ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
972
SUT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA TASHQI
MIKROORGANIZMLAR TA’SIRI
Eshmuratov Marat Tangatarovich
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti
.
Tajibayeva Sevara Mansurovna
QDU 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12574143
Annotatsiya.
Maqolada, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqarishda
mikroorganizmlarning ahamiyati va o'ziga xos jihatlari, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi haqida,
sut mahsulotlarini qayta ishlash, chet el andozalariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish kabilar
haqida keltirilgan.
Kalit so'zlar:
Xomashyo, oziq-ovqat sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, sut va sut
mahsulotlari, mikroorganizmlar,foydalanish usullari.
IN THE PRODUCTION OF DAIRY PRODUCTS INFLUENCE OF EXTERNAL
MICROORGANISMS
Abstract.
The article describes the production of dairy products, the importance and
specific aspects of microorganisms in their production, as well as food safety, processing of dairy
products, production of products according to foreign standards.
Key words:
Raw materials, food industry, food safety, milk and milk products,
microorganisms, methods of use.
В ПРОИЗВОДСТВЕ МОЛОЧНОЙ ПРОДУКЦИИ ВЛИЯНИЕ ВНЕШНИХ
МИКРООРГАНИЗМОВ
Аннотация.
В статье рассмотрено производство молочной продукции, значение и
особенности использования микроорганизмов при ее производстве, а также безопасность
пищевых продуктов, переработка молочной продукции, производство продукции по
зарубежным стандартам.
Ключевые слова:
Сырье, пищевая промышленность, безопасность пищевых
продуктов, молоко и молочные продукты, микроорганизмы, способы использования.
Hozirgi kunda ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlariga andozalar ishlab chiqarilgan, ular u yoki
bu oziq-ovqat mahsulotlarida mikroorganizmlarning hujayralari qancha miqdorda bo‘lishi
mumkinligini belgilaydi. Xom sut tarkibidagi saprofit mikroorganizmlarning miqdori sut ishlab
chiqarishdagi gigiena darajasini belgilaydi, ya‘ni sog‘ish uskunalarining tozalik darajasi, uni
saqlash va tashish shart sharoitlari va boshqalarda sutni ifloslantiruvchi omillar quyidagilardir:
sigirdan 1sm2 1000-10000 dona hujayra va uni urab turgan muhitga (1 l.da 1000 yoki 10000 dona
hujayra), sog‘ish uskunalarini iflosligiga, sisternalar, sut o‘tkazuvchi naylarga va xokazolardir.
Sut mikroorganizmlar uchun juda yaxshi oziq-ovqat substrati hisoblanadi; unda – 88% suv,
oqsil 2-5 %, kazeinning o‘rtacha miqdori 2,7 % ni tashkil qiladi. Zardobli oqsil uncha ko‘p bo‘lmagan
miqdorda uchraydi; albumin – 0,4 %, globulin – 0,2 %. Sutning tarkibida aminokislotalar, aminlar,
amidlar va boshqa birikmalar uchrab, ular mikroorganizmlar uchun N (azot) ushlovchi manbaa bo‘lib
xizmat qiladilar. Sutda sharchalar ko‘rinishidagi sut yog‘lari bo‘ladi. Uning miqdori 2,8-6% gacha
etadi. Sutda shuningdek, laktoza ham uchraydi (4,7 % gacha). Shakar moddalari, mineral moddalar,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
973
vitaminlar, fermentlar, boshqa moddalar sutdagi mikrofloralarning soni va sifat tarkibi sut ishlab
chiqarish sanitariya-gigiena qoidalariga bog‘liqdir. Mashina usulida olingan sutda mikrokokklar ko‘p
bo‘lib, kam miqdorda sut kislota bakteriyalari, turushlar, mog‘or zamburug‘larining sporalari
uchraydi. Shuningdek sut tarkibida dizinteriya qo‘zg‘atuvchisi, terlama, brutsellez, sil va boshqa
yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar ham uchraydi. Oziq-ovqatdan zaharlanishni
qo‘zg‘atuvchilari-oltinrang stafilokokk, salmonellalar. bo‘lishi ham mumkin.
