ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
74
O’ZBEKISTONDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILLARI VA IMKONIYATLARI,
MUAMMOLARIGA YECHIMLAR.
Tosheva Gulnora Sunnatovna
Navoiy viloyat yuridik texnikumi ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
yetakchi mutaxassisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13710987
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi zamon ta'lim tizimining sifatini yaxshilashga
to'sqinlik qiluvchi qiyinchiliklar, ularni hal qilish yo'llari va kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari
muhokama qilinadi. Maqolada o'quv dasturlarini takomillashtirish, o'quv jarayonini
zamonaviylashtirish, ilmiy tadqiqotlarni zamon talablariga moslashtirish, xorijiy tajribalarni
o'rganish, o'quvchilarning kasbiy ko'nikmalarini va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
kabi masalalarga e'tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar:
fan va texnika, ta’lim, tarbiya, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standarti, bilim,
ko‘nikma, malaka, kompetensiya, kasbiy sifat, mantiqiy fikrlash, metod, texnologiya va b.q.
FACTORS AND OPPORTUNITIES FOR IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION IN UZBEKISTAN, SOLUTIONS TO PROBLEMS.
Abstract.
This article discusses the challenges that prevent the improvement of the quality
of the current education system, ways to solve them, and directions for future development. The
article focuses on such issues as improving educational programs, modernizing the educational
process, adapting scientific research to modern requirements, studying foreign experiences, and
developing students' professional skills and logical thinking abilities.
Key words:
science and technology, education, education, curriculum, public
educationstandard, knowledge, skill, qualification, competence, professional quality, logical
thinking,method, technology, etc.
ФАКТОРЫ И ВОЗМОЖНОСТИ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В
УЗБЕКИСТАНЕ, ПУТИ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются проблемы, препятствующие
повышению качества действующей системы образования, пути их решения и направления
дальнейшего развития. В статье уделяется внимание таким вопросам, как
совершенствование образовательных программ, модернизация образовательного
процесса, адаптация научных исследований к современным требованиям, изучение
зарубежного опыта, развитие профессиональных навыков и способностей логического
мышления студентов.
Ключевые слова:
наука и техника, образование, образование, учебная программа,
народное образование, стандарт, знания, умение, квалификация, компетентность,
профессиональное качество, логическое мышление, метод, технология и т. д.
KIRISH
Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash
muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon to'g'ridan-to'g'ri ta'lim tizimining rivojlanishiga bog'liq.
Mustaqil fikrlaydigan, ijodiy, tadbirkor va tashabbuskor shaxslarni tarbiyalash hozirgi
kunda davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu Mamlakatning ijtimoiy-
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
75
iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bilimlar va yangi yondashuvlarni talab qiladi. Shuning uchun
ta'lim sifatini oshirishda o'quv jarayonini zamon talablariga moslashtirish, davlat ta'lim standartlari
va o'quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o'quv materiallarini yaratish, zamonaviy
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni hal
qilish kelajakdagi muvaffaqiyatlarimizning kafolati hisoblanadi.
Fan va texnologiyaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida ilmiy bilimlar,
tushunchalar va g'oyalar soni keskin o'sib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan va texnologiyaning
yangi sohalarini rivojlanishiga olib keladi, bu esa ularning ixtisoslashuvini kuchaytiradi. Boshqa
tomondan, fanlar o'rtasida integratsiya jarayoni kuzatiladi. Bunday sharoitda malakali
o'qituvchilarga bo'lgan talab ortib bormoqda. Fanning asosiy tamoyillarini, pedagogika va
psixologiya usullarini mukammal egallagan, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega va zamonaviy
innovatsion pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan amalda foydalana oladigan ijodiy
o'qituvchilarni tayyorlash zarur.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon
taraqqiyotining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda modernizatsiya jarayoni
tez sur'atlar bilan rivojlanayotganligi sababli, ta'lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda joriy
etishga alohida e'tibor qaratish kerak. Biroq, ta'limning yangi mazmun, shakl, usul va vositalarini
joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holati yetarli emas.
Albatta, yangilangan ta'lim tizimini joriy etishda har bir o'qituvchi ta'lim sohasidagi
yangiliklarni doimiy ravishda o'rganib, ularni o'z ish faoliyatida qo'llay olish mahoratiga ega
bo'lishi kerak. Bugungi kunda fan va texnologiya sohasidagi yangiliklarni o'quv dasturiga
tezkorlik bilan kiritish zarur, bu orqali zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin yaratiladi.
Bundan tashqari, zamonaviy o'qitish texnologiyalari va ular bilan bog'liq metodik
yondashuvlar kelajakdagi o'qituvchilarda zarur bilim, muhim qonuniyatlar va ko'plab fundamental
tushunchalarni chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarning bilim va kasbiy mahorati zamon talablariga mos
kelishi, o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, tashkil etilayotgan
darslarning samaradorligi, o'quvchilarning mavzuni yaxshi o'zlashtirishi uchun har bir mavzuning
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'tilishini ta'minlash muhim.
