ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
47
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI AKADEMIK
LITSEYLAR O‘QUVCHILARIGA STIPENDIYA VA GRANTLAR AJRATILADI
Mamadiyev Abror Abduraxmon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Uzluksiz ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13325039
Annotatsiya.
Maqolada Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar
iqtidorli o‘quvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
ma’naviy axloqiy fazilatlarini yuksaltirish hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini
rag‘batlantirish, stipendiya va grantlar uchun belgilangan asosiy minimal talablar, stipendiya va
grantlar ajratish tartibiga oid masalalar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Stipendiya, grant, moliyaviy yordam, nomzod, sertifikat, minimal talablar,
to‘lov.
SCHOLARSHIPS AND GRANTS ARE AWARDED TO STUDENTS OF ACADEMIC
LYCEUMS UNDER THE TASHKENT STATE LAW UNIVERSITY
Abstract.
In the article, the main minimum requirements for scholarships and grants are
defined for all-round support of talented students of academic lyceums under the Tashkent State Law
University, to realize their potential, to improve their spiritual and moral qualities and to encourage
their active participation in social life. , issues related to the procedure for allocating scholarships and
grants were analyzed.
Keywords:
Scholarship, grant, financial aid, candidate, certificate, minimum requirements,
payment.
СТИПЕНДИИ И ГРАНТЫ ПРИСУЖДАЮТСЯ УЧАЩИМСЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ
ЛИЦЕЕВ ПРИ ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ ЮРИДИЧЕСКОМ
УНИВЕРСИТЕТЕ.
Аннотация.
В статье поставлены основные цели по всесторонней поддержке
талантливых учащихся академических лицеев Ташкентского государственного юридического
университета, реализации их потенциала, повышения их духовно-нравственных качеств,
поощрения их активного участия в общественной жизни. Проанализированы вопросы
стипендий и грантов, связанные с минимальными требованиями, порядком распределения
стипендий и грантов.
Ключевые слова:
стипендия, грант, финансовая помощь, кандидат, сертификат,
минимальные требования, оплата.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida
yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–
5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetiga universitet huzuridagi akademik
litseylarning iqtidorli o‘quvchilariga stipendiya va grantlar ajratish huquqi berilgan.
O‘quvchilar uchun stipendiya va grantlar ko‘plab maqsadlarda taqdim etiladi. Ular
o‘quvchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtidorli
yoshlarni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan. Stipendiya va grantlar ajratishdan maqsadlar:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
48
moliyaviy yordam
– stipendiyalar va grantlar o‘quvchilarga o‘qish xarajatlarini qoplashga
yordam beradi, shu jumladan o‘qish to‘lovlari, yashash xarajatlari va o‘quv materiallari uchun;
ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish
– ular ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, ayniqsa,
moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar uchun;
iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish
– stipendiyalar va grantlar iqtidorli va qobiliyatli
o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning ta’lim va ilmiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun
mo‘ljallangan.
Stipendiya –
odatda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilariga, shuningdek aspirantlar
va doktorantlarga o‘qish uchun haq to‘lash va ba’zan oylik nafaqa berish orqali ko‘rsatiladigan
muntazam moliyaviy yordam
1
sanaladi.
Akademik litseylarning iqtidorli o‘quvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 12-avgustdagi 142-um-son “Toshkent davlat
yuridik universiteti talabalari hamda universitet huzuridagi akademik litseylarning o‘quvchilarini
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan Toshkent davlat
yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli o‘quvchilariga Toshkent davlat yuridik
universiteti stipendiyasini tayinlash va grantini ajratish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Mazkun nizomga muvofiq endilikda har yili har bir akademik litseyning 2 nafardan
o‘quvchisiga universitet stipendiyasi tayinlanadi va 2 nafardan o‘quvchisiga universitet granti
ajratiladi.
Universitet stipendiyasi
– akademik litseylarning 2-bosqichida ta’lim olayotgan iqtidorli
o‘quvchilariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar oyma-oy
to‘lanadigan moddiy rag‘bat.
Universitet granti
– to‘lov-shartnoma asosida akademik litseylarning 2-bosqichida ta’lim
olayotgan iqtidorli o‘quvchilariga bir yillik o‘qishi uchun to‘lanadigan mablag‘ning
50 foizi
dan ozod
qilishga qaratilgan moddiy qo‘llab-quvvatlash (rag‘bat) turi.
Ayni bir o‘quvchi universitet stipendiyasi va grantiga nomzod bo‘lishi mumkin emas.
Nomzod
– akademik litseylar ishchi guruhlariga belgilangan muddat va tartibda tegishli
hujjatlarni stipendiya tayinlash yoki grant ajratish uchun taqdim etgan akademik litsey o‘quvchisi.
Bunda,
universitet stipendiyasi
har o‘quv yili (sentyabr–iyun oylari) uchun bir marta
belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi. Universitet stipendiyasi o‘quv yili
mobaynida oyma-oy to‘lab boriladi.
