Authors

  • Dilmurod Tashbayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.37807

Keywords:

stock market capital market investor capitalization depositor issuer share bond joint stock company.

Abstract

In this article, the development of all branches and sectors of the economy requires the harmonious development of the real sector and the financial sector. In this, the development of the country’s economy is directly related to the stock market, and the analysis of the modern state of the stock market of Uzbekistan and developed countries was carried out. - a number of scientific proposals and practical recommendations were given on the creation of economic conditions and the further improvement of the stock market, and opinions of foreign and local scientists were presented on this topic.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

79

MILLIY FOND BOZORI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

Tashbayev Dilmurod Xolmuradovich

Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13711246

Annotatsiya.

Ushbu maqolada iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini rivojlantirish

real sektor hamda moliyaviy sektorning o‘zaro uyg‘un tarzda rivojlantirishni taqozo etishi. Bunda
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi fond bozori bilan bevosita bog‘liqligi yoritilgan hamda
O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlar fond bozorining zamonaviy holati tahlili amalga
oshirilgan bo‘lib, milliy iqtisodiyotda fond bozori amal qilishi uchun davlat tomonidan yetarli
darajada me’yoriy-huquqiy, institutsional, tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligi
hamda fond bozorini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha bir qator ilmiy taklif va amaliy
tavsiyalar berilgan bo‘lib, mazkur mavzu yuzasidan xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-
mulohazalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

fond bozori, kapital bozor, investor, kapitallashuv, deponent, emitent, aksiya,

obligatsiya, aksiyadorlik jamiyati.

PROSPECTIVE DIRECTIONS OF NATIONAL FUND MARKET DEVELOPMENT

Abstract.

In this article, the development of all branches and sectors of the economy

requires the harmonious development of the real sector and the financial sector. In this, the
development of the country’s economy is directly related to the stock market, and the analysis of
the modern state of the stock market of Uzbekistan and developed countries was carried out. - a
number of scientific proposals and practical recommendations were given on the creation of
economic conditions and the further improvement of the stock market, and opinions of foreign and
local scientists were presented on this topic.

Keywords:

stock market, capital market, investor, capitalization, depositor, issuer, share,

bond, joint stock company.

ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ НAЦИОНАЛЬНЫХ

ФОНДОВЫЙ РЫНОК

Аннотaция.

В данной статье развитие всех отраслей и секторов экономики

требует гармоничного развития реального сектора и финансового сектора. При этом
развитие экономики страны напрямую связано с фондовым рынком, и был проведен анализ
современного состояния фондового рынка Узбекистана и развитых стран - дан ряд
научных предложений и практических рекомендаций по создание экономических условий и
дальнейшее совершенствование фондового рынка, а также представлены мнения
зарубежных и отечественных ученых по этой теме.

Ключевые слова:

фондовый рынок, рынок капитала, инвестор, капитализatsiя,

вкладчик, эмитент, акция, облигatsiя, акционерное общество.

Kirish.

Qaysi bir rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy progressiyasiga razm solmaylik, kapital

bozorning shiddat bilan o‘sib borayotgani, investitsiya oqimining barqaror ekanligiga guvohi
bo‘lamiz. Fond bozori iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ya’ni jamg‘armalarni
investitsiyaga transformatsiya qilib, moliyaviy-investitsion resurslarni iqtisodiyotning istiqbolli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

80

sohalariga samarali taqsimlash va qayta taqsimlash, davlat qarziga xizmat qilish, ishlab
chiqarish vositalariga egalik huquqini qayta taqsimlash, biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish
o‘rinlarini yaratish, vaqtinchalik bo‘sh bo‘lgan moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyot
maqsadlariga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Fond bozori yordamida davlat ham, korxonalar ham rivojlanish va ijtimoiy ahamiyatga ega

dasturlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni jalb qiladilar. Shuningdek, dunyoning
ko‘plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond birjalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim instituti sifatida qaralib,

tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab vazifalarni o‘z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to‘plamidir. Fond
birjasi - bu qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar
xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy hisoblanadi [1].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining
26-maqsadida: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond
bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish ko‘zda
tutilgan bo‘lib, unda Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda
yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali
xususiylashtirish hamda davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini
yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish
reja qilingan [2].

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-oktabrdagi fond

bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida fond bozoridagi aksiyalarning jami
qiymati 25 trillion so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmasligi. Bu
ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etayotgani.

Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish

rejalashtirilganligi hamda erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga
nisbatini 2025-yil oxirigacha kamida 10−15 foizga yetkazish bo‘yicha tegishli mutassadi
tashkilotlarga vazifalar berilgan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirish, xorijiy
birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish choralari muhokama qilingan.

Sug‘urta kompaniyalariga aktivlarining ma’lum foizini fond bozoriga yo‘naltirish,

banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish
masalalari ko‘rib chiqilgan. Shu qatorda, investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini
kuchaytirish, dividendlar to‘lash va undirishni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Bundan
tashqari, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o‘tish bo‘yicha topshiriqlar
berilgan [3].

Bundan ko‘rinib turibtiki, fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar

mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining zarur segmentlaridan biri hisoblanishi, qolaversa,
investitsiya oqimini jalb qilishdagi samarali mexanizmi ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

81

Jumladan, xorijlik iqtisodchi olimlardan Raymon Barr fond bozoriga quyidagicha ta’rif

beradi. “Fond bozori texnik institut sifatida bo‘sh pul mablag‘larini qayta taqsimlash
funktsiyasini bajaradi, mulk huquqiga baho beradi, risklarni qayta taqsimlaydi, ishchi
aylanmasida ishtirokchilar o‘rtasida ma’lumotlarni qayta taqsimlaydi. Shu bois fond bozori
deyilganda jamg‘armalarni yig‘uvchi va bir joyga jamlovchi uzoq muddatli bo‘sh turgan kapitallar
bozori tushuniladi. Ushbu mablag‘lar uzoq muddatga immobilizatsiyada bo‘luvchi tarmoqlarga
yo‘naltiriladi [4]”.

Xususan, xorijlik zamonaviy va taniqli iqtisodchi olimlardan biri Gregori Menkyu bu

borada shunday ta’rif beradi. “Ko‘p hollarda fond bozoriga oid shunday ta’rif tez-tez uchraydi,
ya’ni u xohlovchi shaxslarga jamg‘arma qilish, aksiya va obligatsiya bozorida o‘z mablag‘larini
qarzdorlarga berish imkonini beruvchi moliyaviy muassalar yig‘indisidir [5]”

Xorijlik zamonaviy va taniqli iqtisodchi olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryu fond

bozoriga shunday ta’rif beradilar. “Fond bozori - kapital mablag‘larini tavsiya etuvchi va sotib
oluvchilarni bir joyga jamlovchi institutdir” [6].

Iqtisodchi olim Mollah Aminul Islamning fikricha, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi

qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanishiga sabab boʻladi, chunki xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish boʻyicha intensiv firmalar tashqi fondlarni jalb qilish uchun mahalliy aksiyalar bozorida oʻz
aksiyalarini listingdan oʻtkazadi. Jamgʻarma oqimi va operatsiyalarning koʻpayishi moliyaviy
vositachilikka boʻlgan talabni oshiradi va natijada qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanadi [7].

Taniqli iqtisodchi Takhumova Oksananing ta’kidlashicha, Korxonalarning investitsion

jozibadorligi bevosita mamlakatdagi investitsiya siyosatiga va yaratilgan investitsion muhitiga
bogʻliq. Xususan, investitsiya muhiti uchta elementdan iborat tizim sifatida koʻrib chiqiladi: fond
bozorining amaldagi holati, investitsiya jalb etishdagi mexanizmlar va qonunchilik shartlari
hisoblanadi [8].

Respublikamiz

olimlaridan

D.G‘.G‘ozibekov

tomonidan,

investitsiyalarning

moliyalashtirishning turli manbalar tuzilmasini optimallashtirish yo‘li bilan ta’minlash, davlat
sektorida tarmoqlararo proportsiyalarni nazorat qilish g‘oyat muhim masaladir, deb ta’kidlaniladi.

Olimning fikricha, iqtisodiyot subyektlarining o‘z mablag‘lari, maxsus fondlar, bank-

