Authors

  • Nuriddin Raxmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36612

Keywords:

pension provision social protection length of service pension system.

Abstract

This thesis talks about ensuring the financial stability of pension provision in Uzbekistan, reforming and improving the pension provision system and using foreign experience in this process.

background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

36

PENSIYA TA’MINOTINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING

ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Raxmonov Nuriddin Muxammadjonovich

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.13340492

Annotatsiya.

Ushbu tezisda, O’zbekistonda pensiya ta’minotining moliyaviy

barqarorligini ta’minlash, pensiya taʼminoti tizimini isloh etish va takomillashtirish va bu

jarayonda xorij tajribasidan foydalanish xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

pensiya taʼminoti, ijtimoiy himoya, mehnat staji, pensiya tizimi.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING THE

FINANCIAL STABILITY OF PENSION PROVISION

Abstract.

This thesis talks about ensuring the financial stability of pension provision in

Uzbekistan, reforming and improving the pension provision system and using foreign experience

in this process.

Key words:

pension provision, social protection, length of service, pension system.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ

УСТОЙЧИВОСТИ ПЕНСИОННОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ

Аннотация.

В данной дипломной работе говорится об обеспечении финансовой

устойчивости

пенсионного

обеспечения

в

Узбекистане,

реформировании

и

совершенствовании системы пенсионного обеспечения, использовании зарубежного опыта

в этом процессе.

Ключевые слова:

пенсионное обеспечение, социальная защита, стаж, пенсионная

система.

Pensiya taʼminoti tizimini isloh etish va takomillashtirish, shuningdek, pensiya tizimlarini

tashkil qilish borasida ko‘plab olimlar o‘z qarashlarini bayon qilishgan. Jumladan, iqtisodiyot

bo‘yicha Nobel mukofoti laureati R.Diamond pensiya tizimini yaratishdagi turli xil

yondashuvlarning mehnat bozoriga, jamg‘armalarga va iqtisodiy o‘sishga taʼsirini tahlil qilgan.

O‘zining “Iqtisodiy nazariya, soliq va pensiya siyosati” nomli tadqiqotida majburiy pensiya

sug‘urtasini chuqur tahlil qilgan.

N.Borisenko fikricha “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sabablarga ko‘ra ishdan yoki

doimiy daromad manbaidan mahrum bo‘lishi natijasida moliyaviy ahvolining yomonlashishi,

shuningdek yordamga muhtoj bo‘lgan oila aʼzolarining tibbiy-ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

37

ehtiyojini qondirishda qo‘shimcha xarajatlarga bog‘liqligi ijtimoiy xavf yoki ijtimoiy risk deb

ataladi”15.

Jahon banki tadqiqotchilaridan Pigot va Sanelarning fikricha, “pensiyalarni indeksatsiya

qilishda 3 ta asosiy jihatni hisobga olish lozim. Birinchidan, indeksatsiya qoidalari shaffof bo‘lishi

hamda ishtirokchining qo‘shgan ulushidan katta miqdorda farq qilmasligi lozim.

Ikkinchidan, indeksatsiya rejalashtirilmagan qayta taqsimlashga olib kelmasligi hamda

jamg‘arish va ishchi kuchi harakatiga teskari taʼsir ko‘rsatmasligi lozim. Uchinchidan, davlat

pensiya tizimida indeksatsiya dasturlari xususiy pensiya tizimlarida indeksatsiyalash bilan

muvofiq bo‘lishi kerak”

Zamonaviy sharoitda ijtimoiy himoya – bu qonun bilan mustahkamlangan ko‘p bosqichli

iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy tizimdir, shuningdek aholini ijtimoiy risklardan himoya qilishga

mo‘ljallangan institutdir.

Аholini ijtimoiy risklardan moddiy himoya qilish iqtisodiy munosabatlarning alohida

guruhi hisoblanmish ijtimoiy taʼminot ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy taʼminotning asosiy

ko‘rinishlaridan biri – bu pensiya taʼminotidir.

