ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1106
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIM TARBIYASIGA ODOB-AXLOQ
QOIDALARINING O‘RNI
M.Z.Fayzullayeva
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi. Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.12597219
Annotatsiya.
Mazkur maqolada
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga
odob-axloq
qoidalarining o‘rni va ularning ahamiyati masalalari yoritib berilgan. Maqola davomida asosli
fikr va mulohazalr keltirib o’tilgan.
Tayanch so‘z va iboralar:
Maktabgacha taʼlim, ta’lim va tarbiya, odob-axloq,
ma’naviy tarbiya, ma’naviy va axloqiy yuksak qadriyatlar, madaniy – gigienik ko‘nikmalar,
mustaqillikni namoyon qila bilish.
ETIQUETTE FOR THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN
THE PLACE OF THE RULES
Abstract.
This article describes the role of etiquette and their importance in the education
of preschool children. Reasonable opinions and comments are mentioned throughout the article.
Key words and phrases:
Pre-school education, education and upbringing, manners,
moral education, high spiritual and moral values, cultural-hygienic skills, ability to show
independence.
ЭТИКЕТ ПРИ ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
МЕСТО ПРАВИЛ
Аннотация
В данной статье описывается роль правил этикета и их значение в
воспитании детей дошкольного возраста. Аргументированные мнения и комментарии
упоминаются на протяжении всей статьи.
Ключевые слова и фразы:
Дошкольное образование, образование и воспитание,
нравы, нравственное воспитание, высокие духовно-нравственные ценности, культурно-
гигиенические навыки, умение проявлять самостоятельность.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli “Davlat
fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga
mas’ul kishilar zimmasiga maktabgacha ta'lim tizimida ma'naviy barkamol va intellektual jihatdan
rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasini yuklaydi. Zero, jamiyat taraqqiyotida eng avvalo uning
kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va ilmli, o‘z yurtini sevadigan, ota–
bobolarining ma’naviy va axloqiy yuksak qadriyatlarini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob va axloq tarbiyasi ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaning
tarkibiy qismi sifatida uning umumiy boshlang‘ich tarbiya masalalariga muvofiq ravishda olib
boriladi. Zero, maktabgacha yoshda shakllanadigan dastlabki ma’naviy ong, his-tuyg‘u va axloq
butun bolalik faoliyatiga, o‘zoro hamda kattalar bilan bo‘ladigan munosabatga u yoki bu tarzda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1107
ta’sir etadi. Shunga ko‘ra bolalarda olib boriladigan odob va ahloqqa oid dastlabki tasavvurlar
bevosita faoliyat jarayonida oila hamkorligida berilishi va unda quyidagilar hisobga olinishi
zarur:
-bolalarning ilk yoshidan boshlab, ularga o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari
va insoniy xislatlari asosida tarbiya berish;
- Madaniy – gigienik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish asosida tarbiya
berish.
Tarbiya aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib bolalarning ijobiy-ruhiy kechinmalari, his-
tuyg‘ularini uyg‘unlashtirish asosida insonparvarlik, mehribonlik, himmatlilik, o‘zaro
g‘amxo‘rlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, o‘z faoliyatini mustaqil ravishda idora etish, kattalar
topshirig‘ini bajarish, mustaqillikni namoyon qila bilish, batartiblik kabi his tuyg‘ular hisobga
olinadi.
Bolalikdan madaniy – gigienik ko‘nikmalarni singdirib borish inson salomatligini
ta’minlaydi. Bolalarni mustaqil ravishda yuvinishga, qo‘llarning tozaligiga rioya qilishga, tishlarni
to‘g‘ri tozalab, taranish, dastro‘moldan foydalanishga, ovqatdan so‘ng og‘izni chayishga o‘rgatilib
boriladi.
Bolalarda mustaqillikni namoyon qila bilish: batartiblik, hamisha chiroyli ko‘rinishga ega
bo‘lish ishtiyoqi, kiyimlarni tartibli ravishda yechib, ularni joyiga osib qo‘yish, o‘ng va chap oyoq
poyafzallarini farqlay bilish, ularni to‘g‘ri kiyish, ko‘zguga qarab kiyimlaridagi kamchiliklarni
bartaraf etish, dastro‘moldan to‘g‘ri foydalana olish, xonada tartib va ozodalikni saqlash,
kiyimlarni toza va tartibli kiyishga odatlanishni tarbiyalash.
Bolalarga o‘ziga xos gigiena
:
shamollatilgan xonada toza o‘rin – ko‘rpada uxlash, ertalab
badantarbiya mashqlarini bajarish, suv muolajalari bilan mustaqil shug‘ullanish, ichaklarni va
qovuqni o‘z vaqtida bo‘shatib, hojatxonadan batartib ravishda foydalanish, burunni toza saqlash,
qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, toza dastro‘molchadan
foydalanishga o‘rgatish.
O‘zbek xalq ertaklari, xalq pedagogikasining xazinasidir. Ertaklarning bosh qahramonlari
namunasida bolalarga o‘z o‘lkasi, uyi, ota-onasiga muhabbat singdiriladi, yaqin kishilarga
nisbatan mehr-muhabbat, oqko‘ngillik, ezgulik tarbiyalanadi. Shuningdek, ertaklar qahramonlari
namunalari orqali bolalarda ezgulik, to‘g‘rilik, kamtarlik kabi tasavvurlar rivojlanadi. Bu manbalar
asrlar mobaynida bolalarda eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalaydi va shakllantiradi.
