Authors

  • Nodira Egamqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34780

Abstract

Turkistonlik jadidlar yangi usul maktablari uchun turli dastur hamda darsliklar hozirlashga kirishar ekanlar, bu jarayon bevosita o‘lka milliy tarixi, jug‘rofiyasi, madaniyati, adabiyotshunosligi yaratilishining ham debochasi bo‘ldi. Milliy adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqidni shakllantirishga bo‘lgan urunishlar avvalo milliy matbuotda boshlandi, keyinchalik o‘rta va yuqori sinflar uchun yozilgan adabiyot darsliklarida asosiy bosqichga ko‘tarildi. Mana shunday darsliklardan biri – Abdurahmon Sa’diy tomonidan yozilgan “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” 1924-yil mart oyida Toshkentda nashr etildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

XX ASR BOSHLARIDAGI ADABIYOT NAZARIYASIGA DOIR ILK MANBA

Nodira Egamqulova

PhD, dotsent

nodiraegamkulova1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11743792

Annotatsiya.

Turkistonlik jadidlar yangi usul maktablari uchun turli dastur hamda

darsliklar hozirlashga kirishar ekanlar, bu jarayon bevosita o‘lka milliy tarixi, jug‘rofiyasi,
madaniyati, adabiyotshunosligi yaratilishining ham debochasi bo‘ldi. Milliy adabiyot tarixi,
nazariyasi, adabiy tanqidni shakllantirishga bo‘lgan urunishlar avvalo milliy matbuotda
boshlandi, keyinchalik o‘rta va yuqori sinflar uchun yozilgan adabiyot darsliklarida asosiy
bosqichga ko‘tarildi. Mana shunday darsliklardan biri – Abdurahmon Sa’diy tomonidan yozilgan
“Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” 1924-yil mart oyida Toshkentda nashr etildi.

Kalit so‘zlar:

Turkiston. Usuli jadid. Adabiyot. Darslik. Abdurahmon Sa’diy.

THE FIRST SOURCE ON THE THEORY OF LITERATURE OF THE EARLY 20TH

CENTURY

Abstract.

As Turkestan modernists began to prepare various programs and textbooks for

new method schools, this process directly became a prelude to the creation of the country's
national history, geography, culture, and literary studies. Attempts to form the history, theory, and
literary criticism of the national literature first began in the national press, and later rose to the
main stage in literature textbooks written for middle and upper classes. Here is one of such
textbooks - "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari" written by Abdurahman Sa’di was published
in March 1924 in Tashkent.

Keywords:

Turkestan. The method is new. Literature. Textbook. Abdurrahman Saadi.

ПЕРВЫЙ ИСТОЧНИК ПО ТЕОРИИ ЛИТЕРАТУРЫ НАЧАЛА 20 ВЕКА.

Аннотация.

Поскольку туркестанские модернисты начали готовить различные

программы и учебники для школ нового метода, этот процесс непосредственно стал
прелюдией

к

созданию

отечественной

истории,

географии,

культуры

и

литературоведения. Попытки формирования истории, теории и литературной критики
национальной литературы начались сначала в отечественной прессе, а затем поднялись
до основного этапа в учебниках литературы, написанных для средних и высших классов.
Вот один из таких учебников - «Уроки практической и теоретической литературы»,
написанный Абдурахманом Саади, был издан в марте 1924 года в Ташкенте.

Ключевые слова:

Туркестан. Метод новый. Литература. Учебник. Абдуррахман

Саади.

Kirish.

XX asr boshlari Turkistonda kechgan jarayonlar birgina ijtimoiy-siyosiy emas,

balki madaniy-adabiy hayotda ham o‘z izlarini qoldirdi. Bu davrga kelib adabiy hayot, matbuot,
maorif, teatr, xossatan, adabiyotshunoslik muammolari, masalalari birlashdi, markazlashdi.

