50
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING JORIY
QILINISHI
Raxmanov Javlonbek
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12810340
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i, uning respublikamiz soliq
tizimidagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari keltirilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini iqtisodiyotni
raqobatbardoshligiga ta’siri, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy
adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Qiymat, bilvosita soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, iste’molchi, hisob
varaq-faktura, hisobot davri, qo‘shilgan qiymat solig‘i.
THE ECONOMIC NATURE OF VALUE ADDED TAX AND ITS INTRODUCTION
Abstract.
This article presents the value added tax, its place in the tax system of our
republic, and the stages of its development. The influence of the value-added tax on the
competitiveness of the economy, its essence, socio-economic necessity is explained by interpreting
the scientific and theoretical literature and analyzing the international experience.
Key words:
Value, indirect taxes, value added tax, consumer, invoice, reporting period,
value added tax.
ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ПРИРОДА НАЛОГА НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ И
ЕГО ВВЕДЕНИЕ.
Аннотация.
В статье представлен налог на добавленную стоимость, его место в
налоговой системе нашей республики, этапы его развития. На основе интерпретации
научно-теоретической литературы и анализа международного опыта объясняется
влияние налога на добавленную стоимость на конкурентоспособность экономики, его
сущность, социально-экономическая необходимость.
Ключевые слова:
Стоимость, косвенные налоги, налог на добавленную стоимость,
потребитель, счет-фактура, отчетный период, налог на добавленную стоимость.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan
biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
– har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida
undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot
yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar
51
ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat
yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
,
sotilgan mahsulotlar, bajarilgan
ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-
chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib
chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu
bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab
XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy
etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta
fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i
M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan
shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy
etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy YYevropaning qator
mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiyasosi bo‘lib,
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat
solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus
Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri
soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa
tortishning ob‘ekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovar oborot, balki mamlakat korxonalarining
tashqi bozorlaridagi Tovar oboroti ham hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat
solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti
parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2018 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti
daromadlari tarkibidagi salmog‘i 35,4 foizni, egri soliqlar tarkibida esa 65,9 foizni tashkil etishi
rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjet daromadlarining asosiy
manbai ekanligini bildiradi.
52
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.
Qo‘shilgan qiymat
solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida
hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
tushuniladi. Jumladan:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq
solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan
yuridik shaxslar;
3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy
shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy
shaxslar bundan mustasno);
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning
ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi
(ishtirokchisi).
Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning soddatlashtirilgan tartibi bo‘yicha
soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishmaydi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan
yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning
navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar
taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi
mumkin.
Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ining ob‘ekti
bo‘lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi.
Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab jo‘natilgan
tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya‘ni yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar)
uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat’iy nazar korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
budjet oldida hisob-kitoblarni amalga oshirishi shart.
Soliq solinadigan import deganda esa – O‘zbekiston Respublikasining bojxona xududiga
olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan import
tovarlardan tashqari).
53
Tovarlar natural haq tarzida berilganda yoki kassa orqali o‘z xodimlariga tan narx
bahosidan past qilib sotilganda soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar)ni ishlab
chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
REFERENCES
1.
Komilov M.M. (2020) Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish –
byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash omilidir. Iqtisodiyotda innovatsiyalar -
Innovatsii v ekonomike - Innovations in economy №5.
2.
Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20
dekabr 2022 yildagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.
3.
Niyazmetov I.M., Safarov U.A., Radjapov X.J. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i
mexanizmini takomillashtirish.Logistika va iqtisodiyot. 2-son.
4.
Пансков В.Г. (2015) Изменение порядка зачисления средств НДС: введение
НДСсчетов / В.Г.Пансков // Вестник АКСОР. № 3 (35). – С. 17-18
5.
Tashmuradova B.E. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash
xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyun.
