ХАLQ CHОLGULАRI АNSАMBLLARIDA MUSIQA CHOLG’ULARINING O’RNI

Аннотация

maqolada musiqiy cholg’u asboblari, ularning xalqlar xayotidagi o’rni va ahamiyati alohida e’tiborga loyiqli yoritilgan. Musiqiy cholg’u asboblar ko’p asrlar davomida ma’lum ma’noda shaklan takomillasha borgan bo’lsada, mazmunan o’z qiymatini saqlab qola olganligi. Yaqin - yaqingacha milliy cholg’u asboblariga nisbatan e’tibor susaygandek bo’lib, milliy an’ana va qadryatlarimiz tiklangach, bu jarayon shunday jadal surratlarda rivojlanib ketganligi xaqida ma’lumot berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Dadaboyev , X. (2024). ХАLQ CHОLGULАRI АNSАMBLLARIDA MUSIQA CHOLG’ULARINING O’RNI. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35199
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

maqolada musiqiy cholg’u asboblari, ularning xalqlar xayotidagi o’rni va ahamiyati alohida e’tiborga loyiqli yoritilgan. Musiqiy cholg’u asboblar ko’p asrlar davomida ma’lum ma’noda shaklan takomillasha borgan bo’lsada, mazmunan o’z qiymatini saqlab qola olganligi. Yaqin - yaqingacha milliy cholg’u asboblariga nisbatan e’tibor susaygandek bo’lib, milliy an’ana va qadryatlarimiz tiklangach, bu jarayon shunday jadal surratlarda rivojlanib ketganligi xaqida ma’lumot berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1152

ХАLQ CHОLGULАRI АNSАMBLLARIDA

MUSIQA CHOLG’ULARINING O’RNI

Dadaboyev Xasanboy Maratovich

Andijon davlat universiteti

Musiqiy ta’lim kafedrasiv.b.dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12598055

Annotatsiya.

maqolada musiqiy cholg’u asboblari, ularning xalqlar xayotidagi o’rni va

ahamiyati alohida e’tiborga loyiqli yoritilgan. Musiqiy cholg’u asboblar ko’p asrlar davomida
ma’lum ma’noda shaklan takomillasha borgan bo’lsada, mazmunan o’z qiymatini saqlab qola
olganligi. Yaqin - yaqingacha milliy cholg’u asboblariga nisbatan e’tibor susaygandek bo’lib,
milliy an’ana va qadryatlarimiz tiklangach, bu jarayon shunday jadal surratlarda rivojlanib
ketganligi xaqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlari:

qadriyat, cholg’u ijrochiligi, хаlq chоlgulаri аnsаmbli, zamonaviy ansambl.

THE ROLE OF MUSICAL INSTRUMENTS IN FOLK INSTRUMENT ENSEMBLES

Abstract.

The article highlights musical instruments, their place and importance in the life

of peoples, which deserve special attention. The fact that musical instruments could retain their
value in content, although in a certain sense they were formed over many centuries. Until recently,
attention to national instruments seemed to be waning, and as our national traditions and values
were restored, it was reported that this process was developing at such a rapid pace.

Keywords:

value, instrumental performance, folk instrument ensemble, modern ensemble.

РОЛЬ МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В АНСАМБЛЯХ НАРОДНЫХ

ИНСТРУМЕНТОВ

Аннотация.

В статье освещаются музыкальные инструменты, их место и

значение в жизни народов, заслуживающие особого внимания. Тот факт, что музыкальные
инструменты могли сохранять свою ценность в содержании, хотя в определенном смысле
формировались на протяжении многих веков. До недавнего времени внимание к
национальным инструментам, казалось, ослабевало, и по мере восстановления наших
национальных традиций и ценностей сообщалось, что этот процесс развивался в таких
быстрых темпах.

Ключевые слова:

ценность, инструментальное исполнение, ансамбль народных

инструментов, современный ансамбль.

Xalqlarning madaniy qadriyatlari ommalashib kelayotgan musiqiy merosni yaratilish va

rivojlanish tarixiga nazar solmasdan turib bugungi kunda biror bir amaliy natijaga erishish
mushkul.

