ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
854
TA’LIM MENEJMENTI. TA’LIMNI BOSHQARISH USULLARI VA QARORLARI
Shadiyev Alisher Xudoynazarovich
Osiyo xalqaro universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12510653
Annotatsiya.
Hozirda respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim borasida
ham katta islohotlarni amalga oshirilmoqda. Maqolada ta’limni boshqarishning zamonaviy
usullari, boshqaruv funksiyalari va shakllari xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
Ta‘lim, menejment, ta‘lim menejmenti boshqaruv qarorlari, rahbarlik,
uzluksiz ta‘lim, ta‘lim turlari.
EDUCATIONAL MANAGEMENT. EDUCATIONAL MANAGEMENT METHODS AND
DECISIONS
Abstract.
Currently, major reforms are being implemented in education, as in all areas of
our republic. The article describes modern methods of education management, management
functions and forms based on foreign and local research.
Key words
: Education, management, educational management management decisions,
leadership, continuous education, types of education.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ МЕНЕДЖМЕНТ. МЕТОДЫ И РЕШЕНИЯ УПРАВЛЕНИЯ
ОБРАЗОВАНИЕМ
Аннотация.
В настоящий момент в сфере образования, как и во всех сферах нашей
республики, проводятся масштабные реформы. В статье описаны современные методы
управления образованием, функции и формы управления на основе зарубежных и
отечественных исследований.
Ключевые слова:
Образование, менеджмент, образовательные управленческие
управленческие решения, лидерство, непрерывное образование, виды образования.
KIRISH
Ta‘lim mamlakat iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyotining poydevori bo‘lgani uchun har
doim diqqat markazida boIjtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishda yangi tamoyillarga
asoslanish, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning
o’zgarishi ishsizlik, moddiy yеtishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketish
muammolarni ham yеchimini topishga qaratilgan chora va tadbirlarni ishlab chiqishga asos
bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda, bolalar, so’ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga
muhtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolari bilan bog’liq bo’lgan
pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi
mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo’ldi.
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy еtukligi, intellektual salohiyati esa
ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit
darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari,
axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. Ta’lim va tarbiya har qanday
jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatining ko‘rsatkichi va taraqqiyotining asosidir. U
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
855
ijtimoiy tajriba, ma’naviy-axloqiy va madaniy an’analarning birligini va vorisiyligini hamda
jamiyat rivojini ta’minlaydi. Ushbu dastur ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy tizimi va
uni boshqarishning asosiy tamoyillari, xususiyatlari Maktabgacha ta’lim tomonidan maktabgacha
ta’limni boshqarishning maqsadi, vazifalari, maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning
vazifasi, boshqarish usullari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari shuningdek, turli tipdagi
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning prinsiplari va unga ilmiy-nazariy
yondashuviga еtibor qaratiladi.
Shu nuqtai nazardan оliy tа’lim muаssаsаlаri rаhbаrlаridа mеdiаkоmpеtеntlikni
rivоjlаntirish masalasini nazariy asoslarini o’rganib amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarblik kasb
etadi.
Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar tashlasak qadim
tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida rivojlana boshladi.
“Management“ inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik
qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki
bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson
hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Amerika Qo’shma
Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablari evolyutsiyasi boshlangan qulay
sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning
mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning
yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan -
etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga
bo’lgan munosabatini o’zgartirishi mumkinligini isbotladi.
Menejer turli sohalar bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi va amalda tasdiqlangan usullarni
qo’llashi kerak. Maktab yirik sanoat ishlab chiqarishida hamma joyda paydo bo’ladigan bir qator
muhim boshqaruv muammolarini hal qildi. Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan
ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv
ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu
farqlar quyidagicha: Birinchi farq - bu bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lib, ma’muriy
buyruqbozlik xo’jalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir.
Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, ya’ni taraqqiy topgan davlatlarda
menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi.
Uchinchi farq - menejmentni sotsialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi to’rtta tavsifni
birlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni “menejment - bu samarali boshqaruv fani va san’ati”dir
deyish mumkin. Bunday boshqaruv bu kabi mehnat bilan shug’ullanuvchilarning yuqori malakasi,
ya’ni menejerlar hisobiga, ularning bilimdonligi, faol ijodiy ishi, tashabbuskorligi, fikr
yuritishining egiluvchanligi, taktik va strategik masalalarni echishdagi qobiliyati, odamlar bilan
bevosita ishlay olishi hisobiga amalga oshadi. Oksford izohli lug’atida menejment tavsifi quyidagi
oddiy so’z bilan ifodalangan. Unda “Menejment - bu ma’muriy ishni bajarishdagi alohida qobiliyat
va bilimdonlikdir”, - deyilgan.
Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qo’yiladigan turli talablarni, ya’ni ish usuliga,
ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar harakatini birgalikdagi faoliyatda to’g’ri yo’naltirish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
856
san’ati va fanga qo’yiladigan talablarni qattiq ma’muriy talabsiz belgilangan maqsadning
bajarilishini o’zida aks ettiradi.
Yuqoridagi sifatlarga qo’shimcha qilib, hozirgi zamon menejmenti taraqqiy topgan
davlatlardagi 2 ta tavsifini ham keltirish o’rinlidir:
1-Menejerlik korpusining faoliyatini iste’molchi talabiga mos keladigan yuqori sifatli
mahsulot olishga yo’naltirilganligi (menejmentda marketing yondashuvi).
2-Menejer ishini tashkilot jamoa a’zolarining faravonligini oshirishga yo’naltirilganligi
(boshqaruv faoliyatini insonparvarligi).
Pirovard natijada “Menejment” termini yana bitta, aniqrog’i ikkita keng tarqalgan ma’noga
ega. U ko’proq to’plash ma’nosida, barcha tashkilot menejerlar jamoasini yoki oliy menejerlar
korpusini belgilashda ishlatiladi. Bu kabi ma’nolarda “Menejer” so’zi odatda 2 xil faoliyatni:
boshqaruvchilar (menejerlar) va ishlab chiqaruvchilar (ishchilar) orasida ma’lum qarama-qarshilik
ko’zda tutilganda qo’llaniladi.
Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning
ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va
xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa,
xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va muassasalarining amal qilishi bilan bog‘liq.
Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor
samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning,
boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va
kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan
jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan
boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida
dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning
dalilidir.
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro
munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini
bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan
siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol
1997 yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi.
Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika
taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi.
Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham
ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan,
boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol
boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar
va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan bog’liqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning
muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan
boshqaruv sub’ektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi.
Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar
boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
857
Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining
o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining
jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar.
Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik
darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik
vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va
boshqalar) hal qilinsa, ta’lim muassasasi darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini
amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi.
Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha
bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini
kuchaytiradi.
Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi
funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha
mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni
yaqqol namoyish etadi.
Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi
tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga
ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish
tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq
maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik
(pog‘onalilik).
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan
belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar
aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji
boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi,
xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi.
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu
maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda
maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina
emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish
ham kerak bo‘ladi.
Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib,
harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini
normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini
muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman
dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu
tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib
keladi[11].
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
858
Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv ob’ektini bilishini, hech bo‘lmaganda,
qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini qabul qilishga qodirligini
anglatadi.
Bilimdonlik tamoyili mehnatning funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan
bog‘liq.
Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan
intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim
vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va boshqa direktiv hujjatlarning shubhasiz
bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi.
REFERENCES
1.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF UZBEK PEDAGOGY IN DEVELOPING THE
SPIRITUALITY OF FUTURE TEACHERS. Modern Science and Research, 3(5), 386-
392.
2.
Alimova, S. (2024). THE MAJOR FACTORS INFLUENCING ON CAREER
DEVELOPMENT AND ON ADVANCE OF A CAREER LADDER. Modern Science and
Research, 3(5), 417-425.
3.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE
PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 385-390.
4.
Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712-717.
5.
Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.
6.
Shadiyev, A. K. (2023). FUNCTIONS, METHODS, MANAGEMENT DECISIONS AND
SOCIAL FACTORS OF EDUCATIONAL MANAGEMENT. American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 87-93.
7.
Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.
8.
Shadiyev, A. (2022). O ‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING
INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),
13(13).
9.
Davronov, I. O., & Shadiyev, A. K. (2020). The cost-effectiveness of improving the quality
of hotel services. Academy, (4), 40-42.
10.
Khalilov, B. B. (2024). ROLE OF INTERNAL AUDITING IN INTERNATIONAL
COMPANIES. Gospodarka i Innowacje., 47, 413-419.
11.
Bahromjon, X., & Nargiza, N. (2023). THE PROCEDURE FOR DRAWING UP
FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF
INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS. Modern Science and
Research, 2(10), 805-811.
12.
Bahodirovich, K. B. (2024). RISK-BASED FINANCIAL INSTRUMENTS: THEORIES
AND CONCEPTS. Gospodarka i Innowacje., 46, 373-378.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
859
13.
Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 47, 134-
139.
14.
Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.
15.
Бобоев, А. Ч., & Базарова, М. С. (2019). Хорижий инвестицияларнинг
жозибадорлигини ошириш. Интернаука, (22-3), 88-90.
16.
Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.
17.
Bazarova, M. S., & Shahboz, K. (2022). Ways to increase the efficiency of available tourist
facilities in Uzbekistan. Scientific approach to the modern education system, 1(10), 16-18.
