30-AVGUST, 2024-YIL
8
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI AKADEMIK
LITSEYLAR O‘QUVCHILARINING BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
TARTIBI BELGILANDI
Mamadiyev Abror Abduraxmon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta’lim boshqarmasi
bosh mutaxassisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13250824
Annotatsiya.
Maqolada Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar
o‘quvchilarining bilimini nazorat qilish va baholash tartibi, o‘quvchilarning nazariy va amaliy
bilimlarini o‘zlashtirishdan ko‘zlangan maqsad, joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish,
o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi uning bilim, malaka va ko‘nikmalarini
baholashning reyting tizimi asosida amalga oshirilishiga oid masalalar tahlil qilingan qilingan.
Kalit so‘zlar:
Joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, muammoli vaziyat, keys-
stadi, nazorat ishlari, reyting qaydnoma.
THE PROCEDURE FOR MONITORING AND EVALUATING THE KNOWLEDGE OF
STUDENTS OF ACADEMIC LYCEUMS UNDER THE TASHKENT STATE LAW
UNIVERSITY WAS ESTABLISHED
Abstract.
In the article, the procedure for monitoring and evaluating the knowledge of
students of academic lyceums under the Tashkent State Law University, the purpose of mastering
theoretical and practical knowledge of students, conducting current, intermediate and final types
of control, each subject of the student the issues related to the implementation of the rating system
of the assessment of knowledge, skills and abilities were analyzed.
Key words:
Current control, interim control, final control, problem situation, case study,
control work, rating report.
УСТАНОВЛЕН ПОРЯДОК КОНТРОЛЯ И ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ УЧАЩИХСЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЕВ ПРИ ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ
ЮРИДИЧЕСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ
Аннотация.
В статье рассмотрен порядок контроля и оценки знаний учащихся
академических лицеев при Ташкентском государственном юридическом университете,
цели усвоения теоретических и практических знаний обучающихся, проведения текущего,
промежуточного и итогового видов контроля, вопросы каждого обучающегося.
30-AVGUST, 2024-YIL
9
Проанализированы вопросы реализации уровня владения предметом на основе рейтинговой
системы оценки его знаний, умений и навыков.
Ключевые слова:
Текущий контроль, промежуточный контроль, итоговый
контроль, проблемная ситуация, тематическое исследование, контрольная работа,
рейтинговый отчет.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni bilan
Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylari
tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar o‘quvchilarining bilimini
nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3527, 2024-yil 10-iyul)
tasdiqlangandan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar (keyingi
o‘rinlarda – akademik litseylar deb yuritiladi) o‘quvchilarining bilimini nazorat qilish va baholash
tartibini belgilandi.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirish
darajasini aniqlashdan iborat.
Baholash ta’lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Ta’lim sifatini hamda o‘quvchilarni
bilim darajalarini doimiy ravishda nazorat qilib borish ta’lim jarayoniga muhim yangiliklar kiritishga
asos bo‘ladi
1
.
Akademik litseylarda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy nazorat
turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda:
– o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar
shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
– o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini baholashning asosiy
tamoyillari bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, xolislik, aniqlik, haqqoniylik,
ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;
– o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda
o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish;
1
Dilnoza Oxunova. "O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR" Academic research in
educational sciences, vol. 3, no. 2, 2022, pp. 870-876.
30-AVGUST, 2024-YIL
10
– o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fikrlarni yozma va
og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon etish, axborot resurslari manbalaridan samarali
foydalanishni tashkil etish;
– o‘quvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari sifatida qaraladi.
O‘quv shartlarining eng muhimi vazifalaridln biri ta’lim sohasida bo‘ladigan islohotlar asosida
bozor iqtisodiyoti tizimida faoliyat ko‘rsata oladigan, xususan jahon andozalariga mos kеladigan
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Mutaxassis tayyorlashda eng muhim bo‘lgan
jarayonlardan biri o‘quvchilarni bilimini aniqlash va baholashdir
2
.
Joriy nazorat
o‘quvchining fan mavzulari bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini muntazam
ravishda aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Joriy nazorat fan mavzusi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarni og‘zaki va yozma bayon etish,
pedagog xodimning topshiriqlari asosida bahs-munozaraga kirishish, muammoli vaziyatlarni hal etish
(keys-stadi), jamoada ishlash, mustaqil ishlar (taqdimotlar) tayyorlash va boshqa shakllarda
baholashga qaratiladi.