Dastlab milliy matbuot nashrlarining paydo bo‘lishi, yangi usul maktablarining ochilishi

va yangi dars kitoblarining yaratilishi negizida kurtak ochgan adabiyotshunoslik o‘z qamrov
doirasiga matbuot, teatr, ta’lim, til, imlo, tarix, madaniyat kabi keng sohalarga oid masalalarni ham
kiritdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

1905 yil voqealari, xususan, Turkistonda matbuot ishlarining yo‘lga qo‘yilishi bilan turk,

tatar, ozarbayjon, boshqird mutafakkirlari bilan bo‘lgan aloqalar yanada mustahkamlandi.

Ahamiyatli tarafi shundaki, ko‘pchilik qardosh taraqqiyparvarlar turkistonliklar bilan aloqa

o‘rnatibgina qolmay, bevosita Turkistonga kelib matbuot, maorif, teatr, huquq va ko‘plab
sohalarda turkistonliklar bilan yelkama-yelka turib faoliyat olib bordi, o‘z tajribalari bilan
o‘rtoqlashdi. Bir qancha sabablar bilan Turkistonga kelib, shu yerda yashab qolgan qardosh tatar-
boshqird xalqlarining Turkistonda faoliyat olib borgan tatar muharrirlari sifatida Ismoil Obidiy,
Abdurauf Muzaffarzoda, Ahmad Zaki Validiy, No‘shiravon Yovushev, Shokir Muxtorov,
Abduramon Sa’diy, Ibrohim Tohiriy, Ahmadjon Bektemirov, Husayn Makayev, Kabir Bakir

,

Fotih Bakirlarni misol qilish mumkin. Xuddi shunday, Ozarbayjondan kelib ish olib borgan
Muhammad Amin Afandizoda, Jalol Yusufzoda, Piriy Mursalzoda[Do‘stqorayev, 2009: 318] kabi
fidoyilar o‘zbek madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan. Yuqorida nomlari keltirilgan zotlar
birgina matbuot sohasida emas, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qizg‘in faoliyat olib
borishgan, Turkistondagi jadidchilik harakatining rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Biroq
haligacha bu kabi turk, tatar, boshqird ziyolilarining Turkistondagi faoliyati yetarlicha o‘rganilgan
emas. Shunday taraqqiyparvarlardan biri Abdurahmon Sa’diydir. Abdurahmon Sa’diy 1889-yili

Boshqirdistonning Ufa shahri yaqinida Taymev qishlog‘ida mudarris oilasida tug‘ilgan,

asli tatar millatiga mansub. Boshlang‘ich ta’limni Orenburgdagi Muhammadiya madrasasida
olgandan so‘ng Istanbul universitetida o‘qigan. 1921-yildan Toshkentda Maorif institutida, SAGU
(O‘rta Osiyo davlat universiteti)da Sharq mumtoz adabiyotidan dars bergan. 1948-yildan umrining
oxiriga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida yetakchi ilmiy xodim
sifatida faoliyatda bo‘lgan. Adabiyot nazariyotchisi sifatida “Qavoyidi adabiya va unga ilova”,
“Adabiyot usullari”, “Adabiyot muallimi” (tatar va boshqird tillarida), “Go‘zal san’at dunyosida”,
“Amaliy ham nazariy adabiyot darslari”, “Adabiyot muallimi”, “Simvolizm to‘g‘risida”,
“Futurizm”, “Kompleks usuli” kabi risola, maqola va o‘quv qo‘llanmalari muallifidir.

Darslik 198 sahifadan iborat. Kirish ikki qismdan iborat: “Boshlang‘ich” va ”Kirish”.

Boshlang‘ichda muallif darslikning tuzilishida “tutulg‘on asos va yo‘llar”dan so‘z ochadi

va shunday anglatadi:

“1923 inchi yil febrol oyida Turkiston jumhuriyati xalq maorif komissiyarligining ilmiy

kengashi yonidag‘i o‘zbek bilim hay’ati o‘zbek tilida o‘zbek o‘rta maktablari uchun darslik o‘laroq
bir adabiyot nazariyasi tuzub bermagimiz to‘g‘risida murojaat etgan, shul haqida tuzilgan plan va
mundarijalarning taqdim etishim so‘rag‘an edi… Ko‘b qiyinliq va katta mas’uliyatlarni ustimizga
ilib, ishga kirishdik. Natijada shu oldingizg‘a qo‘yulg‘on darslik maydong‘a kelib, 23-yilning
sentyabriga ulgurtib berdik. Kitobning tartibida ilmiy hay’atning fikr va tilaklarin e’tiborg‘a oldiq.
Shuning uchun ilgarigi plan va mundarijalar, pro‘g‘rammamiz shu quyidag‘icha birmuncha
o‘zgarishlarga uchradi”[Sa’diy, 1924: I].