18.
Bazarova, M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN
THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1),
563-567.
19.
Жумаева, З. К. (2023). ПУТИ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ
РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА. Gospodarka i Innowacje., 42, 530-533.
20.
Jumayeva, Z. (2024). DEVELOPMENT OF CREATIVE INDUSTRIES AS A FACTOR
OF GROWTH OF NATIONAL ECONOMY: REVIEW OF FOREIGN EXPERIENCE
AND PROSPECTS FOR THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and
Research, 3(2), 241-246.
21.
Jumayeva, Z. Q. (2017). THEORIES OF ENSURE STABILITY IN LABOUR
MARKETS OF DEVELOPED COUNTRIES. Инновационное развитие, (4), 64-66.
22.
Nafisa, R. (2024). Organization of Management in Small Business and Private
Entrepreneurship. Miasto Przyszłości, 48, 503-509.
23.
Junaydulloevich, A. A., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. Business and Product
Delivery in the Context of Covid-19. JournalNX, 1305-1307.
24.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм"
международный научно-инновационной журнал, 6(14).
25.
Таирова, М. М., Аминова, Н. Б., & Рахманкулова, Н. О. (2020). Стратегия развития
управления цепями поставок в обрабатывающей промышленности. International
scientific review, (LXXI), 56-58.
26.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARINING O ‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.
27.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
28.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ZAMONAVIY MENEJMENT VA UNING USULLARINI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY YONDASHUVLARI.
29.
Ibodulloyevich,
I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI
FAOLIYATLARINING
SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING
TASHKILIY
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 46, 608-615.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
860
30.
Ikromov, E. (2024). A METHODICAL APPROACH TO EVALUATING THE
EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES. Modern Science and Research, 3(5), 180-
188.
31.
Ikromov, E. (2024). THE IMPORTANCE OF ETHICS AND CULTURE IN THE
INTRODUCTION OF MODERN METHODS OF MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 3(5), 171-179.
32.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). MENEJMENTNING ZAMONAVIY USLUBLARINI
JORIY ETISHDA ETIKA VA MADANIYATNING AHAMIYATI.
33.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUV.
34.
Zamira, J. (2024). ENSURING ECONOMIC SECURITY IN THE BANKING SECTOR.
Gospodarka i Innowacje., 47, 343-348.
35.
Jumayeva, Z. (2024). IQTISODIYOT RIVOJIDA INNOVATSIYANING AHAMIYATI.
Modern Science and Research, 3(5), 504-511.
36.
Jumayeva, Z. (2024). MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
ORQALI
MILLIY
IQTISODIYOT
BARQARORLIGINI
TAʼMINLASHNING
USTUVOR YO ‘NALISHLARI. Modern Science and Research, 3(5), 512-518.
37.
Bustonovna, D. Z. (2024). CREATIVE THINKING AND ITS APPLICATION IN
ECONOMICS.[Data set]. Zenodo.
38.
To’rayevna, S. N. (2024). KORXONANING MOLIYAVIY BAQARORLIGI:
OMILLARI VA KO ‘RSATKICHALARI. Gospodarka i Innowacje., 47, 140-146.
39.
To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN
FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42, 399-
408.
40.
To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI
MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-
394.
41.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559-568.
42.
Sodiqova, N. (2024). TECHNOLOGY DISCOURSE AND THE POLITICAL
ECONOMY OF NEW MEDIA. Modern Science and Research, 3(2), 376-384.
43.
Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON
TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.
44.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI
RAQAMLASHTIRISH
STRATEGIYASI.
45.
Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH. Modern Science and
Research, 3(5), 306-312.
46.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI–MA’MURIY
HUQUQ OBYEKTI SIFATIDA. Gospodarka i Innowacje., 47, 371-377.
47.
Hakimovich, T. M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
861
48.
Toshov, M. (2024). MODERN MANAGEMENT AND DIGITALIZATION. Modern
Science and Research, 3(5), 728-734.
49.
Hakimovich, T. M. (2024). THE SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS
AS A TOOL IMPROVEMENTS MANAGEMENT OF THE ORGANIZATION.
Gospodarka i Innowacje., 47, 353-358.
50.
Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research,
2(12), 470-476.
51.
Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern
Science and Research, 2(12), 499-505.
52.
Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE)
BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477-482.
53.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion faoliyatning ahamiyati.
54.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini tavsiflovchi
omillar. Gospodarka i Innowacje., 46, 620-627.
55.
Mahmudovna, G. G. (2024). Competitive strategies, the importance of using innovation in
their implementation. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya jurnali| journal of economy
and modern technology, 3(5), 8-14.
56.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Raqobat strategiyalari, ularni amalga oshirishda
innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya
jurnali| journal of economy and modern technology, 3(5), 15-21.
