30-AVGUST, 2024-YIL
89
CHAQALOQLIK DAVRI FIZIOLOGIYASI VA PATOLOGIYASI
Mamurjanova Maftuna Sirojiddin qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13380829
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Chaqaloqlik davri fiziologiyasi, chaqaloqlarnı parvarısh
qılısh, ona sutınıng ahamıyatı va tarkıbı haqidagi ilmiy ma’lumotlar keng yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Chaqaloqlar, emizish va parvarish qilish, infeksiya, teri
parvarishi,
emizish, tibbiyot hamshiralari, nafas olishi buzilishi.
PHYSIOLOGY AND PATHOLOGY OF INFANCY
Abstract.
In this thesis, the scientific information about the physiology of infancy, caring
for babies, the importance and composition of breast milk is widely covered.
Key words:
Babies, breastfeeding and care, infection, skin care, breastfeeding, nurses,
respiratory disorders.
ФИЗИОЛОГИЯ И ПАТОЛОГИЯ РАННЕГО ВОЗРАСТА
Аннотация.
В данной дипломной работе широко освещены научные сведения о
физиологии грудного возраста, уходе за младенцами, значении и составе материнского
молока.
Ключевые слова:
дети, грудное вскармливание и уход, инфекция, уход за кожей,
грудное вскармливание, медсестры, респираторные заболевания.
Chaqaloqlar gavda tuzilishi va funksional xususiyatlari bilan kattaroq bolalardan
va katta yoshli kishilardan anchagina farq qiladi. Chaqaloqlarda ko‘p a’zo va tizimlar,
jumladan markaziy asab tizimining taraqqiyoti tugamagan bo‘ladi. Chaqaloqlar
organizmining to‘qimalari sersuv, funksional jihatdan to‘la yetilmagan, oson
jarohatlanadigan, noqulay ta’sirlarga chidamsiz bo‘ladi. Ayniqsa chala tug‘ilgan
chaqaloqlarda termoregulatsiya takomillashgan emas.
Chaqaloqlar shuning uchun salga sovqotadi va qizib ketadi.
Chaqaloqlar infeksiyaning ko‘p turlariga chidash bermaydi; ular, ayniqsa, septik
infeksiyaga moyil, bu infeksiya kindik qoldig‘i, teri, burun-halqum, me’da-ichak yo‘llari
orqali organizmga kiradi. Chaqaloqlar organizmi infeksiyaga qarshilik ko‘rsatish
imkoniyati kam, shunga ko‘ra mikroblar qon va limfa tizimiga osongina kirib oladi va
butun organizmga tarqaladi.
Chaqaloqlik davri ona qornidan tashqaridagi yangi muhit sharoitiga moslanish
30-AVGUST, 2024-YIL
90
davridir. Tashqi muhit sharoiti qulay, yaxshi bo‘lsa, chaqaloq organizmi bu sharoitga
oson moslashadi. Noqulay sharoitda moslanish jarayoni buziladi va chaqaloq turli
kasalliklarga osongina chalinadi.
Chaqaloqlarni emizish va parvarish qilishda ularning infeksiyaga, sovish va qizib
ketishga, ovqatlanish sharoitining buzilishiga sezuvchan ekanligini esda tutmoq kerak.
Hamma yirik tug‘ruq komplekslarida chaqaloqlar uchun maxsus bo‘limlar bor,
ularda yetilib tug‘ilgan sog‘lom bolalar palatasi, chala tug‘ilgan, tug‘ruq vaqtida
jarohatlangan chaqaloqlar palatasiga ajratiladi. Infeksiya yuqqan deb gumon qilingan
chaqaloqlar boksli palataga, kasallanganlari esa izolatorga yotqiziladi.
Ikkinchi (shubhali) akusherlik bo‘limida chaqaloqlarning maxsus palatasi bo‘ladi.
Tug‘ruqda yordam beruvchi kichik muassasalarda chaqaloqlar uchun bo‘limlar
emas, balki palatalar tashkil etiladi.
Chaqaloqlarni parvarish qilish uchun tibbiyot hamshiralarining maxsus shtati
ajratiladi.
Chaqaloqlar parvarishida ularning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘dirishga
yordam berish kerak. Chaqaloqlarni tashqi muhitning noqulay ta’siridan, ayniqsa
infeksiyadan saqlash parvarishning asosiy qoidalaridan hisoblanadi.
