Authors

  • Saydullo Jabborov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34782

Abstract

Ushbu maqolada mintaqaning yagona energetika tizimiga kiruvchi Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning energiya sanoati hamda qayta tiklanadigan elektr energiyasi rivojlantirish loyihalari tahlil qilingan. Sanoatdagi eng yirik loyihalar Markaziy Osiyoning geografik xususiyatlarini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

630

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MAVJUD ENERGETIK IMKONIYATLAR

VA ULARNING QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI

RIVOJLANTIRISH LOYIHALARI XUSUSIDA

Jabborov Saydullo Turdali o'g'li

https://doi.org/10.5281/zenodo.11745738

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mintaqaning yagona energetika tizimiga kiruvchi Markaziy

Osiyoning to‘rtta davlati – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning energiya
sanoati hamda qayta tiklanadigan elektr energiyasi rivojlantirish loyihalari tahlil qilingan.
Sanoatdagi eng yirik loyihalar Markaziy Osiyoning geografik xususiyatlarini inobatga olgan
holda ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar:

elektroenergetika sanoati, Markaziy Osiyo, qayta tiklanadigan energiya

manbalari, Atom elektr stansiyalari, Shamol elektr stansiyalari, Issiqlik elektr stansiyalari,
Gidroelektr stansiyalari, uglevodorod resurslari.

REGARDING THE EXISTING ENERGY OPPORTUNITIES IN THE COUNTRIES OF

CENTRAL ASIA AND THEIR PROJECTS FOR THE DEVELOPMENT OF

RENEWABLE ENERGY SOURCES

Abstract.

This article analyzes the energy industry and renewable electricity development

projects of four Central Asian countries - Kazakhstan, Uzbekistan, Kyrgyzstan and Tajikistan -
which are part of the unified energy system of the region. The largest projects in the industry are
considered taking into account the geographical features of Central Asia.

Key words:

electric power industry, Central Asia, renewable energy sources, Nuclear

power plants, Wind power plants, Thermal power plants, Hydroelectric power plants,
hydrocarbon resources.

О СУЩЕСТВУЮЩИХ ЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ ВОЗМОЖНОСТЯХ СТРАН

ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ И ИХ ПРОЕКТАХ ПО РАЗВИТИЮ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ

ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ

Аннотация.

В статье анализируются проекты развития энергетики и

возобновляемой энергетики четырех стран Центральной Азии – Казахстана,
Узбекистана, Кыргызстана и Таджикистана – входящих в единую энергетическую
систему региона. Крупнейшие проекты в отрасли рассматриваются с учетом
географических особенностей Центральной Азии.

Ключевые слова:

электроэнергетика, Центральная Азия, возобновляемые

источники энергии, Атомные электростанции, Ветряные электростанции, Тепловые
электростанции, Гидроэлектростанции, углеводородные ресурсы.

1.Kirish

Markaziy Osiyo xilma-xil energiya manbalariga ega bo’lib, ushbu energiya manbalari

tabiiy ravishda mintaqa bo’ylab notekis taqsimlangan. Mintaqadagi har bir mamlakat qayta
tiklanadigan energiya manbalarining turlicha to‘plamiga ega. Biroq gaz ishlab chiqarishga
tayanadigan Turkmaniston bundan mustasnodir. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida
qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo’yicha rejalar ishlab chiqilib, bu yo’nalishlarda
amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. Ushbu maqola mintaqadagi to'rtta mamlakat O’zbekiston,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

631

Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’izistonda qayta tiklanadigan elektr energiyasini rivojlantirish
rejalari haqida ma’lumot beradi.

