Authors

  • Nuriddin Raxmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36625

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va unga tasir etuvchi omillar xususida so‘z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

90

PENSIYA TA’MINOTINING MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR

Raxmonov Nuriddin Muxammadjonovich

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.13340468

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda pensiya ta’minotining moliyaviy

barqarorligini ta’minlash va unga tasir etuvchi omillar xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Pensiya, moliyaviy barqarorlik, pensiya tizimi, pensiya fondi, pensiya

jamg‘armasi.

FACTORS AFFECTING THE FINANCIAL STABILITY OF PENSION PROVISION

Abstract.

This article talks about ensuring the financial stability of pension provision in

Uzbekistan and the factors affecting it.

Key words:

Pension, financial stability, pension system, pension fund, pension fund.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ

ПЕНСИОННОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы обеспечения

финансовой устойчивости пенсионного обеспечения в Узбекистане и факторы, влияющие
на это.

Ключевые слова:

Пенсия, финансовая устойчивость, пенсионная система,

пенсионный фонд, пенсионный фонд.


Milliy pensiya ta’minoti tiziminining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda demografik

omillar, ijtimoiy sug‘urta tizimida aholining munosib ishtirokini ta’minlash hamda pensiya
ta’minotini moliyalashtirishda samarasiz vositalar mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy sug‘urtadagi
rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning zaifligi asosiy omillardan bo‘lib maydonga chiqadi.

1. Demografik omillarning pensiya ta’minoti tizimiga ta’siri.
– O‘zbekiston aholisining 2018-2025 yillari uchun demografik prognozlariga ko‘ra,

pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2 mln. kishiga) ko‘payishi kutilmoqda,

– 2025 yilga borib, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,5

yoshga yetadi (2018-yilda 73 yosh), yoshga doir pensiyaga chiqish uchun murojaat
qiluvchilarning yillik soni jami 300 ming nafarga ko‘payishi kutilmoqda (2017 yilda 206,2 ming
nafar), jami aholi tarkibida pensiya yoshidagilarning ulushi 11 foizdan ortadi (2018 yilda 7,4
foiz) [10].

Ma’lumki, 2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston aholisi 33 million 254 ming 100

kishini tashkil etib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan 597,4 ming kishiga yoki 1,8 foizga
o‘sdi. Respublika doimiy aholi sonining 30,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5
foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda. Mehnatga layoqatli aholi soni tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14,6 mln.
kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni 4,6 mln. kishini (o‘quvchilar va talabalar – 1,8 mln., dekret
ta’tilidagi ayollar – 1,8 mln., uy bekalari – 0,9 mln.). So‘nggi 5 yil davomida iqtisodiy faol aholi
soni o‘sishi (9%)ga qaramasdan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali
to‘lovchilar soni o‘zgarishsiz qolmoqda (5 mln. atrofida – iqtisodiy faol aholining 34 foizi).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

91

Bular, asosan, davlat sektorida, yirik va kichik korxonalarda, shuningdek, jamoat tashkilotlari va
mikrofirmalarda mehnat qiluvchilardan iborat.

Tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2030 yilga borib, pensiya yoshidagi aholi ulushi

ko‘payib, jami aholining 14 foizini tashkil qilishi kutilmoqda. Yoshga doir pensiya tayinlash
uchun murojaatlarning asosiy o‘sishi tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan davrda tug‘ilgan
fuqarolarning umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat, o‘z
navbatida, Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi hamda
pensiya tizimining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini optimallashtirish zarurligini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-sonli

Qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
ishlaydigan va ishlamaydigan fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari, zarur ish stajiga
ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar, dafn
marosimi uchun nafaqalar va boshqa to‘lovlar uchun sarflanadi. 2018 yilda byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi xarajatlari 20475,2 mlrd. so‘mni tashkil qilib, uning 95,7 foizi
ishlamaydigan pensionerlarga, 3,0 foizi ishlaydigan pensionerlarga, 1,2 foizi zarur ish stajiga ega
bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar hamda dafn marosimi
uchun nafaqalarga, 0,2 foizi boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

Bizning fikrimizcha, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga

layoqatsiz fuqarolarga beriladigan ijtimoiy nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni
to‘lash xarajatlarini moliyalashtirishni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Rossiya Federatsiyasida ham zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa
yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan ijtimoiy nafaqa hamda dafn etish
marosimi uchun nafaqalar qisman federal byudjetdan moliyalashtiriladi. Qozog‘iston
Respublikasi Pensiya fondi mablag‘lari fuqarolarning pensiyalarini moliyalashtirishga,
mehnatga layoqatsiz fuqarolar va keksalarni ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalga
oshirishga va boshqa xarajatlarga yo‘naltiriladi hamda ijtimoiy nafaqalar qisman davlat byudjeti
hisobidan moliyalashtiriladi.

Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va

mehnatga layoqatsiz fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjeti
hisobidan ijtimoiy nafaqalar beriladi. Umr ko‘rish davomiyligi va tug‘ilishlar kamayishi butun
dunyoda keksa odamlarning ulushini oshiradi va bu ijtimoiy ta’minot tizimlarining, buning
ichida pensiya tizimlarining to‘lov qobiliyatini pasaytiradi. Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra,
2018 yil 12 dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va
pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5597-sonli Farmoniga asosan jami 533 ming nafardan ortiqroq
pensionerlarning pensiya miqdorlari o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshgan.

Shundan: 72601 nafari ishlovchi pensionerlardir [11].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qilingan Oliy Majlisga

Murojaatnomada bu sohada ijobiy o‘zgarishlar davom etishi, xususan, islohotlarning keyingi
bosqichida pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori bo‘yicha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

92

cheklovlar ham butunlay bekor qilinishi ta’kidlangan. Albatta, bunday holatlar kelgusida
pensionerlarning pensiya miqdorlari oshishiga va munosib turmush sharoitlarining yanada
yaxshilanishiga xizmat qiladi.

2019 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jami 3485,8 ming nafar pensiya

va nafaqa oluvchilar mavjud.

Yuqoridagi holatlar Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir

ko‘rasatadi va pensiya ta’minoti tizimida xarajatlarning ortishiga olib keladi. Qayd qilish joizki,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining o‘z guruhida bir pensionerga to‘lovlar bo‘yicha oxirgi o‘ringa ega va Pensiya
jamg‘armasi mablag‘larining miqdori mamlakatning barcha pensionerlarini to‘liq qoplash uchun
yetarli emas va bunday holat Pensiya jamg‘armasining davlat byudjeti hisobidan mustaqilligini
ta’minlashga imkon bermaydi.

Milliy pensiya ta’minoti tiziminining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda demografik

omillar, ijtimoiy sug‘urta tizimida aholining Ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishda
aholining mutanosib ishtirokini ta’minlash zarurligi:

– fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini

rag‘batlantirish mexanizmlarining murakkabligi va shaffof emasligi;

– mehnatga layoqatli aholining deyarli 60 foizi (tahminan 10,2 mln. kishi) pensiya

ta’minoti tizimiga qamrab olinmaganligi, ularning aksariyatini norasmiy sektorda band
bo‘lganlar va mehnat migrantlari tashkil etishi;

– 2009-2017 yillar oralig‘ida pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 61 foizdan

66 foizga o‘sganligi.

Ushbu omillar kelgusida o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda pensiya ta’minoti tizimiga

badal to‘lamagan fuqarolarning aksariyati pensiya olish huquqiga ega bo‘lmasligi holatini
yuzaga keltiradi. Buning natijasida, birinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining
moliyaviy mablag‘larining kamayishiga, ikkinchidan, fuqarolarning keksayganda turmush
farovonligining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.

3. Moliyaviy mablag‘larni taqsimlashdagi samarasiz vositalar va ijtimoiy sug‘urtadagi

rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning zaifligi:

– byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli

pensiyalarni moliyalashtirishga sarflanmoqda. 2017 yilda imtiyozli shartlarda tayinlangan
pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizni tashkil
etib, shundan, yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etgan. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 mingta
imtiyozli shartlardagi pensiyalar tayinlanmoqda. Shu bilan birga imtiyozli pensiyalarning
o‘rtacha miqdori yoshga doir pensiyaning o‘rtacha miqdoridan yuqoridir[14];

– pensiya miqdori va xodimning mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik

ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi, 7 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan
shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi
minimal talabning mavjudligi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasidagi ishtirokida salbiy
ta’sir o‘tkazmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda ish haqining o‘rtacha darajasida 30 yil ish stajiga
(talab etilgan – 25 yil) ega bo‘lgan erkak kishining pensiya miqdori bilan 10 yillik ish stajiga ega
bo‘lgan (minimal talab etilgan – 7 yil) erkak kishining pensiya miqdori o‘rtasidagi farq taxminan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

93

200 ming so‘mni tashkil etadi;

– ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini

rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar, ularni, sug‘urta badallarini to‘lamaslikning yangi
usullarini qidirishga majbur etadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi

“Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5597-sonli
Farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal
miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirildi. Olib borilgan
ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pensiyani hisoblab chiqarishda belgilangan eng kam oylik
ish haqining 10 barobari fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimidagi ishtirokiga, jumladan,
fuqarolarning mehnat faoliyatining davomiyligini ta’minlash va yuqoriroq miqdorda ish haqi
oluvchilarni rag‘batlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, istiqbolda ushbu
cheklovni ham bekor qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday holat pensiya miqdori va xodimning
mehnat hissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirish imkonini beradi, shuningdek, mehnat
faoliyatini yanada rag‘batlantiradi.