Anglashilganidek, darslik maxsus topshiriq asosida yaratilgan bo‘lib, uning “plan va

mundarijasi” o‘zbek bilim hay’ati muhokamasi bilan bir qatorda qozoq va turkman bilim hay’atlari
ilmiy kengashida ham tekshirilgan. Muhokama natijasi o‘laroq bir qancha o‘zgartirishlarga
uchragan.

Darslik avvalida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim nuqtalarga ishora berib o‘tiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

Kitobda adabiyot nazariyasiga o‘zgarmas qoidalar yig‘indisi sifatida qaralmay,
“o‘qig‘uvchilarg‘a tag‘ida kengrak, tag‘ida erkinrak, hurrak, bir yo‘l bilan o‘ylash,

shundog‘ bir yo‘l bilan tushunish uchun maydonni hamon erkin qo‘ya bordi” [Sa’diy, 1924: II].

Darslik o‘z nomiga ko‘ra, faqatgina “qurug‘ nazariyalargina” berilmasdan, o‘quvchilarni

ko‘proq amaliy ishlatdirib, mushohada yuritish, tahlil qilish kuchini o‘stirish ham e’tiborga
olingan. Shu o‘rinda darslikda namuna sifatida keltirilgan parchalarning berilishida muallif
hozirdan keyinga borish yo‘lini tutganligini ko‘ramiz.

Darslikning yana bir jihati, Sa’diy “kengrak bir maydon ham baynalmilalchilik yo‘li”ni

tutgan holda, arab, forsiy, usmonli, tatar, rus adabiyotiga ham murojaat qilgan, o‘quvchini
tanishtirib borgan. G‘arb va Sharq adabiy oqimlari, adabiy maktablari ham muqoyasa qilib
borilgan. Muallif Sharq adabiyoti va ulardagi adabiy oqimlar yuzasidan bir tizimga solinib
ishlangan manba topmaganligi bois, bu masalada o‘zining tahliliy qarashlarini keltirib o‘tgan:

“Kitobda umuman g‘arb adabiyotlari va undagi adabiy oqimlar bilan Sharq (bunda islom

Sharqi olinadir) adabiyotlari va ulardagi adabiy oqimlar, adabiy maktablar bir-birisi bilan mumkin
bo‘lg‘oncha tenglashdirilib borildi. Biroq umuman islom Sharqi adabiyotlaridagi (arab, forsiy,
usmonli, tatar, o‘zbek, qozoq, turkmanlardagi) oqimlar hali yaxshilab tekshirilib ochiq va ilmiy
bir tuzulma (sistema) holig‘a qo‘yilmag‘onliqdan bu to‘g‘rilarda hech bir turli ma’xazlar ham
bo‘lmag‘anliqdan (yoki qo‘limizg‘a tusha olmag‘anliqdan) ularga oid fikrlarimiz yolg‘izo‘z
tahqiqotlarimizdan iboratdur. Shuning uchun bu to‘g‘rilarda ba‘zi nuqtalarning tag‘in
tahqiqlanmog‘i kerakligin ko‘rush ham mumkindir” [Sa’diy,1924: IV].

Muallif bu darslikni hozirlash chog‘ida 1923-yilgacha nashr bo‘lgan rus

adabiyotshunosligiga mansub asarlar, darsliklardan: Potebnya, Veselovskiy, Belinskiy, Ivanov,
Jukovskiy, Melioranskiy, Samoylovich ishlaridan; usmonli olimlaridan Abdulrizo Tavfiq,
Sualymon Nazif, Shihob Sulaymon, Ko‘prulizoda darsliklaridan, Najib Osim ma’ruzalaridan
foydalanganligi, va ikkinchi yoqdan o‘zining ko‘p yillik tajriba va tekshirishlari tayanch bo‘lganini
yozadi.

