30-Sentabr, 2024-Yil
42
ХОТИН-ҚИЗЛАР (АЁЛЛАР) ФУТБОЛИДАГИ ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР
Каримов Фазлиддин Жамолиддин ўғли
Гулистон давлат университети докторанти.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13763135
Annotatsiya.
O‘zbekiston futbolchi qizlari ishtirokidagi turli darajadagi musobaqalar
tahlili shunga guvohlik beradiki, ularning ko‘pchiligida harakat faolligi darajasi va o‘yin
usullarini bajarilish samaradorligi zamonaviy o‘yin talablariga javob bera olmaydi. Mazkur
haqiqat mashg‘ulot jarayonida maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga oz vaqt
ajratilishi bilan izohlanadi.
Kalit so‘zlar:
ayollar futboli, tendensiya, jismoniy tayyorgarlik, nazorat, yuqori malakali
futbolchi qizlar.
MODERN TRENDS IN WOMEN'S (WOMEN'S) FOOTBALL
Abstract.
The analysis of competitions of different levels with the participation of female
football players of Uzbekistan testifies that the level of activity of movement and the efficiency of
execution of game methods in most of them cannot meet the requirements of the modern game.
This fact is explained by the fact that little time is allocated to increase the level of special physical
fitness during training.
Key words:
women's football, trend, physical training, control, high-skilled soccer girls.
СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЖЕНСКОГО (ЖЕНСКОГО) ФУТБОЛА
Аннотация.
Анализ матчей разного уровня с участием футболисток Узбекистана
свидетельствует, что у большинства из них уровень двигательной активности и
эффективность выполнения игровых приемов не отвечает требованиям современной игры.
Во многом этот факт объясняется тем обстоятельством, что в тренировочном процессе
мало времени уделяется повышению уровня их специальной физической подготовки.
Ключевые слова:
женский футбол, тенденция, физическая подготовка, контроль,
высококвалифицированные футболистки.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda muhtaram jismoniy tarbiya va sportga, xususan futbolga
bo‘lgan e’tiborning kuchayib borayotganligi, O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va
sport to‘g‘risida”gi [1] Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi
“O’zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi PF-5887-sonli Farmoni [2], 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional
futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli
30-Sentabr, 2024-Yil
43
Qarorlarida [3] o‘z aksini topgan. Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar futbolini
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayollar o‘rtasida muntazam ravishda 12 ta
jamoa ishtirok etayotgan Oliy liga chempionatlari o‘tkazilib kelinmoqda.
2023-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyada o‘tkazilgan dunyoning 5 ta qit’asidan 32 ta
tema jamoalar ishtirok etgan jahon chempionati ham ayollar futboliga qiziqish ortib
borayotganligini ko‘rsatmoqda. FIFA prezidenti Djanni Infantino (2023) ta’kidlaganidek, “bu yil
ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining hayratlanarli darajadagi
muvaffaqiyati, aynan hozir ushbu impulsni saqlab qolish va ayollar futbolini rivojlantirishni
rag‘batlantirish uchun jiddiy qadamlar qo‘yish vaqti ekanligini ko‘rsatadi” .
Evropa qit’asi mamlakatlari ham ayollar futboliga katta qiziqish bilan qaramoqdalar.
UEFA hisobotiga [4] ko‘ra, Angliyada ayollar futboli tarixida eng katta turnir – Evro-2022
musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur turnir 195 ta mamlakatda namoyish etildi, o‘yinlarni 178
milliondan ortiq tomoshabinlar kuzatib bordilar. Ushbu turnir o‘yinlarni qabul qilgan shaharlarga
65 million dollar foyda keltirdi. Evro-2022 muosbaqalari ayollar futbolidagi ikkita qiziqarli
xususiyatini belgiladi – ayollar futbolida “Starling Bank”, Euronics (maishiy va oshxona
texnikasi), “Pandora” zargarlik brendi, Grifols (Ispaniya farmatsevtika kontserni) va Lego kabi
homiylarning boshqa profili mavjud ekan (erkaklar o‘rtasida o‘tadigan musobaqalarda “Qatar
Enerji”, “QNB” va “Ooredo” kompaniyalari, “Vizsit Las Vegas” sayyohlik markazi va “Fine
Hygienik Holding” firmasi). Ayollar futboliga innovatsiyalarni joriy etish oson, eskirgan formatlar
va murakkab tijorat tuzilmalari bilan cheklanib qolmagan. Ikkinchi farqi – tomoshabinlarning
taxminan 43% ayollar, 21% esa 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar. Shuningdek, bunga beletlar
bahosini pastligini ham kiritish mumkin, shu bois ayollar futboli sarmoya kiritish nuqtai nazaridan
erkaklar futboliga nisbatan qiziqarli va istiqbollidir.
