Authors

  • Miyasar Maxmudova
  • Odilbek Omonov
  • Otabek Xamadullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34951

Abstract

Respublikamizda sholi o’simligini o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini chuqur o‘rganish, sholi o‘simligining bo‘yini o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va hosil yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun alohida belgilangan ilg‘or agrotexnik tadbirlar qo‘llab yetishtiriladigan hosilning salmog‘ini oshirish haqida, sholi navlarini mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhitga ta’siri, tuproq va iqlim sharoitini hisobga olgan holda sholining hosil yig‘ishida qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarni chuqur tahlil qilinganligi ushbu maqolada keltirib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

891

O‘DK:634.31.

SHOLINING O‘SIMLIGINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA MINERAL

O‘G‘ITLARNI SAMARADORLIGI

Maxmudova Miyasar Anvarovna

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti.

Omonov Odilbek Sunnatillo o'gli

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

Xamadullayev Otabek Oybek o’g’li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12526445

Annotatsiya.

Pespublikamizda sholi o’simligini o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini

chuqur o‘rganish, sholi o‘simligining bo‘yini o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va hosil
yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun alohida belgilangan ilg‘or agrotexnik tadbirlar qo‘llab
yetishtiriladigan hosilning salmog‘ini oshirish haqida, sholi navlarini mineral va organik
o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhitga ta’siri, tuproq va iqlim
sharoitini hisobga olgan holda sholining hosil yig‘ishida qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarni
chuqur tahlil qilinganligi ushbu maqolada keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘g‘itlar, sholi, azotli fosforli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar, mineral

oziqlantirish, nav, biologik xususiyat, agrotexnik tadbirlar.

EFFECTIVENESS OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GROWTH AND

DEVELOPMENT OF RICE PLANTS

Abstract.

In-depth study of rice plant growth and development characteristics in our

country, rice plant height growth, development, dry mass accumulation and harvest management,
individually defined advanced for each variety about increasing the weight of the cultivated crop
with the help of agrotechnical measures, the demand of rice varieties for mineral and organic
fertilizers, the biological characteristics of the varieties, the impact on the environment, and the
harvesting of rice taking into account the soil and climatic conditions In-depth analysis of the
applied agrotechnical measures is mentioned in this article.

Keywords:

fertilizers, rice, nitrogen-phosphorus fertilizers, potassium fertilizers, mineral

nutrition, variety, biological characteristics, agrotechnical measures.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ И

РАЗВИТИЕ РАСТЕНИЙ РИСА

Aннотация.

Углубленное изучение особенностей роста и развития растений риса

в нашей стране, роста высоты, развития растений риса, накопления сухой массы и
организации сбора урожая, индивидуально определенных для каждого сорта расширенных
возможностей увеличения массы выращиваемого урожая с помощью агротехнических
мероприятий, потребность сортов риса в минеральных и органических удобрениях,
биологические особенности сортов, воздействие на окружающую среду и уборка риса с
учетом почвенно-климатических условий. В данной статье упомянут углубленный анализ
применяемых агротехнических мероприятий. статья.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

892

Ключевое слово:

удобрения, рис, азотно-фосфорные удобрения, калийные

удобрения, минеральное питание, сорт, биологические характеристики, агротехнические
мероприятия.

Kirish.

Mineral o‘g‘itlar miqdorining sholini o‘suv davriga tasiri navning issiqlik va

namlik bilan ta’minlanganligi, mahalliy sharoitga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lib, oxir oqibat
navning maksimal yoki minimal darajada hosil berishini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan
hisoblanadi.

Sholining o‘suv davri navning tez, o‘rta yoki kechpisharligini belgilaydigan asosiy

ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, bu ayniqsa mineral o‘g‘itlar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur tajribalarni olib borgan yillarda o‘rganilayotgan ikki navda ham barcha

variantlarda bir xil agrotexnik tadbirlar qo‘llashimizga qaramasdan o‘suv davri davomida sezilarli
farqlar ko‘zga tashlandi.

Sholining o‘suv fazalariga oziqlantirish miqdorining ta’siri

1 jadvalda keltirilgan.

