286
MUAMMOLI KREDITLARNI UNDIRISH CHORA TADBIRLARINI TASHKIL
ETISH
Maxmudov Anvarjon Iskandar o'g'li
AIT Ipak Yo'li Banki, kredit portfeli monitoringi va muammoli kreditlarni undirish
departamenti bosh mutaxassisi,
Bank moliya akademiyasi MBA - Banking yo'nalishi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.12649937
Annotatsiya
. Ushbu tezisda
tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini
kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda faqatgina daromad olish uchun emas, balki
mablag’larni kredit oluvchidan to’liq qaytarib olish masalasini oldindan belgilab olishi zarur.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, aktivlar, kredit portfeli, kredit, risk, muddati o’tgan
to’lovlar, NPL.
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va
natijada ilg’or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish
uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq
keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy
muhitni yaratadigan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Valyutani tartibga
solish to’g’risida»gi hamda «To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida»gi yangilangan
qonunlari qabul qilindi. Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida
davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va
tavakkalchiliklarni
boshqarish
sifatining
yetarli
emasligi,
iqtisodiyotda moliyaviy
vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat
ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar
mavjudligini ko’rsatmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda ham ilmiy-nazariy hamda
amaliyotchi olimlar tomonidan "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ancha
ko’proq bahs va munozaralarga sabab bo’lmoqda. Bu albatta, bejizga emas, chunki bugungi
kunda respublikamiz tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi, uni
kamaytirish choralari ko’rilishiga qaramasdan anchagina yuqori foizni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda ko’pgina davlatlar bank tizimida umidsiz qarzlarning ko’payishi muammosiga
duch kelayotganligi tufayli banklarning muammoli kreditlari bilan ishlash tizimini
takomillashtirish masalalari dolzarbligi hozirgacha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning
287
uchun kreditorlar bilan bir qatorda mijozlar tomonidan kreditni qaytarish bo’yicha o’z
yechimini topmagan muammolar mavjud.
Ilmiy adabiyotlarda muammoli kreditlar bo’yicha turli xilma-xil ta‘riflar berilgan.
Ayrim adabiyotlarda, muammoli kredit deganda ob‘ekti, sub‘ekti va ta‘minotiga nisbatan
bank tomonidan shubha paydo bo’lgan kredit tushunilsa, ayrim adabiyotlarda muammoli
kreditlar deganda, ― qarz oluvchi bir yoki bir necha to’lovlarni amalga oshirmaganligi yoki
kredit ta‘minoti qiymatining pasayishi kreditni muammoli kreditlar turkumiga o’tishini
anglatadi deya ta‘rif berilgan.
Mazkur
tezisda statistik jadval va grafiklar, analitik taqqoslash, mantiqiy va
taqqoslama tahlil, guruhlash usullari hamda mavzuga oid xorijiy va mahalliy olimlarning
tadqiqot ishlaridan keng foydalanilgan. Shuningdek maqolaning nazariy va uslubiy asosi
sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy maqolalar, iqtisodchi olimlarning tijorat
banklarida muddati o‘tgan kreditlarni samarali boshqarish masalalari bo’yicha izlanishlari,
olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og’zaki fikr-mulohazalarini tahlil
qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli
yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o’tkazish orqali tegishli yo’nalishlarda
xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
Mavzuni
o’rganish
jarayonida
umumiqtisodiy
usullar
bilan
bir
qatorda ma‘lumotlarni tizimlash bo’yicha maxsus yondashuvlar, ya‘ni
taqqoslash, nazariy va amaliy materiallarni jamlash hamda tizimli tahlil kabi usullar
qo’llanilgan.
Fikrimizcha, muammoli kredit deganda, "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz"
kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar tushuniladi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra,
muammoli kreditlar kredit risklarining amaldagi yaqqol namoyon bo’lishining natijasidir,
chunki bu bank tomonidan kredit risklarini to’g’ri boshqara olmaslik oqibati bo’lib
hisoblanadi. "Muammoli kredit" tushunchasi "kredit risklari" kategoriyasi bilan bevosita
bog’liqdir. Shu sababli muammoli kreditlar mohiyatini ochib berishda bank kredit risklarining
iqtisodiy mazmuniga to’xtalib o’tish o’rinli bo’ladi. Bu yuqorida qo’yilgan maqsadga
erishishda asos bo’lib xizmat qiladi. Tijorat banklarida vujudga keladigan kredit riskining
asosiy qismi mamlakatdagi ayrim bir tarmoqdagi mahsulotga bo’lgan talab va ishlab
chiqarishning pasayib ketish ehtimoli bilan uzviy bog’liqdir. Bularga qo’shimcha sifatida
bank kredit riski darajasiga quyidagi omillar ta‘sir etadi desak xato bo’lmaydi: -bank kredit
faoliyatining iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tez moslashadigan, shuningdek o’z mahsulotiga
elastik talabga ega bo’lgan qaysidir bir tarmoq yoki doirada to’planish darajasi.
288
Bu bank mijozlarining ma‘lum tarmoqlarda yoki geografik hududlarda, ayniqsa,
bozor o’zgarishlariga ta‘sirchan to’planish darajasi bilan bog’liqdir; - bank faoliyatining
kam o’rganilgan, yangi noan‘anaviy tarmoq va doiralarda shakllanish darajasi; -
bank amaliyotiga yangi xizmat turlarini qisqa muddat davomida ko’p miqdorda tatbiq
etilishi yangi bank xizmatlariga bo’lgan talabning ozligidan bank salbiy natija olishi
mumkin; -yaqin muddat ichida yangi jalb qilingan mijozlarning katta qismini tashkil qilishi; -
kredit va boshqa bank shartnomalarining katta qismining o’zi ma‘lum bir qiyinchiliklarni
boshdan kechirayotgan mijozlarga to’g’ri kelishi va boshqalar.
