Authors

  • Xuriyat Xudoymurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34839

Abstract

Ushbu maqolada Bahodir Qobulning “Enashamol” qissasi haqidagi fikrlar tahlilga tortilgan. Bahodir Qobul asarlari oddiy, jo‘ngina o‘qilmaydi. Uni shunchaki ko‘z yugurtirib o‘qib ketish mumkin emas. Muallif asarlari o‘quvchidan fikrlash, mushohada qilishni talab qiladi. Chunki, yozuvchi ko‘nikilgan an'anaviy badiiy uslublardan chekingan holda yangicha nasriy badiiy ifoda topishga urinadi. Buning uddasidan chiqadi ham. Qissalarda tasvirlangan bola, Ena, Ota, Mardon, Opa obrazlaridan tashqari juhud suratkash kabi qator obrazlar ham biz uchun begona emas. Ular ham yaqin o‘tmishning parchalari, lahzalari kabi xotiramizga oson o‘rnashadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

826

“ENASHAMOL” QISSASIDA MILLIY RUH

Xudoymurodova Xuriyat Muxiddinovna

TerDU dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12176638

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Bahodir Qobulning “Enashamol” qissasi haqidagi fikrlar

tahlilga tortilgan. Bahodir Qobul asarlari oddiy, jo‘ngina o‘qilmaydi. Uni shunchaki ko‘z
yugurtirib o‘qib ketish mumkin emas. Muallif asarlari o‘quvchidan fikrlash, mushohada qilishni
talab qiladi. Chunki, yozuvchi ko‘nikilgan an'anaviy badiiy uslublardan chekingan holda yangicha
nasriy badiiy ifoda topishga urinadi. Buning uddasidan chiqadi ham. Qissalarda tasvirlangan
bola, Ena, Ota, Mardon, Opa obrazlaridan tashqari juhud suratkash kabi qator obrazlar ham biz
uchun begona emas. Ular ham yaqin o‘tmishning parchalari, lahzalari kabi xotiramizga oson
o‘rnashadi.

Kalit so’zlar:

Ona, ena, qissa, milliy adabiyot, Bahodir Qobul, an’ana.

THE NATIONAL SPIRIT IN THE STORY "ENASHAMOL".

Abstract.

This article analyzes Bahadur Qabul's thoughts on the story "Enashamol".

Bahadir Kabul's works are simple and cannot be read lightly. It is impossible to just read it with
a glance. The author's works require the reader to think and observe. Because the writer tries to
find a new prose artistic expression, withdrawing from the usual artistic styles. He can do it. In
addition to the images of children, mothers, fathers, husbands, and sisters depicted in stories, we
are also familiar with a number of images such as photographers. They are easily fixed in our
memory like fragments and moments of the recent past.

Key words:

Mother, mother, short story, national literature, Bahadir Kabul, tradition.

НАЦИОНАЛЬНЫЙ ДУХ В РАССКАЗЕ «ЕНАШАМОЛ».

Аннотация.

В данной статье анализируются мнения о рассказе Бахадира Кабула

«Энашамол». Произведения Бахадира Кабула просты, и их нельзя читать легкомысленно.
Невозможно просто прочитать это с первого взгляда. Произведения автора требуют от
читателя думать и наблюдать. Потому что писатель пытается найти новое
прозаическое художественное выражение, отходя от привычных художественных
стилей. Он может это сделать. Помимо изображений детей, матерей, отцов, мужей и
сестер, изображенных в рассказах, нам знаком также ряд изображений таких
фотографов. Они легко закрепляются в нашей памяти как фрагменты и моменты
недавнего прошлого.

Ключевые слова:

Мать, мать, рассказ, национальная литература, Бахадир Кабул,

традиция.

Bugungi adabiy jarayonda o‘ziga xos uslubi, o‘ziga xos zamonaviy milliy badiiy talqinlari

bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turuvchi adib Bahodir Qobuldir. Yozuvchi original uslubi,
badiiy mahorati bilan katta adabiyotshunoslar va ijodkorlar nazariga tushdi. Jumladan, akademik
Baxtiyor Nazarov u haqda shunday yozadi: "O‘zbek adabiyotiga so‘nggi yillarda bir qator
iste'dodli yozuvchilar kirib keldi. Bu avlod vakillari milliy adabiyotimizni yangi bosqichga
ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shishga jiddiy bel bog‘laganligi bilan ajralib turadi. Ana
shundaylardan biri, qator qissa, hikoyalari bilan adabiyot ixlosmandlari o‘rtasida o‘zining hurmatli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

827

o‘rnini egallab, eng asosiysi yangi ovoz bilan kirib kelgan, mubolag‘asiz aytamanki, zabardast
adib Bahodir Qobuldir"...