2023 yil holatiga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab

chiqarishdagi ulushi bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun
sobiq ittifoq hududida yetakchilik qilmoqda. 2024 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining (birinchi navbatda gidroenergetika) ulushi Qirg‘izistonda 87 foizni, Tojikistonda
esa 92 foizni tashkil etadi. Qozog'iston va O'zbekiston ularga nisbatan bu ko'rsatkich bo'yicha
sezilarli ortda qolmoqda. Solishtirish uchun Qozog’istonda qayta tiklanadigan energiya
manbalarining ulushi 11foiz, O’zbekistonda 8 foizga teng. Bu ikki mamlakat energetika
resurslarining asosini uglevodorod energetika resurslari tashkil etishi bilan farq qiladi. Lekin,
O’zbekiston va Qozog’iston ham qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
imkoniyatiga ega va bundan manfaatdordir. O'zbekiston elektr energiyasini iste'mol qilishning
potentsial o'sishini hisobga olgan holda, mamlakatda ishlab chiqarilgan deyarli barcha
uglevodorodlarni iste'mol qiladi.

1-jadval. O‘zbekistonda 2023 yilda uglevodorod energiya resurslarini ishlab chiqarish,

iste’mol qilish, import va eksport qilish.

Indeks -

Neft, million

tonna

Tabiiy gaz, milliard

kubometr

ko'mir, million

tonna

Ishlab chiqarish

8,07

33,2

12,5

Import

1,3

5,8

2,7

eksporti

1,97

6,0

-

Iste’mol

6,8

27,4

9,8

Qozog'iston esa neft va ko'mirga boy bo’lgani holda ushbu energiya resurslariga nisbatan

tanqislikka duch kelmaydi. Shunga qaramasdan tabiiy resurslarning cheklanganligini hisobga olib
Qozog’iston Respublikasi 2060 yilgacha uglerod neytralligiga erishish strategiyasini ishlab
chiqqan. Strategiyaga ko’ra 2060 yilga kelib, mamlakat elektr stansiyalarining o’rnatilgan
quvvatlari tarkibida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 83 foizga oshirishni reja
qilgan.

Qirg’iziston elektr energiya sohasida asosan gidroenergetikaga tayanadi. Bugungi kunda

mamlakatda elektr energiyasi tanqisligi kuzatilmoqda va bu mamlakatning yildan yilgi import
hajmini oshirish, eksport hajmini qisqartirishga sabab bo’lmoqda

(2-jadval).

Qirg‘iziston

gidroenergetik salohiyatini yanada oshirish uchun tabiiy imkoniyatlarga ega va yaqin kelajakda
yangi gidroenergetika inshootlarini qurish va mavjudlarini foydali ish koeffitsiyentini oshirish
orqali qo‘shni davlatlarga elektr energiyasini eksport qilish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.

2-jadval. Qirg'izistondan elektr energiyasi eksporti va importi, million kVt/soat

Ko’rsatkich

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Import

-

-

115,1

1 102,4

1 449,2

ma’lumot

yo’q

Eksport

1 142,9

1 434,9

1 123,4

547,9

482,1

ma’lumot

yo’q

Manba – Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

632

Tojikistonda elektr energetikasi tuzilmasi Qirg’iziston energetika tuzilmasiga o’xshash,

ammo Tojikistonda elektr energiyasi tanqisligi sezilmaydi

(3-jadval).

Tojikiston hukumati birinchi

navbatda CASA-1000 transmilliy loyihasi doirasida qo’shni davlatlarga elektr energiyasini
eksport qilishga katta urg’u bermoqda.

3-jadval. Tojikistondan elektr energiyasi eksporti, mlrd.kVt/soat

2018

2019

2020

2021

2022

2023

1,33

1,67

2,52

2,75

2,60

Ma’lumot

yo’q

Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika balansi tarkibi, ulardagi tabiiy resurslarning

hududda taqsimlanishi va geografik joylashuv hisobiga har xil ko’rinishda aks etadi. Misol uchun
uglevodorod energiya tashuvchilarga boy bo'lgan Qozog'iston va O'zbekiston o'zlarining energiya
balansini issiqlik ishlab chiqarish hisobiga ta’minlasa, asosiy qismi tog'li hududlardan iborat
Qirg'iziston va Tojikiston gidroenergetika resurslari orqali asosan gidroelektrostantsiyalarga
tayanadi.

