Authors

  • Nargiza Bozorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35033

Abstract

Mazkur maqolada TIMSS xalqaro baholash dasturiga o‘quvchilarni tayyorlab borish jarayonida matematika darsligi asosida topshiriqlar tahlili keltirilgan bo’lib, 4-sinf darsligi asosida qilingan ushbu tahlil Xalqaro baholash dasturi talablariga mos ravishda tanlab olingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1596

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA “MATEMATIKA” DARSLIKLARIDA

MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHGA OID MATERIALLAR QIYOSIY

TAHLILI

Bozorova Nargiza Shuhratovna

Toshkent kimyo xalqaro universiteti magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.12526003

Anontatsiya. Mazkur maqolada TIMSS xalqaro baholash dasturiga o‘quvchilarni

tayyorlab borish jarayonida matematika darsligi asosida topshiriqlar tahlili keltirilgan bo’lib, 4-
sinf darsligi asosida qilingan ushbu tahlil Xalqaro baholash dasturi talablariga mos ravishda
tanlab olingan.

Kalit so‘zlar: xalqaro baholash, matematika, boshlang‘ich sinf, tadqiqot, tushuncha, misol,

masala, topshiriq, yechim, imkoniyat, tahlil.

COMPARATIVE ANALYSIS OF MATERIALS RELATED TO THE DEVELOPMENT

OF LOGICAL THINKING IN INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS AND

"MATHEMATICS" TEXTBOOKS

Abstract. This article presents an analysis of tasks based on the mathematics textbook in

the process of preparing students for the TIMSS international assessment program, and this
analysis based on the 4th grade textbook was selected in accordance with the requirements of the
International Assessment Program.

Keywords: international assessment, mathematics, elementary school, research, concept,

example, problem, task, solution, opportunity, analysis.

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ МАТЕРИАЛОВ ПО РАЗВИТИЮ ЛОГИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ В МЕЖДУНАРОДНЫХ ОЦЕНОЧНЫХ ПРОГРАММАХ И

УЧЕБНИКАХ ПО «МАТЕМАТИКЕ»

Аннотация. В данной статье представлен анализ задач на основе учебника

математики в процессе подготовки учащихся к программе международного оценивания
TIMSS, причем данный анализ на основе учебника для 4 класса был выбран в соответствии
с требованиями Международной программы оценивания.

Ключевые слова: международное оценивание, математика, начальная школа,

исследование, концепция, пример, проблема, задача, решение, возможность, анализ.

Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi - o‘quvchilar bilan har bir darsning turli

bosqichlarida bir nechta ish turlari va metodlar bilan ish olib borishni taqozo etadi. O‘qitish
jarayonida har bir o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun
poydevor bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslari ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifalarni bajaradi, bu esa uning ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir
dars hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday o‘tkazilganligi va asosiy
didaktik tamoyillar qanday qo‘llanganligini ko‘rsatish kerak.

Yangi 1-4 sinflar uchun yaratilgan zamonaviy maktab darsliklari 4K modeliga asoslangan

innovatsion yondashuvni taqdim etgan. Ushbu darsliklar bolalarning har tomonlama rivojlanishiga
qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga olgan: kollaboratsiya,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1597

kommunikatsiya, kreativ fikrlash va kritik fikrlash. Bular orqali o‘quvchilarda fikrlash, ijodiy
yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantiriladi.

4-sinf uchun TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida tuzilgan topshiriqlar matamatika

darslariga uyg‘un holda kiritilishi kerak. Ularni yechish yo‘llari o‘quvchilarga o‘rgatib borillishi
lozim. Bunday topshiriqlar har bir dars mavsusiga, undagi topshiriqlar mazmuniga mos qilib
tanlanadi.

“Bilish” kognitiv domeniga doir topshiriq.

1.1.O‘qish va ma’lumotlarni tahlil qilish

Sevimli muzqaymoq ta’mi.