Universitet stipendiyasining miqdori oliy ta’lim muassasalari talabalarining qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda o‘rnatilgan stipendiyasi bazaviy miqdorida belgilanadi.
Universitet granti
sovrindori akademik litseyda tegishli o‘quv yili to‘lov-kontrakt
summasining 50 foizidan ozod qilinadi.
Akademik litseylarda iqtidorli o‘quvchilarga stipendiya tayinlash va grantlar ajratish tanlov
asosida amalga oshiriladi.
Tanlov quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi
– akademik litseylar bosqichi
1
Чижова В.С. СТИПЕНДИЯ КАК МОТИВИРУЮЩИЙ ФАКТОР ДЛЯ СТУДЕНТОВ // Экономика и социум.
2015. №2-4 (15). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/stipendiya-kak-motiviruyuschiy-faktor-dlya-studentov (дата
обращения: 14.08.2024).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
49
ikkinchi
– universitet bosqichi.
Birinchi bosqich
da nomzodlar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etiladi va akademik
litseylarda shakllantirilgan ishchi guruhi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi va saralanadi.
Ikkinchi bosqich
da akademik litseylarning ishchi guruhlari tomonidan tavsiya etilgan
nomzodlarga universitet komissiyasi tomonidan stipendiya tayinlash va grant ajratish bo‘yicha
masala ko‘rib chiqiladi.
Universitet stipendiyasini tayinlash va grant ajratish masalasi ko‘rib chiqilayotganda,
akademik litsey ishchi guruhi va universitet komissiyasi quyidagi
asosiy minimal talablarni
hisobga oladi:
nomzodning so‘ngi o‘quv yilidagi akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 va undan ortiq
foizni tashkil qilishi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi modullar bo‘yicha
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan modullar umumiy soniga bo‘lish orqali
aniqlanadi);
chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka
sertifikatiga yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlardan kamida В1
darajasiga mos keluvchi CEFR (Common European Framework of Reference), IELTS
(International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a
Foreign Language) bo‘yicha 70 ball yoki TestDaF bo‘yicha ТDN3 (Test Deutsch als
Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) mavjud bo‘lishi;
nomzodning akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va
jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);
nomzodning akademik litseyda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga
rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Nomzodlar har yili akademik litseylarning ishchi guruhiga
15-25-iyul
kunlari stipendiya
tayinlash va grant ajratish masalasini ko‘rib chiqish uchun arizalarni elektron tarzda topshiradilar.
Bunda nomzodlar o‘z arizalariga asosiy minimal talablarni bajarganligini asoslovchi hujjatlarni
ilova sifatida taqdim etadi.
Nomzodlar akademik litseylarda shakllantirilgan ishchi guruhlariga asosiy minimal talablarni
tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
tegishli namunadagi ma’lumotnoma-obyektivka (anketa);
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining tavsiyanomasi;
akademik litseyning ijtimoiy hayoti, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida faol ishtirok etish
va faoliyat samaradorligiga o‘z hissasini qo‘shish bo‘yicha shaxsiy rejasi.
Ishchi guruhlar nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda baholash mezonlariga
ko‘ra nomzodlarni universitet stipendiyasi va ta’lim granti uchun o‘tkaziladigan tanlovning keyingi
bosqichiga tavsiya etish yoki rad etish maslasini hal etadi.
Shundan so‘ng, nomzodlarning hujjatlari universitet komissiyasi tomonidan ko‘rib
chiqiladi. Zarurat yuzaga kelganda nomzod suhbat uchun universitet komissiyasiga chaqirilishi
mumkin.
Universitet komissiyasi tomonidan universitet stipendiyasini tayinlash va grantini ajratish
masalasini ko‘rib chiqishda nomzodlarning natijalari teng bo‘lgan taqdirda to‘liq davlat ta’minotida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
50
bo‘lgan yеtim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va
2-guruh nogironligi bo‘lgan nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, akademik litseylar o‘quvchilariga stipendiya va grantlar
ajratilishi iqtidorli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini
ro‘yobga chiqarish, ma’naviy axloqiy fazilatlarini yuksaltirish hamda ijtimoiy hayotdagi faol
ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida
yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” PF–5987-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida
Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv
tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF–80-son Farmoni.
3.
Mamadiyev, A. (2024). TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI
AKADEMIK LITSEYLAR O ‘QUVCHILARINING BILIMINI NAZORAT QILISH VA
BAHOLASH TARTIBI BELGILANDI. Modern Science and Research, 3(8), 8-12.
4.
Чижова В.С. СТИПЕНДИЯ КАК МОТИВИРУЮЩИЙ ФАКТОР ДЛЯ СТУДЕНТОВ //
Экономика и социум. 2015. №2-4 (15).
5.
Темнов Эдуард Сергеевич, Генералова Яна Юрьевна Некоторые аспекты
совершенствования законодательства в сфере образования в части стипендиального
обеспечения // Известия ТулГУ. Экономические и юридические науки. 2018. №3-2.
6.
lex.uz
7.
cyberleninka.ru
8.
grantlar.uz