Azotli o‘g‘it miqdorini oshib borishi tuplash fazasini kechikishiga olib keldi. Masalan,

2019 yil ma’lumotlari bo‘yicha kechpishar «Mustaqillik» navida nazorat variantiga nisbatan 60 kg
N berilgan 3 variantda 3 kunga, N 90 kg/ga berilganda (var. № 4) 5 kunga, N 120-150 kg/ga
berilganda 6-8 kunga kechikdi. Ushbu qonuniyat tajriba o‘tkazilgan barcha yillarda qaytarilib yil
ob-havosini kelishiga qarab bir yilda nazoratga nisbatan o‘rtacha 6-8 kunni 2018 yilda esa 7-9
kunni tashkil etdi. Kechpishar «Mustaqillik» navida oziqlantirsh me’yorini oshirilishi tuplash
fazasini sezilarli darajada ortishiga olib keldi. 60 kg/ga azot berilganda o‘rtacha uch yillikda 1-7,
90 kg/ga. da 2-9, 120 kg/ga. da 3-10 kunga, 150 kg/ga qo‘llanilganda 3-10 kunga uzayishi
kuzatildi. Ushbu holat ro‘vaklash fazasini boshlanishi va tugallanishida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

1-jadval

Sholining o‘suv fazalariga azotli oziqlantirish miqdorini ta’siri

Variantlar

Tuplas

h

Ro‘vaklash

Pishish

Amal

davri

boshlanishi

yakuni

boshlanis

hi

To‘liq

2021 yil

1.

Nazorat

17 VII

13 VIII

21 VIII

20 IX

13 X

116

2.

R

120

K

150

17 VII

12 VIII

19 VIII

21 IX

13 X

116

3.

N

60

R

20

K

150

18 VII

12 VIII

20VIII

23 IX

18 X

120

4.

N

90

R

120

K

150

19 VII

14 VIII

24 VIII

25 IX

20 X

121

5.

N

120

R

120

K

150

20 VII

15 VIII

25 VIII

27 IX

23 X

123

6.

N

150

R

120

K

150

20 VII

16 VIII

27 VIII

3 X

25 X

126

2022 yil

1.

Nazorat

16 VII

11 VIII

19 VIII

20 IX

13 X

117

2.

R

120

K

150

16 VII

12 VIII

20 VIII

21 IX

13 X

117

3.

N

60

R

20

K

150

18 VII

12 VIII

20 VIII

23 IX

18 X

120


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

893

4.

N

90

R

120

K

150

19 VII

14 VIII

24 VIII

25 IX

20 X

121

5.

N

120

R

120

K

150

20 VII

15 VIII

25 VIII

27 IX

23 X

123

6.

N

150

R

120

K

150

20 VII

16 VIII

27 VIII

3 X

25 X

126

Mazkur holat sholining pishishini boshlanishi hamda to‘liq pishish davrida ham kuzatildi.
Pishishni boshlanishi nazorat variantiga nisbatan N 60 kg/ga azot o‘g‘iti berilganda

«Mustaqillik» navida o‘rtacha 3 kunga, N 90 kg/ga berilganda 5-7 kunga, N 120 kg/ga.da 7-8
kunga, N 150 kg/ga.da 11-13 kunga kech boshlandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, azotli o‘g‘it me’yorini ortib borishi sholini to‘liq pishib

yetilishini kechikishiga olib keldi. Nazorat variantiga nisbatan N 120-150 kg/ga qo‘llanilganda
pishib yetilish «Mustaqillik» navida o‘rtacha 10-15 kunga cho‘zildi. Demak, yuqori me’yorda
azotli o‘g‘it qo‘llanishi navning biologik xususiyatidan tashqari navning kech yetilib pishishiga
sabab bo‘ldi.

O‘suv davrining uzayishi asosan o‘g‘itlar miqdorini oshishi tufayli nazorat variantiga

nisbatan tuplanish koeffitsientini ortishi yon hosil shoxlarini ko‘p hosil bo‘lishi, hosil elementlarini
keskin ortishi va ularni asosiy poyadan keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga keldi.