-

4 nafar bolani anglatadi.

Necha nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida vanilinli muzqaymoqni tanlashdi?
Ishni dastlab jadvalda qanday ma’lumotlar borligini aniqlashdan boshlaymiz. Jadval 2

ustundan iborat bo‘lib, 1- ustunda muzqaymoq ta’mlari, ular 4 ta: vanillin, shokolad, qulupnay,
limon. 2 – ustunda muzqaymoqlar chizilgan bo‘lib, har biri 4 nafar bolani anglatadi.

Vanilin ta’mi qarshisida – 3 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·3 ga teng.
Shokolad ta’mi qarshisida – 1 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·1 ga teng.
Qulupnay ta’mi qarshisida – 2 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·2 ga teng.
Limon ta’mi qarshisida – 4 ta muzqaymoq demak, bolalar soni 4·4 ga teng.
Topishimiz kerak: Necha nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mini tanlashdi?
Vanilin – 4·3=12 (ta)
Shokolad – 4·1=4 (ta)
Qulupnay – 4·2=8 (ta)
Limon – 4·4=16 (ta)
12+8+4+16=40 (ta)
Javob: 12 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida vanilinli muzqaymoqni, 4 nafar bola

o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida shokoladli muzqaymoqni, 8 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi
sifatida qulupnayli muzqaymoqni va 16 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida limonli
muzqaymoqni tanlashdi. So‘rovnomada jami 40 ta bola qatnashdi.

Ushbu topshiriqni 4-sinf 1-qism, 4-betdagi, “Takrorlash. Ko‘p xonali sonlar” mavzusidagi

1-topshiriq bilan bog‘lash mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1598

Har bir kub – 1 minglikni, plastinka – 1 yuzlikni, ustun – 1 o‘nlikni va kubikchalar alohida

birlikni bildiradi, demak

1-son: 3 minglik + 6 yuzlik + 1 o‘nlik + 4 birlik = 3614
2-son: 4 minglik + 4 yuzlik + 3 o‘nlik = 4430
3-son: 1 minglik + 7 yuzlik + 5 o‘nlik = 1705

“Qo‘llash” kognitiv domeniga doir topshiriqlar.
1.1. Natural sonlar

600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak bo‘lishini

aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin?

A)

15 ga 600 ni qo‘shish

B)

600 ni 15 ga ko‘paytirish

C)

600 dan 15 ni ayirish

D)

600 ni 15 ga bo‘lish

Demak, topshiriqni yechish uchun variantlarni tahlil qilib chiqamiz:
A)

15 ga 600 ni qo‘shish – bunda kitoblarning umumiy soni 615 ga teng bo‘lib qoladi.

B)

600 ni 15 ga ko‘paytirish – bunda kitoblarning umumiy soni 15 barobar ko‘payib

ketadi.

C)

600 dan 15 ni ayirish – bunda kitoblarning umumiy sonidan 1 marta 15 ni ayirgan

bo‘lamiz, xolos.

D)

600 ni 15 ga bo‘lish – bunda kitoblarning umumiy sonini 15 tadan qilib ajratilgan

bo‘ladi.

Demak, topshiriq shartida bizdan 600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak.

Nechta quti kerak bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish
mumkin? degan savol qo‘yilganligini hisobga olib, biz D javobni belgilashimiz mumkin.

Ushbu topshiriqni 4-sinf “Matematika” darsligining 4-qism,18-betidagi “Ko‘p xonali

sonlar” mavzusini takrorlash uchun berilgan 9-mantiqiy masala bilan bog‘lash mumkin.
Shuningdek, 15-betdagi “Masalalar yechish” mavzusidagi 7-mantiqiy topshiriq bilan ham
bog‘lashimiz mumkin.

9) Duradgordan bir nechta g‘o‘lani arralab, bo‘laklarga bo‘lib berishni iltimos qilishdi.

