Authors

  • Mirjaxon Esanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35165

Abstract

Bugungi kunda internet va raqamli texnologiyalarning paydo bo’lishi bilan yangi shakldagi turli tadbirkorlik yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Elektron tijorat va internet magazinlar bularning yorqin misoli bo‘lib, dastlabki tadbirkorlar bu borada hech qanday tajribaga ega bo‘lmay va bozor shakllarini to‘liq anglamasdan faoliyat yuritganlar. Hozirgi kunda mashhur bo‘lgan ko‘plab biznes modellarga dastlabki tadbirkorlar tajribasi asos sifatida xizmat qiladi. Buning natijasida esa ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarning daromadi yanada ortishini aytishimiz mumkin.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1188

ELEKTRON TIJORATNING MODELLARI

Esanov Mirjaxon Jalol o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali,

Iqtisodiyot fakulteti, RI-122 guruhi, 2-bosqich talabasi

esanovmirjaxon25012003@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12598353

Annotatsiya.

Bugungi kunda internet va raqamli texnologiyalarning paydo bo’lishi bilan

yangi shakldagi turli tadbirkorlik yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Elektron tijorat va internet
magazinlar bularning yorqin misoli bo‘lib, dastlabki tadbirkorlar bu borada hech qanday
tajribaga ega bo‘lmay va bozor shakllarini to‘liq anglamasdan faoliyat yuritganlar. Hozirgi kunda
mashhur bo‘lgan ko‘plab biznes modellarga dastlabki tadbirkorlar tajribasi asos sifatida xizmat
qiladi. Buning natijasida esa ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarning daromadi yanada
ortishini aytishimiz mumkin.

Kalit so‘zlar:

Elektron tijorat tashkilotlari modellari, bozor segmentlari, bozor turlari,

elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari, onlayn do‘konlarning biznes modellari,
elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishish omillari va risklari, elektron tijoratning xavflari.

MODELS OF ELECTRONIC COMMERCE

Abstract.

Today, with the advent of the Internet and digital technologies, various business

directions of a new form have begun to appear. E-commerce and online stores are a vivid example
of this, and the first entrepreneurs did not have any experience in this regard and did not fully
understand the market patterns. Many business models that are popular today are based on the
experience of early entrepreneurs. As a result, we can say that the income of manufacturing
enterprises and organizations will increase even more.

Keywords:

E-commerce organization models, market segments, market types, e-commerce

site organization models, online store business models, success factors and risks in e-commerce,
E-commerce risks.

МОДЕЛИ ЭЛЕКТРОННОЙ ТОРГОВЛИ

Аннотация.

Сегодня, с появлением Интернета и цифровых технологий, начали

появляться различные направления бизнеса новой формы. Электронная коммерция и
интернет-магазины – яркий тому пример, а первые предприниматели не имели никакого
опыта в этом отношении и не до конца понимали закономерности рынка. Многие
популярные сегодня бизнес-модели основаны на опыте ранних предпринимателей. В
результате можно сказать, что доходы производственных предприятий и организаций
еще больше возрастут.

Ключевые слова:

модели организации электронной коммерции, сегменты рынка,

типы рынков, модели организации сайтов электронной коммерции, бизнес-модели
интернет-магазинов, факторы успеха и риски в электронной коммерции, риски
электронной коммерции.

Hozirgi vaqtda Internetda biznes yuritishning muvaffaqiyatli tajribasi mavjud va biznes

modellarini shakllantirishning samarali usullari paydo bo‘lgan. Tadbirkorlarlar ko‘plab savollarga,
xususan, elektron biznesning risklarini hisobga olgan holda asosiy va yordamchi biznes


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1189

jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq savollarga javob topishlari mumkin. Shunday bo‘lsada,
elektron tijorat uchun bir qator savollar doim dolzarbligicha qoladi: Muvaffaqiyatli biznes
modellari kompaniyalar uchun qanday quriladi? Turli bizneslar, messenjerlar va axborot biznesi
kompaniyalari qanday qilib daromad olishadi? Mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun turli xil
monetizatsiya modellarining kuchli va zaif tomonlari nimadan iborat? Qanday qilib
muvaffaqiyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak? Chunki biznes modellar yangi texnologiyalar asosida
doim o‘zgarib va moslashib boradi.