Ustoz juda to‘g‘ri e'tirof etganlaridek, Bahodir Qobul istiqlol davri o‘zbek adabiyotida

o‘zining hech kimnikiga o‘xshamagan qissalari va hikoyalari bilan katta hurmatga sazovor bo‘lgan
adiblarimizdan biri.

Bahodir Qobulning "Otachiroq" to‘plamiga kirgan qissalari (“Enashamol”, “Bog‘dagul”,

“Oqdala”, “Otachiroq”, “Otahayot”, “O‘spirinlik”, “Enayo‘l”) va hikoyalari (“Otamozor”,
“Enabuloq”, “Kunga matal kampirlar”, “Tanovar”) yozuvchi tug‘ilib o‘sgan qadim va ko‘hna
Samarqand, uning qishloqlari O‘smat, Turkqishloq, Oyqortog‘, Jarko‘chada yashovchi o‘zbeklar
hayotidan hikoya etadi. Ochig‘i, muallifning mazkur qissalarini o‘qib, yozuvchi "o‘zbek" degan
millatning, uning "o‘zbekona milliy qadriyatlari"ni, "o‘zbekona oddiy kundalik turmushi"ni,
"o‘zbekcha so‘zlashuv tili"ni bu qadar aniq-tiniq tasvirlagan.

Darhaqiqat, akademik Baxtiyor Nazarov ta'kidlaganidek, Bahodir Qobul asarlari xohlagan

bir xorijiy tillarga tarjima etilsa, “o‘zbek” degan xalq, millat qanday yashaydi, uning kundalik
turmushi qanday, kechmishi qanday, nimaga e'tiqod qiladi, milliy azaliy qadriyatlari, milliy
mentaliteti qanday kabi qator savollarga aniq-tiniq javob beradi.

Muallif asarlari sarlavhasida takror-takror ishlatilgan "Ota" va "Ena" so‘zlari ham

e'tiborimizni tortdi. "Enayo‘l", "Enashamol", "Otamozor", "Otahayot", "Otachiroq".

Yozuvchining bu so‘zlarga, sarlavhalarga takror-takror murojaatlari ham bejizga emas

albatta.

Yozuvchi "Ota" va "Ena" so‘zlari zamirida ona Vatanni, O‘zbek millati qo‘nim topgan

kichik makon, ammo badiiy madaniyati, kechmishi uzoq ming yilliklarga tutashgan buyuk xalqni
ko‘radi. Qissalar uslubining betakrorligi nazarimizda, birinchidan badiiy ifoda uslubida ko‘rinadi.

Bahodir Qobul nasrida keyingi paytda jahon adabiyotida tobora barcha janrlar tabiatiga

singishib, janrlar sinkretizmini vujudga keltirayotgan esse janriga xos qator badiiy kanonlarni
kuzatdik. Adib asarlari uslubida esse janri tabiatiga xos behad erkinlik, samimiylik, muallifning
shaxsiy fikrlar oqimi yetakchilik qiladi. Esse janrining erkin va samimiy uslubi Bahodir Qobul
asarlari tabiatiga o‘zgachalik, originallik baxsh etgan. Shuningdek, yozuvchining qissalari va
hikoyalari bir-birining davomidek, mantiqiylik kasb etgan. Deylik, yozuvchining ko‘p gap
biladigan, so‘zga chechan Enasi, Otasi, muallif obrazi (bola obrazi), Mardon tentak kabi obrazlar
u qissadan bu qissaga, yoki u hikoyadan bu hikoyaga ko‘chib yuradi.