Duradgor har bir arralashi uchun 10000 so‘mdan oladi. U 34 ta bo‘lak arralab, jami 250000 so‘m
oldi. Dastlab g‘o‘lalar soni nechta bo‘lgan.

Tahlil uchun savollar beramiz:
Masala nima haqida? Duradgor arralagan g‘o‘lalar sonini topish haqida.
Nimalar ma’lum? Duradgor g‘o‘lani 34 ta bo‘lak arralab, jami 250000 so‘m olgani

ma’lum.

Nimani topish kerak? Dastlab g‘o‘lalar soni nechta bo‘lganni topish kerak.
Avval nimani topamiz? Duradgor necha marta aralaganini.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1599

Savol-javobdan so‘ng masalani o‘quvchilar mustaqil yechishlari mumkin.
Yechish:
1) 250000 : 10000 = 25 ta arralashlar soni
2) 34 – 25 = 9 dastlabki g‘o‘lalar soni
3) 9 ta g‘o‘la ichidan 4 ta g‘o‘laning har birini 5 martatadan (ya’ni 20 marta arralab) 24 ta

bo‘lak g‘o‘la hosil qilingan, qolgan 5 tasining har birini 1 martadan arralab (ya’ni 5 marta arralab)
10 ta g‘o‘la hosil qilingan.

7) O‘qituvchi ochiq dars uchun to‘rt xil rangli 65 ta kartochka tayyorladi. Nechta bir xil

rangli (rangining farqi yo‘q) kartochka topish mumkinligi kafolatlangan?

Tahlil uchun savollar beramiz:
Masala nima haqida? Kartochka haqida.
Nimalar ma’lum? To‘rt xil rangli 65 ta kartochka tayyorlangani ma’lum.
Nimani topish kerak? Nechta bir xil rangli kartochka topish mumkinligi kafolatlanganligini

topish kerak.

Avval nimani topamiz? Ma’lum kartochkalar sonini 4 ga bo‘lib ko‘ramiz.Qoldiqli son

chiqanligi sababli 1ni ayirib so ‘ng 4 ga bo‘lamiz.

Savol-javobdan so‘ng masalani o‘quvchilar mustaqil yechishlari mumkin.
Yechish:

1)

65-1=64 (ta)

2)

64:4=16 (ta)

3)

16+1=17 (ta)

Javob: 17 (ta)

bir xil rangli kartochka topish mumkinligi kafolatlangan?

1.2. Kesma.

1-topshiriq

Agar rasmda ko‘rsatilgan ip to‘g‘rilansa, uning uzunligi taxminan nechaga teng bo‘ladi?

A)

5 cm

B)

7 cm

C)

8 cm

D)

9 cm

Dastlab, ipning qayrilgan qismlarini to‘g‘ri qilib olsak, chizg‘ichda qaysi raqamlarga mos

tushishini aniqlashimiz lozim bo‘ladi. Har ikkala tarafdan 1 cmdan qayrilganligini inobatga olsak,
ipning boshi chizg‘ichda 2 raqamiga mos tushsa, oxiri esa 9 qaramiga mos tushadi. Endi ipning
umumiy uzunligini topish uchun 9 dan 2 ni ayirish kifoya qiladi:

9-2=7cm
Demak, javob: 7 cm

1.3 O‘qish va

ma’lumotni talqin qilishga doir.

1-topshiriq.

Maktab rahbari o‘quvchilar o‘rtasida qaysi fanni ko‘proq yoqtirishlari haqida

so‘rovnoma o‘tkazdi. Doiraviy diagrammada 5 ta fandan o‘quvchilarga qaysi fan ko‘proq yoqishi
ko‘rsatilgan?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1600

Quyidagi qaysi ustunli diagrammada doiraviy diagrammadagi xuddi shunday ma’lumotlar

ko‘rsatilgan?