kredit institutlari va mintaqalar resurslari hisobiga ko‘chirish zarur [9], deb hisoblaydi. Olim
fikricha, turli manbalarni oqilonalashtirish tuzilmasi orqali fond bozoriga ham e’tibor berish
zarurligi qisman keltirib o‘tiladi. A.V.Vaxabov asarida investitsiya resurslarini samarali
taqsimlanishini nazorat qilishning asosiy mexanizmi-bu fond birjasidir. Aynan rivojlangan
qimmatli qog‘ozlar bozori ushbu modelni muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur sharti
hisoblanadi [10] deb ta’kidlanadi. Demak, rivojlangan qimatli qog‘ozlar bozori investitsiyalarni
jalb etishni muhim vositasi bo‘lishi mumkinligi ilgari suriladi. M.B.Xamidulin ilmiy
tadqiqotlarida O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish orqali investitsiyalarni
jalb etish uchun barcha sharoitlar yetarli [11] deb ta’kidlaydi. Mahalliy olimlarimizdan yana
biri S.Elmirzayevning fikricha esa, “mamlakatdagi kompaniyalar oʻz dividend siyosatida
dividend va reinvestitsiya oʻrtasidagi me’yoriy nisbatni aniqlashi, minoritar aksiyadorlar
huquqlarini himoya qilishi, aksiyalarning bozordagi narxlarining oʻsishiga erishishi, biznes
faoliyatini kengaytirishi kabilar kompaniyalarning investitsion jozibadorligini oshirishga imkon
beradi, bu esa mamlakatning investitsion jozibadorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatishini [12] aytib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

82

o‘tadi. Olim A.Shomirov ilmiy qarashlarida quyidagicha yondashadi. “Respublikamizda
aksiyadorlik jamiyatlari qaysi sohada faoliyat ko‘rsatishidan qatʼiy nazar, qo‘shimcha moliyaviy
resurslarini joylashtirish, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Аynan aksiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilishning eng zamonaviy
usullaridan biri IPO mexanizmini qo‘llashdir [13]”.

Ushbu yondashuvlar bilan fond bozorining mohiyatiga oid ta’riflar chegaralanmaydi.
Bozorning ushbu turi bozor iqtisodiyotining muayyan rivojlanish davrida pul

muomalasining yangi shakliga bo‘lgan talabning yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ldi.

Bizning fikrimizcha ham fond bozorini yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli

qog‘ozlarini muomalaga chiqarish, oldi sotdisini tashkil etish va uni qoplanishi bilan bog‘liq
munosobatlar tizimi sifatida qarashimiz lozim. Bozor iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlar
muomalasini rivojlantirmasdan amal qilishi mumkin emas.

Tadqiqot metodikasi.

Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy fond bozorinining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini

ifodalovchi manbalarinining tahliliga bag‘ishlangan xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy asarlari
va maqolalari o‘rganilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida grafika usulda guruhlashtirish,
iqtisodiy-statistik tahlil hamda sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan
keng foydalanildi.

Tahlili va natijalar.

Fond bozori – bu moliya bozorining bir qismi bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va

ularning savdosida ixtisoslashgan bozor hisoblanadi. Fond bozorining asosiy vazifasi -
investitsiyalarni, ya’ni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur
investitsiya mablag‘larini to‘plash hamda taqsimlash, qimmatli qog‘ozlar paketlaridan
foydalangan hodda mulk egaligini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish yordamida davlat
qarzini moliyalashtirish va boshqalar.

Fond bozori qimmatli qog‘ozlar bozorining katta qismini tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar

bozorining qolgan qismi o‘zining nisbatan kichik xajmlari tufayli maxsus nomni olmadi, shu
sababli ko‘pincha qimmatli qog‘ozlar bozori bilan fond bozori tushunchalari bir hil ma’noda
ishlatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

83

1-rasm. Fond bozorining sub’ektlari [14]

Fond bozori qatnashchilari kapital “iste’molchilari” (emitentlar) va uni “taqdim etuvchilar”

(investorlar)dir “Iste’molchilar” - davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro
kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qog‘ozlar bilan ish yurituvchi
har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sug‘urta jamiyatlari, pensiya
fondlari va boshqalar) va individual (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha
katta bo‘lmagan korxona egalari) guruhlarga bo‘linadi.

Bizga ma’lumki, fond bozoriga investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirishda siyosiy,

makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va infratuzilmaviy omillar keng ta’sir etadi. Ushbu omilar ichida
makroiqtisodiy omillar fond bozoriga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadigan omillardan biri
hisoblanadi.

2-rasm. Fond bozori rivojlanishiga ta’sir etuvchi bevosita va bilvosita omillarning

tasnifi [15]

Davlat byudjetining holati fond bozori rivojlanish holatiga bevosita ta’sir qiladi. Agar

byudjetda xarajatlar daromadlardan oshib ketib, kamomad yuzaga keladigan bo‘lsa va ushbu
kamomad pul emissiyasi orqali qoplansa, bu holat inflyatsiya darajasining oshishiga olib keladi.