Ko‘chat usuli bilan sholi yetishtirishda «Mustaqillik» navida mineral o‘g‘itlarning

variantlar bo‘yicha oshib borishi o‘suv davrining nazorat variantiga nisbatan 15 kungacha
uzayishiga olib keldi.

O‘rganilayotgan variantlarga bir xil miqdorda o‘g‘it berilishiga qaramasdan navlarning

o‘suv davridagi farq «Mustaqillik» navida o‘rtacha uch yilda nazorat variantida 117 kunni N 120-
150 kg/ga qo‘llanilganda 124-127 kunni tashkil etdi.

Tajribalarda o‘rganilayotgan navning azot o‘g‘iti miqdorini oshib borishini sholi

o‘simliklarining yotib qolishiga ta’siri ham bevosita o‘rganildi. «Mustaqillik» navi ko‘chat usulida
takroriy ekin sifatida ekilganda azot o‘g‘iti 150 kilogramm miqdorda berilganda yotib qolish
darajasi 15-20%ni tashkil etdi. Lekin, optimal me’yor hisoblangan «Mustaqillik» navida N 120
kg/ga qo‘llanilganda o‘simliklarni yotib qolish holati kuzatilmadi.

O‘suv davrlarida o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga tasir qiladigan asosiy omillardan

biri mineral o‘g‘itlarning miqdori hisoblanib, bu ko‘rsatkich sholini o‘sishi va rivojlanishiga, sifat
va miqdor ko‘rsatkichlari va yer ustki qismining quruq massa to‘plashiga turlicha ta’sir qildi.

O‘simliklarning o‘suv davri davomida to‘planib borayotgan asosiy ko‘rsatkichlarga

sholining tuplanish koeffitsienti, o‘suv fazalaridagi o‘simlik bo‘yi, bo‘g‘im oralig‘ini o‘sish
tezligidagi farq, o‘suv davridagi yer ustki qismi massasini oshib borishi kiradi.

Yuqori hosil yetishtirishga ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri ko‘chat qalinligi bo‘lib,

bu asosan ekilgan urug‘ning miqdori, uni sifatiga va dala unuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi.

Ko‘chat usuli bilan sholi yetishtirish agrotexnikasida ham ushbu qonuniyat saqlanib qoldi,

ammo bu usulda sholi yetishtirishda hosildorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, ko‘chatning
tuplanish darajasi hisoblanib, uni koeffitsienti qancha yuqori bo‘lsa, hosildorlik shunga mos
ravishda yuqori bo‘lishi namoyon bo‘ldi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida sholi urug‘ining dala unuvchanligi boshqa g‘alla

ekinlarining dala unuvchanligiga nisbatan pastligi ma’lum. Ammo, sholining boshqa g‘alla donli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

894

ekinlaridan alohida ajralib turadigan hislati bu ko‘chat soni kam bo‘lishiga qaramasdan tuplanish
darajasini yuqoriligidir. Lekin, bu xususiyat to‘g‘ridan - to‘g‘ri tuproqning unumdorligiga,
navning biologik tavsifiga va mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liqligi kuzatildi.

Ma’lumki, maydon birligidagi poyalar soni sholi o‘simligi bo‘yining o‘sishiga va

hosildorlikka ma’lum darajada ta’sir qiladi.

Bizning tajribamizda sholi ko‘chati dalaga o‘tkazilgandan 20 kundan so‘ng va o‘rimdan

oldin ko‘chatlar va poyalar soni hisoblab chiqilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ekilgan
ko‘chatning o‘rimgacha saqlanishi, hosildor poyalar soni, bevosita o‘rganilayotgan navlarning
biologik xususiyatiga va berilayotgan mineral o‘g‘itlarning miqdoriga bevosita bog‘liqligi
kuzatildi.

Olib borilgan izlanishlardan malum bo‘ldiki, mineral o‘g‘itlar miqdorini oshib borishi 1 m

2

kvadratdagi ko‘chat soniga, hamda ko‘chatning o‘rimgacha 10 % gacha kamayishiga olib keldi.