Sut mahsulotlarini qayta ishlash orqali xalqimiz va eksport uchun mo’ljallangan
mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki O’zbekiston hududida
chorva mollari asosan kimyoviy qo’shimchalarsiz, tabiiy ozuqalar bilan oziqlanganligi sababli
ichki bozorda va tashqa bozorda ham raqobatchilardan bir pog’ona ustun hisoblanadi. Eng muhim
mahsulotlar sterillangan sut, qaymoq, qatiq, suzma, pishloq, yogurt va boshqalardir.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan barcha korxona yoki tashkilotlar, albatta,
birinchi navbatda xom ashyoga, texnologik jarayonlarga, jihozlarga, binolarga hamda
ishchilarning sanitariya gigiena qoidalariga amal qilayotganlariga katta e'tibor qaratishi va nazorat
qilishi lozim.Ushbu ishlarni amalga oshirishda xorijda tarqalgan ekspert auditor mutaxassisini
bo'lishi o'z-o'zidan mahsulotning sifatiga, korxona yoki tashkilotning davlat andozalari asosida
mahsulot ishlab chiqarmoqdami yoki yo'qmi bularni barchasini qat'iy nazorat qilish tizimini joriy
qilish zarur.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, sut va sut mahsulotlari nafaqat sanoatda, ba'lki, Mamlakatimiz
iqtisodiyotida ham juda katta ro'l o'ynaydi. Bundan tashqari xalq salomatligi uchun ham judayam
foydali va zarurlidir. Sut va sut mahsulotlarini olishda sanoatda rivojlantirishda mikroorganizmlar
katta ahamiyatga ega. Mikroorganizmlarni esa labaratoriya sharoitida olish va yetishtirish juda
muhim. Sut va sut mahsulotlari inson organizmida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
sut va sut mahsulotalarini sifat va xavfsizligi borasida bir qancha takliflar va mulohazalar
yuritilmoqda. Sut va sut mahsulotlari tez buziladigan, uzoq muddat saqlanmaydigan mahsulot
turiga kiradi.
Yuqorida aytib o'tganimdek, O'rganilayotgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, sut mahsulotini ishlab
chiqarish texnologiyasi, kimyoviy tarkibi murakkabligi, xilma-xilligi bilan boshqa mahsulotlardan
ajralib turadi. Bizning hududimizda sifatli sut mahsulotini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
ishlarini amalga oshirishda chet el tajribalarini qo'llash lozim.
REFERENCES
1.
2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida.
T.: 2022 yil 28 yanvar, PF-60-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
2.
O'zbekiston Respublikasi "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida" gi
qonuni. T.: 1997 yil 30 avgust. 483-I-son.
3.
Fayziev J.S., Qurbonov J.M., Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik kimyoviy
uslublari, Toshkent , Ilmi Ziyo 2009. 179-185b.
4.
Крючкова В.В. Технология молока и молочных продуктов: учебное пособие.
Донской ГАУ. - Персиановский: Донской ГАУ. - 2018. - 232 с.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
974
5.
Шалапугина, Элеонора Петровна. Технология молока и молочных продуктов:
учебное пособие / Э. П. Шалапугина, Н. В. Шалапугина. - М.: Дашков и К, 2013. -
301 с.
6.
Eshmuratov M., Sabirova D. ENSURING FOOD SAFETY IS THE NEED OF THE
HOUR //Центральноазиатский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 1.
– №. 2. – С. 11-13.
7.
Eshmuratov M., Sabirova D. ECOLOGY AND NUTRITION IN THE REPUBLIC OF
KARAKALPAKSTAN //Journal of Agriculture & Horticulture. – 2023. – Т. 3. – №. 11. –
С. 29-30.
8.
Tangatarovich E. M., Oktamovna D. J. A. CUT THE MEAT. SEMI-FINISHED
PRODUCTS //American Journal of Pedagogical and Educational Research. – 2023. – Т.
15. – С. 20-23.
9.
Tangatarovich E. M., Oktamovna D. J. A. CHEMICAL COMPOSITION AND
NUTRITIONAL VALUE OF MINCED MEAT //American Journal of Pedagogical and
Educational Research. – 2023. – Т. 14. – С. 143-148.
10.
Ешмуратов М., Джулдасбаева А. ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЯСНОЙ И
МОЛОЧНОЙ ОТРАСЛИ ПРИ АРАЛЬЕ //Евразийский журнал академических
исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 738-740.
11.
Ешмуратов М. Т. ВЛИЯНИЕ КОНЦЕНТРАЦИИ ЩЕЛОЧИ И КОЛИЧЕСТВО
ЭКСТРАГИРУЕМОГО ХЛОПКОВОГО МАСЛА В ПРОЦЕССЕ НА КАЧЕСТВО
ВЫСОКОТЕМПЕРАТУРНОЙ
НЕЙТРАЛИЗАЦИИ
РАФИНИРОВАННОГО
МАСЛА //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 75-77.
12.
Eshmuratov M., Tuliboyeva G. THE INFLUENCE OF ECOLOGICAL CONDITION ON
FOOD PRODUCTS IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN //Евразийский
журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 425-428.
13.
Ijtimoiy tarmoqlar
1.@miltex.ru
2.@uc.efko.ru
3.@yellowpages.uz
4.@www.goldenpages.uz