Bugungi kunda o`zbеk xalqining milliy o`zligini anglash jarayoni jadallashishi munosabati

bilan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyasining ahamiyati sеzilarli darajada ortib bormoqda.
Xalqimizning ko`p asrlik tarixi davomida shakllangan ma'naviylik va ma'rifiylik fazilatlarini yosh
avlod qalbiga singdirishda madaniyat va san'at muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois jamiyatda
ma'naviy va madaniy qadriyatlarni mustaxkamlanishi yosh avlodni milliy mеrosga, tarixiy
an'analarga xurmat, Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda
samarali omillardan biri hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1153

Shu ma’noda musiqiy cholg’u asboblari, ularning xalqlar xayotidagi o’rni va ahamiyati

ham alohida e’tiborga loyiqdir. Musiqiy cholg’u asboblar ko’p asrlar davomida ma’lum ma’noda
shaklan takomillasha borgan bo’lsada, mazmunan o’z qiymatini saqlab qola olgan. Zero, shu
o’zgarishlar bois bunday cholg’u asboblarning dunyo miqiyosida ahamiyati oshishiga salmoqli
hissa qo’sha oldi.

Yaqin - yaqingacha milliy cholg’u asboblariga nisbatan e’tibor susaygandek bo’ldi, milliy

an’ana va qadryatlarimiz tiklangach, bu jarayon shunday jadal surratlarda rivojlana bordi. Shuni
ta’kidlash joizki, har qanday sharoitda ham musiqa bizning xalqimiz qalbiga oshno bo’lib, sayqal
bera olgan.

Hеch mubolag‘asiz aytishimiz mumkinki, radioning oltin хazinasidan joy olgan musiqiy

mе’rosimizning ushbu namunalari kеlajakning har bir yosh avlodiga an’anaviy ijro masalasida
dasturi amal bo‘lib, хizmat qilib kеladi va shu yo‘sinda davom etadi.

Haqiqatan ansambl ijrochiligining nafosatli хususiyatlarini va uning turli tarkiblariga

tuzilishi imkoniyatlarini, O‘zbеkiston davlat konsеrvatoriyasida 1972 yildan boshlab, o‘z
faoliyatlarini boshlagan ilm dargohi, yani an’anaviy ijrochilik kafеdrasi uzoq yillar davomida shu
kungacha o‘z faoliyatini ko‘rsatib kеlmoqda.

Darhaqiqat, jonli ijroda musiqa cholg‘ular ovozlarini mutanosib holda tarranum etishlari

uchun shunga mos cholg‘ular to‘plash lozim. Shunday bo‘lsinkim, nay va g‘ijjak sozi bilan
birgalikda dutor va tanbur ovozlari ham ansambl ijrosida eshitilib tursin. Aytish joizki, ansambl
ichrochiligini asosiy mohiyati ham shundadir.

Biz yuqorida murojat etgan Fitrat domlaning fikrlari ham, hazrat Alisher Navoiyning

kеltirgan shе’riy misollarini zaminida ham ana shu ansambl ijrosidagi turfa ovozlarni jozibasi
hamda mutanosibligi turadi. Biz doimo ijroda ana shu inson ruhiyatiga bir mе’yorda ta’sir etuvchi
ovozga erishadigan ansambllarni tuzishimiz maqsadga muvofiqdir. Tuzilgan ansambl tarkibida
sozlarning sonidan qat’iy nazar, asosiy e’tibor ularning tarranum (bir mе’yor) sifatiga qaratilishi
lozim.

Ayni paytda an’anaviy ansambllar vohaviy, uslubiy хususiyatlar doirasida shakllanib

borayotganligini guvohimiz. Bunga Buхoro, Хorazm, Toshkеnt – Farg‘ona, Samarqand, Andijon
viloyatlarida faoliyat olib borayotgan maqom ansambllarini misol qilish mumkin. Aytish joizki,
ansambl ijrochiligi juda sеrmashaqat va mushkil jarayonni o‘z ichiga oladi. Uni yoshlar
amaliyotiga singdirish sharafli ishlardan biri hisoblanadi.”