1.Qozog’iston

Qozog‘istonda elektroenergetikani rivojlantirish strategiyasi, birinchi navbatda, quyosh va

shamol energetikasini rivojlantirishni nazarda tutadi. 2030 yilga kelib strategiya bo’yicha qayta
tiklanadigan energiyaning ulushi (GES+SHES+QES) jami quvvat tarkibida 27 foiz, elektr
energiyasi ishlab chiqarishda esa 20 foiz bo'lishi kerak.

(1-rasm)

(1-rasm) Rejalar: a) 2030 yilga qadar elektr stansiyalari quvvatlari (MVt) b) ishlab

chiqarish tarkibi (milliard kVt/soat).

Manba - Qozog'iston Respublikasining "yashil iqtisodiyot" ga o'tish konsepsiyasi.

Shunday qilib, 2030 yilga kelib Qozog‘iston gidroelektr stansiyalari, shamol elektr

stansiyalari va quyosh elektr stansiyalari elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki barobarga
oshirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari Qozog’iston 2024 yilda atom elektr stansiyalarini
qurish uchun umumxalq referdumini o’tkazishni reja qilmoqda. Avgustda Qozog‘iston Energetika
vazirligi AES quriladigan joy haqida dast6labki ma’lumotlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, hudud
Olmaota viloyati Jambil tumani Ulken qishlog‘i Balxash ko‘li qirg‘og‘ida joylashganligi aytib
o’tilgan. AES Bishkekdan 250 km, Toshkentdan esa — 800 kmcha uzoqlikda qurilishi
rejalashtirilmoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki, Qozog'istonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan

foydalanish dinamikasi mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish
muddatiga bog'liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

633

Qozog‘istonda gidroelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha katta rejalar yo‘q. Biroq

gidroenergetikani rivojlantirish Sharqiy Qozog‘istonning tog‘li rayonlarida kichik gidroelektr
stansiyalar orqali amalga oshirilishi maqsad qilib olingan.

Quyosh elektr stansiyalarini rivojlantirishning asosiy salohiyati Qozog’iston janubida,

mamlakatning yirik shaharlari va iqtisodiy markazlari – Olmaota, Chimkent va Qizilo’rdaga tutash
hududlarda to’plangan. Bugungi kunda Qozog‘istonda faoliyat ko‘rsatayotgan 26 ta quyosh elektr
stansiyasidan 19 tasi ushbu hududlarga to’g’ri keladi.

2. O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasida ham energiya xavfsizligini ta’minlash maqsadida “

O’zbekiston Respublikasini 2020-2030-yillarda elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi”
qabul qilingan bo’lib, konsepsiyaga ko’ra qayta tiklanadigan energiya manbalari
(GES+SHES+QES) ulushini elektr stansiyalarining mavjud quvvatlarida 40 foizga oshirish ko‘zda
tutilgan.

(2-rasm).

Rejalar: a) 2030 yilga qadar elektr stansiyalari quvvatlari (MVt) b) ishlab chiqarish tarkibi

(milliard kVt/soat).

Manba – 2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash

konsepsiyasi

2023-yil yakuni bo’yicha Energetika vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, qayta

tiklanadigan energiya manbalari elektr stansiyalarining quvvatlari tarkibida atigi 13 foizni, elektr
energiyasi ishlab chiqarish tarkibida esa 8 foizni tashkil etmoqda.

2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash

konsepsiyasi qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan ishlab chiqarish quvvatlarini
rivojlantirishni nazarda tutadi. Konsepsiyaga ko‘ra, 2030-yilga borib shamol stansiyalarining
umumiy o‘rnatilgan quvvati 4 GVtga, quyosh elektr stansiyalari 4 GVtga yetishi kerak.