Elektron tijorat tashkilotlari modellari va bozor segmentlari.

Elektron tijorat modellari

kompaniya hayot siklining qaysi bosqichida bo‘lganiga va kompaniya mahsulotni yoki xizmatni
qaysi bozor segmentida chiqarishni rejalashtirganiga qarab o‘zgaradi. Quyida 1-rasmda asosiy
segmentlar keltirilgan.

1-rasm. Elektron tijorat uchun asosiy bozor segmentlari.


Yuqoridagi segmentlar kompaniyalar elektron tijorat faoliyatini olib boradigan eng

mashhur segmentlardir. Har bir bozor o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu segmentlarda B2B
bozori hajmi bo‘yicha B2C bozoridan bir necha baravar katta. B2G bozori asosan elektron xaridlar
tizimi orqali faol amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari keng qo‘llaniladigan
boshqa segmentlar ham ommalashgan:

Hukumatdan biznesga (Government-to-Business, G2B).

Hukumatdan fuqarolarga (Government-to-Citizens, G2C).

Hukumatdan hukumatga (Government-to-Government, G2G).

Biznesdan hamkorlarga (Business-to-Partners, B2R).

Biznesdan xodimlarga (Business-to-Employee, B2E).

Biznesdan-biznesga-mijozga (Business-to-Business-to-Customer, В2В2С).

Muvaffaqiyatli biznes modelini yaratishning muhim omillaridan biri bu bozor o‘rnini

tanlash omilidir. Iste’molchilar strukturasi va segmentini qamrab olish mezoniga ko‘ra bozor
turlari quyidagicha farqlanadi:

1)

Ommaviy bozor. Iste’molchilar xususiyatlari: aksariyat ehtiyojlari o‘xshash aholi

qatlami. Masalan, xalq xo‘jaligi tovarlari bozori.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1190

2)

Maxsus bozori. Iste’molchi xususiyatlari: o‘xshash ehtiyojlarga ega bo‘lgan

aholining kichik guruhlari. Masalan, keng iste’mol tovarlari bozori.

3)

Ko‘p tarmoqli korxonalar iste’molchilarning turli guruhlari bilan ishlaydi, ularga

ommaviy va quyi qatlam bozorlarda ham xizmat qiladi. Quyida 2-rasmda ko‘ptarmoqli korxonalar
faoliyati keltirilgan.

Kompaniyani bozorga olib chiqish jarayonida biznesni kengaytirish uchun bozor

cheklovlarini hisobga olish kerak. Chunki yirik kompaniyalarni faqat masshtablashish oson
bo‘lgan ommaviy bozorda qurish mumkin. Bunday holda, ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan
mahsulot tannarxi keskin pasayganda masshtablashish hisobiga tejamkorlikka erishiladi.
Ixtisoslashgan bozorda shunga o‘xshash natijalarga erishish ancha qiyin.

2-rasm. Iste’molchilar portreti va iste’molchilar segmentini qamrab olish bo‘yicha

bozor turlari

1

.


Ko‘p tomonlama platformalar boshqa modellar orasida eng barqaror hisoblanadi. Ushbu

kompaniyalar turli xil ehtiyojlarga ega bo‘lgan turli iste’molchilar segmentlariga xizmat
ko‘rsatadilar. Facebook, Alibaba Group, Google va boshqalar shular jumlasidandir. Alibaba Group
o‘z qidiruv tizimi, ijtimoiy tarmog‘i, to‘lov tizimi, kim oshdi savdosi va boshqa xizmatlarga ega.