1

“Yuqoridagi bir nechta allomalarning fikridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki

musiqa va uni kelajak avlodga o’rgatish shaxs kamolotini tarbiyalashda asosiy vazifalardan biri
bo‘lib hizmat qiladi. Musiqa sadolari eshitgan inson ongini va tafakurrini rivojlantiribgina
qolmasdan ma’lum ma’noda orzu va maqsadlar uyg’ota oladi. Cholg‘u asbobida ijro eta oladigan
musiqachi o‘zining olamini ham yarata oladi. Ijro etiladigan kuy har bir insonga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi. Jumladan tinglovchining hayotiy kechinmalarini, esga soladi, qalbga sokinlik,
ruxiyatga poklik, mo‘tadillik baxsh etadi, fe’l-atvoriga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.”

2

1

Оdilov А.O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi. O’qituvchi.Т;1995, 85-b

2

Raimova D.M. O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda musiqaning ro’li, ‘Modern

science and research’ Vol.3,2023.139-b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1154

Zеro, kеlajagi buyuk davlatning kеlgusida hozirgi yosh avlodni bеnazir ustozlar sifatida

shakllana borishida ushbu tarbiya ham asos bo‘lib хizmat qilishi bеgumondir.

Hоzirgi zаmоn o`zbеk musiqа ijоdiyoti sеrjаbhа vа ko`lаmi kеng, uslubаn bоy vа rаng-

bаrаng, rivоjlаngаn vа shiddаtli jаrаyon sifаtidа gаvdаlаnаdi. Zоtаn, musiqiy mаdаniyatimiz judа
qаdim, bеtаkrоr vа nоyob аn`аnаlаrgа egа bo`lgаni hоldа, zаmоnа zаyli bilаn yangidаn - yangi
yo`nаlish, shаkl, jаnr, uslublаr bilаn yanаdа bоyib bоrmоqdа

3

Хаlq chоlgulаri аnsаmbllari xalq cholg’ulari ijrochilik yonalishidagi cholg’u sozlardan

tashkil topadi. Bu cholg’u sozlarga asosan nay, chang, prima rubob,qashqar rubob,avg’on rubob,
dutor prima, dutor alt, dutor bas, dutor kontrabas, g’ijjak, g’ijjak alt, g’ijjak bas,g’ijjak kontrabas,
doira , nog’ora kabi cholg’u sozlar ba’zida tanbur ,sato, qo’shnay kabi cholg’ulardan iborat bo’ladi.
Bundan tashqari bir turg mansub cholg’u sozlaridan xam ansambl tashkil qilish mumkin, misol
uchun, dutorchilar, rubobchilar, avg’on rubob, qashqar rubob, doirachilar ansambli va xokazo
ansambllar tashkil etish mumkin.

Xalq cholg’ularini tashkil etishda ansambl raxbari tarkibga axamiyat berishi lozim. Bunda

tarkibga mos asar tanlanadi yoki asarni tarkibga moslashtiradi misol uchun: kamer cholg’ulari
aasarlaridan foydalansak, shtrihlarni o’zgartirish darkor, bunda kamer cholg’uda legato bo’lsa,
mizrobli cholg’ularda tremologa aylantirish mumkin va shunday xolatlarni xalq cholg’u
asboblariga moslashtirib borish mumkin. Ansambl tashkil qilishda ansambl raxbaridan akademik
ijrodan, ustoz shogird yonalishidan, estradada va badixa(improvizatsiya) xolatlarida ishlash
imkoniyatlari mavjud.

Ansamblda ijro mahoratini egallash, avvalo, to‘g‘ri o ‘tirish, cholg‘u sozini to‘g‘ri tutish,

tovush chiqarish madaniyatini egallab borish, ijro harakatlarini to‘g‘ri shakllantirish hamda
jamoaviy ijro qoidalariga to‘liq rioya etishlikni nazarda tutadi:

— ijro paytida gavdani shunday tutish lozimki, toki u ijrochining barcha harakatlari uchun

qulay va tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lsin;

— suyanchiqqa suyanmasdan, o‘rindiqning yarmida o‘tirish odat qilinadi, sozandalarning

chap oyoqlari oldinroq o ‘ng oyoqlari esa orqaroq joylashadi;