Tug‘ruq bo‘limidan chaqaloqlar palatasiga keltirilgan chaqaloqqa isitilgan ko‘ylak
kiygiziladi, krovatchaga yotqiziladi va ahvoli diqqat bilan kuzatiladi. Chaqaloq qusishi,
nafas olishi buzilishi (sianoz), kindigi qonashi mumkinligini esda tutmoq kerak.
Teri parvarishi
juda katta ahamiyatga ega. Bolaning nozik terisi noto‘g‘ri
parvarish qilinsa, osongina bichiladi, chaqalanadi va boshqa shikastlarga uchraydi,
bulardan esa infeksiya kiradi. Shu sababli terida yiringli jarayonlar paydo bo‘lib, septik
kasallik ro‘y berishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlariga mos ravishda chaqaloqni tug‘ilgan
zahotiyoq tanadan issiqlikni yo‘qotmaslik uchun issiqlik zanjiri tamoyiliga amal qilgan
holda tezda artib quritiladi va ona qorniga yotqiziladi. Onasi bilan birga issiq ko‘rpa
(adyol) yopiladi, boshiga qalpoqcha kiydiriladi. Chaqaloqni sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Chaqaloqda emishga tayyorlashning birinchi belgilari (birdaniga tez nafas olishi,
so‘rish harakatlari, ko‘krakni qidirish) paydo bo‘lgach, 30–60 daqiqa davomida
ko‘krakdan emizish mumkin.
Chaqaloqlar uchun normal ovqat –
ona sutidir
. Bola emizib boqilgandagina
tamomila to‘g‘ri o‘sadi va yetiladi. Emizib boqilayotgan bolalar o‘rtasida kasallanish va
30-AVGUST, 2024-YIL
91
o‘lim sun’iy boqilayotgan bolalarga nisbatan bir necha marta kam uchraydi. Ona suti
bilan boqish bolani oziqa bilan ta’minlashdan tashqari boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega:
infeksiya xavfini kamaytiradi, allergiya rivojlanishining oldini oladi, bola bilan ruhiy
aloqani taraqqiy ettiradi, laktatsion amenoreya usuli sifatida istalmagan homiladorlikning
oldini oladi. Shuning uchun tibbiyot xodimlari emizishning ahamiyatini ayollarga
tushuntiradilar va har bir ona o‘z bolasini emizishi uchun barcha chorani ko‘radilar.
Tug‘ruqdan keyingi dastlabki kunlarda sut hali kam bo‘ladi, shuningdek sut
sekretsiyasi susayganligi (gipogalaktiya) qayd qilinadi, faqat o‘sha kunlari ikkinchi
emchakni ham solish mumkin. Har bir emizish 15–20 daqiqa davom etadi, yaxshi
emadigan bola zarur miqdordagi sutning qariyb yarmini dastlabki 5 daqiqada so‘rib oladi.
Har bir emizishda ko‘krak bezi sutdan batamom bo‘shashi kerak. Sut bezlari chala
bo‘shaganda sut kam ishlanadigan bo‘lib qolishi mumkin.
Bola emizishdan keyin ko‘krakda qolgan sutni qo‘lda sog‘ish yoki qaynatilgan
sutso‘rg‘ich bilan tortib olish zarur.
Emchak uchi yassi va ichiga tortilgan bo‘lsa, shuningdek yorilganda rezina
so‘rg‘ichli shisha nakladka orqali emizish tavsiya etiladi.
Ko‘krak suti – chaqaloqlar va bolalar uchun yagona ozuqa tu- ridir.
Ko‘krak suti to‘yimliligi bilan ustun turishidan tashqari, tabiiy ovqatlantirish
go‘daklar kasalliklari va o‘limi oldini olishning juda yaxshi usuli bo‘lib ham xizmat
qiladi.
Har bir tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasa ko‘krak suti bilan boqishni 10
tamoyiliga rioya qilinayotgan «Shifoxonalarda bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish
tashabbusi» maqomiga mos kelishga harakat qilishi kerak:
1.
Ko‘krak suti bilan boqish amaliyotining yozma ravishda qayd qilib qo‘yilgan
siyosatiga ega bo‘lish va uni barcha tibbiy-sanitariya xodimlari e’tiboriga muntazam
yetkazib turish.
2.
Barcha
tibbiy-sanitariya
xodimlarini
ushbu
siyosatni
amalga
oshirish
ko‘nikmalariga o‘rgatish.
3.
Barcha homilador ayollarga ko‘krak suti bilan boqishning afzalliklari va usullari
haqida ma’lumot berish.
4.
Onalarga, tug‘ruqdan so‘ng dastlabki 2 soat ichida, ko‘krak suti bilan boqishni
boshlashga yordam berish.
5.