Tijorat banki sifati «substandart» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o’n foizi miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim. Asosiy qarz va foizlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik mavjud
bo’lib, uning muddati 90 kundan oshmagan bo’lsa, u qoniqarsiz deb tasniflanadi. Tijorat
banki sifati «qoniqarsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz
(qoldiq) summasining yigirma besh foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo’lmaganda bittasi mavjud bo’lsa, aktivlarning sifati
«shubhali» deb tasniflanadi: -«qoniqarsiz» aktivlarning hech bo’lmaganda birorta
ko’rsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo’lsa (bozorda oson
sotiladigan ta‘minotning mavjud emasligi yoki ta‘minlanmagan aktivlarning mavjudligi
yoxud qarz oluvchining bankrot deb e‘lon qilinishi); -yaqin kelajakda aktivning qisman
to’lanish ehtimoli mavjud bo’lsa; Asosiy qarz va foizlar bo’yicha 90 kundan ortiq lekin, 180
kundan oshmagan muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lsa u holda ushbu aktiv shubhali
deb tasniflanadi va aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining
ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Asosiy qarz va foizlar bo’yicha
180 kundan ortiq kunga muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lsa, ushbu aktivlar «umidsiz»
deb tasniflanadi. Tijorat banki sifati «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim. Shuningdek, yangi kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, Markaziy bank
tijorat banklari kredit portfelini tahlil qilgan holda, tijorat banklariga qo’shimcha ravishda
aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirish yuzasidan ijro
etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar yuborishi mumkin. Bundan tashqari, yangi kiritilgan
o’zgartirishlar va qo’shimchalarga ko’ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar
bo’yicha to’lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda
bo’lib-bo’lib to’lanishi belgilab qo’yildi.
289
Bizning fikrimizcha mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni
muammoli kreditlarga aylanmasligini oldini olish maqsadida quyidagi takliflarni keltirish
maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
- banklarga kredit uchun kelib tushgan arizaga atroflicha yondashuv, ya‘ni daslabki
monitoringni to’g’ri va mukammal amalga oshirish. Bu еrda birinchi navbatda mijozning
xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, biznes hamkorlari orasidagi mavqeiga hamda
ushbu sohadagi tajribasiga asosiy e‘tiborni qaratish;
- kredit arizasini ko’rib chiqilayotgan davrda mijoz tomonidan
bankka
takdim
etayotgan hujjatlar to’plamining to’liqligini va ularning to’g’riligini tekshirish. Kredit
bo’limi xodimi tomonidan mijozning moliyaviy ahvoli chuqur tahlil etilishi va xolisona baho
berilishi zarur;
- kredit ajratilgan davrdan boshlab, mijozning biznes-rejasi
bo’yicha
amalga
oshirayotgan ishlarini, hisobraqamidagi mablag’lari aylanmasini doimiy ravishda nazorat
qilib borish, muddati o’tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo’l qo’ymaslik
choralarini ko’rish;
- kredit ta‘minoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni saqlash va ekspluatatsiya
sharoitini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
- kredit ta‘minoti sifatida uchinchi shaxsning kafillik shartnomasi taqdim etilgan
bo’lsa, kafilning moliyaviy hisobotlarini har chorakda bir marotaba tahlil qilib uning
to’lov qobiliyatini o’rganib borish;
-
korxonaning
mol-mulkini
baholashda
bankning
mulkni baholash bo’yicha
mutaxassisiga ko’proq imkoniyatlar yaratib berish.
Qo‘shimcha sifatida fikrimizcha, tijorat banklarida muammoli kreditlarni samarali
boshqarishda quyidagi bir qator omillarni hisobga olish zarur: bank aktivlari sifati
ustidan doimiy, ta‘sirchan monitoring olib borish, bank aktivlari bilan bog’liq
muammoli
holatlarni
dastlabki bosqichlarda aniqlash va bartaraf etish mexanizmini
mustahkamlash;
banklarda aktivlarni keng diversifikatsiya qilish, kredit portfelini
sog’lomlashtirish orqali tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ularga zarur o’zgartirishlar
kiritib borish;
bank tizimiga oid qabul qilingan qarorlar hamda kredit munosabatlarini
tartibga soluvchi me‘yoriy hujjatlar ijrosini tashkil qilish asosida kreditlash jarayonida
vujudga kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni baholash, o’rganish, ularni tahlil qilish, biznes-
reja ko’rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish; muammoli kreditlarni boshqarishning yangi
290
usullarini shakllantirish;
bank kredit siyosati va kreditlash tamoyillari shartlariga rioya
etilishini nazorat qilish.
REFERENCES
1.
Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2012.
2.
Пещанская И.В. Организация деятельности коммерческого банка: Учебное
пособие. -М.: ИНФРА-М, 2001.
3.
Роуз П. Банковский менеджмент. Пер. с англ. – М.: Дело, 2019.
4.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish. Sh.Abdullaeva, Z,Safarova.
Moliya 2020
5.
Управление деятельностью коммерческого банка (банковский менеджмент)/
Под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И.Лаврушина. – М.: Юристъ, 2002
6.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
