ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
5
SUD-PSIXOLOG EKSPERT FAOLIYATINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
Elov Ziyodulla Sattorovich
Ilmiy rahbar.
Sulaymanov Akram Ahmatovich
https://doi.org/10.5281/zenodo.12656484
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida sotsial-psixologik
kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o'ziga xos
ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, sud psixolog eksperti sotsial-
psixologik kompetentligi va emotsional intellektini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar,
komponentlarini aniqlash, sud psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik
komponentlarining namoyon bo'lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining
sotsial-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog'liqligi
ochib berilgan.
Kalit so'zlar:
sud psixolog eksperti, sotsial-psixologik kompetentligi, sud psixologik
ekspertiza, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, ekspert shaxsi, emotsional intellekt, kasbiy faoliyat.
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF FORENSIC PSYCHOLOGIST EXPERT
ACTIVITY.
Abstract.
This article discusses the study of the manifestation and development of factors
of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement
of its specific socio-psychological factors, the identification of components, the study of the
manifestation and development of communicative, emotional and personal components of a
forensic psychologist; in the development of socio-psychological competence of forensic
psychologists, their connection with the legal system is revealed.
Keywords:
forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, forensic
psychological examination, professional competence, competence, personality of an expert,
emotional intelligence, professional activity.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЭКСПЕРТНОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СУДЕБНОГО ПСИХОЛОГА.
Аннотация.
В статье рассматривается исследование проявления и развития
факторов социально-психологической компетентности в деятельности судебного
психолога, а также совершенствование ее специфических социально-психологических
компонентов, исследование проявления и развития коммуникативных, эмоциональных и
личностных качеств. компоненты судебной психологии; в развитии социально-
психологической компетентности судебных психологов раскрывается их связь с правовой
системой.
Ключевые слова:
судебный психолог-эксперт, социально-психологическая
компетентность,
судебно-психологическая
экспертиза,
профессиональная
компетентность, компетентность, личность эксперта, эмоциональный интеллект,
профессиональная деятельность.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
6
KIRISH
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish va soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida
e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Sud ekspertizasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respulikasi qonunida sud
ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bo'yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu
vazifalarni bajarishda sud psixologik ekspertizasi ekspertlari kasbiy kompetentligini
takomillashtirishga oid tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud psixologik
ekspertizasi ekspertlari psixologik kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy fazilatlarini ro'yobga
chiqarish, psixokorreksion usullar orqali faoliyat samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi sotsial-
psixologik kompetentlik omillarini shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi.
Sotsial-psixologik kompetentlik bilan bog'liq manbalarni tadqiq qilganimizda unga
aloqador bo'lgan tahlillar tadqiqotimizda sud psixolog ekspertining sotsial-psixologik
kompetentligi ularning kasbiy kamoloti jarayoniga bog'liqligini yana bir jabhadan yoritishga
undadi. Bu esa sotsial-psixologik kompetentlikni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar
hisoblanmish emotsional intellektning sud psixolog eksperti faoliyatida o'zaro aloqadorlikda
rivojlanish jarayonini alohida tadqiq qilishni talab qiladi. Zamonaviy psixologiyada «emotsional
intellekt» tushunchasi keng qo'llanilib, ushbu tushunchani fanga P. Selov va Dj. Meyerlar olib
kirdilar. Mualliflarning fikricha, emotsional intellekt - emotsiyani ifoda etish va baholash
qobiliyati; emotsiyani tushunish va emotsional bilimlarga egalik; qolaversa, shaxsning emotsional
va intellektual kamolotini o'zaro birlashtiruvchi emotsional boshqaruv qobiliyati hisoblanadi.
"Emotsional intellekt" terminini fanga kiritilishi bilan emotsional va bilish jarayonlarining
nisbati nuqtai nazaridan tadrijiy o'zgarish yuz berdi. Emotsiyalarni tadqiq qilish ko'pincha intellekt
tadqiqotlaridan alohida tarzda amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, affektiv va kognitiv (bilish)
jarayonlari o'rtasidagi munosabatlarni tizimli tahlil qilishning dastlabki urinishlari amalga
oshirilmoqda. Nemis psixologi va faylasufi G.Mayerning "Psychologie des emotionalen
Denkens"(1908) nomli kitobida tafakkur turlarining mukammal tasnifi keltirib o'tilgan. G.Mayer
"hukm qiluvchi" tafakkur turi bilan birga emotsional tafakkurni ajratib ko'rsatadi, unda amaliy
ehtiyojlar - iroda va his-tuyg'u birinchi o'rinda turadi. Bu tafakkur turlarini bir-biriga taqqoslagan
G.Mayer ular o'rtasidagi bir qancha umumiyliklarni, xususan: o'xshash mantiqiy jarayonlar
kuzatish mumkinligini ta'kidlaydi (sharhlash, ob'ektivlashtirish, kategorial apparat faoliyati).
