Authors

  • Javlonbek Raxmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36031

Abstract

Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i va uni hisoblash amaliyoti xususida so‘z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

207

O’ZBEKISTONDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLASH

TARTIBLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Raxmanov Javlonbek

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12805973

Annotatsiya.

Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i va uni hisoblash amaliyoti

xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Soliq qonunchiligi, soliq kodeksi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash,

hisobot davri.

PROCEDURES FOR CALCULATING VALUE ADDED TAX IN UZBEKISTAN ITS

OWN CHARACTERISTICS

Abstract.

This article is about value added tax and its calculation.

Key words:

Tax legislation, tax code, calculation of value added tax, reporting period.

ОСОБЕННОСТИ ПОРЯДКА ИСЧИСЛЕНИЯ НАЛОГА НА ДОБАВЛЕННУЮ

СТОИМОСТЬ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье речь идет о налоге на добавленную стоимость и

практике его расчета.

Ключевые слова:

Налоговое законодательство, Налоговый кодекс, расчет налога

на добавленную стоимость, отчетный период.

Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning

olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.

Tovarlar sotilganda, ish va xizmatlar bajarilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining

hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni
hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya‘ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar
bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisob varaq-faktura usuli hamda
ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli
qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va
mukofot xaqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.

1992 yildan 1994 yilga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shilgan qiymat

solig‘i to‘lovchisi bo‘lib hisoblanar edi. 1994 yildan ular budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va
foyda solig‘i o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘lishdi.
Keyingi davrlarda soliq hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli asta-sekin “hisobga olish-
xisob varaq” usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat
solig‘ini hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli faqat vositachilik va “O‘zdonmaxsulot”
DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va
chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun
qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda “hisobga olish hisob-faktura” usuli qo‘llaniladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning “hisobga olish hisob-faktura” usulining mohiyati

shundaki, korxona budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan
mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

208

sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan
aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar,
shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul
qilinadi.

Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi:
- birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar xaqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak;

- ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar etkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi;

- uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash.
Korxonaning o‘z ehtiyoji uchun olingan asosiy vosita va nomoddiy aktivlari korxonaning

buxgalteriya balansida mol yetkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan
birga yozilib kirim qilinadi. Agar balansdagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar sotilsa, u holda
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliqqa tortish ob‘ekti bo‘lib, sotish bahosi bilan
qoldiq qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda, agar korxona asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarni qoldiq qiymatida sotsa, u holda soliqqa tortiladigan ob‘ekt bo‘lmaydi va budjetga soliq
to‘lanmaydi. Shuningdek, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqaruvchi va uni oldi-
sotti faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning
alohida tartibi mavjud.

Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi.
Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda “yalpi foyda”

(

chegirish) usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va

mukofotlar sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Budjetga soliq to‘lashda hisoblangan soliq
summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasiga kamaytiriladi. Demak, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik korxonalari
mukofotlar summasidan hisoblaydilar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi korxonalarda

qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida
paydo bo‘lgan yangidan yaratilgan qiymatdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki
marotaba soliqqa tortilmaydi.

Respublikamizda 1998 yildan Soliq kodeksi joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar

kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy xujjat hisoblanadi.

Ammo, amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda

budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi – yetkazib beriladigan mahsulotga
hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga
hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash
mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud
edi.

Jumladan:
- ishlab chiqarishga sarflangan paytda xom-ashyo va materiallarga hisoblangan soliq

summasini budjet bilan hisob-kitobda chegirilishi – korxonalarning oborot mablag‘larini
cheklanishiga olib keldi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

209

- qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq faktura asosida hisoblanish mexanizmi ishlamadi,

chunki amalda hisobvaraq fakturada ko‘rsatilgan soliq summasi budjetga hisobga olib borishda
asos bo‘lmadi;

- bunday hisoblash tartibi halqaro soliq amaliyotidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash

tamoyillariga zid kelardi.

Ushbu holatlar tahlil qilinib, 1999-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash

mexanizmi o‘zgartirildi va xalqaro amaliyotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga
moslashtirildi. Quyida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning taqqoslama usuli keltirilgan.

1999-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni

hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi, ya‘ni hisobvaraq faktura
usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga
sarflanishidan qat‘iy nazar, hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq
summasi hisobvaraq faktura asosida budjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi. Bu
tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‘larini chetlanishini keskin
kamaytiradi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish

muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to‘ldirish tartibi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni korxona ortib boruvchi yakun bilan

ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish
muddatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar
yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda taqdim etadi.

Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot

davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ham
taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

210

Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor shaxslariga

nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma‘muriy jazo – choralarini qo‘llanishiga
olib keladi.

Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay

tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‘laydi. Agar korxona hisoblangan soliq
summasini budjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul
xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,033
foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga
nisbatan ma‘muriy chora qo‘llanilmaydi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari,

kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining
oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.

Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim

etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma - hisobvaraq-
fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha
majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan
qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun
“Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur
hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda
hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.


REFERENCES

1.

Abdullaev A.B. (2020) Soliq to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish. Dissertatsiya.
Toshkent. 2020.69 bet.

2.

Alimardanov M.I., Abdullaev B.N. (2015) Qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish
masalalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-
dekabr.

3.

Бортникова И.М. (2018) Налоги и налогообложение: учебное пособие / сост.:
Донской ГАУ. – Персиановский: Донской ГАУ, 202 с.

References

Abdullaev A.B. (2020) Soliq to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish. Dissertatsiya. Toshkent. 2020.69 bet.

Alimardanov M.I., Abdullaev B.N. (2015) Qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish masalalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr.

Бортникова И.М. (2018) Налоги и налогообложение: учебное пособие / сост.: Донской ГАУ. – Персиановский: Донской ГАУ, 202 с.