Yuqoridagilardan so‘ng muallif alohida KIRISH ham keltirib, unda “adabiyot” ning

qanday ma’nolar anglatishi va ayrim yondosh tushunchalar haqida to‘xtalingan.

Darslikda mundarija tartib berilmagan.

Muallif ushbu bobda anglatish ravishlari, kinoya bilan istioraning ayirmasi, o‘xshatish

bilan istioraning ayirmasi, sifatlash (epitet), jonlantirish, giperbola, qarshilantirish, takror, so‘rog‘
berish, nido-xitob, qaytish, kesish, bilmaslikka solish, uslub masalalari, uslub, uslubning
xususiyatlari, so‘z uslubi kabi bir qator atamalarni tavsiflaydi. Bobning eng asosiy nuqtasi uslub
masalasidir:

“Har zamonning o‘z uslubi bo‘ladir. Shoirlarning xususiy va mumtoz uslublaridan boshqa

har davrning o‘ziga maxsus va o‘zida muharrirlarning ko‘bchiligi yoqtiraturg‘on umumiy ya’ni
o‘rtoq bir uslublari bo‘ladir. Bir davrning shu uslubi ila ikkinchi bir davrning shundog‘ o‘rtoq
uslubi o‘rtasida ba’zan juda katta ayirmalar bo‘lub ketadir. Yassaviy davri uslubi bilan Navoiy
davrining uslubi, Boburning sochma uslubi bilan Abulg‘oziyning sochma uslubi orasidag‘i
ayirmalar bizga muni ochiq ko‘rgizadirlar. Avloniy va Tavallo kabilar davridagi uslub bilan
hozirgi yosh o‘zbek shoirlarining uslublari ham bu ikki davr uchun ochiq misoldir”[Sa’diy, 1924:
42]


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

625

Muallifning uslub xususiyatlariga oid fikrlari ham qimmatlidir. Uslub ochiq va sof bo‘lishi

kerakligini ta’kidlagan Sa’diy bu masalani asarning til xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntiradi
hamda uslubni tushuniksiz va og‘irlashtiruvchi sabablar sifatida quyidagilarni keltiradi:

1.Eskigan burung‘i so‘zlarni qo‘llanishidan;
2. Hali boshqalarg‘a ma’lum bo‘lmag‘an yangi so‘zlar kirgizishdan;
3. Ajnabiylikdan ya’ni chet tillardan yengil anglashilmayturg‘an so‘zlar olishdan bo‘ladir.
Muallif xalq og‘zaki adabiyoti hamda yozma adabiyot o‘rtasidagi farqlarni (8 ta farq) o‘z

kuzatishlari asosida belgilab beradi. Uning fikriga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning omma
adabiyotiga har doim ta’siri bo‘lishi va buni islomgacha va islomdan keying turk folklori
namunalarini muqoyasa qilib bilib olish mumkin.

Muallif bob davomida

adabiy-she’riy oqimlar

(shunday nomlangan – N.E ) xususida fikr

yuritib, omma adabiyoti mavzusida aytilganidek, bu o‘rinda ham adabiy oqimlarni ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilishning o‘zgarishi – fikr va hislarda o‘zgarish – adabiy maktab va oqimlar paydo
bo‘lishiga sabab qilib keltiradi.

“G‘arbda uyg‘onish davridan keyin XV asrdan e’tiboran shu quyidag‘i adabiy-she’riy

oqimlarni yoki maktablarni ko‘ramiz. Bu oqimlarning ko‘bisin Sharq xalqlari va ayniqsa
usmonlilar, tatarlar, o‘zbeklar ham qozoqlar o‘tkazib keladirlar:

1. Yolg‘on klassiklik (klassizm) oqimi;
2. Oqartish yoki fikrchilik oqimi – rotsiyo‘nolizm;
3. Hissiylik oqimi- Sentimentalizm;
4. Ro‘montizm oqimi;
5. Chinliq oqimi (diyalizm)
6. Simvo‘lizm;
7. Tabiiylik oqimi (naturalizm);
8. Mo‘dernizm.
9. Futurizm” [Sa’diy, 1924: 94].