— o ‘ng qo‘lning to‘g‘ri joylanishiga, ijro harakatlarining erkin bolishiga erishiladi;
— chap qo‘l soz dastasini siqmasligi (rubob, afg‘on rubobi, soz, g‘ijjak, dutor sozlarida),

qoli kafti dastaga tegmasligi, erkin bo‘lishiga harakat qilinadi;

— sozandalar kuyni boshlashda diqqat bilan o'tirishlari, boshlovchi sozanda yoki doiraning

auftakli bilan birgalikda boshlashlari zarur;

— kuyni tamomlashda ham xuddi shunday doira usuliga muvofiq yoki umumiy
ansamblning bir nafasda tamomlashiga diqqatni qaratish loziin;
— ansambl ijrochiligida jamoaviy ijro madaniyatiga rioya qilish, ijro paytida diqqat bilan

o ‘tirish nafaqat o ‘z sozi tovushi, balki umumiy ansambl tovushini va shunga mos ravishda o ‘z
sozi tovushini nazorat qilib borish lozim;

3

Ziyavutdinova Z.U.

Cholg`u ijrochiligi va ansambli. O’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti 2022,11-b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1155

— ijro uchun qulay va to‘g‘ri holatni tanlash, qo41arni erkin tutish, tovush chiqarish

madaniyatini to‘g"ri o ‘zlashtirib borish har bir soz ijrosi uchun umumiy talablar mazmuniga
kiradi.

4

Zamonaviy ansambllarda qaysi turda bo’lishidan qat’iy nazar ( xalq cholg’ulari , milli

ansambl, kamer ansambl damli-zarbli ansambllar va xokazo) zamonasiga mos holda yangi
takomillashtirilgan cholg’ular va zamonaviy bastakorlar qarashlariga mos yondashuv nazarda
tutiladi. Xozirgi kunda milliy ansambllarimiz tarkibida electron cholg’ular, sintez klavishshalar,
elektro gitara, elektro bas gitara xamda zarbli cholg’ulardan foydalanishini va asar ijrosida milliy
ansambllarimiz ikki ovozli xamda kop ovozlik jumlalardan, jaz rok janriga mos sinkopalardan
foydalangan jumlalarni ko’rishimiz mumkin. Xalq cholgu ansambllarida xam xuddi shunday
elektr cholg’ulardan foydalanish urfga kirib bormoqda. Asar ijrosida zamonaviy
improvizatsiyadan foydalanishini muzatishimiz mumkin. Butkul zamonaviy ansambllarga e’tibor
qaratadigan bo’lsak hozirgi davrda yangi yonalish bo’lgan etno-jaz (etnik holatda) tarkibida
ansambl ko’rinishida butun xalqlarning cholg’ularini Estrada cholg’ularida uyg’un uchratishimiz
mumkin. Misol uchun:

Estrada ansamblida (bas gitara, elektro gitara, klassik gitara, sintez klavish,dryums

perkusiya) hind

ragasini setir

cholg’usida kuzatish mumkin, Azarbayjon

mug’omini

tor

cholg’usida ko’rishimiz mumkin. O’zbek

maqomini

tanbur

cholg’usida kuzatishimiz mumkin va

xokazo.

Zamonaviy ansamblda asarga yondashish tarkibiy holatga bog’liq emas. XXI asrga kelib

jaxon klassikasini simfonik orkestrlar ijrosidagi partiyalarni zamonaviy ansambllarda moslashtirib
ijro etilmoqda, bunga misol Motsart, Bax, Vibaldi va boshqalar ko sertlarini rok ansabllar elektro
gitarada distorshen(metalika tovush) tovushida ijro etmoqda.

Xulosa qilib aytganda , o’tmish tarixga bir nazar solsak Abu Nasr Farobiy, Darvesh Ali

Changiy, Urmaviy kabi allomalar davridan mukammal shakllangan. Mumtoz asarlarimizga nay,
chang, ud, tanbur, dutor,doira kabi cholg’ularda jo’r bo’lingan.

“Musiqa cholg‘u asboblari ba’zida xalq va professional (orkestr) turlarga ham bo‘linadi.

Orkestr cholg‘ulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan
ko‘p ovozli musika asarlari ijrosiga moslashtirilgan. Xalq cholg‘ulari esa ma’lum millat (elat)
monodik musiqa ijrosi uchun qo‘llaniladi va musiqiy tovush quroli bo‘lish bilan birga, moddiy
madaniyat mahsuli hamdir.”