So‘nggi yillarda ayollar futboliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib borayotganligini
2022/23 yillarda o‘tkazilgan ayollar Chempionlar Ligasi final o‘yinlari ham tasdiqlaydi va uning
asosiy tendentsiyalari quyidagilardan iborat:
- samaradorlik (natijaviylik) – 211 ta gol yoki bir o‘yinda o‘rtacha 3,5 ta gol urilgan.
Guruh bosqichida o‘yinlarida 130 ta goldan 23% i beshta yoki undan kam to‘p uzatish
qo‘llanilgan kombinatsiyalar natijasida urilgan;
- past to‘siqqa (blok) qarshi yuqori darajadagi pressing. Past va o‘rta blokdan foydalangan
jamoalar yuqori pressing qo‘llagan raqib bilan o‘yinlarda sezilarli muammolarga duch keldilar;
- himoyadan tezda hujumga o‘tish;
30-Sentabr, 2024-Yil
44
- yuqori tezlik, 10 dan ortiq futbolchi qizlar 30 km/soatdan yuqori tezlikka ega (Karoline
Grem-Xansen - 32,4km/soat; Delfin Kaskarino – 32,2km/soat).
Muntazam ravishda 40-50 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyuradigan Angliya Kubogi
o‘yinlari shuningdek, 48 ming tomoshabinni to‘plagan “Atletik Bilbao” – “Atletiko Madrid”
ayollar jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya Kubogi chorak finali o‘yinlari ayollar futboliga nisbatan
o‘sib borayotgan qiziqishning yaqqol namunasi bo‘la oladi. “Atletiko Madrid” va “Barselona”
jamoalari o‘yiniga 60 000 muxlis tashrif buyurgan, bu esa Evropa klubi o‘rtasida rekord
hisoblanadi. Angliyaning “Women’s Super League”da (“Ayollar Super Ligasi”) ikkita
uchrashuvda (derbi) jami 60 000 dan ortiq tomoshabinlarni to‘play oldi: “Liverpul” – “Everton”
mersisayd derbi uchrashuvini 23 500 nafar tomoshabin, “Arsenal” v Tottenxem” uyinida esa
38 000 nafardan ortiq futbol ishqibozlari bevosita tomosha qilganlar [5].
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)da ham ayollar futboliga qiziqish ortib bormoqda.
2022 yil Xindistonda 20- OFK Kubogi musobaqalari o‘tkazildi va unda birinchi marotaba 12 ta
ayollar milliy terma jamoalari ishtirok etdi. Bundan tashqari, OFK O’zbekistonning “Sevinch”
(Qarshi) jamoasi ham ishtirok etayotgan ayollar jamoalari orasida chempionlar Ligasi
musobaqalarini o‘tkazib kelmoqda.
Ayollar orasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatlarida ayollar futbolining asosiy
rivojlanish tendentsiyalarini kuzatish mumkin. Ayollar futboli o‘yin harakatlarining
ko‘rsatkichlari, yakkama-yakka kurashlar soni, harakatlarnishlar hajmi bo‘yicha erkaklar futboliga
tobora yaqinlashib kelmoqda. T.V,Zaytseva (2019), A.I.Iglina (2017), Ya.Lin (2023)
D.S.Makarov (2015) kabi mutaxassislarning fikricha, ayollar futbolida ko‘pgina o‘yin lavhalari
jiddiy va kuchli kurashlar bilan kechadi, shuning uchun futbolchi qizlar yuqori darajadagi maxsus
jismoniy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur.