"Enayo‘l" qissasi dastlab "Sharq yulduzi" jurnalida "Oy yo‘li" nomi bilan chop etilgan edi.
Umuman olganda, har ikki nom ham qissaga mos tushadi. Chunki, qissada ham "Yo‘l"

obrazi, ham "Oy" obrazi juda katta badiiy yuk olgan. Qissalar tilida folklor janrlariga xos nasriy
saj' elementlari, xalqona badiiy uslub (takroriy so‘zlar) ko‘zga tashlanadi. Misol uchun: "Xonlar
bilan uch oy qovun, uch oy sovun, uch oy qovoq, uch oy chavoq yeb oxirida peshqovuz
yeganlarning o‘zi bir mozorot" (nasriy saj'); "Oq guli oqdan oq", "sariq guli sariqdan sariq"; "Qora
tortib qaro soniga kirganniyam, qaro bosib qaro urganniyam ko‘chada yurishidan ma'lum"; "Bu
bosh necha bor omon-omon, necha bor ushla-ushla, necha bor qochdi-qochdini o‘tkazgan";
"Enaning xayolini ilg‘ab, xayolot ohangi, xayolot hangiga, hayolot nangiga, xayolot rangiga,
xayolot shahdiga, gap mazasi, so‘z tig‘ining tiliga quloq solib yotishdan ortig‘ini ko‘rmagan,
bilmagan, eshitmagan" (takroriy so‘zlar); "O‘g‘ri-to‘g‘ri, yosh-qari, katta-kichik, rais-dayus,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

828

urilgan-surilgan, ko‘r-cho‘loq, boy-quloq, xayol-xiyol, xonu xoin, tuyoqli-tuyoqsiz, shapkali-
shapkasiz, o‘txo‘r-sutxo‘r, oqsuyak-qorasuyak ekan demaydi" (juft antonim so‘zlar) va hokazo.

Qissalar bola obrazi tilidan hikoya etiladi. Xususan, "Enayo‘l" qissasida ham bola obrazi

roviy vazifasini bajaradi. Aslida bu bola obrazining hayotiy prototipi yozuvchining o‘zi. Bola katta
enasidan ko‘p ertaklar eshitgan. Bizningcha, Bahodir Qobul bolaligida enasi aytib bergan ertaklar,
dostonlar, maqollar ta'sirida ulg‘ayib-o‘sdi, bo‘lajak adibning badiiy olami shu tarzda shakllana
borgan. Shuning uchun uning badiiy uslubida xalqona ohang yetakchilik qiladi. Zero, mana bu
satrlarga e'tibor qarataylik: "Oq yo‘l Samarqandga Oydala oralab ketadi. O‘raydan o‘tib,
Taypoqsoyda taypanglab, Gulbuloqda qarsillab, Oqtepada gursillab katta kitoblarda yozilganidek,
har dashtining yuzidan jannat ko‘rinadigan va har dalasidan Eram bog‘i bilinadigan Samarqandga
jo‘naydi". Yozuvchi ulg‘ayib, ellikni qoralagan bo‘lsa ham, uning xayolida bolaligida eshitgan
ertak-dostonlar qahramoni doim u bilan birga yashaydi. Yozuvchi Bahodir Qobulning ichida uni
hamon tark etmagan musaffo, beg‘ubor bola hali ham yashaydi. O‘sha muallifni hamon tark
etmagan tuyg‘ulari musaffo osmondek toza bola yozuvchining ilhomiga ilhom, ijodiga ijod
qo‘shadi. Ikkinchidan, yozuvchiga so‘z sehrini suydirgan kishi, uning Enasi hisoblanadi. Shuning
uchun yozuvchi "Enayo‘l"da shunday yozadi: "Men esa enamning ertaklarini yaxshi ko‘raman.

Keragidan ortiq soddaligi uchun kulgiga qolgan "Lakipay va Jonipay"niyam, aytishlaridan

oldin yig‘lab olib, kamiga yana yig‘lab-yig‘lab aytadiganlari "Erdona Cho‘kki"niyam....

...Nasib bo‘lsa ertaklarni boshqa safar aytib berarman. U ertaklar juda uzun. Enam salkam

yuz yildan beri aytadilar. O‘zlariga o‘zlari ertak aytib o‘tiradilar. Ertaklarni qayta so‘rash mumkin.