1

VisionMobile ma’lumotlari asosida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1191

3-rasmda Alibaba guruhi kompaniyalari keltirilgan. Alibaba guruhining o‘sishiga nafaqat ko‘p
tomonlama

platformaning

yaxshi

qurilgan

biznes

modeli,

balki

Xitoy

bozori

monopollashtirilganligi ham yordam beradi. Kompaniyalar kirishi qiyin bo‘lgan yopiq bozorda
har doim yirik o‘yinchilar va diversifikatsiyalangan kompaniyalar mavjud bo‘ladi.

So‘nggi yillarda bozorga tegishli ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilishga yo‘naltirilgan

yangi elektron xizmatlarning paydo bo‘lishi kompaniyalar uchun qidiruv so‘rovlari asosida talabni
tahlil qilish imkoniyatini ochmoqda.

3-rasm. “Alibaba Group” ning ko‘p tomonlama platformasi

2

.


Elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari.

Elektron savdo

maydonchalarini tashkil etish modellarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, 4-rasmda ularning
asosiy turlari aks ettirilgan.

Onlayn katalog (online catalog).

Bu – iste’molchi ko‘p jihatdan turli xil ishlab

chiqaruvchilar va sotuvchilarning tovarlari to‘g‘risida axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lgan
savdo maydonchasidir.

Virtual savdo markazi (kiber savdo markazlar, elektron pochta).

Onlayn katalogning

ko‘rinishlaridan biri. Bu bitta Internet-manzil ostida va bitta portalda to‘plangan alohida
kompaniyalar to‘plami. Bir veb sayt turli xil do‘konlarda xaridlarni amalga oshirishga imkon
beradi. Bunday holda yagona savdo tartib qoidalari, yagona savat va elektron to‘lov tizimi
o‘rnatiladi.

2

Alibaba Group rasmiy sahifasi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1192

Elektron auksion (elektron auksion).

Iste’molchi turli ishlab chiqaruvchilar va

sotuvchilarning tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va kim oshdi savdosi vaqtida
belgilangan narx bo‘yicha xaridni amalga oshiradigan savdo maydonchasidir.

Elektron birja (e-exchange).

Narx talab va taklif bilan tartibga solinadigan bozor. So‘nggi

yillarda tarmoq elektron birjalari anchagina mashhur bo‘lmoqda. Masalan, aviatsiya sanoati uchun
Aerospann MvAircraft.com elektron birjalari, avtomobilsozlik uchun Covisint, iste’mol mollari
uchun Transora va boshqalar tashkil etilgan.

4-rasm. Elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari.

Onlayn do‘konlarning biznes modellari.

Dunyoda birinchi onlayn do‘konlarning biznes

modellarini qurishda buyurtmalar asosan telefon orqali, elektron pochta orqali, yetkazib berish esa
kuryerlik xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa xaridorlar inson
aralashuvisiz onlayn xaridni afzal ko‘rishmoqda, ammo ko‘p hollarda call markaz ishini noto‘g‘ri
tashkil qilish elektron tijoratning biznes modellarida salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Infrastruktura
nuqtai nazaridan barcha onlayn do‘konlar asosan ikkita muhim axborot tizimidan iborat:

1)

Front ofis (elektron vitrina - veb-sayt).

2)

Back ofis (kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazalari va boshqalar).

Internet-magazinlarning ishini tashkil etishning xususiyatlariga qarab, quyidagi turlar

ajratish mumkin:

elektron vitrina (front ofis);

avtomatlashtirilgan magazin (front ofis va back ofis);

Internet-savdo tizimi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1193

Hozirda internet do‘konlarning muvaffaqiyatli biznes modellari orasida quyidagilar

ajralib turadi:

1)

Hamkorlik dasturi (Affiliate Model).