Misol tariqasida bir nechta asarlarni tahlil qilaylik. Bolalar yozuvchisi Dilfuza
Kamoljonovaning “Quloqsiz filcha” ertagida onasining gapiga kirmaydigan to‘palonchi filcha
haqida hikoya qilinadi. Garchi quloqlari supradek kelsa-da, ammo bu quloqlarga gap kirmaydigan
filcha onasiga bildirmasdan uydan qochib ketadi. Favvorada kechgacha shataloq otib, bolalarga
suv purkab, kasal bo‘lib qoladi. Ertakni o‘qigan bolalar kattalarning gapiga quloq tutish kerakligi,
aks holda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilib olishadi.
Zamira Ibrohimovaning “Urishqoq gul va bola” asari alohida ajralib turadi. Asar
kompozitsiyasi hikoya ichida ertak shaklida qurilgan. Unda “keyingi paytlarda o‘zgarib qolgan,
qulog‘iga gap kirmaydigan, o‘rtoqlari bilan chiqisha olmaydigan” Aziz obrazi ishonarli
gavdalantirilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1108
Ma’lumki, bolalar kitoblarida yosh qahramonlar bilan kattalarning o‘zaro munosabati
muhim ahamiyatga ega. Bu asarda ham Azizning salbiy tomonga o‘zgarayotgani ota-onasini
tashvishlantiradi. Yozuvchi hikoya-ertakda ona obrazini gavdalantirishda o‘ziga xos usulni
qo‘llagan. Ona farzandida paydo bo‘layotgan salbiy xususiyatlarni dildan suhbatlashish, do‘stlik,
o‘rtoqlik, ahilchilik haqidagi ibratli ertakni so‘zlash, tarbiya usullarini donolik bilan qo‘llash orqali
bola xulqiga ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Unga urishqoq gul ertagi misolida o‘rtoqlarini mensimay,
ulardan o‘zini katta tutgan, dimog‘dor gulning boshiga tushgan voqeani so‘zlab beradi. Shunisi
diqqatga sazovorki, muallif ertagida shunchaki, oddiy tarzda o‘rtoqlardan ajralib, yolg‘iz qolish,
juda og‘ir, yomon degan quruq didaktik fikrni aytmaydi. Balki yolg‘izlik va ko‘pchilikni bir-biri
bilan qiyosiy tasvirlaydi. Boqqa kirgan shamol avval ko‘p gullardan birini olib ketishni
mo‘ljallaydi va ularning yoniga shovullab, baqirib chaqirib boradi. Ammo gullar qo‘rqmaydilar,
“dadil turib, bir-birlarini mahkam ushlab, g‘uj bo‘lib olishadi”. Shamol birorta gulni olib
ketolmaydi. Yolg‘iz yurgan urishqoq gul esa shamolni ko‘rib qo‘rqib ketadi. Undan qutilish, omon
qolish uchun qanchalik qattiq qiynaladi, barglaridan ayrilib ojizlanadi, o‘rtoqlariga muhtoj bo‘ladi.
Ertakda bog‘dagi gullar yoniga bosh egib kelgan urishqoq gul holati shunday tasvirlanadi:
“Ranglari oqarib, hansirab qolgan gulni ko‘rgan o‘rtoqlari uni darrov o‘rtaga olib, mehribonchilik
ko‘rsatishibdi. Shunda haligi gul yig‘lab yuboribdi.
– Meni kechiringlar. Endi hech qachon, hech kim bilan urishmayman, – debdi astoydil”.
Onasi aytgan ertakdan ta’sirlangan bola tushida o‘zini urishqoq gul qiyofasida ko‘radi.
Yolg‘izlikning yomonligini his qilib, nima qilishni bilolmay ruhan tushkunlikka tushadi. Muallif
hikoyada ishtirok etgan Ona tabiatidagi samimiylikni, bolasini tushinib, unga mehr ko‘rsatishi,
qo‘llab-quvvatlashini yorqin chizgilarda ko‘rsata olgan.
Xulosa qilinganda, bolalarni ma’naviy tarbiyalashda asrlar bo‘yi e’zozlanib kelingan
adabiy manbalardan foydalanish, non va suvni muqaddas deb bilish, uni isrof qilmaslik,
pazandalikka qiziqish, tozalikka rioya qilish kabi bolalarda eng yaxshi xislatlarni tarkib toptirish
xalq pedagogikasining asosi sifatida har bir mashg‘ulot tarbiya jarayonining negizini tashkil etishi
kerak.
“Odob axloq tarbiyasi’ yo‘nalishidagi mavzular
№
Mavzular
1.
Odob salomdan boshlanadi
2.
Ota-onaga hurmat
3.
Bizning oila
4.
Buvi-buvijonlarimiz
5.
Aka-uka, opa-singillarga hurmat
6.
Qiz bolalarga xos fazilatlar
7.
O‘g‘il bolalarga xos fazilatlar
8.
Mehnatsevarlik
9.
Ota-onamga yordamchiman
10. Dasturxon odobi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1109
11. Shirinso‘z bo‘lish
12. Mehmonga borish odobi
13. Mehmon kutish odobi
14. Navro‘z bayrami
15. Hashar
16. 9-may- Xotira va Qadrlash kuni
17. Tejamkorlik- yaxshi odat
18. Suv muqaddasdir
19. Ozodalik-orastalik
20. Oilaviy tadbirkorlik
21. Kitob bizning do‘stimiz
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha
ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. – T., 2020.
2.
Grosheva I.V, Yevstafeva L.G, Maxmudova D.T, Nabixanova sh.B, Pak S.V, Nazarova
V.A, Isxakova M.R, Abdunazarova N.F. "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi
(takomillashtirilgan ikkinchi nashr) – T:2022
3.
Fayzullaeva M.Z., N.T.Jo‘raeva “Men va mening oilam” – T:2022