Oraliq nazorat
semestr davomida fan o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin
o‘quvchining bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat o‘quvchi tomonidan fan o‘quv dasturining tegishli bo‘limlari mazmunini
o‘zlashtirish darajasi, o‘quvchining hujjatlar bilan ishlash amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni
hal etish (keys-stadi), mustaqil izlanishlar olib borish, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish
qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Yakuniy nazorat
o‘quv dasturi doirasida o‘quvchining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni
to‘liq o‘zlashtirganlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Yakuniy nazorat o‘quvchining o‘quv dasturida nazarda tutilgan mavzular doirasida qisqa vaqt
mobaynida nazariy savollarga o‘z fikrini bildirish, muammoli vaziyatlarga yechim topish, test
sinovlarini topshirish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan.
O‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi uning bilim, malaka va ko‘nikmalarini
baholashning reyting tizimi asosida ballarda aks ettiriladi.
O‘quvchining semestr mobaynidagi har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida
butun sonlar bilan baholanadi.
100 ball
nazorat turlari bo‘yicha, quyidagicha taqsimlanadi:
2
https://pedagoglar.uz/index.php/01/article/download/3625/2079
30-AVGUST, 2024-YIL
11
joriy nazorat –
20
ball
gacha;
oraliq nazorat –
30
ball
gacha;
yakuniy nazorat –
50
ball
gacha
3
.
Har bir nazorat turi umumiy maksimal ballning
100 foiz
idan kelib chiqqan holda baholanadi.
Bunda, o‘quvchining fanni o‘zlashtirishi bo‘yicha barcha nazorat turlari yuzasidan baholash
quyidagi namunaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a)
86 – 100 foiz
(5 baho) olish uchun o‘quvchi:
mustaqil va ijodiy fikrlashi, qaror qabul qilishi hamda mushohada yuritishi, fikrlarini ravon
bayon etishi, nazariy bilimini amalda qo‘llay olishi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunishi,
bilishi, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ijodiy va faol qatnashishi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega bo‘lishi lozim;
b)
71 – 85 foiz
(4 baho) olish uchun o‘quvchi:
mustaqil fikrlashi, o‘z fikrlarini bayon etishi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunishi,
bilishi, nazariy bilimini amalda qo‘llay olishi, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ijodiy va faol
qatnashishi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim;
v)
56 – 70 foiz
(3 baho) olish uchun o‘quvchi:
olgan bilimini amalda qo‘llay olishi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunishi, bilishi hamda
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim;
g) o‘quvchining bilim darajasi
0 – 55 gacha
baholanadi, agar:
fan dasturini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmasa hamda fan
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lmasa.
Nazorat turlarini o‘tkazishda baholarning xolisligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar
tomonidan bajarilgan yozma ishlar, test sinovlari elektron ta’lim platformasi orqali topshirilganida
avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlanadi.
Elektron ta’lim platformasi tomonidan identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlangan
ishlar avtomatik ravishda tegishli pedagog xodimlarga tekshirish uchun yuboriladi.
Yozma shakldagi oraliq, yakuniy nazorat ishlarini tekshirishda ishtirok etgan pedagog
xodimlar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida o‘quvchilar uchun yakuniy nazorat ishlarida ko‘p
uchragan xatolar to‘g‘risida tushuntirish beriladi hamda mazkur xatolar umumlashtirilib,
o‘quvchilarga yetkaziladi.
3
https://lex.uz/uz/docs/-7012515
30-AVGUST, 2024-YIL
12
Nazorat ishlari natijalari asosida elektron ta’lim platformasida o‘quvchilarning familiyasi,
ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi
shakllantiriladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, akademik litseylar o‘quvchilari bilimini nazorat qilish
va baholash tartibining ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi, kelgusida mustaqil va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ega, fikrlarni yozma va og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon
etish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllangan o‘quvchi
yoshlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b.
2.
Dilnoza Oxunova. "O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR" Academic research in educational sciences, vol. 3, no. 2, 2022, pp.
870-876.
3.
O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA
VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136-141.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni.
5.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar o‘quvchilarining
bilimini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3527, 2024-
yil 10-iyul).
6.
lex.uz
7.
cyberleninka.ru
8.
kun.uz
9.
advice.uz
