IQTISODIYOTDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI YECHIMLAR

Annotasiya

Bu maqolada raqamli iqtisodiyot terminining ma’nosi va uning asosiy yo’nalishlari, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi dolzarb muammolarga yaratayotgan yechimlari va ularning ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduraxmonova , S. (2024). IQTISODIYOTDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI YECHIMLAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6), 220–223. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34862
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bu maqolada raqamli iqtisodiyot terminining ma’nosi va uning asosiy yo’nalishlari, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi dolzarb muammolarga yaratayotgan yechimlari va ularning ahamiyati haqida so’z yuritiladi.


background image


220

IQTISODIYOTDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI YECHIMLAR

Abduraxmonova Sevinch

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiti

Samarqand filiali Raqamli iqtisodiyot yo’nalishi 2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12199448

Annotatsiya.

Bu maqolada raqamli iqtisodiyot terminining ma’nosi va uning asosiy

yo’nalishlari, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi dolzarb muammolarga yaratayotgan

yechimlari va ularning ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

raqamli iqtisodiyot, biznes, big data, sun’iy intellekt, blokcheyn.

DIGITAL TECHNOLOGIES AND DIGITAL SOLUTIONS IN THE ECONOMY

Abstract.

This article talks about the meaning of the term digital economy and its main

directions, solutions created by digital technologies to current problems in the economy and their

importance.

Keywords:

digital economy, business, big data, artificial intelligence, blockchain.

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ЦИФРОВЫЕ РЕШЕНИЯ В ЭКОНОМИКЕ

Аннотация.

В данной статье говорится о значении термина цифровая экономика

и ее основных направлениях, решениях, создаваемых цифровыми технологиями,

актуальных проблем в экономике и их значении.

Ключевые слова:

цифровая экономика, бизнес, большие данные, искусственный

интеллект, блокчейн.

Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalar ishlab chiqarishning asosiy faktori bo’lib

xizmat qiladigan xo’jalik yuritish turi. Yildan-yilga rivojlanib borayotgan kompyuter bilimlari

raqamli iqtisodiyot terminining paydo bo’lishi va o’sishiga turtki bo’lmoqda. Insonlar qo’lidagi

smartphone, planshet, kompyuter kabi gadjetlar esa iqtisodiy muoammolarning raqamli

yechimlarini topishga ko’maklashmoqda.

Raqamli iqtisodiyot quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

Big Data

Sun’iy intellekt

Blokcheyn

Kvant informatikasi va kvant kompyuterlari

Robototexnika

Virtual yordamchi


background image


221

Ishlab chiqarish texnologiyalari va boshqalar.

Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda ko’pgina iqtisodiy muammolarning yechimiga

aylanishga allaqachon ulgurgan. Buni uning yo’nalishlariga bog’liq holda ko’rib chiqamiz:

Big Data ya’ni katta ma’lumotlar teminining paydo bo’lishi inson aqli qayta ishlashga va

analiz qilishga qodir bo’lmagan ma’lumotlarni tahrirlashga bo’lgan katta ehtiyoj yuzasidandir.

Hozirda esa Big Data rivoji bizneslar uchun muhim qurol. Chunki u qaror qabul qilishni

yaxshilaydi. Statistik ma’lumotlar ma’lumotlar bazasiga to’g’ri kiritilgan bo’lsa bas. Bu

ma’lumotlar biznes jarayonlarining zaif, oqsagan tomonlarini aniqlashda, xarajatlarni kamaytirish

va mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sun’iy intellekt sohasi jahon iqtisodiyotini o’zgartirmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

Olimlar sun’iy intellektning 2030-uilga kelib global YaIM ga qariyb 16trillion dollargacha

hissa qo’shishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Sun’iy intellektning ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvi avvalo prognoz

jarayonini takomillashtiradi. Tovar ishlab chiqarish jarayonini yaxshilaydi. Bu kabi afzalliklar

“Smart factory” atamasini yuzaga keltirdi.

Sun’iy intellekt kompyuterli ko’rish, virtual yordamchi, robotlashtirish va

avtomatlashtirish, mashinali o’qitish kabi funksiyalarga ega. Kompaniyalar bu funksiyalarning

kamida bittasiga ega bo’lish uchun ham ko’p harakat qilishadi. Sun’iy intellekt ham ishchilarni

almashtirishi, ham ularning malakasini oshirish orqali ularni to‘ldirishi mumkin: masalan,

Accenture iqtisodchilarining turli sohalardagi 1500 ta kompaniya ishini o‘rgangan tadqiqoti shuni

ko‘rsatdiki, mahsuldorlikning eng yuqori o‘sishi odamlar va mashinalar ishlaganda kuzatiladi.

Blokcheyn – markazlashmagan ma’lumotlar zanjiri. Blokcheyn texnologiya bloklardan

tashkil topadi. Har bir blok o’zining hamda o’zidan bitta oldingi blokning ma’lumotlarini saqlaydi.

Bu shuni anglatadiki ma’lumotlar maksimal darajada xavfsiz saqlanadi va uchunchi

tomonga ehtiyoj tug’dirmaydi. Biznes va sanoatda blokcheyn texnologiyasi yuzlab yangi

imkoniyatlar barpo etmoqda. Jumladan: Kriptovalyuta sohasida electron pullar almashinuvi

blokcheynga asoslangan. Bugungi kunda tranzaksiyalar ham blokchayn orqali amalga

oshirilmoqda. Bu esa to’lov komissiyalari vas hu kabi boshqa xarajatlarni kamaytiradi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida hattoki ovoz berish va referendum tizimi ham aynan

blokcheybbi qo’llamoqda.