Quyosh energiyasining bir qismi sifatida fotovoltaik texnologiyalardan foydalanish

rejalashtirilgan. Quyosh elektr stansiyasining quvvati 100 dan 500 MVtgacha bo’ladi. Jizzax,
Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari esa ushbu elektr stansiyalari qurish
uchun ustuvor rivojlanish hududlari etib belgilangan. Loyihalar to’g’ridan to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish yo’li bilan, ya’ni to’liq xorijiy kompaniyalar hisobidan amalga
oshiriladi. Boshqa hududlarda esa quvvati pastroq (50-200 MVt) bo’lgan quyosh elektr
stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

634

O‘zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirish rejalarida umumiy quvvati 1537 MVt

bo‘lgan 35 ta gidroelektr stansiyasini qurish, shuningdek, mavjud GESlar quvvatini 186 MVtga
oshirish ko‘zda tutilgan.

Shamol energetikasini rivojlantirishning ustuvor hududlari: Qoraqalpog’iston (umumiy

o’rnatilgan quvvati 1,8 GVt bo’lgan uchta shamol stansiyasi), Buxoro (1 GVt quvvatga ega bitta
loyiha) va Navoiy (500 MVt quvvatga ega bitta stansiya) viloyatlari etib belgilangan. 2024-yilda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt, Buxoro
viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta
(jami 1 000 MVt) va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 megavatt bo‘lgan sanoat
miqyosidagi jami 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

3. Qirg'iziston

Qozog‘iston va O‘zbekistondan farqli o‘laroq Qirg‘iziston elektr energetikasi qayta

tiklanadigan energiya manbalariga ya’ni gidroenergetikaga asoslangan. Qirg'iziston har qanday
turdagi elektr energetikasini rivojlantirish loyihalari uchun ochiq, biroq rivojlanish rejalarida
asosiy e'tibor gidroelektrostansiyalarga, birinchi navbatda kichik stansiyalar qurishga qaratilgan.

2022 yil iyun oyida Qambar-ata GES-1 qurilishi boshlandi. Ushbu GESning quvvati 1860

MVt, o'rtacha yillik ishlab chiqarish esa 5,6 mlrd kVt·soatni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Loyiha
qiymati 5-6 mlrd dollar bo’lib, loyihani moliyalashtirish davlat byudjeti hisobidan amalga
oshiriladi. Qurilish muddati 8 yildan 10 yilgacha davom etadi va birinchi gidroagregat 2026 yilda
ekspluatatsiya qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Yuqori Norin gidroelektr stansiyalari kaskadi qurilishini qaytadan boshlash

rejala qilingan. Ushbu loyiha 2013-yilda “Rusgidro” tomonidan amalga oshirilgan bo’lib,
noma’lum sabablarga ko’ra tugallanmay qolgan. Hozirda loyihani yakunlash uchun investorlar
izlanmoqda.

Qirg‘izistonda shamol energetikasi hozirda yaxshi rivojlangan emas. Yagona yirik loyiha

– “Ecowind” shamol stansiyasini qurish hisoblanadi. Uning quvvati 500 MVt bo'lishi belgilangan.
Loyiha “KyrgyzWind System” OAJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Quyosh energetikasini
rivojlantirish bo'yicha esa Qirg’izistonda hozircha aniq rejalar ishlab chiqilmagan. Mamlakat o’z
energetika xavfsizligini GES va SHESlar hisobiga ta’minlashni ko’zda tutmoqda.

4. Tojikiston

Mamlakat o’z energiya ehtiyojlarini ta’minlashda katta miqdordagi gidroenergetika