Pensiya taʼminoti – davlatning eng muhim ijtimoiy kafolatlaridan biridir. Mazkur

tizimning yaxshi ishlashi jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmt qilsa,

aksincha pensiya taʼminoti tizimidagi muammolar jamiyatda xavfli ijtimoiy keskinliklarni,

jumladan daromadlar tengsizligining kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zining milliy pensiya tizimiga ega bo‘lgan har qanday davlatda pensiyalar miqdorini

izchil oshirib borish, hisoblanadigan pensiyalarning miqdoriga taʼsir etuvchi salbiy omillarni

aniqlash va ularni vaqtida bartaraf etish yuzasidan doimiy islohotlar amalga oshirish muhim

masalalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda jahon mamlakatlarida turlicha pensiya taʼminoti modellari amal qiladi.

O‘zbekistonda avlodlar birdamligiga asoslangan taqsimlanuvchi va jamg‘arib boriladigan

pensiya tizimlari faoliyat ko‘rsatadi. Аslida jamg‘arib boriladigan pensiya taqsimlanuvchi pensiya

tizimini to‘ldirib turuvchi bo‘g‘in sifatida shakllantirilgan bo‘lsada, amalda bu jarayon natija

berayotgani yo‘q. Bu esa pensiya tizimini isloh etishda xorij tajribasini o‘rganishni taqozo etadi.

Pensiyalarni hisoblashda mehnat stajiga eʼtibor qaratish va pensiya yoshini belgilash

bo‘yicha mamlakatga xos va mos bo‘lgan xorij tajribalarini o‘rganish va amalda qo‘llash muhim

ahamiyatga ega hisoblanadi.


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

38

Bugungi kunda dunyoda pensiya yoshiga yetganidan so‘ng ishlagan vaqtidagi olgan

daromadlarini qaytarish darajasiga qarab, davlat pensiya taʼminotining shartli ravishda uchta turini

ajratish mumkin.

1. Yuqori darajada daromadni qoplaydigan davlat pensiya taʼminoti – bunda to‘liq mehnat

(sug‘urta) stajiga ega bo‘lgan yoki mamlakatda doimiy istiqomat qiluvchi (15-45 yosh)

pensionerlar o‘rtacha ish haqining 50 foizdan ortiq miqdorida pensiya olish huquqiga ega

bo‘ladilar. Ushbu davlat pensiya taʼminotiga ega bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar hisoblanadi:

Аvstriya (45 yil davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining

89 foizini tashkil qiladi), Ispaniya (35 yil davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya

miqdori daromadining 83 foizini tashkil qiladi), Italiya (40 yil davomida sug‘urta badallari

to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining 92 foizini tashkil qiladi), Germaniya (45 yil

davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining 52 foizini tashkil

qiladi), Partugaliya, Turkiya, Аrgentina va boshqalar.

2. O‘rtacha darajada daromadni qoplaydigan davlat pensiya taʼminoti – bunda to‘liq

mehnat (sug‘urta) stajiga ega bo‘lgan yoki mamlakatda doimiy istiqomat qiluvchi (35-45 yosh)

pensionerlar o‘rtacha ish haqining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda pensiya olish huquqiga ega

bo‘ladilar. Ushbu turga Yangi Zellandiya, АQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Polsha, Chili

davlatlari pensiya taʼminotlari tizimi misol bo‘la oladi.

3. Past darajada daromadni qoplaydigan davlat pensiya taʼminoti – bunda to‘liq mehnat

(sug‘urta) stajiga ega bo‘lgan yoki mamlakatda doimiy istiqomat qiluvchi (15-45 yosh)

pensionerlar o‘rtacha ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiya olish huquqiga

ega bo‘ladilar. Ushbu turga Norvegiya, Kanada davlat pensiyalari kiradi.

Pensiya tizimida ishtirok etish va moliyalashtirish shakllariga qarab pensiya taʼminoti

majburiy va ixtiyoriy shakllarda namoyon bo‘ladi.