Ammo, tuplanish darajasi hamda hosildor poyalar sonini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Sholining hosildorligi maydondagi ko‘chatning soni bilan emas, balki shu maydondagi

ko‘chatda hosil bo‘lgan mahsuldor poyalar soni bilan belgilanadi. Shuning uchun xam g‘alla don
o‘simliklar orasida sholining tuplash darajasining yuqoriligi sababli maydondagi hosildor poyalar
hisobidan kerakli, rejalashtirilgan hosil yetishtirishni boshqarish imkoniyati mavjud.

Ma’lumki, sholini urug‘idan hamda ko‘chat usulida ekilganda ham, hosildor poyalar soni

o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, hosildorligiga ta’sir qiladigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Navlarning tuplash darajasiga va hosildor poyalar soniga mineral o‘g‘itlar miqdorining

ta’siri turlicha bo‘lishi qayd etilib, «Mustaqillik» navining nazorat variantida 1 m

2

maydonda

hosildor poyalar soni o‘rtacha 160, faqat fosfor, kaliy 100% berilgan variantda 176, azot, fosfor,
kaliy berilgan variantda 183, N

120

, R

120

, K

150

berilgan variantda 243 donani tashkil qildi. Bu

nazorat variantiga nisbatan 1 m

2

da 83 dona, yoki bir gektar maydon hisobiga 830 ming dona

hosildor poya ko‘p demakdir.

Tajriba maydonida ko‘chat usulida sholi yetishtirishda ikki navga ham bir xil agrotexnika

qo‘llanishiga qaramasdan, «Mustaqillik» navida bir kvadrat metr maydonda variantlar bo‘yicha
32-49 dona hosildor poyalar ko‘p shakllandi. Taxlillarimizni ko‘rsatishicha, bu faqat navning
biologik xususiyatiga xos bo‘lgan ko‘rsatkichdir. «Mustaqillik» navi seleksiya nuqtai nazaridan
va mahsulotning texnologik bahosidan kelib chiqqan holda, bir necha ko‘rsatkichlari bo‘yicha
afzalliklarga ega.

Demak, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga tuplash koeffitsienti «Mustaqillik» navida 1,5

gacha hosildor poyalar sonini ta’lluqli ravishda 83-62 taga oshirilishiga erishildi. Sholi navlarining
tuplash darajasi asosan navning biologik xususiyatiga bog‘liq bo‘lsada, lekin bu ko‘rsatkichni
oziqlantirish hamda ekish usuli bilan ham boshqarish mumkinligi isbotlandi.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joyizki, Sholio‘simligini o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini

chuqur o‘rganish, tushunib yetish orqali bo‘yini o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va
hosil yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun alohida belgilangan ilg‘or agrotexnik tadbirlar qo‘llab
yetishtiriladigan hosilning salmog‘ini oshirish mumkin. Sholi navlarini mineral va organik
o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhit ta’siri, tuproq va iqlim
sharoiti kabi omillarni o‘z ichiga oladi

.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

895

REFERENCES

1.

Djumanov. Z. N va boshqalar. O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatma. Toshkent.
M-1998 y.

2.

Ibragimov A. Sholichilik resurslari samaradorligi. // J.O‘zbekiston q/x.-Toshkent, 2006.-
№10.-12-13 b.

3.

Agrokimyo Musaev.B Toshkent, nashriyoti 2001 257-259-b

4.

Saimnazarov.Yu.B, Djumanov Z.N va boshqalar “O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatma” // Toshkent. 2009. 3-31-b.

5.

O‘razmetov Q.K “Kechpishar sholi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining
ta’siri” Toshkent. 2017. 15-17-b. 45-b.

References

Djumanov. Z. N va boshqalar. O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatma. Toshkent. M-1998 y.

Ibragimov A. Sholichilik resurslari samaradorligi. // J.O‘zbekiston q/x.-Toshkent, 2006.-№10.-12-13 b.

Agrokimyo Musaev.B Toshkent, nashriyoti 2001 257-259-b

Saimnazarov.Yu.B, Djumanov Z.N va boshqalar “O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” // Toshkent. 2009. 3-31-b.

O‘razmetov Q.K “Kechpishar sholi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri” Toshkent. 2017. 15-17-b. 45-b.