Topshiriq yuzasidan dastavval doiraviy diagrammadagi fanlarning doirada eng ko‘p joyni

egallaganidan eng kam joy egallaganiga qarab tartibda yozib chiqishimiz zarur: matemaka,
tabiatshunoslik, tarix, gimnastika, musiqa tartibida. Endi diagrmmada ham qaysi vaqriantda mana
shu tartibda berilgan javobni topib olishimiz zarur. Ko’rinib turibdiki, A variantda yuqoridagi
ko‘pdan kamga qarab berilgan fanlar ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan. Demak, to‘g‘ri javob A
variant.

Ushbu topshiriqni 4-sinf 1-qism, 6-betdagi, Ko‘p xonali sonlarni takrorlash mavzusidagi

9 - topshiriq bilan bog‘lash mumkin.

2-topshiriq.

Diagrammada o‘qituvchining stolida turgan ko‘k, qizil va qora ruchkalarning soni

ko‘rsatilgan. Qora ruchkalarga qaraganda qizil ruchkalar qancha ko‘p?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1601

Masalani yechishdan oldin diagrammada ko‘rsatilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ko‘k,

qizil va qora ruchkalar va ularning soni berilgan. Ko‘k ruchkalar soni noma’lum, lekin 8 va 12
o‘rtasida, qizil ruchkalar soni esa aniq – 16 ta, qora ruchkalar soni esa 8 ta. Dastavval masala
shartida berilgan toppish kerak bo‘lgan ruchkalar ko‘rsatkichiga qaraymiz:

Qizil ruchkalar – 16ta qancha ko’p?
Qora ruchkalar – 8 ta

Yechish: 16-8=8
Javob: qizil ruchkalar qora ruchkalardan 8 ta ko‘p.
Masalada qancha ko‘p degan savol berilganligi sababli ham ayirish amali bilan masala

javobini topdik. Agar masala shartida necha marta ko‘p degan savol bo‘lganida biz bo‘lish
amalidan foydalanishimiz kerak bo‘lardi? Marta ko‘p va - ta ortiq tushunchalarining mohiyati
o‘quvchilarga yana bir bor ta’kidlab tushuntirilishi maqsadga muvofiq.

Ushbu topshiriqni 4-sinf I-qism 93,94 - betlardagi, “Ustunli diagramma” mavsusidagi 1,3

- topshiriqlar bilan bog‘lash mumkin.

3.topshiriq.

Ushbu diagrammada mahalliy oziq-ovqat do‘konida sotilgan pishiriq masalliqlari

ko‘rsatilgan. Ushbu oziq-ovqat do‘konida qaysi pishiriq masallig‘i eng ko‘p sotilgan?

A)

suli uni

B)

vanillin

C)

shokolad bo‘lakchalari

D)

shakar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1602

Diagrammada ko‘rinib turibdiki, suli uni – yashil rangda, vanillin esa siyohrangda, shakar

– ko‘k rangda bo‘lsa, shokolad bo‘lakchalari qizil rang bilan belgilab berilgan va doiraning ko‘p
qismi yashil rangda berilgan va bu suli uni deb belgilangan. Shunga ko‘ra to‘g‘ri javob A – suli
uni ekanligi o‘quvchilarga izohlab berilishi maqsadga muvofiq. Bunday diagrammalar bilan
ishlashda aniq sonlar bilan bo‘lmasa-da chamalash bilan ham ko‘p yoki kam tushunchalarini
aniqlash mumkinligiga o‘quvchilarni yo‘naltirishimiz mumkin.

Ushbu topshiriqni 4-sinf, I-qism, 75-betdagi “Chastota” mavzusidagi 1- topshiriq bilan

bog‘lash mumkin.

“Mulohaza yuritish” domeniga doir topshiriqlar.

1.1.Natural sonlar

Shahar ko‘rgazmasida

kartochkalar bilan

savdo qiladigan do‘kon bor.