Buning uchun tadbirkorda faqatgina yaxshi

trafikka ega bo‘lgan sayt mavjud bo‘lishi va u front-ofis shaklida, hamkor kompaniyaning elektron
mini-vitrinasi vazifasini bajarishi kerak bo‘ladi. Bunday holda, onlayn magazinning o‘z tovarlari,
omborlari, yetkazib berish xizmatlari va boshqalar bo‘lmaydi. Onlayn magazin hamkorlik
dasturini odatda katta onlayn do‘kon bilan imzolaydi va konvertatsiya uchun ya’ni hamkorlik
saytidan kelgan har bir mijoz uchun (konversiya) haq oladi. Odatda, komissiya 5% dan 15%
gachani tashkil qiladi. Ushbu model yirik onlayn-chakana sotuvchilar uchun ham manfaatli bo‘lib,
umumiy daromadlarining 10-15 foizi aynan shu shakldagi hamkorlikdan kelishi mumkin.

2)

Dropshipping.

Bu model ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchidan to‘g‘ridan-

to‘g‘ri mijozga yetkazish modeli. Ushbu model omborga ega bo‘lmagan onlayn-magazinlar uchun
qulaydir. Internet-magazinlarning rivojlanishini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ko‘pincha yangi ish
boshlagan. Dropshipping kompaniyalar o‘zlarining kurerlar xizmatlariga ham ega emaslar, ishlab
chiqaruvchilar yoki magazin xodimlarining o'zlari kurerlik ishlarini olib boradilar. Biznes o‘sib
borishi bilan kuryerlar autsorsing shartnomasi asosida jalb qilinadi, kompaniya yanada o‘sishi
bilan esa o‘z logistika xizmatlari yaratilishi talab etiladi. Amazon kabi kompaniyalar o‘zlarining
fulfilment (markazlashgan omborxona) markazlari mavjud bo‘lsa, OZON kabi yirik chakana
sotuvchilar allaqachon o'zlarining logistika tarmog‘i infratuzilmasini yaratishga kirishganlar.
Shuningdek, faol kengayish va ekspansiya jarayonida yirik kompaniyalar o‘z etkazib berish
markazlari va to‘lov tizimlarini yaratishga intiladilar. Masalan, eBay-da PayPal tizimi mavjud.
Alibaba Alipay to‘lov tizimi va B2B, C2C, B2C bozorlarida ishlash uchun o‘z boshqa xizmatlariga
ega. Biznes modelini tanlashda uning samaradorligini hisoblash va sotish hajmi oshishi bilan uning
masshtablashishini ta’minlash haqida o‘ylashlari kerak.

Elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishish omillari va risklari.

Elektron tijoratdagi muvaffaqiyat omillari ko‘p vektorli bo‘lib, tadqiqotlarga ko‘ra ularni

quyidagilarga ajratilishi mumkin:

1)

To‘g‘ri rivojlanish strategiyasini tanlash. OZON (Ozon.ru) muvaffaqiyatining

muhim omili bu “yetakchiga ergashish” rivojlanish strategiyasini tanlanishidir. OZON 1998-yilda
Sankt-Peterburgdagi Reksoft IT-kompaniyasida “Keling, Rossiya Amazonini yaratamiz” degan
g‘oya asosida kelib chiqdi. 1999-yilda u ru-NetHolding investitsiya kompaniyasiga sotildi. 11 yil
davomida OZONning tovar aylanmasi 102 million dollarni tashkil etdi va bu kompaniya uchun
yaxshi yutuq edi. OZON Amazonning izidan yurdi. Amazonga (Amazon.com) 1995-yilda Jeff
Bezos tomonidan asos solingan. Jeff Bezos bir investitsiya kompaniyasining tahlil bo‘limida
ishlagan, internetda ishlashda yaxshi salohiyatga ega edi va bir kuni internet orqali kitoblar savdosi
juda porloq kelajakka ega ekanligini anglab yetdi. Amazon.com, daromad olish uchun uzoq yo‘lni
bosib o‘tdi. Internet-magazin 2001-yilning so‘nggi choragidagina birinchi marta foyda ko‘rdi.
Bozorga kirganidan olti yil o‘tgach, u yiliga qariyb 4 milliard dollarlik tovar aylanmasiga ega
bo‘ldi. Birinchi foydali yil 2003-yil bo‘lib, tovar ayirboshlash hajmi 5,26 milliard dollarni tashkil
etdi. Amazon.com bundan oldinroq ham daromad keltirishi mumkin edi, ammo barcha daromadlar
uzoq vaqt davomida do‘konlarni rivojlantirishga sarflandi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1194

