ВАЛЕНТНОСТЬ КАК ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ

Аннотация

В данной статье представлена информация о влиянии прилагательных на валентность, понятие валентности и ее виды, а также на примерах освещена ее роль в нашей речи. Упоминается изучение слова в речи и его способности сочетаться с другими словами.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бегимқулова S. . (2024). ВАЛЕНТНОСТЬ КАК ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ. Современная наука и исследования, 3(6), 224–227. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34863
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена информация о влиянии прилагательных на валентность, понятие валентности и ее виды, а также на примерах освещена ее роль в нашей речи. Упоминается изучение слова в речи и его способности сочетаться с другими словами.


background image


224

SIFAT SO‘Z TURKUMIDA VALENTLIK

Begimqulova Sevara Faxriddinovna

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti.

https://doi.org10.5281/zenodo.12199676/

Anontatsiya

. Ushbu maqolada sifat so‘z turkumining valentlikka ta’siri, valentlik

tushunchasi va uning turlari haqida maʼlumotlar keltirilgan hamda uning nutqimizdagi oʻrni

misollar orqali yoritilgan. Soʻzning nutqda oʻrganilishi hamda uning boshqa soʻzlar bilan birika

olish qobiliyati aytib oʻtilgan.

Kalit soʻz:

valentlik, lugʻaviy valentlik, semantik valentlik, sintaktik valentlik, grammatik

shakl valentligi, soʻz tizmasi valentligi.

VALENCE AS AN ADJECTIVE

Abstract.

This article provides information about the effect of adjectives on valence, the

concept of valence and its types, and its role in our speech is highlighted through examples. The

study of the word in speech and its ability to combine with other words are mentioned.

Key words:

valence, lexical valence, semantic valence, syntactic valence, grammatical

form valence, word string valence.

ВАЛЕНТНОСТЬ КАК ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о влиянии прилагательных

на валентность, понятие валентности и ее виды, а также на примерах освещена ее роль

в нашей речи. Упоминается изучение слова в речи и его способности сочетаться с другими

словами.

Ключевые слова:

валентность, лексическая валентность, семантическая

валентность, синтаксическая валентность, валентность грамматической формы,

валентность словесного ряда.

Tilshunoslikda XX asrda lisoniy birlikning substansial ma’nosi bormi yoki yoʻqmi degan

savol oʻrtaga tashlandi. Jahon tilshunosligida birinchi boʻlib G.Paul asos soldi va substansial

dialektika maktabini ochdi. Oʻzbek tilshunosligida XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida Azim

Xojiyev, R.Rasulov va Eltazarovlar valentlik va substansial tilshunoslik yuzasidan tadqiqotlar olib

bordilar.

Valentlik atamasi dastlab kimyo fanidan kirib kelgan va uni kimyoviy atama sifatida

koʻramiz. Tilshunoslikdagi valentlik tushunchasining mohiyati ham kimyo fanidagidek. Valentlik

bu — lisoniy birliklarning birikish va biriktirish imkoniyatidir. Birikishi lozim boʻlgan leksemalar


background image


225

ma’no va grammatik jihatdan mos boʻlishi lozim. Bunga: it vovulladi, chumchuq sayradi, eshak

hangradi, odamlar kuldi, ot kishnadi, soʻzlar yozildi, shamol esdi kabi misollarni keltirish mumkin.

Bir leksemaning ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqda voqelanishi

sintaktik aloqa hisoblanadi. Masalan, bir elementni olaylik, uning valentligi ro‘yobga chiqmagan,

namoyon bo‘lishi uchun sharoit talab etiladi.Lisoniy birlik ham shunday birikish va biriktirish

imkoniyatiga ega. Valentlik ham insoniyat, jamiyat a’zolari ongida yashaydi. Masalan,

yoz

leksimasini olaylik, kishi ongida bir qancha bo‘sh o‘rniga ega holatda mavjud.