1 ta yo‘lbars kartochkasini 2 ta animatsion kartochkasiga almashtirish mumkin.

2 ta yo‘lbars kartochkasini 3 ta sport kartochkasiga

almashtirish mumkin.

Bir qancha bolalar o‘zlarining savdo kartochkalarini almashtirish uchun do‘konga borishdi.

Yo‘lbars kartochkasi bilan

almashtirish.

Jamila 5 ta yo‘lbars

kartochka

sini animatsion

kartochkalar

ga almashtirishni xohlaydi. U

nechta animatsion

kartochka

olishi mumkin?

Javob: 10 ta animatsion kartochka.
Tahlili: masalada savol quyidagicha: Jamila 5 ta yo‘lbars

kartochka

sini animatsion

kartochkalar

ga almashtirishni xohlaydi. U nechta animatsion

kartochka

olishi mumkin? Bundan

ko’rinadiki, “

2 ta yo‘lbars kartochkasini 3 ta sport kartochkasiga

almashtirish mumkin” jumlasi

o‘quvchini chalg‘itish uchun berilgan. Animatsion kartochkalardagi tenglikka e’tibor bergan holda
masani quyidagicha yechishimiz mumkin:

1 ta yo‘lbars kartochkasi = 2 ta animatsion kartochkaga
5 ta yo‘lbars kartochkasi = ? ta animatsion kartochkaga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1603

Demak, 5 ni 2 ga ko‘paytiramiz: 5·2=10
Javob: 5ta yo‘lbars kartochkasi 10 ta animatsion kartochkaga teng ekan.
Demak ushbu topshiriqni 4-sinf, 1-qism, 83-betdagi “Amaliy topshiriqlar” mavzusidagi 9-

mantiqiy masala bilan bog‘lash mumkin.

Do‘konda quyidagi e’lon osilgan: “Ikkita ko‘ylakni uchta ko‘ylak narxida sotib olsangiz,

uchinchi ko‘ylakni sizga sovg‘a qilamiz. ”Agar bitta ko‘ylakning narxi 355 000 so‘m bo‘lsa,
qancha pul tejaladi?

1.2. Kettma-ketliklar va bog‘liqliklar.

Rasmda stikerli g‘altak o‘rami tasvirlangan. Har 4 ta stiker o‘ramda takrorlanadi.

O‘ramdagi 39-stiker qanday tasvirlangan.

A)

B)

C)

D)

Demak, masala shartidan ma’lumki, o‘ramda 4 ta stiker takrorlanadi va biz 39-stikker qays

ekanligini topishimiz kerak. Agar mantiqan yondashsak, 40-stiker o‘ramdagi 4-stikerga mos
tushishini bilamiz va bizga 39-stiker kerakligini inobatga olsak, o‘ramdagi 3-stiker 39-stikerga
mos tushadi, deb aytishimiz mumkin. Yoki 39 ni 4 ga bo‘lsak:

39:4=9,75
9·4=36 (o‘ramdagi to‘rtala stiker ham teng miqdorda ishlatilaganligini bildiradi)
39-36=3 (tartibi 3-bo’lgan stiker o‘ramda 39-stikerga mos tusahdi)

Javob: o‘ramdagi 39-stiker C variantda berilgan -

1.3.O‘qish va

ma’lumotni talqin qilishga doir

Grafikda maktabning har bir sinfidagi o‘quvchilar soni ko‘rsatilgan.

Maktabning har bir sinf xonasi 30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Maktabda necha

nafarga ko‘proq o‘quvchi bo‘lishi mumkin edi?

A)

20 B) 25 C) 30 D) 35

O‘quvchi ma’lum ko‘rsatgichlarga mos masala tuzib olishi kerak. Ushbu grafikda

o‘quvchilarning har bir sinfdagi soni va sinflar sig‘imi 30 nafargacha o‘quvchiga mo‘ljallangaligi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1604

ma’lum. 6ta sinf borligini hisobga olgan holda 30ni 6ga ko‘paytiramiz.Shunda maktabda qancha
o‘quvchi bo‘lishi mumkunligi kelib (180) chiqadi.So‘ng har bir sinfdagi o‘quvchilar soni qo‘shib
chiqiladi.