kompaniyaning rivojlanishi va uzoq muddatli muvaffaqiyati uchun sarmoyalar to‘g‘risida o‘ylash
muhimdir.

2)

Daromadlarni qayta investitsiya qilish. Agar kompaniya faol kengayib, o‘sishni

ko‘rsatsa, bu muqarrar ravishda sarmoyaga bo‘lgan ehtiyojning oshishiga olib keladi. Elektron
biznes uchun daromadlarni qayta investitsiyalash, bu, infratuzilma, birinchi navbatda axborot
texnologiyalari, elektron xizmatlar, logistika tizimlariga bo‘lgan sarmoyadir.

3)

Tizimning ishchanlik salohiyatini ta’minlash. Biznes modelida tizimning uzluksiz

ishlash qobiliyati yotishi kerak. Tizim ishchanligining muhim parametrlari bu: tashrif
buyuruvchilar soni, yetkazib berish vaqti, xizmat ko‘rsatish vaqti, so‘rovlarga javob tezligi va
boshqalar hisoblanadi. Kompaniya rivojlanib borishi bilan logistikaga bo‘lgan ishchanlik
talabining oshishi kuzatiladi. Agar kompaniya juda yuqori ishchanlikni ta’minlasa, bu
infratuzilmaning narxiga ta’sir qiladi va shuning uchun har doim biznesning ko‘lamini hisoblash
zarur.

4)

Internet-vitrnaning navigatsiyasi va strukturasini samarali tashkil etish. Internet-

vitrina navigatsiyasi va strukturasini yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlash kerak. Sakkiz
soniya qoidasi bu yerda muhim ahamiyatga ega, uning mohiyati shundaki, agar elektron do‘konga
tashrif buyurgan kishi sakkiz soniya ichida o‘ziga kerak bo‘lgan narsani topa olmasa, u holda u
elektron resursni tark etadi. Agar onlayn-magazin shaxsiy omborxona modelida ishlasa, u holda
onlayn-do‘kon omborini vitrina bilan sinxronlashtirish masalasini hal qilish kerak. Mabodo
do‘kon va ombor bir-biridan ajratilgan bo‘lsa, unda ma’lumotlarni sinxronlashtirishda muammo
yuzaga keladi.

5)

Tizim o‘lchamlarining axborot tizimi va infratuzilma arxitekturasi konfiguratsiyasi

bilan o‘zaro bog‘liqligi va mosligi. Masalan internet tezligi va tizimga tushadigan bosimni texnik
vositalar ko‘tara olishi.

6)

Kuchli analitik bo‘limga ega bo‘lish. Hech bir kompaniya tahlillarsiz, bozor,

mijozlar, kompaniya natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘masdan, qayta ishlamasdan
muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Har bir yirik kompaniyaning o‘ziga xos analitik bo‘limi mavjud
bo‘ladi, kichik kompaniyalar esa ko‘pincha bunday analitikani bepul sotib oladilar va o‘zlari
ma’lumot tahlilini o‘tkazadilar. Statistika foydalanuvchilar oqimi bilan nima yuz berayotganini,
ularni ko‘payishini, qanday xatti-harakatlarini qilayotganlarini, saytga kirish nuqtalari, saytdan
chiqish sahifalarini tahlil qilish va tushunishga imkon beradi. Ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish
bo‘yicha birinchi xizmatlar qatoriga Spylog, Rambler, WebTrends.com, Omniture.com kabi
xizmatlar kiradi. Ommabop statistika xizmatlari orasida Google Analytics, Yandex.Metrica,
Livelnternet, Ramblerlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

7)

Biznesning monetizatsiya modeli uni boshlashdan oldin aniqlanishi talab etiladi.