Majburiy pensiya taʼminoti aholining keksayganda, mehnat qobiliyatini qisman yoki

butunlay yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va boshqa hollarda ularni ijtimoiy

himoya qilish borasida davlat ijtimoiy kafolatining amalga oshirilishi tushuniladi. Majburiy

pensiya taʼminoti orqali pensiya to‘lash belgilangan qonunchilik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya

taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonun doirasida davlat pensiya taʼminoti tashkil etildi va tarti`bga

solinmoqda.

Xorij tajribasida majburiy pensiya doirasida pensiya va nafaqalarni nodavlat tashkilotlar

ham to‘lashi mumkin (Chili).


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

39

Ixtiyoriy pensiya taʼminoti majburiy pensiya taʼminoti doirasida to‘lanadigan pensiyalar

miqdorini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Ixtiyoriy pensiya

taʼminoti odatda xususiy sektor orqali taʼminlanadi. Ishtirok etish esa ixtiyoriy hisoblanadi.

Pensiya bilan qamrab olish darajasiga qarab pensiya taʼminotining quyidagi shakllari

ajratib ko‘rsatiladi:

umummilliy (universal) – ish bilan band bo‘lgan yoki maʼlum bir daromadga ega bo‘lgan

barcha shaxslarni qamrab oladi;

kasbiy yoki korporativ – alohida sohalar yoki kompaniyalar xodimlarini qamrab oladi;

hududiy – qatʼiy o‘rnatilgan mehnat stajiga ega bo‘lgan yoki o‘sha hududda muayyan

(qatʼiy belgilangan yilda) muddatda yashagan shaxslarni qamrab oladi;

individual (shaxsiy) – alohida shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Pensiya taʼminotining mazkur shakllari har bir davlatning tuzilishiga hamda pensiya

taʼminotining xususiyatlariga qarab farqlanishi mumkin.

Pensiyalarni hisoblashda mehnat staji (sug‘urta staji) muhim ahamiyatga ega. Davlat

pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida yangi tahrirda qabul qilingan nizomda “ish staji

– mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) va ish joyidan, xizmatdan, o‘qishdan yoki

arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan qatʼi nazar,

qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqini beradigan mehnat faoliyati va boshqa

faoliyatning umumiy davomiyligidir” .

Maxsus ish staji degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, xalq xo‘jaligining muayyan

tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonunchilikka muvofiq imtiyozli pensiya taʼminoti

huquqini beradigan mehnat faoliyati tushuniladi.

Har bir davlatning oldida turgan muhim vazifalaridan biri pensiyalarning xarid qobiliyatini

hamda real qiymatini saqlab turish hisoblanadi”31. Pensiya tizimlarini tashkil qilishning samarali

yo‘llaridan biri xodimning pensiyaga chiqishida daromadga nisbatan belgilangan darajadagi

pensiyaning olishi va uning miqdori pensionerning butun hayoti davomida ushbu darajasini

saqlash turish lozim.

REFERENCES

1.

Qosimova G., Botirov A. Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti. Monografiya. – T.:

“Tamaddun”, 2015. – 108 b.


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

40

2.

Vahobov A., Majidov N. Jamg'arib boriladigan pensiya jamg'armasining O’zbekistonda

investitsiya siyasatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. –

128 b.

3.

Qosimova G., Sholdarov D. Pensiya ta'minotini mablag’larini boshqarish. Monografiya.

– T.: “TMI”, 2017. – 225 b.

References

Qosimova G., Botirov A. Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti. Monografiya. – T.: “Tamaddun”, 2015. – 108 b.

Vahobov A., Majidov N. Jamg'arib boriladigan pensiya jamg'armasining O’zbekistonda investitsiya siyasatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. – 128 b.

Qosimova G., Sholdarov D. Pensiya ta'minotini mablag’larini boshqarish. Monografiya. – T.: “TMI”, 2017. – 225 b.