20+25+20+25+30+25=145
Chiqqan natija 180 dan ayriladi. 180-145=35
Maktabda 35 nafarga ko‘proq o‘quvchi bo‘lishi mumkin edi.
Ushbu topshiriqni 4-sinf, I qism, 70-betdagi “Ma’lumotlarni ta’lqin etish” mavzusidagi 4-

topshiriq bilan bog‘lash mumkin.

O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalasi bilan ularda tog‘ri,

aniq, qisqa matematik nutqni o‘stirish masalasi uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Bu
boshlang‘ich ta’limning muhim vazifalaridan biri. Mantiqiy masalalarni yechish o‘quvchilarda
uzviy ravishda mustaqillikni o‘stirish bilan birga o‘qitish jarayonida qiziqishlarini oshiradi. Bunda
tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar o‘quvchilardan ma’lum darajada izlanish talab qilsa-da, u
bola kuchi yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Matematik mashg‘ulotlarda bunday topshiriqlarni
tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarda mustaqil kuzatishlar o‘tkazishni,
qaralayotgan hodisalar narsalar va shu kabilarni taqqoslash, solishtirishni talab qiladi. Matematika
fani boshlang‘ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi ko‘rsatib boriladi.
Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari bilan fazoviy shakllari haqidagi fandir.
Darsda o‘quvchilarni qiziqtiruvchi mantiqiy topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Chunki o‘quvchilar bunday topshiriqlarni katta qiziqish bilan tahlil qiladilar. O‘quvchilarni
ko‘proq faollashtirish uchun ko‘pgina o‘quvchilar foydalana oladigan, ular sevgan ertak
qahramonlarini "jalb qilish" usuli katta ahamiyatga ega. O‘quvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarar
ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuritib, ma’lum hukm xulosalarni chiqaradi. Mulohazaning
real (chin) yoki yolg‘on ekanligini aniqlaydi,ya’ni ham mantiqiy ham tanqidiy fikr yuritadi.

Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib

odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va
sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi.
Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalarni yechishda predmetga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik,
talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab
bolalarga mavzu mazmuni to‘g’risida gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar
ko‘rsatiladi.

1-masala.

Bayramliklar: Bir do‘kon bayramliklar uchun mahsulotlar sotadi. Har bir

bayramlikning narxi 25 AQSh dollari. Do‘kon 10% chegirma qildi va 10 ta bayramlik sotdi.
Narxlarni tanglang va jami qancha daromad qiladi?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1605

O‘quvchilar bu masalani yechish uchun matematik tafakkur yurita boshlaydilar. Ular

daromad, pul qiymati va narxlar haqida tafakkur qilishib, jamoaviy ishlagan holda fikrlarini
umumlashtiradilar.

Javob: Har bir bayramlik narxi 25 AQSh dollari. Do‘kon 10% chegirma qiladi, shu sababli,

har bir bayramlikning chegirma qilingan narxi 22.5 AQSh dollari bo‘ladi. Jami daromad
quyidagicha hisoblanadi: 10 ta bayramlik sotilgan, shu sababli jami daromad = 10 x 22.5 = 225
AQSh dollari.

2-masala.

Bir do‘kon uchun 10 ta mahsulot sotildi va 20% chegirma qilindi. Keyin,

sotilgan mahsulotlar 5% chegirma bilan sotildi. Do‘kon qancha daromad qildi?