Monetizatsiya modeli - foyda olishning asosiy modellaridandir. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar
reklamadan, savdo platformalarini joylashtirish uchun, ichki virtual valyuta aylanmasi, pulli
ro‘yxatdan o‘tish, onlayn o‘yinlar, sovg‘alar, smayliklarni sotish va boshqalardan pul ishlab
topadi. Reklama nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, portallar, balki axborot resurslari uchun ham eng
mashhur daromad manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, axborot agentliklari hisobotlari, trafikni,
individual nashrlarga obuna bo‘lishni yoki arxivga kirish xizmatini sotadilar. Tanlangan
monetizatsiya modeliga ko‘ra, ko‘plab axborot agentliklari kontentning bir qismini yopib, uni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1195

pullik qilib qo‘yadilar va yaxshi trafikka ega bo‘lish va reklama orqali pul ishlash uchun asosiy
kontentni bepul qoldiradilar. Blog mualliflari reklama, hamkorlik dasturlari, havolalarni sotish,
kontent va boshqalarda pul ishlab topadilar. Har bir aniq monetizatsiya modeli ma’lum bir biznes
modeli asosida (Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand va
boshqalar) amalga oshiriladi.

8)

Yaxshi narxni shakllantirish modeli. Narxlar modeli qiymat zanjiri va

monetizatsiya sxemasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Har bir mahsulotning o‘ziga xos
narxlash modeli mavjud.

Elektron tijoratning xavflari.

1-Risk. Deyarli barcha savdo kompaniyalari duch keladigan juda muhim muammo bu:

xaridlarni boshqarish muammosi, yetkazib beruvchilarga bo‘lgan talab va ulani tanlashdagi
qiyinchiliklardir.

2-Risk. Xizmatlarni yetkazib berish jarayonini yakunlash uchun sarflanadigan vaqt

qisqarishi kerak, chunki xizmat ko‘rsatish tezligining pastligi mijozlarning kamayishiga olib
kelishi mumkin.

3-Risk. Xaridorlar ko‘payishi bilan ko‘proq mablag‘lar talab etilishi va natijada omborlar

aylanmasidagi muammolar yuzaga kelishi. Ichki buyurtmalar uchun oldindan to‘lovlarning ulushi
muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p internet-magazinlarda oldindan to‘lov 25% nisbatni tashkil
etadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, agar kompaniya elektron tijoratni rivojlantirishni rejalashtirsa,
biznesni yuritish uchun katta miqdordagi aylanma mablag‘kerak bo‘ladi. Internet kompaniyalar
esa tovarlarni iloji boricha tezroq yetkazib berishdan manfaatdordirlar.

4-Risk. Elektron to‘lovlarga ishonchsizlik. Bank kartalari orqali to‘lovlarning ulushi

pastligi. Barcha buyurtmalar bo‘yicha nisbat bank kartalari orqali to‘lovlarning ulushi pastligini
ko‘rsatadi.

5-Risk. Firibgarlik muammosi. Biz bu yerda mahsulot (xizmat) iste’molchilari tomonidan

firibgarlik haqida ham mulohaza qilamiz. Masalan, soxtalashtirilgan tovarlarni qaytarish,
birovning yoki o‘g‘irlangan bank kartalaridan foydalanish kabilar.

6-Risk. Eski tizimlar muammosi va axborot tizimlarining ishonchliligi. Ko‘pincha

kompaniyalar axborot tizimlarini yangilashda uzilishlar paydo bo‘lishi yoki eski va yangi tizim
birlashib tushunarsiz gibrid hosil bo‘lishi kabi hollarni ham e’tiborga olishimiz kerak.

