211
TA’LIMDA SIFATLI NATIYJALARGA ERISHISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALAR
AHMIYATI
Mambetova Toydıq Maxmudovna
Qoraqolpog’iston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish Milliy markazi
Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi nemis tili va fransuz tili fanlari metodisti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12198700
Annotatsiya.
Ushbu maqola
belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga
qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan
o’zaro bog`liq vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ta’lim texnologiyalari haqida va
oqituvchilari uchun darsni samarali tashkil qilish haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
:
Pedagogik texnologiya, pedagogik xodisa, pedagogik tizim, ta’lim
texnologiyasi va fan metodikasi,
o’quvchilarda qiziqishni uyg’otish.
EDUCATIONAL TECHNOLOGY ETHICS IN ACHIEVING QUALITY RESULTS IN
EDUCATION
Abstract.
This article will talk about educational technologies, consisting of a unit of
interconnected tools, methods, processes necessary for purposeful and predetermined pedagogical
influence, aimed at the formation of a person with established qualities, and the effective
organization of a lesson for his streamers.
Keywords
: Pedagogical technology, pedagogical staff, pedagogical system, educational
technology and methodology of science, arousing interest in students.
ДОСТОИНСТВА ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА В КАЧЕСТВЕННОМ
ОБУЧЕНИИ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются образовательные технологии,
направленные на формирование личности с заданными качествами, состоящие из
Единства
взаимосвязанных
средств,
методов,
процессов,
необходимых
для
целенаправленного и заранее заданного педагогического воздействия, и эффективной
организации урока для воспитателей.
Ключевые слова:
Педагогическая технология, педагогический феномен,
педагогическая система, образовательная технология и методика науки, пробуждение
интереса у учащихся.
«Texnologiya»
atamasi
ishlab
chiqarish
doirasidan
yuqori
komponentli
psixologopedagogik injeneriyali muxitga kiritilgan pedagogik muxitdan olingan.
212
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu pedagogika fanining yo’nalishi hisoblanib, tadqiqot
qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi, ta’lim jarayoniga texnologik yondoshuv asosida ta’lim
maqsadlariga samarali erishishning optimal yo’llari va vositalaridir.
Pedagogik tizim –
belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan
pedagogik ta’sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o’zaro bog`liq vositalar, usullar, jarayonlar
birligidan iborat ma’lum bir butunlik. Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida quyidagi
predmetning ahamiyati va ularni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu
predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga
izox keltiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil
etish uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan unumli foydalanish
mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo’nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi.
Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellectual vazifalarni kompyuter vositasida
echishda foydalaniladi.
O’quv muhitida o’qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon
bo’ladi. O’rganuvchilar toifalariga ko’ra pedagogik texnalogiyalar quyidagilarga bo’linadi:
- Oilaviy (an’anaviy) texnalogiya – u o’rtacha o’quvchiga asoslangan.
- Axborotli texnalogiya darajasi (predmetlarni chuqurlashtirib o’qitish) –gimnaziya, litsey,
maxsus ta’lim.
- Turli xildagi bititimalogik – (surda pedagogika, teplo, oligofreno pedagogika).
- Qiyin va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashga mo’ljallangan texnalogiyalar.
Yurtimizda
2023 yilgi «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berilishi ha’m sifatli
talimni shakillantirishga katta hissa qoshdi.
Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim. –
dep Prezidentimiz o’z so’zlarida sifatli ta’limni aloxida etiborga olgan edi. Demak ta’lim –tarbiya
sifati va samaradorligi birinchi navbatda sifatli ta’limga bog’liqdir. Sifatli ta’lim esa xaliq tili bilan
aytganda
yahshi muallimga, o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy mashg`ulotlardagi
foydalanilayotgan metodlar. Innovatsion texnologiyalar ta`lim samaradorligini oshiruvchi
omillardan hisoblanadi. Masalan, “Aqliy hujum” va “Pinboard” kabi metodlar orqali talaba-
yoshlar saviyasi va chet tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishning ortib borayotganini ko`rishimiz
mumkin. “Aqliy hujum” metodi o`rganuvchilarning bilim saviyalarini sinab ko`rishga
mo`ljallangan metod hisoblanadi. Bu usul bilan talabalarning diqqatini mashg`ulot mavzusiga
qaratish uchun o`qituvchi tomonidan savol-javob tashkil qilinadi. Bu jarayonda savollar turlicha,
mantiqan, qiziqarli yoki ilmiy-siyosiy jihatdan mavzuga aloqador bo`lishi lozim. Ushbu savol-
213
javob talaba – yoshlar faolligidan kelib chiqqan holda 5-10 daqiqani tashkil etishi mumkin. “Aqliy
hujum” metodidan foydalanib, mashg`ulotlar tashkil qilinganda o`rganuvchilar turli savollarga
javob izlaydilar, muammoli vaziyatlardan chiqib ketish uchun barcha imkoniyatlarni ishga
soladilar, vaziyatdan qay tarzda chiqib ketish yo`llarini qidiradilar. Bu esa ularning darsga va yangi
mavzuga qiziqishning ortishiga, faollashuviga olib keladi. Bu metoddan foydalanilgan paytda har
bir talabaning bergan javobi inobatga olinadi. Asosiysi, har bir talabadan o`z javobini asoslashi
va himoya qilishi so`raladi. Dars samaradorligini oshirish maqsadida keying tavsiya etiladigan
metod bu “Pinboard” deb nomlanuvchi usuldir. “Pinboard” so`zi inglizchadan olingan bo`lib,
“pinmustahkamlash”, “board-doska” ma`nosini anglatadi. Bu o`qitish metodining asosiy mohiyati
va maqsadi shundan iboratki, unda talabalar ishtirokidagi munozara va o`quv suhbati amaliy usul
bilan bevosita bog`lanib ketadi.
Xulosa. Har bir o`quvchida muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati
shakllanadi. O`z fikrini ravon va erkin bayon eta olish qobiliyati paydo bo`ladi, mantiqiy fikr
yuritish ko`nikmalari rivojlanadi. Doskaga chiqqan paytda yoki ko`pchilik omma oldida o`z
shaxsiy va dunyoviy fikrlarini ko`rsata olish qobiliyati shakllanadi. Tengdoshini eshita olish,
fikrini inobatga olish, o`z fikrida qolish, boshqaning noto`g`ri javobini isbotlab berish kabi
ko`nikmalar paydo bo`ladi. Bugungi kunda ta`lim tizimiga ko`plab zamonaviy texnologiyalar va
metodlar kirib kelmoqda. Ammo, ulardan qay tarzda, qaysi paytda, qanday mavzuda foydalanish
bu o`rgatuvchining zukkoligi, izlanuvchanligiga, dars - mashg`ulotlarni ham qiziqarli, ham ilmiy
ma`lumotga boy tarzda tashkil etishiga bog`liq deb o`ylayman.
REFERENCES
1.
Yo`ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiyalar yo`nalishlari muammolari- Xalq ta`limi,
2.
1999-yil.
3.
Abdinazarov Sh. Ta`lim-tarbiyaning aktual masalalari, Qarshi, 1991-yil
4.
Zaripov F. Chet tillar o`qitish metodikasidan qo`llanma, Toshkent, 2002-yil.
5.
Hoshimov O`, Yokubov I. INgliz tili o`qitish metodikasi, Toshkent, 2003-yil
6.
Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI
VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 4. – С. 142-143.
7.
Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTETUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI
VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH. – 2023.
214
8.
Матжанов А. Ж. Транспортные проблемы Каракалпакстана в 1920-1930 годы
//Бюллетень науки и практики. – 2021. – Т. 7. – №. 6. – С. 509-517.
9.
Aman M. Traditional Transport among the Peoples of the Aral Region (1800-1873) //Res
Militaris. – 2023. – Т. 13. – №. 1. – С. 2985-2988.
10.
Matjanov A. SCIENTIFIC RESEARCH OF THE LIFESTYLE OF THE PEOPLE
EVACUATED IN KARAKALPAKSTAN //Modern Science and Research. – 2023. – Т.
2. – №. 10. – С. 771-775.