O'qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni amaliyotga joriy etish,
o'quvchilarda egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta'lim olish, o'quv-
bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, o'qitishning
innovatsion texnologiyalarini joriy etish, mustaqillik, ijodiylik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi
kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda o'qituvchilarni rag'batlantirish maqsadida katta
ahamiyatga ega bo'lgan, muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Tahlil va tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim tizimimizda hali ham bir qator
muammolar mavjud. Jumladan:
- Ta'lim muassasalarida malakali o'qituvchilarning yetishmasligi, ularni tayyorlashda
amaliyotga joriy etilgan o'quv reja va dasturlari sohadagi islohotlarni to'liq aks ettirmaydi va
mazmunan eskirgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
76
- O'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda iqtidorli
yoshlarning ijodiy g'oyalarini amaliyotga tatbiq etishda tizimli va innovatsion faoliyat yetarli
darajada yo'lga qo'yilmagan.
- O'qituvchilar tomonidan o'quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga
yo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmayapti.
- O'qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiya va usullarni amaliyotga keng
joriy etilmayapti.
- Ta'lim muassasalarida o'zaro hamkorlik to'liq yo'lga qo'yilmagan.
- O'quv mashg'ulotlarida o'quvchilarga bahslashish, o'z fikrini bayon etish imkoniyati kam
berilmoqda. Ba'zi mashg'ulotlarda o'qituvchilar eski ma'lumotlarni takrorlash bilan cheklanib
qolmoqda, ularning talab darajasida tayyorgarlik ko'rmaganligi, bilim va kasb saviyasining pastligi
jiddiy muammo bo'lib qolmoqda, kompetentliklari esa yetarli darajada emas.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun o'qituvchilarning malakasini doimiy ravishda
oshirish, alternativ usullarni qo'llash va tinimsiz izlanishlarni yo'lga qo'yish zarur. Bu o'z navbatida
o'qituvchiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Hozirgi kunda o'quv dasturi mazmuni va tuzilishini qayta ko'rib chiqish juda muhim. U
o'qituvchi uchun "ko'zgu" vazifasini bajarishi kerak. Chunki, inson ko'zguga qarab o'zining butun
vujudini ko'radi. Shuning uchun ham o'qituvchi o'z fani bo'yicha o'quv dasturiga qarab, butun
faoliyatini, o'quv mashg'ulotlarida o'quvchilarga yetkazishi lozim bo'lgan jarayon borishini, unda
amalga oshirishi kerak bo'lgan vazifalarni eslaydi. Biroq, amaldagi fan dasturlarida bir qator
kamchiliklar mavjud:
- Fanni o'qitishda maqsad va vazifalar chuqur, aniq yoritib berilmaydi yoki haddan tashqari
ko'p bo'ladi.
- O'quvchilarga qo'yilayotgan malaka talablari bugungi kun talablariga moslashtirilmagan,
bu borada ishlab chiqaruvchilar bilan o'zaro hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilmagan.
- Kursdan kursga o'tishda yoki bitiruvchilarda malaka talablarini egallaganlik darajasini
aniqlovchi mezonlar va ko'rsatkichlar ishlab chiqilmagan.
- Malaka talablarini ishlab chiqishda o'quvchilarning kasbiy sifatlari (mustaqillik, ijodiylik,
tadbirkorlik, tashabbuskorlik) hamda mantiqiy fikrlash operatsiyalari (tahlil qila olish,
klassifikatsiyalash, solishtirish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, amaliyotga joriy
etish kabi) deyarli e'tiborga olinmaydi.
- O'quv dasturlari tuzilishini yangilash va o'zgartirish zarurati mavjud.
- Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda mustaqil ta'lim to'g'ri talqin etilmaydi.
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxatiga yillar bo'yicha chegara qo'yilgan va boshqalar.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish orqali biz zamonaviy o'quv dasturlarini yaratishga
erishamiz. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblayman:
Birinchidan, fan dasturining kirish qismida o'qitiladigan fanning dolzarbligi va ahamiyati,
uning maqsad va vazifalari, kelajakda nima uchun kerakligini ochib berishga alohida e'tibor
qaratish lozim. Buni fanga tegishli hayotiy misollar, fan va texnologiyalar, ishlab chiqarish
sohalarida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Bu albatta o'quvchilarda fanga bo'lgan dastlabki qiziqishni uyg'otishga, kelajakka bo'lgan
ishonch kurtaklarining yuzaga kelishiga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
77
Ikkinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta o'zgarishlar kuzatilmoqda.