Pirovard natijada fond bozoriga investitsiyalash sekinlashadi.
Shuningdek, ko‘pgina rivojlangan davlatlar hamda respublikamiz mustaqilligining

dastlabki yillaridagi tajribasida ham byudjet kamomadini noinflyatsion usullarda qoplash usuli
fond bozori faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekistonda bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari fond bozori va birja savdolarining

asosiy ishtirokchisi bo‘lib, ular faoliyatining barqarorligi, o‘z navbatida, fond bozorining
samaradorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etishi asoslangan. Jahon amaliyotida
yetakchi fond birjalari o‘z faoliyatni olib bormoqda va ularning olib borayotgan islohatlari fond
birjalarni yanada rivojlanishiga turtki bolib kelmoqda.

Banklar qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hajmi sezilarli darajada

pasayganligiga qaramasdan, ular bilan tuzilgan bitimlar summasi tarmoqlar kesimida 2019 yilda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi bo‘yicha 72,81 foizni yoki 319,5 milliard so‘mni tashkil
etdi.

Kapital bozorida eng faol bank tizimini qaraydigan bo‘lsak, banklar aktivlarining 84,3 foiz

yoki 235,16 trillion so‘m davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom
raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda.

Fond birjasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri moliyaviy barqaror jamiyatlarning

qimmatli qog‘ozlarini yanada ko‘proq birja savdolariga jalb qilish, ularga qulay va kam xarajatli
birja operatsiyalari orqali investitsiya mablag‘larini yo‘naltirish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni hamda

“Toshkent” respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdosi qoidalariga binoan,
listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari doimiy kotirovka qilinadi. Bu esa, listingdagi
qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosini aniqlash imkonini beradi.

Mazkur ilmiy tadqiqotlarda qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasi qimmatli qog‘ozlarga

kiritilgan investitsiyalar deb qabul qilinib, kapitallashuv ko‘rsatkichini bozorning sig‘imi (hajm)
omili, sotilgan aksiyalar sonini bozorning faollik omili, emissiyani bozorning kengayish omili deb
qabul qilingan. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi o‘sish
tendentsiyasiga ega bo‘lsa-da, ammo fond bozori orqali ularning salmog‘i kamligicha qolmoqda.

Xulosa va takliflar.

Bizning fikrimizcha, mamlakatimizda fond bozorini takomillashtirish va uning

investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini oshirish uchun qo‘yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq:

1.

Fond bozori holati, uning qatnashchilari, ularning qimmatli qog‘ozlari va

moliyaviy-xo‘jalik faoliyati haqidagi zarur ma’lumotlar va hisobotlarni tuzish va taqdim etish
masalalari bo‘yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirib, ularni takomillashtirish
lozim. Fond bozoriga oid bo‘lgan normativ bazani qayta ko‘rib chiqqan holda soddalashtirish va
to‘siqlarni olib tashlash kerak;

2.

Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlarining

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini onlayn rejimida masofaviy tashkil etishni yo‘lga qo‘yish
lozim. Shu asosda aksiyadorlarga taqdim etilayotgan hujjatlar va hisobotlar elektronlashadi,
aksiyadorlarning vaqti tejaladi, transport xarajatlari kamayadi hamda barcha aksiyadorlarning
yuz foiz ishtirok etishi ta’minlanadi;

3.

Fond bozoriga oid rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish, ularda

qo‘llanilayotgan dasturiy texnik ta’minotlardan foydalanish, fond bozori bo‘yicha mutaxassislarni
malaka oshirishlarini ta’minlash qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ko‘maklashadi;

4.

Fond bozori amaliyotiga yangi moliya vositalarini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari,

xosilaviy qimmatli qog‘ozlarni joriy kilish vaqti keldi deb hisoblaymiz. Buning uchun vakolatli
davlat organlari tomonidan yangi moliya instrumentlarining muomalaga chiqarilishini
rag‘batlantiradigan me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilishi lozim.

Birinchi navbatda korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va ro‘yxatga olishning

maxsus soddalashtirilgan tartibi ishlab chiqilishi zarur.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish fond bozori ishtirokchilarining say-harakatlarini

birlashtirib, qo‘yilgan maqsadlarga hamkorlikda erishishga, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida fond


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

85

bozori salohiyatidan samarali foydalanish va uning investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirishga
zamin yaratadi.

REFERENCES

1.

S.A.Obidov. Fond bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotining eng muhim omili – “Sciance
and Education” Scientific journal, January 2021/Volume 2 Issue 1. 207-bet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-oktabrdagi fond bozorini rivojlantirish
masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi -

https://gov.uz/oz/news/view/24425

4.