Yoz

leksimasi

nutqda voqelanib, bir qancha leksema bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu leksemani sifatlar bilan

kengaytiramiz;

chiroyli yoz, katta yoz, kichik yoz, mayda yoz, bejirim yoz, lotincha yoz, ruscha yoz

va hakoza.Ammo yuqorida aytganimday leksemalar hamma bir turdagi ma’no tashiydigan so‘zlar

bilan birikib ketolmaydi. Chiroyli yoz birikmasi o‘rniga

go‘zal yoz

deyolmaymiz yo

latofatli yoz

deyolmaymiz. Turli xil elementlar bir biriga mos bo‘lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birlik

ham ma’no va grammatik jihatdan muvofiq bo‘lmog‘i lozim.Boshqacha aytganda biriktiruvchi

leksema birikishi lozim bo‘lgan leksemani nafaqat ma’no jihatdan,balki bir grammatik shaklda

ham mos bo‘lishini talab etadi.Shunga ko‘ra valentlik lug‘aviy va sintaktik qatlamga ajraladi.

Lugʻaviy valentlik — ikki birikuvchi leksemaning ma’no jihatdan birikishi. Masalan, sifat

va otlarning birikuvida ko‘radigan bo‘lsak,

o‘ktam yigit,latofatli qiz

; biz

latofatli yigit

yoki

o‘ktam

qiz

deya olmaymiz.Yana misol qilib “Eshak qattiq hangradi”, “Qiz sokin kuyladi”ni olishimiz

mumkin. Xuddi shunday hangramoq so‘zi eshakka hos bo‘lganligi uchun “mayin, sokin’’ so‘zlari

bilan birika olmaydi. Bunday birikmalardan foydalansak juda qoʻpol gʻalizlik qilgan boʻlamiz.

Semantik valentlikni sodda qilib soʻz turkumlarining birika olish qobiliyati desak

mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, chiroyli qadam — sifat + ot, shahdam qadam bosmoq — ravish +

fe’l, koʻp daftar — ravish + ot, oʻqiydigan talaba — sifatdosh + ot, koʻplab bahonalar —

ravishdosh + ot.

Sintaktik valentlik — tobe hokimlik munosabatidagi izchil birikishdir. Bunga yana

sifatlardan misol qilib quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: Ko‘zining

qorasiga qaradi

boshqaruvli aloqa;

go‘zal qiz

— bitishuvli aloqa; Inson

yalqovining bahonasi

ko‘p— moslashuvli

aloqa.

Grammatik shakl valentligi. Leksemaga Grammatik shakl qo‘shilganda ularning

birikuvchilari orasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.Grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan

leksemaning ma’noviy va sintaktik valentligini yo kengaytiradi, yoki cheklaydi.Buni tushunish

uchun

bola

leksemasini grammatik shaklsiz va grammatik shakllangan holatida valentlik

imkoniyatini taqqoslash kifoya:


background image


226

Katta

bola

Kichik

Yig‘loqi

Yoqimtoy

Gapdon

O‘qimishli

A’lochi

Kichik

bolacha

Yig‘loqi

Yoqimtoy

Gapdon

Ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda

bola

leksemasining birikuv imkoniyati kichraytirish -

cha

qo‘shimchasi hisobiga toraygan.

Sifat so‘z turkumi sifatida tilshunoslikda leksik-semantik, morfologik, uslubiy, formal-

funksional jihatidan o‘rganilgan.Tarixga nazar solsak, dastlabki tekshirish olib borgan ko‘p

turkologlar turkiy tillar tizimida sifatlarning alohida so‘z turkumi ekanligiga shubha bilan

qaraganlar. Ular sifat va ot kategoriyalarini tashqi shakllariga asoslanib bir o‘ringa qo‘yib

tekshirgan [M.Sodiqova, 1974, 4]. Qozoq-qirg‘iz, turk-tatar tillari ustida ishlagan

P.M.Melioranskiy (1894) va M.A.Kazembek (1839) kabi tilshunos olimlar sifat kategoriyasini

alohida so‘z turkumi tarzida ajratib beradi va sifatning o‘ziga xos chog‘ishtirma daraja belgisi

borligini ta’kidlab o‘tishadi [M.Sodiqova, 1974, 4].

Hozirgi o‘zbek tilshunosligi fani asrimizning 20-yillarida vujudga kelgan bo‘lib, unga

Fitrat va uning zamondoshlari Elbek, Munavvar Qori, G‘ozi Olim, Qayum Ramazon kabi olimlar

tamal toshini qo‘ygan desak adashmagan bo‘lamiz. Tilimizda mavjud jamiki so‘zlar u mustaqil

so‘z bo‘ladimi, yordamchi so‘z bo‘ladimi, o‘zining butun ma’no xususiyatlari, tovlanishlari

boshqa bir so‘z bilan bog‘lanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Bu esa, albatta, valentlik, ya’ni

so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish va birikish imkoniyati orqali yuzaga chiqadi. Qaysidir so‘zlarning

bu imkoniyati keng,qaysilarida esa tor.