Ishlovchi er (xotin)ning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan

ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta
badallari to‘lash huquqini taklif etish maqsadga muvofiq. Er(xotin) ishlamayotgan turmush
o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy sug‘urta badallari to‘lash tizimi dunyoning
ko‘plab davlatlarida mavjud. Misol uchun, Buyuk Britaniyada pensiya olish uchun 35-40 yillik
mehnat staji talab qilinadi, minimal pensiya olish uchun eng kamida 10-15 yillik mehnat staji
bo‘lishi talab etiladi. Agar fuqarolar talab qilingan mehnat stajiga ega bo‘lmasalar, pensiya
olishlari va uning miqdorini oshirishi uchun davlat ijtimoiy sug‘urta fondiga ixtiyoriy ravishda
sug‘urta badallari to‘lashi mumkin. Yuqoridagi barcha holatlar, o‘z navbatida, O‘zbekiston
Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
zarurligini ko‘rsatadi.

1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimi

tajribalaridan kelib chiqib hamda pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
maqsadida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanuvchi
nafaqalarni (zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqa) Davlat byudjeti mablag‘lari
hisobidan amalga oshirish zarur. Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasining yiliga o‘rta hisobda 237,7 mlrd. so‘m miqdoridagi
mablag‘larini iqtisod qilishga va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

2. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab

chiqish, bu borada chet el tajribasini o‘rganish hamda mamlakatimizning demografik va ijtimoiy-
iqtisodiy jihatlarini inobatga olish, qonunning normalarida fuqarolarning pensiya miqdorlari
ularning mehnat stajlari davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘lishi hamda ijtimoiy sug‘urta
tizimiga faol qatnashishlarini rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini joriy etish maqsadga
muvofiqdir. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pensiya ta’minoti tizimining
huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish, qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

94

normalarni joriy qilish, pensiyalarni hisoblashning sodda va shaffof hamda rag‘batlantiruvchi
xarakterdagi mexanizmlarni joriy qilish, ijtimoiy adolat prinsiplarining ta’minlanishiga erishish
imkonini beradi.

3. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi bandligi, ish o‘rinlari yaratilishi,

aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining oshib borishi, tibbiyot sohasining taraqqiyoti
kabi omillarni hisobga olgan holda istiqbolda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich
oshirib borish, bunda fuqarolarning pensiyaga chiqish huquqini olishlari uchun mehnat staji va
pensiya yoshiga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Mazkur taklifning joriy etilishi
natijasida ish stajiga mutanosib ravishda pensiya miqdorlarini oshirish hamda pensiya ta’minoti
tizimining muvozanatlashgan holdagi moliyaviy barqarorligini yaratadi.

4. Istiqbolda fuqarolarni kafolatlangan pensiya ta’minoti bilan qamrab olish maqsadida

ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan Pensiya
jamg‘armasiga ishlamayotgan oila a’zolari uchun ixtiyoriy ravishda har bir oy uchun eng kam
oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha sug‘urta to‘lovlari (badallari) to‘lash huquqini berish
maqsadga muvofiqdir. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning
pensiya sug‘urtasi tizimi bilan qamrab olish darajasi oshiriladi va Pensiya jamg‘armasining
moliyaviy barqarorligi yaxshilanadi.

REFERENCES

1.

Qosimova G., Botirov A. Jamg'arib bo'lingan pensiya ta'minoti. Monografiya. – T.:
“Tamaddun”, 2015. – 108 b.

2.

Vahobov A., Majidov N. Jamg'arib boriladigan pensiya jamg'armasining o'z biznesida
investitsiya siyasatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. –
128 b.

3.

Qosimova G., Sholdarov D. Pensiya ta'minotini boshqarish. Monografiya. – T.: “TMI”,
2017. – 225 b.


References

Qosimova G., Botirov A. Jamg'arib bo'lingan pensiya ta'minoti. Monografiya. – T.: “Tamaddun”, 2015. – 108 b.

Vahobov A., Majidov N. Jamg'arib boriladigan pensiya jamg'armasining o'z biznesida investitsiya siyasatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. – 128 b.

Qosimova G., Sholdarov D. Pensiya ta'minotini boshqarish. Monografiya. – T.: “TMI”, 2017. – 225 b.