Xulosa.

“Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” o‘rta maktablar uchun darslik sifatida yaratilgan.

Darslik Turkiston jumhuriyati xalq maorif komissarligining ilmiy kengashi tasarrufidagi O‘zbek
bilim hay’ati taklifiga binoan o‘zbek tilida o‘zbek o‘rta maktablari uchun darslik o‘laroq tuzilgan.
Abdurahmon Sa’diy dastlab ushbu darslik loyihasi sifatida 1923-yil “Bilim o‘chog‘i” jurnalining
1-2-sonlarida “O‘zbek bilim yurtlari uchun ona tili va adabiyot programmasi”ni e’lon qildi.

Darslikda adabiyot tushunchasi, san’at, badiiy nutq, uslub, badiiy san’atlar, adabiy

maktablar, adabiy oqimlar xususida so‘z yuritilgan bo‘lib, muallif G‘arb va Sharq (Islom Sharqi)
adabiyoti va ulardagi adabiy oqimlar, adabiy maktablarni o‘zaro muqoyasa qilish yo‘lidan boradi.

Darslikning o‘ziga xos jihatlaridan biri, muallif adabiyotni san’at sifatidagi xususiyatlarini

asos qilib, uni san’atning boshqa turlari bilan bir nuqtada jamlaydi va ko‘p masalalarda “san’at”
tushunchasidan foydalanadi. Epik va lirik tur namunalariga teng e’tibor qaratilgan hamda butun
asar davomida bu ikki tur imkoniyatlari va zaruriyligining bir xil mavqeda turishini isbotlashga
e’tibor qaratilgan. Sa’diy ilmiy atamalarni o‘zbekcha, tushunilishi oson so‘zlar bilan berishga
harakat qilgani seziladi, shu bilan bir qatorda, rus va g‘arb terminlarini kirill grafikasida ham
keltirib o‘tadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

626

REFERENCES

1.

ABDIRASHIDOV, ZAYNABIDIN (2019)

XX asr boshlarida Turkiston: ijtimoiy-siyosiy

va intelleckual jarayonlar

. Ankara: Sonçağ

2.

SA’DIY, ABDURAHMON (1924)

Amaliy ham nazariy adabiyot darslari

. Toshkent: O‘rta

Osiyodavlat nashriyoti

3.

DO‘STQORAYEV, BOYBO‘TA (2009)

O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi

. Toshkent:

G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU

4.

BOLTABOYEV, HAMIDULLA (2008)

Sharq mumtoz poetikasi

. Toshkent: O‘zME

davlat ilmiy nashriyoti

5.

BOLTABOYEV, HAMIDULLA (1996)

Abdurauf Fitrat – adabiyotshunos.

Toshkent:

Yozuvchi nashriyoti

6.

TURDIYEV, SHERALI; QORIYEV, BOIS (2010)

O‘zbek adabiyotshunosligi va

tanqidchiligi bibliografiyasi

Toshkent: Fan nashriyoti


References

ABDIRASHIDOV, ZAYNABIDIN (2019) XX asr boshlarida Turkiston: ijtimoiy-siyosiy va intelleckual jarayonlar. Ankara: Sonçağ

SA’DIY, ABDURAHMON (1924) Amaliy ham nazariy adabiyot darslari. Toshkent: O‘rta Osiyodavlat nashriyoti

DO‘STQORAYEV, BOYBO‘TA (2009) O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU

BOLTABOYEV, HAMIDULLA (2008) Sharq mumtoz poetikasi. Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti

BOLTABOYEV, HAMIDULLA (1996) Abdurauf Fitrat – adabiyotshunos. Toshkent: Yozuvchi nashriyoti

TURDIYEV, SHERALI; QORIYEV, BOIS (2010) O‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi bibliografiyasi Toshkent: Fan nashriyoti