7-Risk. O‘z logistika tizimi bo‘lmagan taqdirda yetkazib berish muammosi Agar

mamlakatda jo‘natmalarni yetkazib berish tizimi rivojlanmagan bo‘lsa, elektron tijorat yaxshi
rivojlana olmaydi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda rivojlanmagan logistika infratuzilmasi bilan
bog‘liq yetkazib berish samaradorligi muammosi onlayn tijoratning rivojlanishiga to‘sqinlik
qilmoqda. Yetkazib berish xizmatiga tegishli quyidagi qoidalarni e’tiborga olish kerak: 1) Bir
nuqtadan ikkinchisiga yetkazib beriladigan jo‘natmalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning har
birining narxi shunchalik arzon bo‘ladi. 2) Tovar ayirboshlash qancha ko‘p bo‘lsa, yetkazib berish
muddati shunchalik qisqaradi, chunki yuqori aylanmalar qatnovlar tez-tez amalga oshirishga
imkon beradi.

8-Risk. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar. Tashqi muhitning yuqori darajadagi murakkabligi,

dinamikligi va noaniqligi biznesga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, agar soliq yukini oshirish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1196

nuqtai nazaridan elektron biznes faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun paydo bo‘lsa, unda bu
ma’lum risklarga olib kelishi mumkin.

9-Risk. Kadrlar almashinuvi va yetishmovchiligi. Elektron tijoratda xodimlar

almashinuvi muammosi, ayniqsa, kuryer xodimlar bilan bo‘lgan muammolar birinchi o‘rinda
turadi.

10-Risk. Moliyaviy xatarlar. Qarz majburiyatlarini to‘lamaslik sababli o‘z biznesini

yo‘qotish xavfi. Masalan, Everpix startapi Amazon Web Services-da 400 million foydalanuvchi
fotosuratlarini saqlagan, qarz 35000 dollarga yetganda, xizmat barcha kontent va barcha
foydalanuvchilarni yo‘qotgan. Elektron savdo maydonchasi samaradorligining muhim
ko‘rsatkichlaridan biri bu xaridlar sonining veb-saytga tashrif buyuruvchilar soniga nisbati orqali
aniqlanadi (OCR-buyurtmalarini konvertatsiya qilish koeffitsienti).

XULOSA.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda Internetda biznes yuritishning

muvaffaqiyatli tajribasi mavjud va biznes modellarini shakllantirishning samarali usullari paydo
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan, tadbirkorlar ko‘plab savollarga, xususan,
elektron biznesning risklarini hisobga olgan holda asosiy va yordamchi biznes jarayonlarini tashkil
etish bilan bog‘liq savollarga javob topishlari mumkin. Buning natijasida esa iqtisodchi olimlar va
boshqalar o‘zlarining ish faoliyatida turli xil salbiy oqibatlardan cheklanish xususiyatiga ega
bo‘ladi. Bundan tashqari ish faoliyatini yanada qulay va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim masala
sanaladi.

REFERENCES

1.

D.X.SUYUNOV, A.T.KENJABAYEV A.O. RO‘ZIYEV Elektron tijorat. Darslik. -T.:
2023. –298 b.

2.

Z.S.Yuldosheva “Elektron tijorat modellari” amaliy darslik.

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektron_tijorat

4.

https://www.amazon.com/Elektron-tijorat-tamoyillari-elektron-
asoslari/dp/B0CJBP1CNG

5.

https://www.hufocw.org/Download/file/22221

References

D.X.SUYUNOV, A.T.KENJABAYEV A.O. RO‘ZIYEV Elektron tijorat. Darslik. -T.: 2023. –298 b.

Z.S.Yuldosheva “Elektron tijorat modellari” amaliy darslik.