Shunga qaramasdan, emotsional tafakkur harakatlarida mantiqiy tafakkurdan farqli
tendensiya mavjud bo'lib: unda bilish jarayoni "ko'lankali, orqa fonga surilgan, diqqat markazi
amaliy maqsadga qaratilgan bo'lib, unda bilish shunchaki qo'shimcha vosita sanaladi" G.Mayer
emotsional tafakkurni affektiv (estetik va diniy) va irodaviy turlarga ajratadi. Estetik tafakkur
deyilganda, "yoqadi - yoqmaydi" ko'rinishidagi mulohazasini o'z ichiga oladigan estetik
kechinmalar tushuniladi. Diniy tafakkurda esa fantaziyaning emotsional tasavvurlari, e'tiqod
fikrlari (irrotsional, affektiv hamda irodaviy istak bilan yuzaga keladigan "Olloh mavjud"
mulohazasi namuna bo'ladi)ga kiritiladi. G.Mayerning tadqiqotlari go'yoki tafakkurda bilishga
bo'lgan qiziqish ikkinchi darajali hisoblanishi haqidagi "intellektual xurofotlar"ni tarqatadi va
"emotsional tafakkur" insonning aqliy faoliyatida ahamiyatli rol o'ynashini ta'kidlab o'tadi. 1970-
1980 yillarning oxirlariga kelib emotsiya va tafakkurning o'zaro ta'sirini o'rganishga doir qiziqish
ortib bordi. Bu davrda emotsional va kognitiv jarayonlarning o'zaro samarali ta'siri haqidagi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
7
qarashlar ko'pgina tadqiqotlarda o'z isbotini topdi. Masalan: tafakkur realligiga depressiyaning
ta'sirini o'rganish inson kayfiyatining o'zgaruvchanligi va kreativlikka moyillikning o'zaro
bog'liqligi shuningdek, emotsional o'zini-o'zi boshqarish imkoniyatlarini o'rganish, kayfiyat va
fikr-mulohazani birlashtiruvchi "kognitiv halqa" mavjudligi haqidagi gipoteza ilgari surilgan edi.
Bunday qarashning mohiyati shundaki, salbiy his-tuyg'ular negativ fikrlarga olib keladi va
o'z navbatida emotsional kechinmalarning tezligini kuchaytirib yuboradi. Qolaversa, ijobiy
emotsiyalar
pozitiv
fikrlarni
faollashtiradi.
R.Lazarusning
kognitiv
konsepsiyasida
emotsiyalarning bilish determinatsiyasi haqidagi g'oya markaziy hisoblanadi. Kognitiv bavosita
ifodalanishn emotsiyalarning paydo bo'lishidagi zarur sharti sifatida baholanadi. R.Lazarusning
konsepsiyasida asosan ikki ta holat muhim hisoblanadi:
1) mohiyatidan qat'i nazar har bir emotsional reaksiya o'ziga xos turdagi kognitiv yoki baho
funksiyasi;
2) emotsional javob reaksiyasi qandaydir sindromni o'zida ifodalaydi, uning har bir alohida
qismi umumiy reaksiyadagi qandaydir muhim lahzani o'zida aks ettiradi.