Lekin xayollarga aralashish mumkin emas" .
Xalq ertaklari odatda, an'anaviy boshlama (Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan,

tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan...) va yakun (...murod-
maqsadlariga yetishibdi. Qirq kecha-kunduz to‘y-tamosha berishibdi...) bilan yakunlanadi. Xuddi
shu an'anani Bahodir Qobulning qissalarida kuzatish mumkin. Jumladan, "Enayo‘l" qissasining
har bir faslini quyidagicha yakun bilan tamomlaydi: "Bir narsani yo‘qotganday, nima yo‘qotganini
o‘ziyam bilmaydigan, yo‘qotganini qidirgan, jalanglagan Oy bo‘ladi. Qimirlagan qora tanishday
tuyulib orqasidan ergashadi. Javdiragan oy bo‘ladi. Oq yo‘ldan engan bilan teppa-teng parillab
jo‘naydi. Yursa yuradi, to‘xtasa to‘xtaydi... o‘rlagan bilan izma-iz izillab o‘rlaydi... Tabiiyki, bu
yakun xalq ertaklaridan aynan olinmaydi. Balki, yozuvchi xalqona an'anaviy yechimni yangilaydi,
zamonaviylashtiradi.

Qissa sarlavhalarga ajratilgan 16 fasldan tashkil topgan. Agar diqqat bilan qaraydigan

bo‘lsak: sarlavhalarda ham yozuvchi "Yo‘l" so‘ziga badiiy-g‘oyaviy yuk tashlaydi. Masalan,
sarlavhalarni xotirlaymiz: "Yo‘l ko‘rish", "Kimga qora jar, kimga keng ko‘cha", "Yo‘l-yo‘lakay",
"Nafaqa yo‘lida", "Tavba yo‘lining tashvishi", "Yo‘l boshida dovul urgan dovul", "Yana yo‘ldosh
bo‘lamizmi, jo‘ra", "Yo‘l qaragan mustarlar", "Yo‘l to‘la mezon qo‘shig‘i", "Oy yo‘li", "Yo‘lning
ko‘zi hamisha ochiq", "Yo‘l sarson, yigit sarson", "Ko‘z ochiq – yo‘l ochiq", "Enayo‘l", "Enayo‘l
tushlari", "Jar hamisha uyg‘oq". Ikki sarlavhadagi "jar" va "ko‘cha" so‘zlari ham bevosita "Yo‘l"
degan so‘z bilan tutashadi. Demak, qissada "Yo‘l" so‘zi muhim markaziy fokus vazifasini bajaradi.

Nazarimizda, qissa fasllarining yakunida takror berilayotgan satrlarda aks etgan "Oy" va

"Yo‘l" ramziy obrazlari o‘z-o‘zidan bir-birini badiiy mantiqiy jihatdan to‘ldirib, emotsional,
xalqona, ramziy modern obrazli metaforik obrazlilikka aylanadi. Bizningcha, jalanglagan,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

829

ergashgan, javdiragan, engan, parillab jo‘nagan, yursa yurib, to‘xtasa to‘xtab, o‘rlagan, izma-iz
izillab o‘rlagan Oy badiiy tasvirlari naqadar xalq ijodi bilan tutashib ketgan bo‘lsa, ikkinchidan
yozuvchining bugungi o‘zbek qissachiligiga olib kirgan yangi ijodiy uslubi sifatida baholanishi
kerak. Qolaversa, Bahodir Qobulning ertaklar olamida yashaydigan va yashayotgan bola qalbi
mana shunday chiroyli badiiy yechimni topishga turtki bo‘lgan.

REFERENCES

1.

Pardayeva Z. Badiiiy-estetik tafakkur rivoji va o‘zbek romanchiligi. Toshkent, «Yangi asr
avlodi, 2002 yil.

2.

Normatov U. Qurbonov D. Romaning yangi umri. Jahon adabiyoti, 2001 yil, 9-son.

3.

Bahodir Qobul “Enashamol”-2008. Termiz-Shahrisabz-Qarshi

References

Pardayeva Z. Badiiiy-estetik tafakkur rivoji va o‘zbek romanchiligi. Toshkent, «Yangi asr avlodi, 2002 yil.

Normatov U. Qurbonov D. Romaning yangi umri. Jahon adabiyoti, 2001 yil, 9-son.

Bahodir Qobul “Enashamol”-2008. Termiz-Shahrisabz-Qarshi