Onalarga ko‘krak suti bilan boqishni va balki bolalaridan ajratilgan bo‘lsalar ham
30-AVGUST, 2024-YIL
92
laktatsiyani saqlab turishni o‘rgatish.
6.
Chaqaloqqa ko‘krak sutidan boshqa hech qanday ovqat yoki suyuqlik bermaslik,
tibbiy ko‘rsatmalar bundan mustasno.
7.
Ona va chaqaloqni birga bo‘lishini amaliyotga tatbiq qilish va ularni 24 soat
davomida palatada birga bo‘lishlariga ruxsat berish.
8.
Talab bo‘yicha ko‘krak suti bilan ovqatlantirishni rag‘batlantirish.
9.
Ko‘krak suti bilan boqilayotgan chaqaloqlarga hech qanday tinchlantiruvchi yoki
ko‘krakni aks ettiruvchi sun’iy vositalarni bermaslik.
10.
Ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar tashkil etilishini
rag‘batlantirish va onalarni shifoxonadan chiqqanlaridan so‘ng ushbu guruhlarga
yuborish.
«Bolalarga do‘stona munosabatdagi shifoxona» sertifikati borligidan qat’i nazar,
har bir tibbiyot muassasasi barcha 10 tamoyilga rioya qilishlari talab qilinadi:
–
ko‘krak tutishni 4 ta asosiy momentiga rioya qilish;
–
ko‘krak suti bilan boqishni vaqti va oralig‘ini chegaralamaslik;
–
emizishgacha va emizishdan so‘ng ko‘krakni yuvmaslik;
–
ko‘krak so‘rg‘ichlariga ishlov berish uchun hech qanday malhamdan
foydalanmaslik;
–
ona va bolani asossiz bir-biridan ajratmaslik;
–
so‘rg‘ichli idishdan boqmaslik va havoli so‘rg‘ichdan foydalanmaslik;
–
ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi glukoza, suv va boshqalardan foydalanmaslik;
–
olgan suti miqdorini aniqlash uchun, emizishdan oldin va keyin bolani o‘lchab
ko‘rish shart emas. Chaqaloqda peshob ajralishini kuzatish yetarli; kun davomida emishi
10 martadan ko‘p bo‘lishini saqlashga erishish kerak (bola yetarli sut olayotganligini eng
ishonchli belgisi).
Emizishdan avval ona qo‘lini sovunlab yuvadi. Har bir emizishdan avval ko‘krakni
yuvish shart emas. Agar zarur bo‘lsa, emizgandan so‘ng ko‘krak toza suv bilan (sovunsiz)
yuviladi, quritiladi (artmasdan) va areola sohasi sut bilan artiladi, havoda quritib
berkitiladi.
Onada sut ishlab chiqarilishi bola qancha sut emishi, ko‘krakni to‘g‘ri tutilishiga
bog‘liq; bola qancha ko‘p sut emsa, shuncha ko‘p sut ishlab chiqariladi. Agar bolaga
ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi suv yoki glukoza berilgan bo‘lsa, u holda bola kam emadi
va sut kam ishlab chiqarilishiga olib keladi.
30-AVGUST, 2024-YIL
93
Bu holat keyinchalik onada «juda kam sut» ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Bu esa bolani yetarli oziqlanmasligi va laktatsiya kamayishini yuzaga keltiradi.
REFERENCES
1.
Allayorov Y.N. “Reproduktiv salomatlik va kontraseptiv tex- nologiya”,
«Istiqbol», T., 2005.
2.
Allayorov Y.N. “Akusherlik” “O‘zbekiston milliy ensiklopedi- yasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, T., 2011.
3.
Allayorov Y.N., Yusupova D.O‘., Asqarova V.Q. “Akusherlikda amaliy ko‘nikma
va muolajalar”, Samarqand, 2007.
4.
Allayorov Ya.N., Tosheva D.G., Yusupova D.O‘. “Onalikda hamshiralik
parvarishi”, “Voris” nashriyoti, T., 2012.
5.
Vozilbekova M.A., Zaynitdinova X.S. “Akusherlik va gine- kologiyada
hamshiralik ishi”, “O‘qituvchi” NMIU, T., 2004.
6.
Qodirova A.A., Ashurova V.E., Kattaxo‘jayeva M.X., Abdul- layeva D.A.
“Akusherlikdagi jarrohlik amaliyoti”, Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, T.,
1999.
7.
Qodirova A.A., Kattaxo‘jayeva M.X. “Akusherlik amaliyoti”, Abu Ali ibn Sino
nomidagi nashriyot, T., 2001.