resurslariga tayanadi. Biroq Tojikistonning mintaqadagi boshqa davlatlardan farqi energetika
sohasini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik bilan tasdiqlangan strategiyaning yo‘qligidir.
Rivojlanish bosh rejasi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan topshirilgan bo’lib, unda tarmoqni 2039
yilgacha rivojlantirishning turli senariylari taklif etilgan. Mamlakatda gidroenergetikani
rivojlantirish bo‘yicha eng yirik loyiha 1976-yildan buyon amalga oshirilayotgan Rog‘un GESi
qurilishidir. 2023 yil holatiga ko'ra, umumiy quvvati 1,2 GVt bo'lgan ikkita gidravlika to'liq
quvvatdan kamroq ishlamoqda. Yaqin yillarda Rog‘un GESining o‘rnatilgan quvvatini 3,6
GVtgacha oshirish imkonini beruvchi yana to‘rtta gidroagregatni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati taxminan 8 milliard dollarni tashkil etadi. Stansiyaning to’liq

ishga tushishi 2033 yilgacha amalga oshishi kutilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

635

Shuningdek, Tojikistonda ishlab turgan Nurek GESni investitsiya loyihalari hisobidan

rekonstruksiya qilish orqali stansiya quvvatini 3000 MVt dan 3316,5 MVt ga oshirish amalga
oshirish bosqichida. Loyihani amalga oshirish muddati 2028 yil, qiymati esa 192 million dollar
etib baholangan.

Bundan tashqari Sarband gidroelektr stansiyasini rekonstruksiya qilish, quvvatini 240 MVt

dan 270 MVt ga oshirish ham nazarda tutilgan. Pudratchi - Xitoyning Sinohidro kompaniyasi
bo’lib, loyiha qiymati136 million dollarni tashkil qilmoqda. Ushbu mablag’ Osiyo taraqqiyot
banki granti hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan. 2022-yil mart oyidan boshlab stansiyaning
ikkinchi gidroagregatini rekonstruksiya qilish davom ettirildi, birinchi gidroagregatni
rekonstruksiya qilish esa yakunlangan.

Bosh rivojlanish rejasiga ko‘ra, shamol energetikasi energetika sohasini rivojlantirishning

ustuvor yo‘nalishi hisoblanmaydi. Shuning uchun Tojikistondagi shamol stansiyalari
gidroenergetikaga nisbatan kamroq salohiyatga ega. Biroq quvvati 50 MVt bo‘lgan shamol
stansiyasi qurilishi ham ko‘zda tutilgan.

Tojikiston va Qirg’iziston elektr energetikasini rivojlantirish strategiyalariga Qirg’iziston,

Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston energetika tizimlarini birlashtiradigan davlatlararo CASA-
1000 loyihasi eng muhim ta’sir ko’rsatadi.

CASA-1000 loyihasi doirasida Datka (Qirg‘iziston) – Sangtuda (Tojikiston) yuqori voltli

o‘zgaruvchan tok liniyasini qurish, Sangtuda konvertor stansiyasini qurish va Sangtuda
(Tojikiston) yuqori voltli to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqim liniyasini qurish rejalashtirilgan. Loyihaning
umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi, loyiha doirasida Qirg‘iziston va Tojikistondan
yiliga 4,6 milliard kVt/soatga yaqin elektr energiyasi Janubiy Osiyoga eksport qilish imkoniyatiga
ega bo’ladi.

CASA-1000 loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari elektroenergetika sektori uchun

rivojlanishni turtki bo’lishi mumkin. Janubiy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston
bozoriga kirish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko'paytirish imkoniyatlarini ochadi.

Bu ayniqsa, energiya iste'moli kam bo'lgan Qirg'iziston va Tojikiston manfaatlariga mos

keladi. CASA-1000 loyihasining amalga oshirilishi Tojikiston va Qirg‘izistonda qayta
tiklanadigan elektr energiyasini rivojlantirish istiqbollari uchun kalit sifatida ko‘rilmoqda.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’z energiya xavfsizligini

ta’minlash maqsadida ko’plab loyihalarni amalga oshirishmoqda. Bu loyihalar energiya
ehtiyojlarini qoplash bilan bir qatorda energiya eksportyorlari bo’lish imkonini ham berish
mumkin. Xususan, Janubiy Osiyo mamlakatlaridagi energiyaga talab o’zaro manfaatli
hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi.