’yna va qurol aslahalariga har ikki davlatning
ichki bozorida talab bo‘lganligini bilish mumkin bo‘ladi.
Keyingi elchilik munosabatlarida ham asosan yuqoridagi ko‘rsatilgan tovar maxsulotlar
bilan savdo aloqalari davom etganligini ko’rishimiz mumkin. Keyingi elchilik aloqalariga
to‘xtalsak: Buxorodan Chobak Valikov 1622-yilda, Hoji Otaqul 1633-yilda, Xazziyan (Kozziyan)
1640-yilda, Xo‘ja Ibrohim 1642-yilda, Mulla Farrux 1670-yilda, kabi elchilar Rossiya
mamlakatiga yuboriladi. Bu kabi elchilik munosabatlarning yo‘lga qo’yilishi Buxoro xonligi va
Rossiya savdosini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishida muhim rol
o’ynaganini tushunish mumkin. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya savdo-iqtisodiy
aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada orta bordi. Bunda, birinchidan,
Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish, ikkinchidan,
Osiyoda, xususan, Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi sabab
bo‘lgan.
XVIII asr oxiri–XIX asr boshlarida rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni
egalladi. Ingliz mollari Rossiya orqali olib kelinardi. Nijegorod yarmarkasida rus savdogarlaridan
tashqari o‘zbek xonliklari, Eron va Hindistondan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr
boshlarida Rossiya o‘zbek savdogarlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi, ba’zi cheklashlar bekor
qilindi. Endi ular Rossiyaning ichkari shaharlariga ham borib savdo qila oladigan bo‘lishdi [5].
Xulosa qilib aytganda, Buxoro xonligining qo‘shni davlatlar bilan tashqi savdo va elchilik
munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilganligi davlat rivoji uchun muhim bo’lgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
492
REFERENCES
1.
Yaqubov, F. M., et al. "METHODOLOGY OF SELECTION OF 10-12-YEAR-OLD
PLAYERS AND ORGANIZATION OF TRAINING."
Modern Science and Research
3.1
(2024): 1271-1279.
2.
Яқубов, Фазлиддин Мухитдинович. "Бўлажак жисмоний тарбия ва спорт
мутахассисларида спорт тафаккури ва унинг услубларини яратиш орқали тафаккур
тарзини такомиллаштириш йўллари."
Фан-Cпортга
4 (2019): 17-22.
3.
Muxitdinovich, F. Y. "Synergetic effect-As an Innovative approach to the Development of
the Way of Thinking of Physical Culture and Sports Specialists."
European Journal of
Research and Reflections in Education Sciences
8.12 (2020): 165-170.
4.
Muqimov, Olim. "СПОРТНИНГ ЖАМИЯТДА ТУТГАН УРНИ ВА ИЖТИМОИЙ-
ТАРБИЯВИЙ АҲАМИЯТИ."
Физическое воспитание, спорт и здоровье
1 (2020).
5.
Очилов, Ойбек. "СПОРТ ВА АХЛОҚИЙ МАДАНИЯТ УЙҒУНЛИГИНИ
ТАЪМИНЛАШДА
МАЪНАВИЙ
ТАРБИЯ
ЖАРАЁНЛАРИНИНГ
ЎРНИ."
Академические исследования в современной науке
2.16 (2023): 161-165.
6.
Яқубов, Ф. М., and Р. Т. Жабборова СР Казоқов. "10-12 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИ
ТАНЛАШ ВА МАШҒУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ ЭТИШ МЕТОДИКАСИ." (2024).
7.
Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF
INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE
PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.
8.
Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN
TABLE TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.
9.
Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT
ON THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 5. – С. 63-70.
10.
Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.
11.
Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND
POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES
RELATED TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1115-1123.
12.
Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.
13.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
14.
Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF
PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.
15.
Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL
EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE
RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
493
16.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
17.
Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE
LEARNING THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.
18.
Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING
TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9.
– С. 99-105.
19.
Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР
СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023.
– Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.
20.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН
ТАЖРИБА-СИНОВ
ИШЛАРИНИНГ
НАТИЖАЛАРИ
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-
115.
21.
Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий
таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий
футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.
22.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
23.
Казоқов Р. Т., Мирзабдиллаева А. И., Мирзабдиллаева Х. И. МАКТАБГАЧА
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-
МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования
в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 29-34.
24.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН
ТАЖРИБА-СИНОВ
ИШЛАРИНИНГ
НАТИЖАЛАРИ
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-
115.
25.
Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish
sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. – №.
4. – С. 198-206.
26.
Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ИНТЕРНЕТ
РЕСУРСЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.
27.
Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ИНТЕРНЕТ
РЕСУРСЛАРИДАН
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
494
ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.
28.
Казоқов Р. Т. и др. КАСБИЙ ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШДА ИЛҒОР ПЕДАГОГИК
ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРАТИ //GOLDEN
BRAIN. – 2024. – Т. 2. – №. 8. – С. 69-77.
29.
Казоқов Р. Т., Жўрақўзиев О. О., Эшпўлатов С. С. СПОРТ МУАССАСАЛАРИДА
ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т.
2. – №. 13. – С. 238-248.
30.
Казоқов Р.Т., Бўриев Б.Ў., Абдиев Б.Ш., Джўрабаев А.М., Туропов А.Р.КУРАШ
МИЛЛИЙ
СПОРТ
ТУРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ЙЎНАЛИШЛАРИ // МИЛЛИЙ КУРАШ ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИНГ НАЗАРИЙ-
АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ. - 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 161-163.
31.
Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил
атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг
таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag
‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.
32.
Bektorov O. Y. et al. MONITORING THE KNOWLEDGE, SKILLS AND SKILLS OF
STUDENTS DURING THE TRAINING PROCESS //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 342-352.
33.
Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. SPORTDAGI DOLZARB YANGILIKLAR
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 47-
56.
34.
Казоқов Р. Т. и др. SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR
//TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – С. 1-237.
35.
Eshpo'latov S. S. METHODS AND PRINCIPLES OF IMPROVING TECHNICAL AND
TACTICAL SKILLS AND PHYSICAL TRAINING OF YOUNG VOLLEYBALL
PLAYERS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1296-1302.
36.
Kazoqov R. T., Eshpo'latov S. S. YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS ARE THE
PROCESSES OF ORGANIZING TRAINING SESSIONS //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1303-1310.
37.
Pirmatov O. Z., Kazakov R. T. ROLE AND PLACE OF SPORTS AND ACTIVE GAMES
IN THE GENERAL STRUCTURE OF EDUCATIONAL AND PRODUCTION
PRACTICE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 125-131.
38.
Kazakov R. T., Rasulov Q. Q. TRAINING IN INTERNATIONAL WRESTLING
TECHNIQUES AND TACTICS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9.
– С. 180-186.
39.
Axatov L. K., Burliyev U. K., Kazoqov R. T. AESTHETICS OF SPORTS SPECTACLE
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 19-28.
40.
Kazoqov R., Akmuradov M. PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF JUDO //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 481-488.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
495
41.
Kazoqov R. T., Umaraliyeva F. T. DRAW A KINESICYCLOGRAM OF SHORT-
DISTANCE RUNNING AND BUILD A TIMELINE //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1201-1208.
42.
Kazoqov R. T. et al. IMPROVEMENT OF TECHNICAL TRAINING OF SHORT-
DISTANCE ATHLETES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С.
1077-1084.
43.
Kazoqov R. T. et al. STARTING TECHNIQUE IN SHORT DISTANCE RUNNING
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1070-1076.
44.
Xalmuxamedov R. et al. ANALYSIS OF THE DEPENDENCE OF THE CONDITIONS
OF THE MIDDLE MOUNTAIN OF INDICATORS OF THE INTENSITY ZONES OF
TRAINING TRAINING LOADS OF QUALIFIED BOXER WOMEN //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 473-483.
45.
Shoyimardanov S. A., Bobomurodov A. E., Kazaqov R. T. FORMATION OF
PEDAGOGICAL SKILLS AND SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 425-434.
46.
Jumayev U. X. et al. ANALYSIS OF THE FINANCIAL POLICY OF THE RUSSIAN
EMPIRE IN OFFICIAL DOCUMENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. –
№. 12. – С. 1202-1209.
47.
Ziyamuxamedova S. A., Kazaqov R. T., Shukurova S. S. SOME BIOCHEMICAL
BLOOD RESEARCHES OF ROWERS DURING PREPRATION PERIOD AND
CONTESTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 982-989.
48.
Raxmatov B. S. et al. SHORT DISTANCE RUNNING TECHNIQUE //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 990-1000.
49.
Yugay L. P. et al. RECOVERY OF THE BODY OF SHORT-DISTANCE RUNNING
ATHLETES DURING SPORTS TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 1. – С. 365-371.
50.
Akbarov A. et al. ANTHROPOMETRIC-PHYSIOLOGICAL INDICATORS OF
MIDDLE-DISTANCE RUNNERS AND RECOVERY OF THEIR BODY DURING
TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 358-364.
51.
Kim D. et al. PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE PARTICIPATION OF STUDENT
ATHLETES IN THE SWEDISH TEAM AND THE SWEDISH TEAM IN THE
UZBEKISTAN CHAMPIONSHIP IN HEIGHT ATHLETICS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 346-353.
52.
Nurullayeva D. S. et al. ETHICAL PROBLEMS AND THEM IN THE FIELD OF
NATURE SOLUTIONS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 480-
486.
53.
Kazaqov R. T., Djo'rabayev A. M. MEANS OF RECOVERY OF WORKING CAPACITY
OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –
№. 1. – С. 902-911.
54.
Kazoqov R. T., Djo’rabayev A. M. DEVELOPMENT OF CYBER SPORTS IN
UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 893-901.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
496
55.
Yaqubov F. M. et al. METHODOLOGY OF SELECTION OF 10-12-YEAR-OLD
PLAYERS AND ORGANIZATION OF TRAINING //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1271-1279.
56.
Казоқов Р. Т. ҚИСҚА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ ВА
МАХСУС
ЖИСМОНИЙ
ТАЙЁРГАРЛИК
КЎРСАТКИЧЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ //Fan-Sportga. – 2022. – №. 7. – С. 53-55.
57.
Djo'rabayev
A.
M.,
Kazoqov
R.
T.
O'ZBEKISTONDA
KIBERSPORTNI
RIVOJLANISHI. – 2024.
58.
Baltayeva I. T. et al. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.
59.
Baltayeva I. T. et al. CREATING AN INFORMATION-EDUCATIONAL
ENVIRONMENT USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION
TECHNOLOGIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 700-708.
60.
Melziddinov R. A., Akramov B. N., Kazoqov R. T. THE RELATIONSHIP OF THE
EFFICIENCY OF TECHNICAL-TACTICAL ACTIONS OF FOOTBALL PLAYERS
WITH THE LEVEL OF PHYSICAL PREPARATION //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1153-165.
61.
Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF
PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.
62.
Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL
EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE
RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.
63.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
64.
Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE
LEARNING THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.