Barr R. Political economy. T.-M. International Relations, 1995, P.319.

5.

M. Gregory. The principle is economics. - SPb.: Peter Kem., 1999, P.538.

6.

McConnell KR, Brew SL. Economics. – M: Infra M, 2003, P.62.

7.

Mollah Aminul Islam, Haiyun Liu, Muhammad Asif Khan, Md Tariqul Islam, Md Reza
Sultanuzzaman. Does foreign direct investment deepen the financial system in Southeast
Asian economies?//Journal of Multinational Financial Management, 12 February 2021. –
P.13.

https://www.sciencedirect.com

8.

Takhumova Oksana V., Kasatkina Elena V., Maslihova Elena A, Alexey V.Yumashev, Maria
V.Yumasheva. The main directions of increasing the investment attractiveness of the Russian
regions in the conditions of institutional transformations.// Revista ESPACIOS, Vol. 39
(Number 37) 2018. – P.12.

9.

G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari.-T.: “Moliya” 2003.-332 b.
(122-124b.).

10.

Vaxabov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.-T.: “Moliya” 2010.-
328 b. (152b.).

11.

Хамидулин М.Б. Развитие финансового механизма корпоративного управления. доктор
наук получить степень Автореферат диссертatsiи написан для - Ташкент, 2008.-37с.

12.

S.Elmirzayev. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati tahlili va Dividend
Aristokratlari.// “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali, №2, 2020. – B.11;

13.

Shomirov Aziz. “The role of IPO mechanisms in attracting investments to joint stock
companies: necessity and prospects”, International Finance and Accounting: Vol. 2021: Iss.
1, Article.

14.

D.Abdikarimova,

F.Muxamedov,

M.Raxmedova,

N.Tursunova,

N.Sherkuziyevalar

tomonidan “Birja ishi” Darslik - (2021-yil, 320 bet.) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.

15.

S.Elmirzayev. “Zamonaviy korporativ boshqaruv” Darslik – (2019-yil 416 bet.) ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

16.

www.theglobaleconomy.com

– veb-sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tayyorlandi.

17.

www.uzse.uz

– Toshkent Fond Birjasining rasmiy veb-sayti ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tayyorlandi.

References

S.A.Obidov. Fond bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotining eng muhim omili – “Sciance and Education” Scientific journal, January 2021/Volume 2 Issue 1. 207-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-oktabrdagi fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi - https://gov.uz/oz/news/view/24425

Barr R. Political economy. T.-M. International Relations, 1995, P.319.

M. Gregory. The principle is economics. - SPb.: Peter Kem., 1999, P.538.

McConnell KR, Brew SL. Economics. – M: Infra M, 2003, P.62.

Mollah Aminul Islam, Haiyun Liu, Muhammad Asif Khan, Md Tariqul Islam, Md Reza Sultanuzzaman. Does foreign direct investment deepen the financial system in Southeast Asian economies?//Journal of Multinational Financial Management, 12 February 2021. – P.13. https://www.sciencedirect.com

Takhumova Oksana V., Kasatkina Elena V., Maslihova Elena A, Alexey V.Yumashev, Maria V.Yumasheva. The main directions of increasing the investment attractiveness of the Russian regions in the conditions of institutional transformations.// Revista ESPACIOS, Vol. 39 (Number 37) 2018. – P.12.

G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari.-T.: “Moliya” 2003.-332 b. (122-124b.).

Vaxabov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.-T.: “Moliya” 2010.-328 b. (152b.).

Хамидулин М.Б. Развитие финансового механизма корпоративного управления. доктор наук получить степень Автореферат диссертatsiи написан для - Ташкент, 2008.-37с.

S.Elmirzayev. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati tahlili va Dividend Aristokratlari.// “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali, №2, 2020. – B.11;

Shomirov Aziz. “The role of IPO mechanisms in attracting investments to joint stock companies: necessity and prospects”, International Finance and Accounting: Vol. 2021: Iss. 1, Article.

D.Abdikarimova, F.Muxamedov, M.Raxmedova, N.Tursunova, N.Sherkuziyevalar tomonidan “Birja ishi” Darslik - (2021-yil, 320 bet.) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

S.Elmirzayev. “Zamonaviy korporativ boshqaruv” Darslik – (2019-yil 416 bet.) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

www.theglobaleconomy.com – veb-sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

www.uzse.uz – Toshkent Fond Birjasining rasmiy veb-sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.