Intellektning ko'plab turdagi kategoryalarining imkoniyatini aniqlagan X.Gardner 1983
yilda "intropsixik qobiliyatlar" (introspeksiya - o'zini-o'zi kuzatish qobiliyati) va "shaxsiy
qobiliyatlar" deb ataluvchi turli intellektual qobiliyatlarning mavjud bo'lishi mumkinligi
to'g'risidagi fikr bildirdi. Gardner dastlab intellektning yetti turini ajratib ko'rsatadi: vizual-
makonli, verbal-lingvistik, mantiqiy-matematik, tana-harakatli, musiqali-ritmik, shaxslararo va
ichki shaxsiy; 1998 yilda tabiiy va mavjudlik turlari qo'shildi. Har bir intellektual qobiliyat hayot
faoliyatining muayyan sohasida muvaffaqiyatga erishishda muhim hisoblanadi. Intellektning har
bir komponenti qimmati muayyan intellektual qobiliyatlarning rivojlanishiga rag'batlantiruvchi va
rag'batlantirmaydigan umumiy mezonlar orqali aniqlanadi. Gardner har bir yangi aniqlanadigan
intellekt turi (shakl)ga mos keladigan mezonlarni taklif qildi. Avvalo, har bir intellekt shakli
o'zining belgilar tizimiga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga, u o'zining asosiy operatsiyalari yoki
funksiyalari tizimiga tayangan holda dalillarni olish kerak. Gardnerning modeli yanada
integrallashgan, shu bilan birga, intellekt tabiati va paydo bo'lish shakllariga bo'lgan farqli qarashni
amalga oshirishga imkon berdi. E.Doll, D.Veksler va R.Liperlar tomonidan boshlangan tadqiqotni
R.Sternberg davom ettirdi. Natijada "real hayotda yuzaga keladigan vaziyatlarga moslashish,
o'zgartirish yoki tuzatish qobiliyati" sifatida belgilangan "amaliy intellekt" konsepsiyasi paydo
bo'ldi. R.Sternbergning nazariyasida intellekt shaxsning atrof-muhitga moslashishiga xizmat
qiluvchi informasion tizim sifatida qaraladi. Triarxik nazariyaning asosiy mazmuni quyidagicha:
"Intellektni aqliy o'z-o'zini boshqarish, butun hayotni konstruktiv maqsadga yo'naltirilgan usul
yordamida aqliy boshqarish sifatida belgilash mumkin" Aqliy o'z-o'zini boshqarish uch asosiy
elementni o'z ichiga oladi: atrof-muhitga moslashish, yangi atrof-muhit ta'sirini tanlash yoki shaxs
bilan mosmuhitni tanlash va atrof-muhitni shakllantirish. Sud psixolog ekspertlarining kasbiy
kamolotida sotsial- psixologik kompetentlikni rivojlanishida emotsional intellekt orasidagi
uyg'unlikni baholashda N. Xoll tomonidan yaratilgan "Emotsional intellektni o'rganish"
metodikasini tanladik. Test natijalarining dastlab umumiy natijalari xususida to'xtalsak, so'ngra
uning sotsial intellekt bilan o'zaro aloqadorlikda o'rganishga harakat qilamiz. A.Adler emotsional
intellekt haqida to'xtalar ekan, shaxsning muomalaga qobiliyatini IQ emas, balki uning emotsional
ekvalenti emotsioanal intellekt(YeQ) eng muhim ko'rsatkichi sifatida belgilaydi, degan edi. Sud
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
8
psixolog ekspertlarining emotsional intellektining umumiy natijalari uchta shkalasi bo'yicha
yuqori va ikkita shkalasi bo'yicha o'rta natijani qayd etmoqda. Ulardagi emotsional bilimdonlik
(13,73 ball) yuqori darajadan o'rin egallaganligi shaxs kechinmalarining chegaralari, shaxslararo
munosabatlardagi his-tuyg'ularni anglash, emotsional intellektning ikki tomoni, ya'ni o'zining
emotsiyalarini tushunish uchun intellektual boshqaruvga yoki aksincha kasbiy faoliyat jarayonida
kreativ impulslar va intuisiyalarni ta'minlashda emotsiyaga zarurat borligini anglash, inson
emotsiyasining vazifalari haqidagi tushunchalarga, faoliyat jarayonida emotsional barqarorlik va
beqarorlik, stressli holat, depressiya va ularni yengib o'tish yo'llarini qidirish haqidagi psixologik
va hayotiy tajribadan xabardor ekanligini ko'rsatmoqda. Aynan emotsional sovadxonlik YeQning
muhim jihati sifatida shaxs xususiyatlari va individualligiga singib boradi.
O'ylaymizki, Sud psixolog ekspertlarining emotsional savodxonligining bu darajasi sudga
oid psixologik ekspertizai jarayonida vujudga keladigan psixologik buzilishlar, emotsional
zo'riqishlar, Sud psixolog ekspertlarining o'zaro munosabatlarini hissiy tushunishiga nazariy
jihatdan yetarlicha tayyorligini anglatadi. YeQ ning ikkinchi ko'rsatkichi "o'z emotsiyasini
boshqarish" Bu shkala bo'yicha Sud psixolog ekspertlari o'rtacha qiymatni namoyon etgan bo'lib,
unda Sud psixolog ekspertlarining emotsiya to'g'risidagi nazariy bilimlarini amaliyotda joriy
etishda bir oz ortda qolayotganliklar, qiyin vaziyatlarga duch kelganda emotsional zo'riqishlarga
berilishi, atrofdagilarni tushunishda asabiylashishlari mumkinligidan dalolat bermoqda (12,02
ball). Bu holatni ushbu kasbining mashaqqali mehnati oqibatidir deb baholashimiz mumkin.