Bu masala o‘quvchilarga sotuvlar, chegirmalar va daromadlar bilan bog‘liq hisob-kitob

muammolarni yechish uchun imkon beradi. O‘quvchilar bu masalaga javob topishda, do‘konning
qancha daromad olishi kerakligi haqida o‘ylaydilar. Bu masalani yechish uchun chegirmalar,
narxlar va daromadlar bilan bog‘liq formulalardan foydalanishlari kerak.

Javob: Bir do‘kon uchun 10 ta mahsulot sotilgan va 20% chegirma qilingan. Shu sababli,

sotilgan mahsulotlar narxi 80% qoladi. Keyin, sotilgan mahsulotlarni 5% chegirma bilan sotishdi.
Shu sababli, sotilgan mahsulotlar narxi 95% bo‘ladi. Jami chegirma 25% bo'ladi (20% + 5%). Jami
daromad sotilgan mahsulotlar narxi va chegirma ularga tegishli hisob-kitob formulalari orqali
topilishi mumkin:

Mahsulotlar narxi - 10

x

(bu yerda x mahsulotning narxi)

Sotilgan mahsulotlar narxi - 10

x

·0.8 = 8

x

Sotilgan mahsulotlar narxi chegirma bilan - 8

x

· 0.95 = 7.6

x

Jami daromad - (sotilgan mahsulotlar narxi chegirma bilan) - (sotilgan mahsulotlar narxi)

= 7.6

x

- 8

x

= -0.4

x

Shu sababli, do‘konga sotilgan mahsulotlardan zarar yetgan.
Timss topshiriqlarini matematika darsligi materiallari masala, misol,topshiriqlar asosida

tahlil qildim va darslikdagi materiallarga muvofiq, mos keluvchi timss dasturi materiallari bilan
boyitdim. Ushbu taklif qilinayotgan metodikadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari foydalanish
mumkin.

REFERENCES

1.

A.A.Ismailov, N.A.Karimov, B.Q.Haydarov, Sh.N.Ismailov, “Xalqaro tadqiqotlarda
oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash” metodik qoʻllanma, «Sharq»
nashriyoti, Toshkent, 2019- yil

2.

Abdullaeva B., Sadikova A., Jabborova Yu., Toshpulatova M., Muxitdinova N.
Matematika: o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma (4- sinf). – Toshkent: «O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi», 2017. – 240 b.

3.

A.A.Ismailov, D.Norboyeva, K.Kucharova, Z.Kosimova, N.Aminova “Xalqaro
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash” metodik
qoʻllanma, «Sharq» nashriyoti, Toshkent, 2019- yil

4.

Bikbaeva N.U. va b. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. T.:
O‘qituvchi, 2007.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1606

5.

Ismailov A.A., KArimov N.A. va boshqalar. Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilar bilimini
baholash.”Sharq”-2019.

6.

E.Jumayev Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.
O‘qituvchi – 2004.

7.

Bozorova N.Sh. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda
xalqaro baxolash dasturlarining o'rni. “Interdiscipline innovation and scientific research
conference”.2024

References

A.A.Ismailov, N.A.Karimov, B.Q.Haydarov, Sh.N.Ismailov, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash” metodik qoʻllanma, «Sharq» nashriyoti, Toshkent, 2019- yil

Abdullaeva B., Sadikova A., Jabborova Yu., Toshpulatova M., Muxitdinova N. Matematika: o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma (4- sinf). – Toshkent: «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi», 2017. – 240 b.

A.A.Ismailov, D.Norboyeva, K.Kucharova, Z.Kosimova, N.Aminova “Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash” metodik qoʻllanma, «Sharq» nashriyoti, Toshkent, 2019- yil

Bikbaeva N.U. va b. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. T.: O‘qituvchi, 2007.

Ismailov A.A., KArimov N.A. va boshqalar. Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilar bilimini baholash.”Sharq”-2019.

E.Jumayev Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. O‘qituvchi – 2004.

Bozorova N.Sh. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda xalqaro baxolash dasturlarining o'rni. “Interdiscipline innovation and scientific research conference”.2024