Kvant informatikasi XX asrda yuzaga kelgan fan bo’lib, murakkab kvant tizimlari

dinamikasini tartibga soluvchi qonuniyatlarni o’rganadi. Kvant texnologiyalari butun sanoatni

o'zgartirish, insoniyat jamiyatini yaxshilash va dunyodagi eng qiyin muammolarni hal qilish


background image


222

imkoniyatiga ega. Ular, shuningdek, klassik kompyuterlar hal qila olmaydigan va hech qachon hal

qila olmaydigan muammolarga yechim topishlari mumkin. Jahon Iqtisodiy Forumining yangi

hisobotida barcha mamlakatlar va jamiyatlar uchun ochiq bo'lgan, mas'uliyat bilan o'stiriladigan

va iqtisodiy o'sish va ish o'rinlarini yaratishga yo'naltirilgan "kvant iqtisodiyoti"ni qurish asoslari

belgilangan. Kvant kompyuterlari bilan iqtisodchilar oddiy kompyuter uddalay olmaydigan

ma’lumotlar tahlilini olib borishda va bozorni o’rganib savdo strategiyasini ishlab chiqishda

qo’llaniladi. Kvant kompyuterlari bilan yoki kvant informatikasi bilan ish olib boradigan xodimlar

kvantlar deb atalayotgani ham kuzatilmoqda.

XXI asr… Biz katta bir inqilob ostonasida turibmiz. Avval fantaziya janridagi kinolar va

multfilmlarda uchraydigan robotlar endilikda real hayotda ham yaratilmoqda. Bugun inson

mehnati robotlar bilan almashtirilmoqda. Biz bugun robot offitsiantlardan tortib teleboshlovchi

robotlarni ham uchratishimiz mumkin.

Robototexnika va sun’iy intellekt, mashinali o’qitish kombinatsiyalari juda yuqori sifatli

mahsulot va xizmatlarni yaratish, logistika sohasini optimallashtirish kabi imkoniyatlarni

yaratmoqda.

Robotlar biznesda tobora ko'proq foydalanilmoqda. Ular odamlar bilan birga ishlaydi yoki

ularni butunlay almashtiradi. Masalan, Amazon.com Inc. (NASDAQ: AMZN) o'z omborlarida

inventarni saqlash va tovarlarni olish va qadoqlash uchun turli xil robotlardan foydalanadi. Tesla

Motors Inc. o'zining elektr avtomobili va akkumulyatori uchun robotlashtirilgan va

avtomatlashtirilgan yig'ish liniyalariga ega.

Robotlarning inson hayoti bilan moslashuvi “robonomika” deb ataladi.

Robonomikaning enga foydali tomoni uzoq muddatda odamlarni og'ir qo'l va takroriy

ishlardan ozod qilish orqali hayot sifatini yaxshilashdir. Odamlarning bo'sh vaqtlari keskin

ko'payadi, bu ularga ijodiy, dam olish, sayyohlik faoliyati bilan shug'ullanish, shuningdek, o'zini

o'zi anglash imkonini beradi. Bundan tashqari, ish bilan bog'liq stress kamayadi. Tibbiyotdagi

yutuqlar bilan birgalikda bu odamlar salomatligini yaxshilash va umr ko'rish davomiyligini

oshirishga olib keladi.

Xulosa.

Raqamli iqtisodiyot an’anaviy xo’jalik yuritishning tarmoqlarini o’zgartirib kelmoqda.

Hatto qishloq xo’jaligida ham innovatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda. Raqamli

platformalar mijozlar, ishchilar, ish beruvchilar orasidagi munosabatlarni raqamli ko’rinishda

yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar sanoat tarmoqlari va barcha tarmoqlar

mahsuldorligini kengaytirish masalalariga yechim topmoqda. Albatta raqamli texnologiyalarning


background image


223

afzalliklari talaygina, lekin kamchiliklari ham bor. Yuqorida ta’kidlab o’tganimdek robotlar va

boshqa ishlab chiqarish texnologiyalari inson mehnatiga talabni kamaytiradi ya’ni ishchi kuchiga

ehtiyoj pasayadi va ishsizlik yuzaga keladi. Ammo shu vas hu kabi boshqa kamchiliklar

minimallashtirilsa texnologiya taraqqiyoti jahon iqtisodiyotining potensial o’sishiga katta tutki

bo’la oladi.

REFERENCES

1.

https://cyberleninka.ru/article/n/tsifrovye-tehnologii-v-ekonomike-i-ih-razvitie/viewer

2.

https://www.investopedia.com/articles/markets-economy/091316/3-ways-robots-affect-

economy.asp

3.

“Raqamli iqtisodiyot” Abdullayev O, Fattohova A, Axmedov X.

4.

“Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar” o’quv qo’llanma Ravshan

Hamidovich Ayupov

Bibliografik manbalar

https://cyberleninka.ru/article/n/tsifrovye-tehnologii-v-ekonomike-i-ih-razvitie/viewer

https://www.investopedia.com/articles/markets-economy/091316/3-ways-robots-affect-economy.asp

“Raqamli iqtisodiyot” Abdullayev O, Fattohova A, Axmedov X.

“Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar” o’quv qo’llanma Ravshan Hamidovich Ayupov