5

Demak, xalq cholg’u asboblari ansambllarini boshqarishda bo`lajak, talabalarni musiqiy

jamoaga rahbarlik qilishda o`rgatayotgan asarni barcha nyuanslarini o`rganib dirijorlik jestlar
yordamida asarning musiqiy ifodasi, badiiy obrazi, jestlar yordamida jamoani diqqatga tayyorlash,
auftakt yordamida ijroni boshlash, asarni yakunlash kabi xarakatlarni imo-ishora va dirijorlik
tehnikasi yordamida ko`rsata olishi maqsadga muvofiqdir.

6

Zamonaviy ansambllarni rivojlanish tarixi XX asrdan ikkinchi yarimidan insoniyatning

ijtimoiy taraqqiyotiga uzviy bog’liq. Bunda elektr kashf qilinishiga , ovoz kuchaytirilishini paydo

4

H. Nurmatov, O. Nazarov, Sh. Janaydarov.

Cholg‘uchilar ansambli., T.; 2005,45-b

5

Ziyavutdinova Z.U. “Milliy cholg‘u ansambllar tashkil etilishining ilmiy nazariy va metodologik asoslari”,

“‘Modern science and research’ Vol.3,2023.144-b

6

Raimova D.M “Dirijorlik ” o’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti 2022,32-b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1156

bo’lishiga sabab boldi, ansambl ijrosida 5–6 kontrabaschini o’rniga 1 nafar bas-gitara cholg’usini
o’rnini bosa oladigan holatga keldi. Shu tarzada klavishli sozlarni (fortepiano, organ,
royal)o’rniga elektro- klavishlar o’rnini egalladi.

Urma zarblilarda xam oldingi tarkibda katta barabanda alohida cholg’uchi, kichik

barabanda alohida cholg’uchi, krash perkusiyalarni alohida ijrochi bo’lgan, zamonaviy ansamblda
urma-cholg’ularni bitta cholg’u egalladi.

Elektro-gitaralar klassik gitaralar o’rnini egalladi. Bu omillar Estrada yonalishida

xozirgacha kelgan oqimlar zamonaviy musiqani rivojlanishiga olib keldi.

REFERENCES

1.

Оdilov А.O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi. O’qituvchi.Т;1995, 85-b

2.

H. Nurmatov, O. Nazarov, Sh. Janaydarov. Cholg‘uchilar ansambli., T.; 2005

3.

Raimova D.M. Dirijorlik . O’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti 2022,32-b

4.

Ziyavutdinova Z.U.

Cholg`u ijrochiligi va ansambli. O’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti

2022,11-b

5.

Raimova D.M. O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda
musiqaning ro’li,

International scintifi jurnal “

Modern science and research’ Vol.3/

ISSUE 4/UIF;8,2/2023Vol.3,2023.139-b

6.

Ziyavutdinova Z.U. “Milliy cholg‘u ansambllar tashkil etilishining ilmiy nazariy va
metodologik asoslari”,

international scintifi jurnal

“‘Modern science and research’ Vol.3/

ISSUE 4/UIF;8,2/2023.144-b

Библиографические ссылки

Оdilov А.O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi. O’qituvchi.Т;1995, 85-b

H. Nurmatov, O. Nazarov, Sh. Janaydarov. Cholg‘uchilar ansambli., T.; 2005

Raimova D.M. Dirijorlik . O’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti 2022,32-b

Ziyavutdinova Z.U. Cholg`u ijrochiligi va ansambli. O’quv qo’llanma. Farg’ona nashriyoti 2022,11-b

Raimova D.M. O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda musiqaning ro’li, International scintifi jurnal “Modern science and research’ Vol.3/ ISSUE 4/UIF;8,2/2023Vol.3,2023.139-b

Ziyavutdinova Z.U. “Milliy cholg‘u ansambllar tashkil etilishining ilmiy nazariy va metodologik asoslari”, international scintifi jurnal “‘Modern science and research’ Vol.3/ ISSUE 4/UIF;8,2/2023.144-b