Valentlik to‘g‘risida tilshunoslikda o‘xshash va farqli qarashlar talaygina. Valentlik bu

sintaksis ichidagi jarayonlarning zamirida yotgan juda muhim bir tayanch yoki asosdir. Valentlik

so‘zga substansial yondashuvning natijasi sifatida so‘zning ichki imkoniyati, so‘zga xos muayyan


background image


227

semantik xususiyat sifatida baholanadi. Murakkab tushuncha ifodalovchinutq birliklaridan tortib,

fikr ifodalovchi nutq birliklarining yuzaga kelishi bevosita so‘z valentligi bilan bog‘liqdir. Ayni

vaqtda so‘zlarning nutqda birikib kelishi mutlaq hodisa emas, balki nisbiydir. Chunki so‘zlar

grammatik model taqazo etgan har qanday so‘zlarga emas, balki ulardan ba‘zilariga birikadi.

Demak, so‘zlarning o‘zaro birikish imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bu har bir so‘zning

ma‘no imkoniyati bilan o‘lchanadi.

Aniqrog’i, birikuvchi so‘z sememalarining semalar tarkibida shu sememalarni biriktirish

qobiliyatiga ega, har ikkala sememaga umumiy xos semantik komponentlar (klassemalar) bo‘lib,

semantik sintagma sememalari shu semalar orqali o‘zaro birikadi, mantiqiy munosabatga

kirishadi. Ko‘rinadiki, so‘zlar ba’zi so‘zlar bilan semantik birikib, sintaktik konstruksiyani hosil

qilsa, boshqa so‘zlar bilan faqat lisoniy fakt, nominativ birlik xarakteriga egaligi bilangina

umumiylikni hosil qiladi, ya’ni ular o‘zaro mantiqiy aloqaga kirishmaydi. Bunday munosabatga

kirishganda ham, bu faqat sun’iy, shaklan bo‘lib, obyektiv turlicha faktlar bilan tasdiqlanmaydi.

Qiyoslang: semiz xolodilnik, to‘rtburchak velosiped, odamni o‘qimoq kabilar.

Xulosa qilib aytganda tilshunoslikdagi valentlik tushunchasi mohiyati kimyo fanidagiga

oʻxshab birikish imkoniyatiga ega. Valentlik tushunchasi nutqimizni ravon va bejirim qilish uchun

muhim hisoblanadi. Soʻz birikmalarini toʻgʻri qoʻllay olmaslik nutqimizda sezilarli dagʻallikni

keltirib chiqaradi. So’zlayotganimizda soʻzlarimiz hamda gaplarimiz bir-biriga maʼno va shakl

jihatdan mos kelishi lozim.

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent. 2020.

2.

B.Mengliyev . Hozirgi ozbek tili. Toshkent. 2018.

3.

Cyberleninka.ru

4.

Ergasheva D.A. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy

manzarasi // Сўз санъати халқаро журнали. – Тошкент, 2020. №1, 2-jild. ISSN: 2181-

9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)

5.

Sayfullayeva va hammualliflar. “Hozirgi O’zbek tili” Toshkent-2023. “Tafakkur avlodi”

B.301-380

6.

Azamat O‘rolov “O‘zbek tili morfologiyasida nomutanosiblik”monografiya.Guliston-

2022 “Ziyo nashr-matbaa”XK B-63-94.

7.

Maqsuda odiqova “Hozirgi o‘zbek tilida sifat” Toshkent -1974. “Fan”

Библиографические ссылки

R.Sayfullayeva. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent. 2020.

B.Mengliyev . Hozirgi ozbek tili. Toshkent. 2018.

Cyberleninka.ru

Ergasheva D.A. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy manzarasi // Сўз санъати халқаро журнали. – Тошкент, 2020. №1, 2-jild. ISSN: 2181-9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)

Sayfullayeva va hammualliflar. “Hozirgi O’zbek tili” Toshkent-2023. “Tafakkur avlodi” B.301-380

Azamat O‘rolov “O‘zbek tili morfologiyasida nomutanosiblik”monografiya.Guliston-2022 “Ziyo nashr-matbaa”XK B-63-94.

Maqsuda odiqova “Hozirgi o‘zbek tilida sifat” Toshkent -1974. “Fan”