N.N.Kolesnikova (2022), Lyu Tsi (2019), V.V.Suvorovlarning ta’kidlashicha, futbolchi
qiz to‘pni raqibning jiddiy qarshiligi ostida qabul qiladigan o‘yin lavhalari soni ham ortib
bormoqda, shuning uchun qaror qabul qilishga ketadigan vaqt ham qisqarmoqda. Har bir o‘yin
lavhalarida jamoalarning guruh bo‘lib harakatlarni amalga oshirish samaradorligi ham oshmoqda.
O’yinchilarning hujumning boshlang‘ich fazalaridagi harakatlari ancha murakkablashib
bormoqda, chunki raqib maydonining yarimida aynan shu bosqichda to‘pni tortib olishga
urinishlar soni ham oshgan. Texnika tezkorligi o‘yin vazifalarini, ayniqsa hujumni raqib jarima
maydonida yakunlash vazifalarini hal etishda asosiy omil bo‘lim qolmoqda.
Dunyoda ayollar futbolining ijobiy rivojlanish dinamikasi bilan bir qatorda ko‘pchilik
mamlakatlarda umumiy muammolar ham mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, “Erkaklar
30-Sentabr, 2024-Yil
45
futboli uchun xos bo‘lgan muammolar ayollar futboliga ham tegishlidir. Asosi ommaviylik va
futbol o‘yini hamda mashg‘ulotlariga qiziquvchilar sonini oshirishga qaratilgan mustahkam
poydevordan tashkil topgan to‘g‘ri piramida qurish zarur”.
N.N. Kolesnikovaning (2022) fikriga muvofiq, “Ayol jinsi uchun futbol bilan
shug‘ullanishlaridagi cheklanishlar federatsiyalar va klublarning ko‘pgina sohalarida moddiy-
texnik asos va infratuzilmalarning pastli, jihozlar, anjomlar, trenejyorlar, ayollar futboli bo‘yicha
malakali murabbiylar, kadrlar bilan etarli darajada ta’minlanmaganlik, aholining jismoniy tarbiya
va sport bilan muntazam shug‘ullanishga etarlicha jalb qilinmaganligi bilan uzviy bog‘liqdir”.
Lin Yatsining (2023) hisoblashicha, Xitoy ayollar professional futbolida yuqori sport
natijalariga erishishi uchun juda katta mashg‘ulot va musobaqa amaliyoti talab qilinadi,
tayyorgarlik jarayonini esa katta tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali, mahoratli va vakolatli
mutaxassislar boshqarishi kerak.
O’zbekistonda ayollar futbolining rivojlanishidagi umumiy tendentsiyalar O.A.
Farafontova (2020) tomonidan quyidagicha bayon etilgan:
“O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun va “2030 yilgacha
futbolni rivojlantirish kontseptsiyalari”ni amalga oshirish;
– xududiy ayollar futbol federatsiyalariga ilmiy, uslubiy, moliyaviy, moddiy-texnik,
axborot va tahliliy yordamlarni ko‘rsatish;
– mamlakatda va alohida xududlarda ayollar futbolining ijtimoiy darajasini oshirish; –
xududlarda ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
– ayollar futboli sohasida mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan kadrlar siyosatini
amalga oshirish;
– ayollar futbolini targ‘ib qilish, uning ommaviyligini oshirish;
boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim tizimida ayollar futbolini rivojlantirish, ayollar
futboliga katta yoshli aholi qatlamlarini jalb qilish;
– ayollar futbol klublarining zahira imkoniyatlarini mustahkamlash.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O’RQ 394-sonli
Qonuni. Toshkent.2015 y
30-Sentabr, 2024-Yil
46
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O’zbekistonda futbolni
rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-
5887-sonli Farmoni.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional
futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
115-sonli Qarori.
4.
UEFA. Technical Report 2023. Pages 64.
5.
UEFA. Champions League 2022/2023. Technical Report. Pages 42.