Mamlakatimizga xorijdan ko'plab yangi texnika va texnologiyalar, investitsiyalar kirib
kelmoqda, qolaversa o'zimizda ham ishlab chiqarilmoqda, yangi-yangi korxona va ishlab chiqarish
tashkilotlari barpo etilmoqda. Albatta, ertaga bu korxonalarda mustaqil ishlay oladigan, ularni
boshqara oladigan mutaxassislar zarur. Shuning uchun bugungi kunda biz kelajak uchun
tayyorlayotgan mutaxassislarimizga ular tomonidan qo'yilayotgan zamonaviy malaka talablarini
aniq, to'g'ri, chalkashtirmasdan, "bizdan ketdi - egasiga yetdi" tarzida ish qilmasdan o'rganib, kerak
bo'lsa ushbu korxona va tashkilotlarga borib, ko'z bilan ko'rib, ularning yetakchi, tajribali
mutaxassislari bilan hamkorlikda shakllantirish lozim. So'ngra ushbu tayyor malaka talablari o'quv
dasturida o'z aksini topishi kerak.
Uchinchidan, o'quv dasturida fanni o'qitishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn, konseptual jadval kabi
interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogik texnologiyalar emas-ku, ular
pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol usullardir. Axborot texnologiyalari bo'yicha
esa biron bir texnologiya nomi yozilmagan. Demak, bu noto'g'ri yondashuv va talqin.
To‘rtinchidan, loyihalashni o'quv dasturlariga kiritish juda muhim. Ma'lumki, pedagogik
texnologiyalarning asosiy vazifalaridan biri faoliyat va jarayonni loyihalash hisoblanadi.
Shuning uchun ham bu o'quv dasturida o'z aksini topishi kerak.
Bundan tashqari, yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko'proq e'tibor
qaratish lozim:
- O'quv dasturlarini ilg'or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog va mutaxassislar bilan
kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo'lsa ularning variantlarini ishlab chiqish.
- O'quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlashni, yangicha yondashuv uslublarida qobiliyatlarini
shakllantirish.
- Nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta'minlashga yo'naltirilgan ilg'or tajribalarni
tatbiq etgan holda yangi avlod o'quv materiallarini yaratish.
- O'quv mashg'ulotlarida o'quvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi muammoli savol
va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda munozaralarni yo'lga qo'yish.
- O'quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida o'quvchilar uchun tajribalar
o'tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni
hal qilish, o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan rag'batlantirish tizimini yaratish.
- Respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma'ruzalarini hamda vebinar
mashg'ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko'rinishida tashkil qilish.
- O'quv qo'llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish. Masalan, fizika darsligi bo'yicha:
tibbiyot fizikasi, transport fizikasi, yengil sanoat fizikasi va boshqalar.
- Har bir fan bo'yicha o'quv yili uchun "Fan yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish.
- O'qituvchilarning "Tahlil - muammo - yechim - natija" klasteri asosida o'quv
mashg'ulotini tashkil etishini yo'lga qo'yish. Ma'ruzalarni ushbu klaster asosida o'tkazilishiga
erishish.
- O'quvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz kechib "yaxshi
o'zlashtirgan, o'rtacha o'zlashtirgan, past o'zlashtirgan" tizimni kiritish (Izoh: a'lo bu ideal
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
78
tushuncha. O'zlashtirmadi deb hisoblash noto'g'ri, chunki biz maktabgacha ta'limda, umumiy o'rta
ta'limda, professional ta'limda, qolaversa oliy ta'limda bolani shuncha yillar nimaga o'qitdik).
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda quyidagi punktlarga e'tiborni qaratish: tadqiqot
ishining tahlili, tahlil asosida aniqlangan muammolar, muammoni hal qilishga qaratilgan maqsad
va vazifalar, ularni amalga oshirishga yo'naltirilgan metod, texnologiya va vositalar, tadqiqotning
ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, olingan natijalar va ularning amaliyotga tatbiqi, xulosalar va
takliflar.
Xulosa
Ushbu vazifalarni amalga oshirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlashda xorijiy
tajribalarni samarali qo'llash, uning asosida o'quv jarayonini tashkil etishga ta'lim muassasalarida
yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Chunki, o'quv jarayoni pedagogik ijodiylikning
asosiy maydoni hisoblanadi, uni tashkil qilish va boshqarishga to'g'ri, innovatsion yondashuv
o'quvchilarni bilim olishga, mustaqillikka, ijodiylikka, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ishlashga,
kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtirish orqali ta'lim sifatiga e'tibor berishga jalb qiladi [7-9].
Ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo'ldagi
maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish,
axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo'llash bo'lajak
mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon
samaradorligini oshiradi. Ta'lim maqsadlarini aniqlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida
qo'llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e'tiborni qaratish ta'lim
muassasalarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y.,6-son,70-modda).
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini
yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarori. (O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son,70-modda).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5847-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y.,
06/19/5847/3887-son).
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
07.11.2020 y., 06/20/6108/1483-son).
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim tarbiya tizimini
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son
Qarori. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020y.,07/20/4884/1484-son).