Emotsional intellektning yana bir muhim funksiyasi bu shaxsning psixik ko'tarinkiligini
quvvatlash, unda o'ziga ishonch tuyg'usi va rag'batni ta'minlashdan iboratdir.
Sud psixolog ekspertlarining mazkur yo'nalishdagi emotsional jihatlarini "o'z-o'zini
rag'batlantirish" shkalasi qiymatlari bilan izohlashga to'g'ri keladi. "O'z-o'zini rag'batlantirish"
shkalasidagi ko'rsatkichlar o'rtacha daraja bilan cheklangan (12,29 ball). Sud psixolog ekspert
emotsional intellektining ushbu shkalasida ham sud psixolog ekspertlar bo'yicha ular
emotsiyasining muhim funksilari va imkoniyatidan foydalanish yo'l va usullarini ko'rsatish lozim
bo'lar ekan. Tahlil etilayotgan natijalar umumiy bo'lganligi bois sud psixolog ekspertlarining
vazifalari bo'yicha sotsial psixologik kompetentlik bilan bog'liq holati tahlil etilayotganda yangi
ma'lumotlar bilan taqdim etish imkoniyati tug'ilar. Agar "o'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasi
natijalariga ko'ra, sud psixolog ekspertlarining emotsional imkoniyatini o'z-o'zini rag'batlantirish,
tushkunliklar, ruhiy zuriqishlar va kezi kelganda yutuqlarga erishganda hamundan yetarlicha
qoniqish olishning psixologik usullarini bilishi kerak. Ammo, keyingi "empatiya" shkalasi
qiymatlari ancha ijobiydir (13, 09 ball). Empatiya sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatini
ta'minlashning muhim shartidir.
Sud psixolog ekspertlarining hamkasblarini va atrofdagilarni tushunishida empatiya
muhimdir. Amaliyotda empatiyaning yetishmasligi turli darajadagi nizolarga va o'zaro
tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatdan Sud psixolog ekspertlari anchagina
yiroq deya olamiz. "O'zga insonlarning kechinmalarini sezish" shkalasi natijalari ham aynan
empatiyaniki singari yuqori qiymatlidir (12,11 ball). Sud psixolog ekspertarining kasbiy
kamolotiga ko'ra shaxslararo munosabatlarda o'zaro tushunish, o'zga insonlarni kechinmalarini his
etish, ularga o'z munosabatini bildira olishi, verbal va noverbal xulq-atvoridagi o'zgarishlarni
baholashga qobiliyatliliklari emotsional intellekt natijalarida o'z aksini topmoqda.. Natijalarda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
9
umumiy qiymatlarni yoritgan singari o'rtacha qiymat nuqtai nazardan emas, balki intellektlar
orasidagi ichki munosabatni korrelyatsion tahliliga tayanildi.
XULOSA
Tadqiqotimiz davomida sud psixolog ekspertlari sotsial-psixologik kompetentligi
omillarini har biri o'ziga xos dinamikasi va natijasiga ega ekanligi qayd etildi va bu uslub, o'z
navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi sotsial-psixologik kompetentlik samaradorligini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik
kompetentligini rivojlanishida emotsional intellektning o'rni beqiyos. Sud psixolog ekspertlarining
kasbiy faoliyatiga yo'naltirilgan talablarning o'sib borganligi hamda ijtimoiy tajribalarning
shakllanganligiga bog'liq bo'lishi mumkin. Sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik
kompetentlik omillari ko'rsatkichlarining oshishi bevosita ularning kasbiy faoliyatida tajribaning
oshishi bilan bir qatorda ijtimoiy ko'nikma va malakalarni shakllanishi bilan ham bog'liq.
Sud psixolog ekspertlari kamolotida sotsial-psixologik kompetentlikning roli faoliyat
davomiyligining oshishi bilan bir qatorda shaxs ijtimoiylashuviga ham bog'liqdir. Umuman, sud
psixolog ekspertlari shaxsiy va kasbiy faoliyati uyg'unligining namoyon etilishida muhim
ahamiyat kasb etuvchi sotsial-psixologik kompetentlikni ko'rsatkichlariga baho berishda, ularning
adekvat muloqotmandligi, adekvat emotsional munosabati kabi omillarini chuqur o'rganish, tahlil
qilish va tegishli empirik xulosalar chiqarish orqali sud psixolog ekspertlari kasbiy faoliyat
kompetentligini taminlash mumkinligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi.
REFERENCES
1.
Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological
Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной
психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233237.
2.
Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International
Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76
3.
Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-
enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
Vol 5 2017
